Kamolov hamidullo termitlar turkumi
Termitlar (Isoptera) turkumi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
termitlar turkumi
Termitlar (Isoptera) turkumi.
Termitlar asosan, tropik qit‟alarda ko„p tarqalgan, koloniya bo„lib yashovchi polimorf hasharotlardir. Yuz minglarcha (ba‟zida mln. larcha) individlarni birlashtirgan har bir koloniyada bitta urg„ochi (ona termit) bir nechta erkak nihoyatda ko„p “ishchi” (bular koloniyaning eng ko„p qismini tashkil etadi) va “soldat” deb ataladigan, tuzilishi bilan farqlanadigan individ (fard) lar yashaydi. Termitlarning hammasida qanot yo„qolgan. Faqat yangi koloniya hosil etuvchi yosh erkak va urg„ochilardagina qanot bo„lib, keyinchalik bularda ham qanotlar yo„qoladi. “Ishchi” termitlar jinsiy organlari rivojlanmagan urg„ochi yoki erkaklardir. Ularning kattaligi 0,8 – 1 sm. Boshi katta, mo„ylovi va oyoqlari, kavshovchi tipdagi og„iz apparati yaxshi rivojlangan, qanotsiz. Bularning vazifasi erkak, urg„ochi va “soldat” larni boqish (ular o„ziga ovqat topib, yashay olmaydi), uy qurish va lichinkalarni boqib, tarbiyalashdir. “Soldat” termitlarning boshi juda katta, ustki jag„lari (ba‟zilarida ustki lablar) o„tkir qurolga aylangan. Bular koloniyani boshqa avlodlar yoki chumolilardan himoya etadi. 1,5 sm cha kattalikdagi bu termitlar “ishchilar” ajratgan oziq hisobiga yashaydi. Erkak termitlar sirtdan “ishchi” larga o„xshasa ham o„zicha ovqatlana olmaydi. Bular faqat urug„lantirish vazifasini o„taydi. Urg„ochi – ona termit har bir koloniyada faqat bitta bo„ladi. U voyaga yetgach, qorincha qismi (jinsiy organlari va yog„ tanachalari) juda kattalshib ketadi. Faqat “ishchilar” ning parvarishi bilan yashaydigan urg„ochi, odatda, ishchisidan yuz martaga yaqin katta bo„lib, nihoyatda serpusht bo„lishi bilan xarakaterlidir. Urg„ochi bir kecha kunduzda 1500 dan 3000 tagacha tuxum qo„ya oladi. (Shuning uchun ham termitlar koloniyasida millionlab individlar yetishadi). Agarda urg„ochi o„lsa, maxsus tarbiyalangan lichinkalardan yetishgan yosh urg„ochi uning o„rnini egallaydi Vaqt – vaqti bilan katta koloniyadan yetishgan qanotli erkak va urg„ochilar ajralib, yangi – yosh koloniya hosil etishga kirishadi. Avstraliya, Hindiston, Afrika, xususan, Janubiy Amerikaning ochiq savanna tipidagi zonalarida termitlar loydan yasalgan mustahkam katta uya yasaydi. Bunday uyalar ba‟zida 2-3 m balandlikda bo„lib, koloniyaning hayotini dushmandan, issiq iqlim sharoiti va yomg„irdan himoya qiladi. Afrika o„rmonlarida yashaydigan termitlar daraxt shoxlariga uya quradi. O„rta Osiyoda Qizilqum, Qoraqum va shu rayonga tutash joylarda tarqalgan termitlar esa yerni 12 m gacha kavlab uya yasashadi. Termitlar, asosan, yog„och mahsuloti bilan oziqlanadi. Lekin, ularning o„rtasida teri, jun, hayvon o„ligi kabi turli narsalarni yeydigan turlari ham ko„p. Termitlar tarqalgan rayonlarda imorat, ko„prik va uy anjomlarining tez yemirilishi ko„p sodir bo„ladi. Bularning 2500 dan ortiqroq turi ma‟lum. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling