Kamolov hamidullo termitlar turkumi
Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
termitlar turkumi
Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar. Qo„ng„izlar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan va turli hayot sharoitida yashaydi. 250 mingdan ortiq turi ma‟lum. Ko„krak qismi qalqonsimon xitin bilan qoplangan, ust qanoti qattiq xitinlashgan, ost qanoti yupka – nozik, ost qanot uchishga xizmat qiladi. Ba‟zan soddalashgan qo„ng„izlarda ost qanot yo„qolib, ust qanot qo„shilib o„sib ketgan. Og„iz organi kavshovchi tipda aylangan. Qo„ng„izlar turlicha katta – kichiklikda va turli rangda bo„lib, qo„pincha ularning tusi – tashqi muhit ko„rinishidan aniq ajraladi. Boshida turli shaklidagi bir juft mo„ylov, murakkab va sodda ko„zlar, kuchli rivojlangan kavshovchi og„iz organi joylashgan. Qalqonsimon xitin bilan himoyalangan ko„krak bo„g„imlarida turli avlodlarida xilma – xil tuzilgan oyoqlar joylashgan. Nafas olish (traxeya) - sistemasi yaxshi rivojlangan. Qo„ng„izlarda turli sassiq hidli yoki zaharli moddalar ajratuvchi bezlar taraqqiy etgan. Bular “dushman” ni cho„chitish yoki zada qilishga yordam beradi. Azotli birikmalar “bombachi” qo„ng„izlar mazkur moddani havoda “portlatib” dushmanni qochiradi. Qo„ng„izlar nerv faoliyati va instinkt ham kuchli rivojlangan. Ba‟zida qo„ng„izlarning urg„ochisi yog„och qirindilaridan foydalanib, lichinkalarining ozig„i uchun zamburug„ “ekib” ko„paytirsa, so„ng qo„ng„iz bu maqsadda go„ng to„plab go„ngdan lichinka ozig„i tayyorlaydi. Chumoli uyalarida yashovchi qo„ng„iz lichinkalarini chumolilarga “boqtirib” ko„payadi. Bir qancha qo„ng„izlarning lichinkalari suvda, ko„pchilik turlarining lichinkasi tuproqda yoki turli chirindilar orasida rivojlangan. Hamma lichinkalarida bosh yaxshi rivojlanib ko„pincha ko„krak oyoqlari o„rtacha kattalikda (ba‟zi qo„ng„iz lichinkalari - oyoqsiz) bo„ladi. Suvda rivojlanadigan lichinkalari terisi bilan yoki traxeya jabralari yordamida nafas oladi. Bularda ham o„ziga xos himoya vositasi: kuchli jag„lar yoki hidli va zaharli moddalar ajratish xususiyati vujudga kelgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling