Kegl cc pechat indd


, 2, 3 va 4 idishlarga suv quyilgan. Suvning idish tublariga bergan bosimi qaysi javobda noto‘g‘ri berilgan? A—suyuqlik balandligi, s— yuzi


Download 175.39 Kb.
bet40/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
8. 1, 2, 3 va 4 idishlarga suv quyilgan. Suvning idish tublariga bergan bosimi qaysi javobda noto‘g‘ri berilgan? A—suyuqlik balandligi, s— yuzi.
5 IS. S. 2S-
A) p,=p4.
B) p2=py
C) p=pr D) Pl>Py
I
9. Idish ichidagi suv bosimini turli nuqtalar uchun solishtiring.
A) Р12Ъ4-
B) p3>p2=p4>pv
C) Pl>P2=P4>Pr
D) p3>p2>p4>pv
10. Tabiiy gaz to‘ldirilgan ballon turli joyda turibdi: birinchisi issiq xonada, ikkinchisi sovuq xonada, uchinchisi ko‘chadagi qor ustida. Ulardan qaysi biridagi gaz bosimi kichik bo‘ladi?
A) Birinchisida. B) Ikkinchisida.
C) Uchinchisida. D) Hammasida bir xil.
11. Toshkent teleminorasi uchida barometr ko‘rsatishi Yer sathida oichanganiga nisbatan 32 mm sim.ust ga kam boidi. Teleminora balandligi qanchaga teng?
A) 384 m. B) 320 m. C) 350 m. D) 186 m.
12. Qaysi turdagi energiya boshqa turdagi energiyaga yoki ishga oson aylanadi?
A) Elektr energiyasi. B) Mexanik energiya.
C) Issiqlik energiyasi. D) Yorug‘lik energiyasi.
13. «Neksiya» avtomobili dvigatelining quvvati 75 ot kuchiga teng. Uni W larda ifodalang.
A) «75000. B) «55162. C) «100154. D) «65484.
14. Quyidagilardan qaysi birlarida mexanik ish bajarilmaydi?
1. 0‘quvchi uy ishini yozmoqda.
2. Traktor yer haydamoqda.
3. Haydovchi avtomobilni boshqarmoqda.
A) Faqat 1. B) Faqat 2. C) Faqat 3. D) 1 va 3 da.
15. Asboblarning o‘lchash aniqligi deganda nimani tushunasiz?
A) Asbob yordamida aniqlanadigan eng katta birlikni.
B) Asbob o‘lchay oladigan eng kichik kattalikni.
C) 0‘lchashlarning o‘rtacha qiymatini.
D) Oclchov ishlarida kasrlarni yaxlitlashni.
16. Kuch birligini ko‘rsating.
A) kg. B) m. C) N. D) J.
17. Beruniy «Hindiston» asarida: «Bunday joylarning (daryolarning den- gizga quyiladigan joyi) kemalar uchun xavfli bo‘lishi undagi suvning mazasi jihatidandir, chunki mazali (chuchuk) suv og‘ir narsalarni sho‘r suv ko‘targanday ko‘tara olmaydi», — deb ta’kidlagan.
Bunda qaysi qonun haqida gap boradi?
A) Paskal qonuni. B) Nyuton qonuni.
C) Arximed qonuni. D) Beruniy qonuni.
78
18. Gapni to‘ldiring. «Jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda joylashgan o‘rnining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga... deyiladi».
A) ... trayektoriya ... B) ... yo‘l ...
C) ... mexanik harakat ... D) ... moddiy nuqta ...
19. Arximed kuchi formulasini ko‘rsating.
A) FA=psVj'g- В) F=mg. C) F=|. D) F=pS.
20. Normal atmosfera bosimi havoning temperaturasi qancha bo‘lgan hoi uchun belgilanadi?
A) 20° С. B) 10° С. C) 0° C. D) 36° C.
21. Asakada chiqadigan «Matiz» rusumli avtomobil dvigatelining quvvati 38246 W ga teng. Uni «ot kuchixla ifodalang.
A) 75. B) 52. C)»38. D) 80.
22. Massasi 4 kg va yuzi 8 m2 bo‘lgan gilam polga qancha bosim beradi (Pa)?
A) 50. B) 5. C) 2. D) 0,5.
23. Xonaga o‘rnatilgan ventilyatorning quvvati 36 W. Uning 40 s da bajargan ishi nimaga teng (J)?
A) 1440. B) 720. C) 360. D) 180.
24. «Neksiya» avtomobili joyidan qo‘zg‘alib 15 sekundda 225 m yo‘l bosib o‘tdi. Uning o‘rtacha tezligini aniqlang (m/s).
A) 30. B) 15. C) 25. D) 10.
25. Kemaning «suv sig‘imi» deganda nimani tushunasiz?
A) Kemaning yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p botish chegarasi.
B) Kemaga ortish mumkin bo‘lgan yuk miqdori.
C) Kema vater chiziqqacha botganda siqib chiqarilgan suv og‘irligi.
D) Kema suvga to‘la cho‘kkanda siqib chiqarilgan suv hajmi.
26. Ballondagi tabiiy gazning bosimi o‘zgarmasligi uchun nima qilish kerak? A) Sovuq xonaga qo‘yish kerak. B) Soyada qoldirish kerak.
C) Oftobga qo‘yish kerak. D) Istalgan holda bosim o‘zgaradi.
27. 2 m chuqurlikda suvning bosimi nimaga teng?
A) 20 kPa. B) 200 kPa. C) 10 kPa. D) 100 kPa.
28. Atmosfera bosimi mavjudligining sababi nimada?
A) Molekulalarning harakatchanligi. I B) Ulaming o‘zaro ta’sirlashuvi.
C) Havoning og‘irlik kuchi. I D) Uning Yer yuziga ishqalanishi.
29. Normal atmosfera bosimida porshenli nasos yordamida suvni qanday balandlikkacha ko‘tarish mumkin?
A) 101,3 m. B) 10,13 m. C) 101,3 sm. D) 10,13 sm.
30. Tutash idishlarga tegishli formulani ko‘rsating.
A)p=pgh. В) F=pgV C)f = jT- D)A=mgh.
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz II bobda o£rganilgan mavzularning qisqacha xulosasi bilan tanishasiz.

Kuch

Jismlarning o‘zaro ta’sirida tezliklarini yoki shaklini o‘zgartiruvchi sabab. Kuch birligi nyuton (N).

Mexanik ha­rakat

Jismlarning fazoda joylashgan o‘rnining vaqt o‘tishi bilan boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishi. Mexanik harakat turlari: ilgarilanma, aylanma, tebranma. Ixtiyoriy teng vaqtlar ichida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bir xil masofaga ko‘ch ishga to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deyiladi. Har xil masofaga ko‘chsa, notekis harakat bo‘ladi.

Tezlik

Vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘l: n- - , s — bosib o‘tilgan yo‘l; t vaqt. Tezlik birligi

Trayektoriya

Jismning harakat davomida fazoda qoldirgan izi.

Moddiy nuqta

Shakli va oMchamlari hisobga olinmaydigan fizik jism.

Dinamometr

Kuchni o‘lchovchi asbob. Ishlash prinsipiga ko‘ra mexanik, gidravlik, elektrik turlarga bo‘linadi.

Sanoq jismi

Ko‘rilayotgan harakat uchun qo‘zg‘almas bo‘lgan jism. Qolgan jismlarning harakati shu jismga nisbatan o‘rganiladi.

Tarozi

Jismlarning massasini aniqlaydigan asbob. Ishlash prinsipiga ko‘ra shayinli, prujinali, gidrostatik va h.k. turlarda bo‘ladi.

Bosim

Yuzaga perpendikulyar yo‘nalgan kuchning shu yuzaga nisbati bilan oMchanadigan kattalik: P—j-> XBS da birli­gi — paskal (Pa). Undan tashqari millimetr simob ustuni, normal atmosfera birliklarda ham oMchanadi. Normal at­mosfera bosimi 1 atm = 760 mm.sim.ust = 101325 Pa.

Og‘irlik kuchi

Jismni Yer o‘ziga tortadigan kuch.

Gidrostatik
bosim

Suyuqlikning idish tubiga beradigan bosimi: p=pgh; p — suyuqlik zichligi; h — suyuqlik ustuni balandligi.

Tutash
idishlar

Quyi tomondan suyuqlik o‘tadigan nay bilan tutashgan idishlar. Bir xil suyuqlik solingan tutash idishlarda, suyuqlik sathlari teng bo‘ladi. Suv quvurlari tizimi, choynaklar unga misol bo‘la oladi.

Paskal qonuni

Suyuqlik yoki gazga berilgan tashqi bosim har tomonga o‘zgarishsiz uzatiladi. Paskal qonuni asosida gidravlik press- 4;
lar ishlaydi. ,
*S'1 va S2 — pressdagi kichik va katta porshenlar yuzalari, Fl va F2 — pressdagi kichik va katta porshenlardagi kuch.

Manometr

Suyuqlik va gazlardagi bosimni o‘lchaydigan asbob.

Barometr

Atmosfera bosimini o‘lchaydigan asbob. Suyuqlik barometrlarida suyuqlik ustunining bosimi atmosfera bosimi bilan tenglashtiriladi. Suyuqliksiz (aneroid) barometr yupqa metall qutining bosim ta’sirida siqilishiga asoslanib ishlaydi.

Atmosfera
bosimi

Yerni o‘rab turgan havo qobig‘ining Yer yuziga va undagi barcha predmetlarga ko‘rsatadigan bosimi. Dengiz sathidan boshlab o‘lchanadi. Undagi bosim 101325 Pa yoki 760 mm. sim. ust. ga teng. Balandlik ortishi bilan kamayib boradi.

Arximed
kuchi

Suyuqlik yoki gazga botirilgan jismni suyuqlik yoki gaz tomonidan yuqoriga itaruvchi kuch. FA=pV.g; FA — Arximed kuchi; ps — suyuqlik zichligi; V. — jismning suvga botgan H
qismining hajmi; g = 9,81

Mexanik ish

0‘zgarmas F kuch ta’sirida jismni kuch yo‘nalishida s masofaga siljitishda F s ko‘paytma bilan aniqlanadigan kattalik. A =F s. Ish birligi Joul (J).

Energiya

Jismlarning ish bajara olish qobiliyatini xarakterlovchi kattalik. Uning mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik, atom energiyasi kabi turlari bor. Energiya birligi Joul (J). Mexanik energiya ikki turda: potensial va kinetik energiya
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Em = тек, =—^~-

Quvvat

Bajarilgan ishning shu ishni bajarish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik . Quvvat birligi 1 W (Watt).

81

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling