Kichik maktab yoshidagi bolalar anatom iyasi, fiziologiyasi ya


Download 93.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana05.02.2018
Hajmi93.45 Kb.
#26065
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
26065

0 ‘Z B E K IST 0N   RESPUBLIKASI  OLIY  VA  0 ‘RTA  MAXSUS 
TA’LIM  VAZIRL1GI
0 ‘RTA  M AXSUS,  KASB-HUNAR  TA’LIM I  MARKAZI 
0 ‘RTA  M AXSUS,  KASB-HUNAR  TA’LIM IN I  RIVOJLANTIRISH  INSTITUTI
Q.  SODIQOY
KICHIK  MAKTAB  YOSHIDAGI 
BOLALAR  ANATOM IYASI, 
FIZIOLOGIYASI  YA 
GIGIYENASI
Kasb-hunar  kollejlari  uchun 
о 'guv  q o ‘llanma
T O S H K E N T
2 0 0 4

74.262.88
T a q г i z с  h  i  1 а  г :
L.  A.  Inog‘omova,  Yunus  Rajabiy  nomidagi 
pedagogika  kolleji  o'qituvchisi.
D.  J.  Sharipova,  Nizomiy  nomidagi  T DPU 
anatomiya,  fiziologiya  kafedrasi  prolessori.
0 ‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  markazi  ilmiy-metodik 
kengashi  va  Nizomiy  nomidagi  T DPU  ilmiy  kengashi 
tomonidan  nashrga  tavsiya  etilgan
Q.Sodiqov.
S  73 
Kichik maktab yoshidagi  bolalar anatomiyasi,  fiziologiyasi 
va gigiyenasi.  Kasb-hunar  kollejlari  uchun  o ‘quv  qo'llanma. 
N.:  «Bilim»  nashriyoti,  2004,— 176  b.
Q o ' l l a n m a d a   k ic hi k  m a k t a b   y osh id a gi  b o l a l a r   o r g a n i z m i n i n g   o' sish i 
va  r i v o j l a n i s h i ,   t u z i l i s h i ,   s h a k l i ,   f i z i o l o g i k   f u n k s i y a l a r i   h a q i d a g i  
m a ’lu m o t l a r   keltirilgan.  B ola la rnin g  sa lo ma tligi ni   saqlash  va  m u s t a h k a m -  
la shni   t a ’m i n l a y d i g a n   g ig iy c n a   c h o r a - t a d b i r l a r i   b a y o n   eti lgan.
Q o ' l l a n m a   O ' z b e k i s t o n   R e sp u b lik a si  Ol iy   va  o ' r t a   m a x s u s  t a ' I i m  
vazirligi  ta s d iq l a g a n   d a s t u r   a s o si d a   yo zi lg an .  Q o ' l l a n m a d a n   m a k t a b -  
g a c h a   t a ’l i m - t a r b i y a   k o l l e j i   o ' q i t u v c h i l a r i   va  p e d a g o g i k a   k o l l e j i  
o ' q i t u v c h i l a r i   f o y d a l a n i s h l a r i   n a z a r d a   t u t i l g a n .   B u n d a   b o ' l g ' u s i  
o ' q i t u v c h i l a r n i n g   o d a m   a n a t o m i y a s i ,   fizio logiyasi  va  g i g i y e n a s id a n   xa-  
b a r d o r   b o 'l is h i  n a z a r d a   t u tilg a n .
4 1 0 5 0 7 0 0 0 0 -1 5 6  
M 3 6 1 (04) - 2004
©   « B I L I M » ,   2 0 0 4 - v. 
O ' M K H T M ,   2 0 0 4 - y

K IRISH
Odam   anatomiyasi,  fiziologiyasi  va  gigiyenasi  predmeti. 
Odam  anatomiyasi  —  odam  tanasining  shakli,  tuzilishi  va  rivoj- 
lanishining  ichki  ham da  funksiyalarining  o ‘zaro  t a ’sirini  tash­
qi  muhitga  bo g ‘lab  o ‘rganadigan  fan.  O dam   organizm ining 
moddiy  tabiatini  va  lining  rivojlanishini  ochib  berish  anatomiya- 
ning  asosiy  vazifasidir.  Hozirgi  vaqtda  organlar  tizimini  butun 
tana  bajaradigan  funksiyasiga  b o g i a b   o'rganiladi.  S huning 
uchun,  hozirgi  zamon  anatomiyasi fun ksio n a l  anatomiya  deb 
yuritiladi.  Anatomiyani  yaxshi  o ‘zlashtirish  uchun  sitcilogiya, 
gistologiya,  embriologiya fanlaridan  ham  tushunchaga  ega  b o ‘lish 
kerak.  Organlarning  mikroskopik  tuzilishini  bilmasdan  turib 
ularni  mikroskopik  tuzilishini  atroflicha  o ‘rganib  b o ‘lmaydi. 
Odam  organizmi  tashqi  muhit  bilan  yaqindan  o ‘zaro  aloqada 
u  bir  butundir.  Shuningdek,  odam  organizmining  rivojlanishi 
va  tuzilishi  uning  mehnati  bilan  bog‘liq.
Anatomiya  s o ‘zi  grekcha  « anatem no»  s o ‘zidan  olingan 
b o ‘lib,  kesaman  degan  m a ’noni  bildiradi.
O dam   anatomiyasi  biologiyaning  bir  qismidir.  Anatomiya 
fani  b a ’zi  biologik  fanlarni  o ‘rganish  uchun  asos  bo'ladi.  A nato­
miyani  bilmay  turib  biologiyani  b a ’zi  sohalarini  o ‘rganish  qi- 
yin.  O dam   anatomiyasi  umurtqali  hayvonlar  anatomiyasi  bilan 
cham barchas  b o g ‘liq.  S huning  uchun,  odam   anatom iyasini 
ajralgan  holda  tushunish  va  t o ‘g ‘ri  o ‘rganish  mum kin  emas. 
Odam   tanasining  shakli  va  tuzilishi  umurtqali  hayvonlarniki 
bilan  k o ‘pgina  o ‘xshashlik  va  tafovutlari  bor.  Shuning  uchun, 
odam  organizmi  umurtqali  hayvonlar  turli  vakillarining  tana 
tuzilishi  bilan  solishtirib  ko'rish  usulidan,  va’ni  qiyosiy  solish- 
tirma  anatomiya  fanining  dalillaridan  foydalaniladi.  Solishtir- 
ma  anatomiya  qoldiqlari  yerdan  topiladigan  o ‘lib  bitgan  or- 
ganizmlar  haqidagi  fan  paleontologiyaga  yaqindir.
з

Odamlarning  paydo  boMishi,  tugMlguncha  ona qornida  o'sib, 
rivojlanib  borishini  embriologiya  o ‘rganadi.
Odam  tugMlganidan  boshlab  to  hayotining  oxirigacha  boMgan 
davrni  «yoshga  doir»  anatom iya  o ‘rganadi.  Anatomiya  darslik- 
larida,  asosan,  katta  odam   tana  tuzilishi  bayon  etiladi,  lekin 
bola  organizmi  o ’ziga  xos  tuzilgan  boMib,  katta  odam   orga- 
nizm idan  birm uncha  farq  qiladi.
Anatomiya  shu  bilan  birga  a ’zolarning  individual  xususiyat- 
larini,  ularning  o ‘zaro  munosabatlarini,  joylashish  topografiya- 
sini  ham   o ‘rganadi.
Odam   organizmi  a ’zolarining  tuzilishi  ularning  vazifasiga 
b o g ‘liq  h o ld a   s h a k ll a n i b   b o ris h in i  fu n k s io n a l  a n a to m iya  
0 ‘rganadi.
O dam   anatomiyasini  o ‘zlashtirishni  osonlashtirish  uchun 
bu  fan  shartli  ravishda  bir  necha  tizimga  ajratib  o ‘rganiladi.
Sistematik  anatom iyada  suyaklar,  muskullar,  ichki  a ’zolar 
tizimi,  qon  tom irlar  tizimi,  ichki  sekretsiya  bezlari,  nerv  tizimi 
boMimlaridan  iborat.
Fiziologiya  fani  biologiya  fanlarining  m uhim   boMimlaridan 
boMib,  organizm ,  undagi  a ’zolar,  t o ‘qimalar,  hujayralar  va 
hujayra  strukturasi  e le m e n tla r in in g   funksiyalarning  tashqi 
muhitga  bogMab  har  to m o n la m a  chuqur  o ‘rganadi.
Fiziologiya  anatom iya  fani  bilan  cham barchas  bogMiqdir, 
chunki  morfologiya  fani  organizm  ham da  a ’zolarning  tuzilishi 
va  shakllarini  o ‘rgansa,  fiziologiya  fani  ularning  hayotiy  jara- 
yonlarini  o ‘rganish  bilan  shug4illanadi.
Fiziologiya  fani  ham isha  fizika,  kimyo  qonunlariga  taya- 
nadi  va  ularning  tekshirish  u s ullaridan  keng  foydalanadi. 
Fiziologiyada  fiziologik  tadqiqotlarning  ikki  yo'nalishi  —  fizik 
va  kimyoviy  y o ‘nalishlari  m u h im   ahamiyat  kasb  etadi.  Bu 
yoMialishlar  orqali  k o ‘p  m a ’lum otlar  t o ‘planadi.  Fiziologiya- 
dagi  biofizik  va  biokimyo  organizm  yoki  qismlarning  hayot 
faoliyati  belgilari  boMgan  ayrim  fizik  va  kimyoviy jarayonlarni 
y a ’ni  b u tu n   fiziologik  fu n k s iy a n in g   ayrim   e l e m e n t l a r i n i  
o ‘rganadi.  Fiziologiya  morfologik  fanlar  anatomiya,  gistologiya, 
sistologiya  fanlari  bilan  c h a m b a rc h a s   bogMiq.  Fiziologiya, 
shuningdek,  um um iy  biologiya,  evolutsion  t a ’limot  m a ’lum ot- 
lariga  tayanadi.  Fiziologiyada  kibem etika,  matematika  usullardan 
foydalaniladi.
4

Fiziologiya  barcha  tibbiyot  fanlariga  ham  yaqindan  bog‘liq. 
Fiziologiya  tekshirishlaridan  olingan  m a ’lum otlar  tibbiyotda 
keng  q o ‘llaniladi.  O d a m n in g   turli  kasalliklarini  o 'rg a n ish  
ko‘pchilik  normal  fiziologiya  jarayonlari  m exanizmini  tushu- 
nishga  va  b a ’zi  organlar  funksiyasini  tushunishga  yordam  be- 
radi.  Fiziologiya,  psixologiya  va  pedagogika  fanlari  bilan  ham 
bog‘liq.
Oliy  nerv  faoliyati  haqidagi  t a ’limot  psixologiya  va  peda- 
gogikaning  tibbiy-ilmiy  asosi  hisoblanadi.
Bolaning  m ehnati  va  turm ushini  t o ‘g ‘ri  tashkil  etishda, 
ratsional  tarbiya  tadbirlarini  amalga  oshirishda  bola  organiz- 
midagi  fiziologik jarayonlaming  o ‘ziga  xos xususiyatlari  e ’tiborga 
olinadi.
Fiziologiya  fanlari  bir  necha  klassifikatsiyaga  b o ‘linadi. 
Fiziologiya  fani  a w a lo   umumiy,  solishtirma  va  maxsus  qism- 
larga  b o ‘linadi.
Umumiy  fiziologiya  tirik  materiyaning  muhit  ta ’siriga javob 
berishining  um um iy  qonuniyatlarini  o ‘rganadi.  Har  turlarga 
mansub  organizmlar va  individual  rivojlanishning turli  bosqich- 
larida  bir  turga  mansub  organizmlar  funksiyasining  o'ziga  xos- 
ligini  solishtirma  fiziologiya  tekshiradi.  O da m   va  hayvonlar 
fiziologiyasi  fiziologiyaning  maxsus  sohalari  hisoblanadi.
Shuningdek,  m ehnat fiziologiyasi, jism oniy  tarbiya fiziologi­
yasi,  ovqatlanish fiziologiyasi,  yosh fiziologiyasi odam  fiziologiya- 
sining  amaliy  ahamiyatga  ega  sohalaridir.  Yosh  fiziologiyasi 
turli  yoshdagi  organizmlarning  rivojlanishi jarayonida  organlar 
tizimi  va  butun  organizm da  sodir  bo'ladigan  o ‘zgarishlarni 
o ‘rganadi.  Bola organizmi  faqat  katta  odam  yosh qolipi  b o ‘lmay, 
balki  hajmi,  fiziologik  xususiyatlari  va  tashqi  muhitga  moslashi- 
shi  bilan  farq  qiladi.  Binobarin,  pedagoglar  t a ’lim-tarbiya  ish- 
larini  yosh  fiziologiyasi  m a ’lumotlariga  asoslangan  holda  olib 
borishlari  m uhim   ahamiyatga  ega.  M aktabda jismoniy  tarbiya, 
m ehnat  darslarida,  ijtimoiy-foydali  mehnatda,  soglomlashtirish 
ishlarida  bolalar  va  o ‘smirlarning  anatomik,  fiziologik  xususi- 
yatlarini  albatta  hisobga  olish  kerak.  Yosh  fiziologiyasining 
yoshga  oid  xususiyatlarini  tushunishda  m uhim   ahamiyatga  ega.
1.  Anatomiyani  tekshirish  usullari.
Anatomiyani  o ‘rganishda  asosiy  va  eng  qadimgi  usul  — 
m urdani  kesib  tekshirish  usuli  hisoblanadi.  Bu  usul  hozirgi

vaqtda  ham  o 'z  ahamiyatini  yo'qotm agan.  Ay rim  organlarni 
yoki  butun  murdani  fiksatsiva  qilish,  va'ni  konservlash  usuli 
ham  anatomik  preparatlarni  buzmasdan  uzoq  muddat  saqlashga 
imkon  beradi.
Mikroskop  ixtiro  qilinishi  bilan  anatom iyada  mikroskopik 
tekshirishning  xilma-xil  usullari  yaratildi.  Ayniqsa,  kimyo,  fizika 
fanlarining  rivojlanishi  bilan  t o ‘qimalarni  turli  kimyoviy  m od- 
dalarda  b o ‘yab,  mikroskopda  o'rganish  keng  rivojlandi.
Quyida  odam larda  mavjud  bo'lgan  texnik  vositalardan  foy- 
dalangan  holda  tekshirish  usullari  keltiriladi:
—  Antropometrik  usul — bunda  gavdaning  uzunligi,  kengli- 
gi  va  ogirligi  o'lchanadi,  olingan  m a'lum otlar  organizmning 
ayrim  bo'laklariga  taqqoslanib,  o'sishi  yoki  o'zgarishi  kuzatib 
boriladi.
—  Inyeksiya  usuli  —  ichi  kovak  a ’zolarga,  qon  tomirlarga 
turli  xil  kimyoviy  bo'y oqlar  yuborib  o'rganiladi.
—  Korroziya  yoki  yemirish  usuli  —  ichi  bo'sh  a ’zolar  tez 
qotadigan  modda  bilan  to'ldirib,  so'ngra turli  kislota  yoki  ishqor- 
lar  suyuqligiga  solinsa,  a ’zo  to'qim alari  yemiriladi  va  uning 
bo'shlig'iga  yuborilgan  modda  a ’zolar  shaklini  saqlab  qoladi.
—  Rentgen  nuri yordam ida  o'rganish  usuli  —  bu  usulda  tirik 
odam   tuzilishini  o'rganishga  imkon  beradi.
—  Paypaslab  k o ‘rish  usuli.
—  Perikussiya  —  barm oq  yoki  bolg'acha  bilan  urib  aniq- 
lash  usuli.
—  Auskulatsiya  usuli —  maxsus  eshituv  asboblari  yordamida 
a ’zolar  (yurak  va  o ‘pka)ning  ishlab  turgan  paytida  eshitiladi.
2.  Fiziologiyani  tekshirish  usullari.
O damning  tug'ilishidan  boshlab  to  voyaga  yetguniga  qa- 
dar,  organlar  funksiyalarini,  organizm  xulqini  turli  fiziologik 
asosda  o'rganib,  m uhim   funksiyalarni  yozib  olib  m a ’lum otlar 
to'lanadi  va  ular  analiz  qilinadi.
Fiziologiya  kuzatish  bilangina  qanoatlanib  qola  olmaydi, 
chunki  kuzatish  organizmda  nima  ro'y berdi  degan  savolga javob 
beradi.  Fiziologik  eksperim ent  shakllari  turlicha.  M asalan, 
organizm  funksiyalariga  tashqi  t a ’sirni  o'rganish,  organizm da 
biron  organning  funksiyasi  yoki  ahamiyatini  aniqlash,  organ
6

faoliyatining  nerv  tizimi  faoliyatiga  t a ’sirni  bilish,  organlarni, 
qon  bilan  ta ’minlanishini  o ‘rganish  va  boshqalar  o'rganiladi.
Gavdaning  ichkarisida joylashgan  va  ba’zi  organlar  faoliya- 
tini  o ‘rganish  uchun fistula  usuli  qoilaniladi.  Organlar  funksi- 
yalarini  tekshirish  uchun  q o ilaniladigan  boyagi  uslublarning 
ko‘pchiligi  organizmni  yorish  yoki  xirurgik  operatsiya  qilishni 
talab  etadi.  Bu  m etodikalar  o i k i r   va  xronik  tajribalarga  tatbiq 
etiladi.  O i k i r   usulda  hayvonga  narkoz  berib  yoki  boshqa  usul- 
da  harakatsiz  qilib  q o ‘yib,  organlarning  funksiyasi  o'rganiladi, 
xronik  tajribalarda  fiziologlar  hayvonm  har  xil  xirurgik  o p e ­
ratsiya  qilib,  u  tuzalgandan  keyin  tekshira  boshlashadi.
Operatsiya  qilingan  hayvonni  bir  necha  hafta,  oy  va  yillab 
kuzatsa  b o ia d i.  Keyingi  yillarda  fiziolog  va  mediklar  fizik a , 
radiotexnika,  elektronika,  kibernetikaning zamonaviy  yutuqlari- 
dan  foydalanmoqdalar.  Kasai  yoki  s o g i o m   odam ning  funksi- 
yalarini  o ‘rganishning  yangi  usullari  ishlab  chiqilmoqdi.  M a ­
salan,  turli  organlarga  elektrodlar  q o kyib  va  elektr  o i c h a s h  
asboblarini  tatbiq  etib,  organlarda  sodir  bo'ladigan  elektr  hodi- 
salari  o ‘rganilmoqda.
Maktab  gigiyenasi  yoki  bolalar  gigiyenasi  bu  bola  organiz­
mining tashqi  muhit  bilan  o ‘zaro  ta ’sirini  o ‘rganuvchi  va shunga 
asoslanib,  bolalar,  o ‘smirlar salomatligini  saqlash  va  mustahkam- 
lashga,  ularni  garmonik  o ‘sishiga  imkon  yaratuvchi  gigiyenik 
norm a  va  talablarni  ishlab  chiquvchi  fan  hisoblanadi.
Bolalar  va  o ‘smirlar  gigiyenasi  fani  bolalarning  o ‘sishi  va 
takomillashishi  uchun  optimal  sharoitni  t a ’minlovchi  norm a- 
tivlar  va  talablarni  ishlab  chiqadi.  Bu  fan  bolalar  va  o ‘smirlar 
organizmining  takomillashishi  davrida,  ular  m ehnat  qobiliya­
tini  va  funksional  imkoniyatlarini,  umumiy  va  immunologik 
reaktivligini,  moslanish  chegaralarining  kengayishini,  maqsadga 
muvofiq  holda  aktiv t a ’sir sistemalarini  o ‘zida  mustahkamlash- 
tiradi.  Bolalar  va  o ‘smirlar  gigiyenasi  tibbiyotning  profilaktik 
fani  hisoblanadi.
Bolalar  va  o ‘sm irlar  gigiyenasi  ularning  yoshiga  qarab 
qoilanilishi  m um kin  b o ig a n   kom m unal  gigiyena,  ovqatlanish 
gigiyenasi,  mehnat gigiyenasi  va boshqa  kompleks m a ium otla rni 
o ‘z  ichiga  oladi.
7

Sanitariya  odam   salomatligini  t a ’minlaydigan  gigiyena  ta- 
lablarini  hayotga  tatbiq  etadi,  gigiyenada  tabiiy eksperiment usuli 
asosiy  usul  boMib,  u  organizmga  tashqi  muhitiriing  har  to m o n - 
lama  t a ’sirini  o ‘rganadi.
Bu  usulda  bola  uchun  tabiiy  yashash  sharoitida  (dars  soat- 
lari, jismoniy  mashqlar,  sport  va  oddiy  o lyinlar  va  boshqalarda) 
organizm  bilan  atrof-m uhit  o ‘rtasidagi  o ‘zaro  bog‘liqlik,  tabiiy 
omillarning  bola  organizmiga  t a ’sirini  kuzatib,  shu  yoshdagi 
bolalar  anatomiya-fiziologiyaga  xos  imkoniyatlariga  qarab  te- 
gishli  norm alar  belgilanadi.
Gigiyenaning  m u h im   boMimlaridan  biri  shaxsiy  gigiyena- 
dir.  Yoshlikdan  boshlab,  to  umrining  oxirigacha  odam   to ‘g ‘ri 
gigiyenik  tavsiyalarga  rioya  qilsa,  hamisha  sihat-salomat  b o ‘lib 
yuradi  va  uzoq  um r  k o ‘radi.  SogMom  o ta-o n a d an   sogMom  bola 
tug‘ilishi  azaldan  m a ’lum.
G igiyenaning  asosiy  vazifasi  o d a m n in g   har  to m o n la m a  
barkamol  b o iib   o ‘sishi  va  rivojlanishi  va  ruhan  sogMom  boMishi, 
horm ay-tolm ay  uzoq  yillar  davomida  ishlab  yurishi,  farovon 
hayot  kechirishi  uchun  qulay  sharoit  yaratib  berishdan  iborat.
«Tani  sihatlik  —  tum an  boylik»,  «SogMigMng  ketdi  —  boyli- 
ging  ketdi»,  «Sog‘  tanda  —  sog‘  aql»,  «Pulingni  yo‘qotganing, 
hech  narsa yo‘qotmaganing,  vaqtingni  yo‘qotgaming,  k o ‘p  narsa 
y o ‘q o tg an in g ,  sogMigMngni  y o ‘q o tg a n in g ,  h a m m a   n arsani 
y o ‘qotganing»  degan  xalq  maqollari  bejiz  aytilmagan.
M a ’lumki,  hozirgi  davrda  oila  m uam m olari  orasida  o ‘zaro 
m unosabat  va  yosh  avlodni  mustaqil  hayotga  tayyorlash,  ya’ni 
oilani  boshqaradigan  qilib  tarbiyalash  shu  kunning  dolzarb 
m a s a l a s i   h i s o b i a n a d i .   P r e z i d e n t i m i z   I.  A.  K a r i m o v n i n g  
« 0 ‘zbekistonning  o ‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yoMi»  risolasida  oila 
haqida  aytilgan  quyidagi jum lalarni  uchratamiz:  « Oila  — ja m i- 
y a t  negizidir.  Oila  turmush  va  vijdon  qonunlari  asosiga  quriladi, 
о ‘zining  k o ‘p   arslik  m ustahkam   va  m a ’naviy  tayanchlariga  ega 
bo'ladi,  oilada  dem okratik  negizlarga  asos  solinadi,  odamlar- 
ning  talab-ehtiyojlari  va  qadriyatlari  shakllanadi».
Darhaqiqat  har bir ota-ona  yosh  yigit-qizning ongida  o ‘zbek 
millatiga  xos  urf-odatlar,  qadriyatlar,  milliy  a n ’analarni  tarkib 
toptirib  borishi  kerak.

«Sog'lom  avlodni  tarbiyalash  — buyuk  davlat  poydevorini, 
fa ro v o n   h a yo t  a sosini  q u rish d ir»  —  deydi  P r e z id e n t im i z  
I.  A.  Karimov.
Kuzatishlardan  ayrim  yoshlarning  oilaviy  hayotga  tayyor 
emasliklari,  o 'zaro  kelishmovchilik,  bir-birini  hurm at  qilmas- 
lik,  xiyonat,  rashk,  oilada  jiddiy  m a s ’uliyat  hissining  yetish- 
masligi,  yengil-yelpi  hayot  kechirishga  o'rganib  qolish,  jinsiy 
nomutanosiblik,  ojizlik,  buzuqlik  va  m unosabatlarning  gigiy- 
enik  ham da  fiziologik  xususiyatlarini  yaxshi  bilmaslik  holat- 
lari  ayon  b o ‘lmoqda.
Inson  salomatligi  haqida  g'am xo'rlik  0 ‘zbekiston  Respub- 
likasining  Konstitutsiyasida  ham  o ‘z aksini  topgan.  Konstitutsi- 
yada  shunday  deyilgan:  «Respublika fuqarolari so g ‘lig ‘ini m uho- 
fa za   qilish  huquqiga  ega:  bu  huquq  keng  miqyosidagi profdaktik 
tadbirlarni  o ‘tkazish  bilan  ta ’m in la n a d h .  Profilaktik  tadbirlar 
deyilganda  mamlakat  miqyosida  dispanser  ko‘rigidan  o ‘tkazish, 
kasallangan  odamlarni  aniqlash  tushuniladi.
1999  yil  7  dekabrda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsi- 
yasi  qabul  qilinganligining  yetti  yilligiga  bag‘ishlangan  tanta- 
nali  yig‘ilishda  Prezidentimiz  I. A.  Karimov  2000  yilni  «Sog‘lom 
avlod  yili»  deb  e ’lon  qilishni  taklif  etdi.
Shu  m unosabat  bilan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  2000  yil  15  fevralda  «S og‘lom  avlod»  Davlat  das- 
turini tasdiqladi.  Dasturda, jumladan,  ijtimoiy tafakkurda yetuk, 
m a ’naviy  boy,  j i s m o n a n   s o g ‘lom   va  b a rk a m o l  avlod n in g  
tug‘ilishi  va  tarbiyalanishi  uchun  yuksak  m as’uliyat  psixologi- 
yasini  shakllantirish  masalalari  bo'yicha  aholiga  yalpi  bilim 
berish  tizimini  yaratish  zarurligi  t a ’kidlanadi:
—  yigit  va  qizlarni  bo'lajak  oilaviy  hayotga  tayyorlash, 
sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish;
—  qizlarni  o ‘zbek  milliy  urf-odatlariga  xos  va  mos  b o ‘lgan 
qadriyatlardan  iffat,  hayo,  nazokat,  latofat,  ibo  tushunchalarini 
tarkib  toptirish;
—  bolani  sog'lom  qilib  tarbiyalash  va  ularda  kerakli  bo'lgan 
odat  va  malakalarni  tarkib  toptirishga  o'rgatish;
—  yigitlarni  m ard,  g'ururli,  oilani  boshqara  oladigan,  ota- 
onasiga,  bolalariga  m ehribon  bo'lish  hissini  tarbiyalash;
9

—  yoshlarni  aktiv  zararli  odatlar  b o ‘lgan  tamaki,  nos  c h e ­
kish,  spirtli  ichimliklar  va  giyohvand  moddalarni  iste’mol  qi- 
lishga  qarshi  tarbiyalash;
—  homiladorlik  va  tug’ruq  paytida  ona  va  bola  salornatligini 
nazorat  qilish,  mustahkamlash  va  saqlash;
—  bir  yoshgacha  b o ’lgan  davrda  chaqaloqni  va  g o ‘daklar 
salornatligini  nazorat  qilish,  mustahkamlash  va  saqlash;
—  bir  yoshdan  olti  yoshgacha  boMgan  davrda  bola  salo- 
matligini  mustahkamlash  va  tarbiyalashni  t o ‘g‘ri  t a ’minlash;
—  n o g iro n   b o la la r n i  davlat  t o m o n i d a n   h i m o y a la s h n i 
kuchaytirish,  ulami jamiyatning  t o i a q o n h   a'zolariga  aylanishiga 
shart-sharoit  yaratish;
—  O'zbekiston  Respublikasi  hukumatining  onalik  va  bola- 
likni  muhofaza  qilish  bo'vicha  qaror  va  buyruqlarni  talabalar 
ongiga  yetkazish.
Anatomiya  fani  rivojlanishining  tarixi.
O dam   va  hayvonlar  tanasining  tuzilishi  haqida  b a ’zi  oddiy 
tasavvurlar  qadim dan  m a ’lum  boMib  kelgan.  Anatomiya  fan 
sifatida  eramizdan  ilgarigi  V  asrdan  m a ’lum.  O dam   tanasining 
tuzilishiga  oid  ko’p  m a ’lumotlar  qadimgi  Gretsiyada  eramizdan 
avvalgi  IV —V  a s r l a r d a   t a b i b l a r ,   fa v la s u f l a r   t o m o n i d a n  
to 'plangan.  Qadimgi  Gretsiyada  yashagan  m ashhur  olimlar 
Gippokrat,  Aristotel,  Gerofil,  Erazistrat  va  boshqalar  odam  
tanasini  har tom onlam a  o ‘rganib  ko‘p  m a ’lumotlar to ‘plaganlar.
0 ‘rta  asr  boshlarida  yashagan  atoqli  olim  Abu  Ali  ibn  Sino 
anatomiya  fanini  rivojlanishiga  katta  hissa  q o ‘shgan.  Rus  olim- 
laridan  A.  P.  Protasov,  S .  G.  Z ibelin,  A.  M .  Shum lanskiy, 
P.  A.  Zagorskiy,  N.  I.  Pirogov,  P.  F.  Lesgaft,  V.  P. Vorobyov, 
V.  N.  Tonkov  va  boshq.  anatom iya  fanini  rivojlanishiga  katta 
hissa  q o ‘shganlar.
Yuqorida  qayd  etilgan  olimlar  qatorida  O lzbekiston  olimlari 
ham  anatomiya  fanini  o ’rganishga  munosib  hissalarini  qo'shdilar.
0 ‘zbekiston  olimlaridan A.  Zufarov,  S.  N.  Kasatkin  hazm  tizi­
mini,  P.  O.  Isayev  qon  tomirlami,  E. N.  Melman,  R.  E. Xudoy- 
berdiyev,  S .  A.  D olim ovlar  lim fa  t i z im in i,  M .  R.  S ap in , 

Download 93.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling