Kichik maktab yoshidagi bolalar anatom iyasi, fiziologiyasi ya


Maktabning  suv  bilan  ta ’minlanishi


Download 93.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana05.02.2018
Hajmi93.45 Kb.
#26065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Maktabning  suv  bilan  ta ’minlanishi
Maktabda  har bir o'quvchiga  15  d m 3 suv  sarflanadi.  Maktab 
internatlarda  esa  120  d m 3,  xonalarga  har  30  ta  o'quvchiga 
m o'ljallanib  umivalniklar  qo'yiladi.  Ichiladigan  suv  hidsiz, 
yoqimli,  mazali  bo'lishi  kerak.
39

Ovqat  tayyorlash  uchun  toza  suvdan  foydalaniladi.  Shaharda 
suv  quvuridan  keladigan  suvdan.  vodoprovod  yo'q  maktablarda 
buloq,  artizan  yoki  quduq  suvidan  foydalanish  mumkin.  Ichim- 
lik  suvni  albatta  10— 15  minut  qaynatish  zarur.
Maktabda  bolalar  suv  ichishlari  uchun  har  300—350  ta 
o'quvchiga  mo'ljallab  bittadan  fontancha  quriladi.  Fontancha- 
ning  yerdan  balandligi  80  sm  bo'lishi  kerak.
Bolalarni  suvga  bo'lgan  talabi  ularning  yoshiga  bog‘liq.  1 
yoshli  bola  800  sm 5,  2  yoshli  bola  950  sm 3,  5—6  yosh  bola 
1200  sm 3,  7— 10  yosh  bola  1350  sm 3,  1 1 — 14  yoshdagilar  1500 
sm 3  suv  ichadilar.
Maktab  va  bolalar  bog‘chasidan  chiqindilarni 
chiqarib  tashlash
Bolalar  bog'chasi,  maktab  internatlarining  kanalizatsiyasi 
aholi  punktlarining  kanalizatsiyasiga  ulanadi.
Axlat  va  oshxona  chiqindilari  emal  bilan  qoplangan  yoki 
ruhlangan qopqoqli  chelaklarga yig'iladi,  so'ngra axlat  yig'iladigan 
idishlarga  yoki  axlat  o'ralariga  to'kiladi.  Axlat  idishlar  muassasa- 
ning  xo'jalik  hovlisiga  qo'yiladi.  Axlat  yig'iladigan  idishlar  va 
ularga  zich  yopiladigan  qopqoqlar  qo'yiladi.  Axlatlar  haftada,
2—3  marta  olib  ketilib,  idishlar  dizenfeksiyalanadi.
Bolalar  va  o ‘smirlar  muassasalari  uchun  yer  uchastkalari
Yer  uchastkasining  katta-kichikligi  bolalar  va  o'sm irlar  bi­
lan  tarbiyaviy,  o'q uv  va  sog'lomlashtirish  ishlari  o'tkazilishi 
uchun  to'la  t a ’minlanadigan  bo'lishi  kerak.
M aktablar  uchun  yer  uchastkalari  o'quvchilar  soniga  qarab 
ajratiladi.  192  va  320  o'quvchi  maktablar  uchun  1,2  va  1,7 
gektar:  392,  464,  624  o'quvchi  maktablar  uchun  2  gektar:  784 
va  1176  o'quvchi  m aktablar  uchun  2,2  va  2,8  gektar  yer  u c h a ­
stkalari  ajratish  lozim.
Maktab  internatlari  uchun  2  gektardan  2,5  gektargacha  yer 
uchastkasi  ajratiladi.
Yer  uchastkasida gruppalarga  bo'lib  berilgan  maydonlardan 
tashqari,  um um iy  fizkultura  m aydoni  nazarda  tutiladi.  Bu 
m aydonda  turli  serharakat  o'yinlar  o'tkaziladi.
40

Yer  uchastkalarining  atrofi  o'rab  qo'yiladi.
Maktab  va  maktab  internatlarining  uchastkalari  bolalarning 
tanaffus  vaqtida  ochiq  havoda  bo'lishini,  fizkultura  darslarida 
mashg‘ulot o'tkazish,  tabbiyot  darslarini  o'tish,  o'quvchilarning 
maktabdan  tashqari  hordiq  chiqarishiga  mo'ljallangan  bo'lishi 
kerak.
Har  bir  bolalar  muassasalari  yer  uchastkasining  bir  qismi 
xo'jalik  hovlisi  uchun  ajratiladi.
Takrorlash  uchun  savollar:
1.  M a k t a b   i m o r a ti g a   q a n d a y   g ig iy c n ik   t a l a b i a r   q o 'y i l a d i ?
2.  S in fn i n g   m i k r o i q l i m i   q a n d a y   b o ' l m o g ' i   ke ra k?
3.  H o j a t x o n a   va  axlat  o 'r a l a r i g a   q a n d a y   gig iy e n ik   t a l a b i a r   q o 'y i l a d i ?
4.  M a k t a b d a g i   o ' q u v c h i l a r   x o n a s i,  y u q o r i ,  ves tib ul  y e c h i n i s h   x o n a s i  q a n ­
d a y   g igi ye nik  ta la b la r g a   ja v o b   b e rish i  k e ra k ?
5.  M a k t a b   i n t e r n a t l a r i   o ld ig a  q a n d a y   g ig iy e n ik   t a l a b i a r   q o 'y i l a d i ?
6.  M a k t a b n i   suv  bila n   t a ’m i n l a n i s h i g a   q a n d a y  g igiyen ik  ta l a b i a r   q o 'y ila d i?
7.  M a k t a b   y e r   u c h a s t k a s i g a   q a n d a y   g ig iy e n ik   t a l a b i a r   q o 'y i l a d i ?
NERV  SIST E M A SI 
Nerv  sistemasining  tuzilishi  va  funksiyalari
Nerv  sistemasi  asosan,  tashqi  m uhitdan  ichki  organlardan 
keladigan  turli  axborotlarni  qabul  qiladi  va  ularni  markaziy  nerv 
sistemasiga  yetkazib  beradi.
Nerv sistemasi  organizmidagi  barcha  organlami  bir-biri bilan 
b o g ia b ,  organizmning  bir  butunligini  t a ’minlaydi,  organizmni 
tashqi  muhit  bilan  bog‘laydi  h a m d a   uni  tashqi  muhitga  mos- 
lashtiradi.  Nerv  sistemasi  yordam ida  atrof-m uhitdan  turli  sig- 
nallarni  qabul  qiladi.  Ular  analiz  va  sintez  qilinib,  turli  reak- 
siyalar  bilan  javob  qaytariladi.
Nerv  sistemasi  ichki  sekretsiya  bezlaridan  ishlab  chiqarila- 
digan  turli  garmonlarning  qon  orqali  organizmga  k o ‘rsatadigan 
ta’sirini  va moddalar almashinuvini  boshqarib  turadi.  O'sish  rivoj- 
lanishga  t a ’sir  etadi.  Bundan  tashqari,  nerv  sistemasining  oliy 
bo‘limlarida  ruhiy  funksiyalar amalga  oshiriladi.  Idrok  etish,  fikr- 
lash,  nutq  va  hakozolar.  Oliy  nerv  faoliyati  bilan  boshqarib  turi- 
ladi.  Nerv sistemasi markaziy (bosh va orqa miya),  periferik (chetda
41

joylashgan)  nervlar.  ularning  oxirgi  apparailaridan  tashkil  topgan 
qi.smlarga  bo’linadi.  Markaziy  nerv  sistemasida  nerv  hujayralar 
(neyron  tanalarimng  periferik  qismi.  asosan,  nervlardan,  ya’ni 
bolalar  bog’lamidan  iborat  b o ’lib,  bu  tolalarning  tanasi  (nerv 
hujayrasi)  nerv  sistemasining  markaziy  qismida  joylashgan.
Nerv  sistemasi  shartli  ravishda  ikkita  somatik  va  vegetativ 
nerv  sistemasiga  bo'linadi.  Skelet  muskullarini  va  b a ’zi  ichki 
organlarini  (til.  hiqildoq,  halqum  va  hokazolarni)  t a ’minlab 
turadigan  nervlar  somatik  nerv  sistemasi  bo'lib,  asosan  orga­
nizmni  tashqi  muhit  bilan  bog'laydi  va  skelet  muskullari  hara- 
katini  boshqaradi.
Vegetativ  nerv  sistemasi  ichki  organlarni  (m e ’da,  ichaklar, 
nafas  olish,  siydik-tanosil  organlari.  ichki  sekretsiya  bezlari, 
teri,  yurak  va  qon  tomirlarini)  nerv  bilan  t a ’rninlaydi.
Q o ‘zg‘alish,  qo‘zg‘aluvchanlik.  T a’sirlanish  tushunchalari.
Qo'z g'aluvchanlik  barcha  to'qim alarga  xos  xususivatdir.
To'qim ani  qo'zg'atish  uchun  m a ’lum  t a ’sirlovchi  bo'lishi 
shart,  shundagina  to'q im ada  moddalar  almashinuvi  sodir  bo'lib, 
tirik  oiganizm  ta'sirga  qo'zg'alish  bilan  javob  beradi.
Muskul  to'qimasi  q o 'z g ’alganda  qisqaradi,  bez  to'qimasi 
qo'zg'alsa  sekret  yoki  shira  ajraladi.  T o'qim ani  qo'z g'atuvchi 
t a ’sirlovchi fizik ,  kimyoviy,  mexanik,  elektrik,  biologik va  boshqa 
turlarga  bo'linadi.
T a ’sirlovchi  kelib  chiqishiga,  organ  yoki  to 'q i m a   t a ’sir 
ko'rsatilishiga  qarab  ad ekva t  va  noadekvat  t a ’sirlovchilarga 
bo'linadi.  Muayyan  to 'q im a   hujayra,  organ  uchun  xos  bo'lgan 
ta  sirlovchi  adekvat  ta 'sirlovchi  deb  ataladi.
Masalan,  ko'z ning  adekvat  t a ’sirlovchi  yorug'lik,  muskul- 
niki  nerv  tolasidan  keladigan  impuls  hisoblanadi.  M uayyan 
organ,  to'qim a  uchun  xos  bo'lm agan  t a ’sirlovchilar  noadekvat 
t a ’sirlovchi  deb  ataladi.  Masalan,  muskul  to'qim asi  nervdan 
kelayotgan  impulsdan  tashqari,  elektr toki,  tuz,  kislota  t a ’sirida 
ham  qisqarishi  mumkin.  Bular  noadekvat  ta'sirlovchilardir.
Tirik  to ‘qimalardagi  bioelektrik  hodisalar.
T o 'q im a  xujayralarida  qo'zg'alish  vaqtida  qo'z g'algan  soha 
bilan  nisbatan  tinch  soha  o'rtasida  potensialar  sodir  bo'ladi. 
Qo'zg'alish  vaqtida  tirik  to'qim alar  sodir  bo'ladigan  elektrik 
o'zgarishlar  bioelektrik  hodisalar,  y a ’ni  bioelektrik  toklar  deb 
ataladi.  Biotoklar  quvvati  vaqtning  mingdan.  hatto  milliondan
42

bir  b o ‘lagi  bilan  o'lchanadi.  Baqanning  birorta  muskulini jaro- 
hatlab,  shu  joyga  ham da  sog'  joyiga  galvanometr  elektrodlari 
q o ‘yilsa,  uning  mili  bir  tom onga  harakatlanadi.  Muskulning 
jarohatlangan  qismida  (+) jarohatlanmagan  qismida  (-)  zaryad- 
lar  hosil  bo'ladi.  Sog'  qism  bilan  jarohatlangan  qism  orasida 
hosil  bo'lgan  potensiallar  ayirmasi  tinchlik  toki  deyiladi.
Bu  poten siallar  ayirmasi  k o ‘p  o ‘tm ay  y o 'q o lib   ketadi. 
Muskulda  hosil  boMgan  tinchlik  toki  1—2  mv,  nervdagisi  esa 
30  mv  bo'lishi,  muskuldagi  tinchlik  toki  nervdagiga  nisbatan 
biroz  uzoq,  saqlanishi  m um kin.  Biotoklarni  o'rganish  turli 
kasalliklarni  aniqlashda  yordam  beradi.
Yurak  muskullarining  harakat  toklari  elektrokardiograf yor­
damida  vozib  olinadi.  Bu  yozuv  elektrokardiogramma  deb  ata­
ladi.  M e’dada  hosil  boMadigan  harakat toklari  elektrogastrografda 
yozib  olinadi,  u  elektrogastrogramma  deyiladi.  Bosh  miyadagi 
harakat  toklari  esa  elektroensefalografda  yozib  olinadi.
NERV  TOLALARINING  T U Z U L ISH I 
VA  XUSUSIYATLARI
Taassurot  berilganidan  keyin  nerv  sistemasida  fiziologik 
jarayon  ro'y beradi,  qo'zg'alish  deb  shuni  aytiladi.  Bu  qo'zg'alish 
nerv  bo'ylab  uzatiladi.
Markazdan  qochuvchi,  markazga  intiluvchi  va  aralash  nerv- 
lar  bir-biridan  tafovut  qiladi.
Markazga  intiluvchi  nervlar  impulsini  nuqul  sezgi  organ- 
laridan  nerv  sistemasining  markaziy  bo'lim iga  o'tkazadi.  Bu 
nervlar  sezuvchi  nervlar  deb  ham  ataladi.
Markazdan  qochuvchi  nervlar impulsini  markaziy bo'limdan 
periferiyadagi  ishchi  organga  o'tkazadi.  Bular  harakatlanuvchi 
п еЫ а г  deb  ham  ataladi.
Aralash  nerv  impulsni  ikki  yo'nalishda  o'tkazaveradi.
Parda  bilan  qoplangan  nerv  hujayralarining  o'simtasi  nerv 
tolasi deyiladi.  Nerv  hujayrasi  o'simtasining  markaziy  qismi  o'q 
silindir  deyiladi.  Nerv  tolalari  miyelinli  va  miyelinsiz  bo'ladi. 
Miyelinsiz  nerv  tolalari  faqat  Shvann  qavat  bilan  qoplangan.
Nerv  tolasining  asosiy  xususiyati  o'tkazuvchanlik,  labillilik, 
moddalari  almashinuvning  sekin  borishi,  nisbatan  charchamas- 
lik  hisobianadi.  Nerv tolalarining  labilliligi  turlicha bo'ladi.  Ba’zi
43

nerv  tolalari  har  lahzada  bir  necha  o 'n t a   impuls  o'tkazsa, 
boshqalari  500  tagacha  impuls o'tkazadi.  Qalin  mielin  qavat  bilan 
qoplangan  nerv  tolalari  o'ta  labillilik  xususiyatiga  ega.
Nerv  tolalari  qo'z g'alganda,  muskullar  qo'zg'alishiga  nis­
batan  ancha  kam  energiva ajraladi.  Ingichka  nerv  tolalar yo'g'on 
tolalarga  nisbatan  tezroq  charchaydi.  Keyingi  tekshirishlarda 
nerv  tolasining  charchashi  isbotlangan.  Nerv  tolasi  charcha- 
ganda  biotoklarning  kuchi  o ‘zgaradi.  Qo'zg'alish  impulsining 
tarqalishi  2—3  m artaga  susayadi.  Nerv  tolasi  m a ’lum  vaqt 
oralig'ida  kelgan  impulsiga  nisbatan  kamroq  impuls  o'tkazib, 
o'z ining  charchamasligini  t a ’minlaydi.
Nerv  tolasi  chiqqan  qo'zg'alish  to'lqinlarining  o ‘tkazilishi 
nervning  keyingi  keladigan  har  bir  qismining  yuqori  voltli  po- 
tensiallar  bilan  t a ’sirlanishiga  bog'liq.  Q o ‘zg‘alish  potensiallari 
yumshoq  qavatli  nerv  tolalaridan  uzluksiz  emas,  balki  o'qtin- 
o ‘q tin   ta rq a la d i.  Q o 'z g 'a l i s h   t o ‘lq in in in g   nerv  to la s i d a n  
o'tqazilishi  o'zidan  oldingi  to'Iqinga  harakatlanayotgan  yuqori 
voltli  potensiallarning  hosil  bo'lishiga  bog'liqdir.  Nerv  tolasidan 
t a ’sir  o ‘tishi  uchun  u  fiziologik  normal  holatda  bo'lishi  shart.
Nerv  tolasiga  qattiq  sovitilsa  yoki  o'tk ir  zaharlansa,  nerv 
impulsini  o'tkazmaydi.  Aralash  nervlar tarkibdagi  harakatlanuv- 
chi  sezuvchi  nervlar  esa  impulsni  bo'lib-bo'lib  o'tkazadi.  Im - 
pulslar bir xilda  ajralgan  holda  o ‘tkazilishi  nervning  mielin  qavat 
bilan  qoplanishiga  sabab  bo'ladi.
Nerv  tolasiga  t a ’sir  ikki  to m o n la m a  o'tadi.  Buni  1877  yilda 
A.  I.  Babuxin  Nil  daryosidan  tutilgan  laqqa  balig'i  elektr  or- 
ganining  nervida  isbotlagan.  Agar  nerv  tolasi  baliq  tanasidan 
ajratib  qo'yilsa,  u  2—3  kundan  keyin  nobud  bo'Ia  boshlaydi. 
Nerv  tolasi  qirqilganda  esa  nerv  hujayrasi  tanasi  tom onidan 
o'sa  boshlaydi.  Nerv  tolasining  qayta  tiklanishi  bilan  impuls 
o'tishi  ham   qayta  tiklanadi.  Markaziy  nerv  sistemasining  ney- 
ronlari  nerv  tolasidan  impulslarni  bir  to m o n la m a   sezuvchi 
retseptordan  ishchi  organga  o'tqazadi.  Bu  nerv  impulsining 
sinapslar  orqali  o'tkazilishiga  bog'liq.
Qo'zg'alish  impulsi  qo'zg'algan  to'q im aning  ham m a  qismi- 
ga  bir  tekis  to'la  tarqaladi.  Bunga  dekermentsiz  o'tkazilishi  deyi­
ladi.  Nerv  tolasi  qancha  yo'g'on  bo'lsa,  qo'zg'alish  shuncha  tez 
o'tadi.  Nerv  tolalari  qo'zg'alishiga  ko'ra  A,  V,  S  gruppalarga 
bo'linadi.  A  gruppaga  miyelin  qavatli  qalinroq,  diametri  12—
44

22  m  km  bo'lgan  nerv tolalari  kiradi,  ular orqali ta ’sir bir sekundda 
70—120  ml  sek  tezlikda  o'tadi.  Bu  gruppa  nerv  tolalari  o'ta  ele- 
ktrik aktivlikka  ega.  V gruppaga  vegetativ  nerv sistemasining b a ’zi 
tolalari  kiradi.  Bularning  diametri  1—3  mmk  bo'lib,  issiq  qonlik 
hayvonlarda  ta’sirini  3—14/sek  tezlikda  o'tkazadi.  S  gruppa  nerv 
tolalari  yumshoq  qavatsiz  bo'lib,  diametri  juda  kichik.  Bularga, 
asosan,  simpatik  nerv  tolalari  kiradi.
Nerv  tolalarining  mielinlashuvi
Avval  periferik  nervlar,  so'ngra  orqa  miya  nervlari,  keyin- 
roq  bosh  miya  sopining  nerv  tolalari,  undan  so'ng  bosh  miya 
katta  yarimsharining tolalari  miyelinlashadi.  Miyelin  qavat  rivoj­
langan  sari  nerv  tolasining  qo'zg'aluvchanligi  orta  boradi.  Ona 
qornida  embrion  4  oylik  bo'lg an d a n   boshlab  orqa  va  bosh 
miyadagi  nervlar  mielinlasha  boshlaydi.
Birinchi  galda  harakat  nervlari,  so'n gra  aralash  nervlar, 
undan  keyinroq  miyaning  markazga  intiluvchi  nervlari  mielin­
lashadi.  Bola  tug'ilganida  harakat  nervlari  mielin  qavat  bilan 
qisman  o'ralgan  bo'ladi.
Bola  1,5—2  yoshli  b o 'lganda  bosh  miyasidagi  ko'p gina 
nervlar,  2  yoshida  eshitish  organi  nervlari  mielinlashib  bo'ladi. 
Ko'rish  va  til-tom oq  nervlari  yangi  tug'ilgan  bolalarda  miyelin- 
lashmagan  bo'ladi,  3—4  yoshda  to'liq  miyelinlashadi.  Yuz 
nervining  tarmoqlari  hom ilada  ona  qornidayoq  mielinlasha 
boshlab,  bola  tug'ilishi  vaqtiga  kelganda  to'liq  tugaydi.  Uch 
yoshda  bosh  miyaning  nerv  tolalari  mielinlashib  funksiyalari 
murakkablashib  boradi.
REFLEKS  NERY  FAOLIYATINING  A SO SIY   SHAKLI
Nerv  sistemasining  faoliyati  reflektor  tarzda  amalga  osha- 
di.  Ichki  va  tashqi  m uhit  t a ’sirlariga  markaziy  nerv  sistemasi 
orqali  qaytariladigan javob  reaksiyasi  refleks deb  ataladi.  T ash­
qi  t a ’sirlar  eng  a w a lo   o 't a   sezgir  periferiya  nerv  uchlari  — 
retseptorlar  orqali  qabul  qilinadi.
Nerv  sistemasi  tashqi  t a ’sir  natijasida  aktiv  holatga  kelib, 
qo'zg'alishni javob  qaytaruvchi  organga  o'tkazadi.  Refleks  ter- 
minini  fiziologiya  faniga  chex  olimi  G.  Proxaski  kiritgan,  ref-
45

leks  voyi-retseptor,  markazga  intiluvchi  nerv,  ya’ni  afferent 
nerv,  nerv  markazi  orqa  va  bosh  miya,  markazdan  qochuvchi 
nen/,  ya’ni  afferent  nerv  va  ish  bajaruvchi  organ  yoki  effektor 
organdan  tashkil  topgan.  Retseptorlar joylashishiga  qarab  tashqi 
eksteroretseptorlar  va  ichki  retseptorlar  interoretseptorlarga 
b o lin a d i.
Ekstreroretseptorlarga  teri,  k o 'z ,  quloq,  hid  bilish,  t a ’m  bil­
ish  organlarida joylashgan  retseptorlar  kiradi.  Ular  turli  xildagi 
tashqi  t a ’sirni  qabul  qiladi.  Interoretseptorlar  esa  ichki  o rg a n - 
larcla  joylashgan,  ular  organizm ning  o ’zida  hosil  bo'ladigan 
t a ’sirni  qabul  qiladi.  Proprioretseptorlar  muskullar,  paylar  va 
b o ‘g ‘imlarda  joylashgan  retseptorlardir.
Refleksning  turlari.  Javob  reaksiyasi  tabiatiga  qarab  refle- 
kslari:  harakat,  sekretor  va  tropik  reflekslarga  b o lin a d i.
Harakat  reflekslari  organizmdagi  reflekslaming  asosiy  mas- 
sasini  tashkil  etadi.  Sekretor  reflekslar.  bezlardan  shira  ishlanib 
chiqishini  boshqaradi.
Shartsiz  reflekslar  tug'm a  reflekslar  bo'lib,  bola  tug‘ilganda 
narnoyon  b o ‘ladi.  Bu  reflekslar  bola  hayotida  m uhim   biologik 
ahamiyatga  ega.
Shartli  reflekslar  bola  hayoti  davomida  shartsiz  reflekslar 
asosida  hosil  b o ia d i.  Bu  reflekslar  bola  organizmning  tashqi 
muhitga  moslashuvida  m uhim   ahamiyatga  ega.
Markaziy  nerv  sistemasining  xususiyatlari.
Nerv  sistemaning  nerv  tolalaridan  keladigan  turli  xildagi 
tashqi,  ichki  ta ’sirini  qabul  qiladi.  Reflekslaming  nerv  markazlari 
nerv  sistemasining  turli  joylarida  o ‘rnashgan.
Bitta  neyron  bir  necha  refleksda  ishtirok  etib,  turli  nerv 
markazlarida  qatnashishi  mumkin.  Masalan,  til  muskullarini 
t a ’minlovchi  neyronlar  chaynash,  yutish  va  nutq organlarining 
reflektor  harakatlarida  ishtirok  etadi.  B a’zi  reflekslaming  yu- 
zaga  kelishida  nerv  sistem asining  turli  b o ‘laklaridagi  nerv 
markazlarining  neyronlari  ishtirok  etadi.  Masalan,  nafas  olish 
va  nafas  chiqarish  reflekslarida  uzunchoq,  miyadagi  neyronlar 
bilan  birga,  orqa  miya,  katta  miya  yarim  sharlaridagi  neyron­
lar  ham   ishtirok  etadi.
Nerv  markazlari  qo'zg'alish,  tormozlanish,  yig'ilish,  trans­
form a tsiya,  mayinlik,  kislorod  tanqisligiga  chidamsizlik,  dom i­
nanta  va  boshqa  fiziologik  xususiyatlarga  ega.  Nerv  impulsi
46

neyronlarga  tabiiy  t a ’sirlovchisi  hisobianadi.  Nerv  hujayraiari- 
n in g   m u h im   x u s u s i y a t la r i d a n   biri  u n in g   q o 'zg 'a lish id ir. 
Q o ‘zg‘alish  tufayli  t a ’sirga  tezda javob  reaksiyasi  paydo  boMadi. 
Q o ‘zg‘alish  vaqtida  t o kqimada  funksional,  fizik-kimyoviy  ho- 
disalar  sodir  boMadi.
Nerv  markazida  maMum  refleks  amalga  oshishida  yoki  bi­
ro r  funksiya  bajarilishida  bir  guruh  neyronlar  funksional  birik- 
masining  ishtirok  etishi  nerv  mcirkazi  deb  ataladi.
Nutq  funksiyasida,  lablar,  hiqildoq  harakat  muskullarining 
nerv  markazlari  uzunchoq  miya,  o'rta  va  bosh  miya  katta  у a rim 
sharlari  p o ‘stlogMda joylashgan.  S o‘zlar  m a ’nosi  tushuniladigan 
nerv  markazi  bosh  miya  katta  yarim  sharlarining  chakka  qismi- 
da joylashgan.  Bu  markaz shikastlanganda  odam  so'zlar m a’nosini 
tushunish  qobiliyatini  yo‘qotadi.  Peshona  qismi  shikastlangan­
da  odam  nutqini  tushunadi-yu,  lekin  gapiraolmaydi.
Shuni  aytish  kerakki,  yangi  tugMlgan  chaqaloq  nerv  siste- 
masining  q o ‘zg‘aIuvchanligi  sust  boMadi.  12  kunlik  chaqaloq, 
nerv  markazlarining  q o ‘zgbaluvchanligi  katta  odamnikiga  nis­
batan  kuchliroq  boMadi.  Labillilikning  ortishi  va  xronaksiya- 
ning  kamayishi  q o ‘zg‘aluvchanlikni  ortishini  ko‘rsatadi.  Bola 
nerv  sistemasida  m oddalar  almashinuvi  jadal  kechishi  tufayli 
kislorod  tanqisligiga  juda  sezgir  boMadi.
Q o ‘zgkalish  va  tormozlanish  jarayonlarining  birligi.
Nerv  sistemasining  har  bir  sohasi,  har  bir  tirik  hujayra 
tashqaridan  boMgan  t a ’sirga  q o ‘zg‘alish  yoki  tormozlanish  bi­
lan  javob  qaytaradi.  Markaziy  nerv  sistemasidagi  q o ‘zg‘alish 
va  tormozlanish  jarayonlari  o ‘zaro  va  m akonda  t a ’sir  etadi, 
y a ’ni  m arkaziy  nerv  sistem asidagi  turli  m a rk a z la r  o ‘zaro 
bogManadi.  Nerv  sistemasida  q o ‘zg‘alish jarayoni  tormozlanish 
jarayoni  bilan  almashinib,  q o ‘zg‘alish  tormozlanishga,  to rm o z­
lanish  q o £zg‘alishga  o ‘tib  turadi.
Q o ‘zg‘alishning  nerv  sistemasi  markazlarida  tarqalishi  ir- 
radiatsiya  deyiladi.
Nerv  jarayonlarining  uyg‘unligi.
Markaziy  nerv  sistemasida  bir  guruh  neyronlar  yoki  ayrim 
nerv  markazlar  q o ‘zg‘alganda,  ikkinchi  nerv  markazlari  tor- 
mozlangan  baholanadi.  Bir guruh  muskullarning  nerv  m arkaz­
lari  tormozlanadi.  Masalan,  qoM  panjasini  musht  qilganda  yelka 
oldining  orqa  tomonidagi  muskullar  b o £shashadi,  y a ’ni  bukuv-
47

chi  muskullarning  nerv  markazlari  qo'zg'alib,  yozuvchi  muskul­
larning  nerv  m arkazlari  torrnozlanadi.  N erv  sistemasidagi 
qo'zg'alish  va  tormozlanish  jarayonlarinmg  bir  xildagi  o ‘zaro 
t a ’siri  u yg‘unlik  deyiladi.  C hap  oyoqni  bukkanda  o 'n g   oyoq- 
ning  tizza  b o'g'im i  yoziladi  va  aksincha.
Dominanta.  Nerv  markazlaridagi  d om inanta  xususiyatini 
1923  yilda  A.  A.  Uxtomskiy  isbotlagan.
Bir  butun  refleks  apparati  bir  xil  sharoitda  ishlab  turganda 
kuchli  t a ’sir  natijasida  impulslarning  nerv  markazlarida  vaqtin- 
chalik  t o ‘planib,  ustunlik  qilishi  dominanta  deyiladi.
Optimal  kuch  va  optimal  ritmdagi  qo'zg'alish  impulslari 
nerv  markazlarida  yuqori  qo'zg‘alish  o ‘chog'ini  keltirib  chiqara- 
di.  Nerv  markazlari  gumoral  t a ’sir  natijasida  ham  q o 'z g ‘aladi. 
O 'ta  q o ‘zg‘alish  nerv  markazida  yetiladi.  Shunday  qilib,  us- 
tunlik  qiladigan  q o ‘zg‘alish  o ‘ch o g ‘i  paydo  bo'ladi.
D o m in a n ta   o 't a   q o 'z g 'alg an   nerv  markazi  boshqa  nerv 
markazlaridan  ustunlik  qiladi.  Masalan,  agar  tizza  refleksi  tek- 
shirilayotgan  odamga  tizza  refleksi  yaxshi  chiqmayotgan  b o ‘lsa, 
unga  o ‘ng  q o ‘li  panjasini  chap  qo'li  bilan  tortish  buyuriladi, 
shu  vaqtda  tizza  refleksi  yaxshi  natija  beradi.  D o m in a n ta  
markazi  markaziy  nerv  sistemasining  barcha  boMimlari  faoliya- 
tiga  t a ’sir  etadi.  Q o'zg'aluvchanlik  qancha  kuchli  bo'lsa,  d o ­
m inanta  markazi  ham  shuncha  turg'u n  boMadi  ham da  shu  nerv 
markaziga  kelgan  impulslar  shunchalik  k o ‘p  to'planadi.  Nerv 
markazlari  aktivligi  doimo  bir  xilda  bo'lmaydi,  reflektor  reak- 
siyaning  uyg'un  boMishida  bir  guruh,  nerv  markazlarga  qara- 
ganda  boshqa  nerv  markazlari  aktiv  bo'ladi.  D o m inantaning 
asosiy  xususiyati  q o ‘zg‘aluvchanlikni  nerv  markazlarida  yuqori 
bo‘lishi,  qo'zg'aiishning  turg'unligi,  chetki  ta’sirining  to ‘planishi 
va  d o m inatning  befarq  b o ‘lishidir.  D o m in an tan in g   vujudga 
kelishidagi  m uhim   shartlardan  biri  nerv  hujayralarining  o 'ta  
q o 'z g ‘aluvchanligi  hisob lan ad i.  D o m i n a n t a   uzo q   m u d d a t 
saqlanib  turishi  mumkin.  Lekin  ham m a  markazlar  ham  d o m i­
nanta  holatiga  kelavermaydi.
D om inanta  bitta  nerv  markazida  emas,  balki  nerv  siste- 
maning  turli  sohalarida  paydo  b o ‘lishi  mumkin.  Muskul  ishi 
dom inantasida  miya  po'stlog'ining  turli  qismlarida,  po'stloq 
osti  qismlarida  kuchli  q o ‘zg‘alish  vujudga  keladi.  D om inanta
48

о 1 iу  nerv  faoliyatiga,  odam ning  ruhiyatiga  bog'liq  bo'ladi,  al- 
batta.
D om inanta  markazidan  tashqaridagi  reflekslarni  vujudga 
keltiruvchi  boshqa  t a ’sirlovchilar  d o m in an tag a  berilm aydi, 
aksincha  shu  dominant  markazining q o ‘zg‘aluvchanligini  yanada 
oshiradi,  binobarin,  refleks  halqalarida  tormozlanishini  kuchay- 
tiradi.  Nerv  markazlari  dominantasi  pedagogika  va  psixologi- 
yada  juda  katta  ahamiyatga  ega.  O 'qituvchilar  o'quvchilarga 
ta ’lim-tarbiya  berishda  buni  hisobga  olishlari  kerak.
Irradatsiya,  induksiya,  q o ‘z g ‘alish,  tormozlanish,  d om inan- 
taning  yoshga  xos  xususiyatlaridir.
Bola  tug'ilganidan  keyin  markaziy  nerv  sistemasi  tashqi 
muhit  t a ’sirni  va  xulq-atvor,  nutq  tufayli  rivojlanib  boradi.  Yangi 
tug'ilgan  va  kichik  bog'c ha  yoshidagi  bolalarning  nerv  siste- 
masida  qo'z g'alish  jarayoni  torm ozlanish  jarayonidan  ustun 
turadi.  Harakat  markazlari  orqa  va  bosh  miyada  qo'zg'alish 
xususiyatiga  ega,  shu  sababli  bu  yoshdagi  bolalar  serharakat  va 
his-hayajonga  to 'la  bo'ladi.
Bolalarda  shartli  refleks  hosil  bo'layotgan  davrda  qo'zg'alish 
shu  shartli  refleksni  hosil  qiluvchi  analizator  markaziga  ham da 
qo'zg'atish  analizator  markazlariga  tarqaladi.  Shartli  refleks- 
ning  hosil  bo'lishi  va  m ustahkamlanishi  bilan  shartli  t a ’sirlov- 
chiga  talluqli  markazlarga  tarqalmaydi.  Masalan,  bolada  bi- 
rorta  tovushga  shartli  refleks  paydo  b o i s a ,   shu  tovushga  yaqin 
tovushlar  ham  shartli  t a ’sirlovchi  kabi  t a ’sir  etib,  shartli  refleks 
hosil  qiladi.  Shartli  refleks  qancha  mustahkam  bo'lsa,  qo'zg'alish 
shuncha  kam  tarqaladi.
G o 'd a k lard a  qo'zg'alish  b og'c ha  yoshidagi  bolalardagiga 
nisbatan  ancha  keng  tarqaladi.  Bog'cha  yoshidagi  bolalarda 
qo'zg'alish  markazlari  tez  almashinib  turadi.  Shuning  uchun 
bu  yoshdagi  bolalarning  harakati  va  diqqati  beqaror  bo'ladi, 
uzoq  davom  etmaydi.  Bolaning  yoshi  orta  borar  ekan,  d o m i­
nanta  markazlarida  vujudga  kelgan  qo'zg'alish  barqaror bo'lib, 
uzoq  vaqt  qo'zg'alib  turadi  ham d a  t a ’sirlar  yig'indisi  ortib 
boradi.  Yangi  tug'ilgan  bolada  ovqatga  d o rm in a n ta   paydo 
bo'ladi.  Asta-sekin  ayrim  t a ’sirga  d om inanta  markazlari  vu­
judga  kela  boshlaydi.  D om inanta  markazlari  turg'un  bo'lmaydi 
va  dom inanta  uzoq  davom  etmaydi.
4  —  Q.  So d iq o v
49

M uhim   atam alar:
N e v r o n   —  nerv  hu ja yr a.
P er ef e ri k   —  c h e t d a   jo y l a s h g a n .
M ic li n   —  par da .
Refleks  —  a k sla n ish .
D o m i n a n t a   -   o ' t a   q o ' z g ' a l i s h .
I rra d a ts iy a   —  ta r q a lis h  
B io to k   —  b io lo g ik   tok.
Takrorlash  uchun  savollar:
1.  N e r v   tizi mi  q a n d a y   a h a m i y a t g a   eg a?  N e r v   s i s t e m a n i n g   u m u m i y   t u z i ­
lishi  q a n d a y ?
2.  Q o ' z g ' a l i s h .   q o ' z g ' a l u v e h a n l i k .   t a ' s i r l a n i s h   n i m a 9
3.  S a l o m a t i k   n e r v l a r   nima'.1
4.  Refleks  d e b   n i m a g a   ay tila d i?
5.  Refleks  yoyi  q a n d a y   tu z i l g a n ?
6.  B i o t o k l a r   q a n d a y   hosil  b o ’ladi'?
7.  N e r v   m a r k a z l a r i   q a n d a y   x u su s iv a tla r g a   e g a 9
8.  D o m i n a n t a   n i m a 9
Download 93.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling