Kichik maktab yoshidagi bolalar anatom iyasi, fiziologiyasi ya


Download 93.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana05.02.2018
Hajmi93.45 Kb.
#26065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18

DINA M IK   STEREOTIP
Oddiy  yashash  sharoitida  odam  va  hayvon  organizmiga  turli 
xil  t a ’sirlovchilarning  murakkab  sistemasi  t a ’sir  etadi.  Orga- 
nizmni  shunday  murakkab  t a ’sirlovchilarga  moslanishi  miya 
yarim  sharlar  po'stlog'ining  shartli  reflekslar,  analitik  sintetik 
fa oliya ti  tufayli  a m a lg a   o s h irila d i.  M iya  yarim   sh a r la ri 
p o 'stlo g 'in in g   shartli  reflekslar,  analitik  —  sintetik  shartli 
reflektor  faoliyatiga  misol  qilib,  kom pleks  shartli  reflekslar- 
ni  olish  mumkin.  Bu  miya  yarim  sharlar  p o ‘stiog‘ining  yanada 
murakkab  ko'rinishidagi  faoliyati  bo'lib,  shartli  reflektor  faoli­
yati  yoki  dinam ik  stereotip  bo'lib  hisoblanadi.
Dinamik  stereotip  deb,  belgilangan  vaqtda  shartli  refleks 
zanjiriga  o ‘xshab  ketm a-ket  tartib  bilan  kelishi  va  nerv  siste- 
masida  shu  t a ’sirotlarga  javob  berilishiga  aytiladi.
Dinamik  stereotip,  boshqacha  aytganda  odam ni  bir  necha 
yillar  m obaynida  shartli  reflekslarni  k etm a-k et  kelib,  miya 
po's tlo g 'id a  q o ‘zg‘alish  va  torm ozlanish  jarayonlarini  hosil 
qilishdir.  Dinamik  stereotipning  individual  xususiyatlari  mavjud.
M a k ta b   yoshidagi  b o la la r d a   bosh  m iya  yarim   sh arla r 
p o ‘stlog‘ida  dinamik  stereotip  hosil  bo'lishida  dinamik  jara- 
yonlarni  tekshirish  faqatgina  nazariy emas,  muhim  amaliy ahami- 
yatga egadir.  Masalan,  o'quv  kunini  fiziologik  asosda  tashkil  etish, 
o ‘quvchilar  kun  rejimini  tuzish,  ovqatlanish,  mehnat  va  dam 
olish  kabi  misollar  o'quvchilarning  nerv  sistemasida  dinamik 
stereotipni  vujudga  keltirish  asosida  hosil  qilinadi.
70

BIRINCH I  VA  IKKINCHI  SIGNAL  SIST E M A SI
Odamlarda  birinchi  va  ikkinchi  signal  sistemasi,  hayvon- 
larda  esa  faqat  birinchi  signal  sistemasi  bo'ladi.
Odamlar so‘z  yordamida  tabiatning obyektiv  qonuniyatlarini, 
insoniyat  tarixini  va jamiyat  tajribasini  bosh  miya  yarim  sh ar­
lar  po'stlog'ida  aks  ettiradi.  So'zlar  yordamida  tushunchalar, 
qo nunlar  va  boshqalar  kishilarga  yetkaziiadi.  Tushuncha  va 
qonunlar jamiyatning  mehnat  faoliyati jarayonida  taraqqiy  etadi. 
So'zlar  yordamida  bolalar  va  kattalar  o'zlarining  fikr  va  sezgi- 
larini  ifodalaydilar.  So'z  odamga  signal  sifatida  t a ’sir  etib,  turli 
reaksiyalarni  keltirib  chiqarishi  m umkin.  Ikkinchi  signal  siste­
masining  ro'yobga  chiqishida  nerv  sistemasining  so'zlarni  qabul 
qiluvchi  markazlari  bilan  real  ta'sirlovchilarni  qabul  qiluvchi 
markazlari  o'rtasida  vaqtinchalik  shartli  bogianish  hosil  bo'ladi.
Ikkinchi  signal  sistemasi  asosida  vujudga  keladigan  vaqtli 
bog'lanishlar  birinchi  signal  sistemasi  asosida  vujudga  keladigan 
vaqtli  bog‘lanishlarga  nisbatan  murakkabroq  bo'ladi.  Ikkinchi 
signal  sistemasi  fiziologik  tabaiti  jihatidan  yuqori  tartibli  va  iz 
qoldiruvchi  shartli  reflekslardan  iborat.  Ikkinchi  signal  sistemasi 
birinchi  signal  sistemasi  asosida  vujudga  keladi.  Katta  o d am ­
larda  va  bolalarda  shartli  reflekslami  faqat  bevosita  t a ’sir  etadi- 
gan  p re d m e t  va  h o disalar  vositasida  emas,  balki  bevosita 
t a ’sirlovchilar  ya’ni  so'zlar  orqali  ham  hosil  qilish  mumkin.
Bola  atrofidagi  narsalar  va  hodisalar  bilan  birin-ketin  tani- 
shib  borar  ekan,  shuning  bilan  bir  vaqtda  bu  narsa  va  hodisa- 
larning  nomlarini  ham  o'zlashtirib  boradi.  Buning  natijasida 
odamning bosh  miyasida  konkret  narsalarni  obrazini  ifodalovchi 
so'zlar  o'rtasida,  ya’ni  narsalarning  o'zlari  bilan  ularning  nom - 
lari  o'rtasida bog'lanish  vujudga  keladi.  Keyinchalik  so'zlar  ham 
odamga  xuddi  real  narsalar singari  ta ’sir etish  kuchiga  ega  bo'lib 
qoladi.  Masalan,  qorin  och  paytida  birorta  ovqatni  nomi  aytil- 
sa,  bu  so'z  xuddi  ovqat  kabi  t a ’sir  etib,  og'izdagi  so'lak  bez- 
laridan  so'lak  ajralishni  kuchaytiradi.  So'z  ikkinchi  signal  sis­
temasi  sifatida  xuddi  real  narsalar  kabi  t a ’sir  etish  bilan  lining 
real  narsalardan  (real  t a ’sirlovchilardan)  birm uncha  farqi  ham 
bordir.  Har qanday  so'z  farqi  yakka  narsalarnigina  ifodalab  qol- 
may,  balki  um um lash  xususiyatiga  bog'lq  bo'ladi.  Masalan, 
hayvon  degan  so'z  bilan  ot,  sigir,  qo'y  kabi  hayvonlarning
71

o ‘zigina  emas,  balki  k o ‘p  jonivorlar  ifodalanadi.  M a'lum ki, 
odam  ham m a  narsalarni  ham  bevosita  sezish,  idrok  etish  orqali 
aks  ettirish  imkoniyatiga  ega  emas.
Odam   o ‘zining  hayotida  ko‘p  narsa  va  hodisalarni  (eshit- 
gan,  o ‘qigan)  so'zlar  orqali  aks  ettirib  o ‘zlashtiradi.  Shuning 
uchun  ikkinchi  signal  sistemasi  orqali  ifodalangan  real  narsa 
yoki  hodisani  yaqqol  tasavvur  eta  olishi  kerak.
Agar  aytilgan  yoki  eshitilgan  s o ‘z  orqali  odam  hech  narsa- 
ni  tasavvur eta  olmasa,  bunday  so‘zning  t a ’sir  kuchi  bo'lmaydi. 
Shuning  uchun  so'z  shu  so ‘z  orqali  ifodalangan  b o ‘lsa,  bu 
narsalarning  obrazi  bilan  m ustahkam   bog'langan  b o ‘lishi  ke­
rak.  Ana  shundagina  s o ‘z  vazifasini  bajara  olgan  b o ‘ladi.
UYQ U,  T U S H   KO‘R ISH   УА  G IPNO Z
Uyqu  organizm  uchun  zam r fiziologik jarayonlardan  hisobia­
nadi.  Uyqu  nerv  sistemasi  va  butun  organizmning  normal  faoli- 
yatini  t a ’minlaydi.  I.  P.  Pavlovning  ko‘rsatishicha,  uyqu  bosh 
miya yarim  sharlar p o ‘stlog‘ining  hamm a  yuzasida  ichki  tormoz- 
lanishning  irradiatsiyalanishi  natijasida  hosil  b o ‘lib,  bu  to rm o z­
lanish  irradiatsiyasi  bosh  miyaning  quyi  b o ‘limlari  orqali  oraliq 
va  o 'rta  miyaga  ham  tarqaladi.  Uyqu  vaqtida  uzunchoq  miya 
funksiyalanishida  davom  etadi.  Odam  o ‘rta  hisobda  bir  sutkada 
8  soat  uxlaydi.  Uyqusiz 4—5  sutka yurish  mumkin,  so‘ng  odamga 
uxlashga  moyillik  kelib,  yurgan  yo‘lida  uxlab  qoladi.
U zoq  uyqusizlik  b a ’zida  nerv,  rihiy  kasalliklarni  keltirib 
chiqaradi.  Uyqu  vaqtida  miyaning  shartli  reflekslari  faoliyati 
tormozlanadi.  Yurak  qisqarish  va  nafas  olish  kamayadi,  qon 
bosimi  ortadi  yoki  kamayadi,  siydik  hosil  boMish  funksiyalari 
tana  temperaturasi  biroz  pasayadi.  Bulardan  tashqari  muskullar 
t o n u s i   s u s a y a d i,  a k s i n c h a ,   q o v o q l a r n i   y u m u v c h i ,   k o ‘z 
qorachig'i,  t o ‘g‘ri  ichak  muskullarning  tonusi  ortadi.  K o ‘krak 
yoshidagi  bolalar  16—18  soat,  kichik  bog‘cha  yoshidagi  bola­
lar  13— 14  soat,  7  yoshli  bolalar  11,5— 12  soat,  12  yoshli  b ola­
lar  10  soat,  13  yoshli  bolalar  9,5  soat,  17— 18  yoshli  o ‘smirlar 
8—8,5  soat  uxlaydilar.  O dam   bir  xil  maromdagi  tovushlar  — 
alia,  soatning  chiqillashi,  tomchilayotgan  suvning  tovushi  va 
shivirlab  yog‘ayotgan  yo m g ‘ir  t a ’sirida  mudrab,  so ‘ng  uxlay 
boshlaydi.
72

I.  P.  Pavlovning  ta ’limotiga  ko‘ra,  kuchsiz  t a ’sirlovchilar bir  * 
xil  retseptor  uchlariga  qayta-qayta  t a ’sir  qilishi  tufayli  miya 
p o lstlog‘ida  keng  iradiatsiyalanadi  ham da  tormozlanishni  kel- 
tirib  chiqaradi.  Lekin  uyquni  to'liq  tormozlanish  deb  bo'lmaydi. 
Chunki  nafas  olish,  yurak  qisqarishi  va  boshqa  organlarning 
nerv  markazlari  funksiyalanishda  davom  etadi.  Miya  po'stlog'ida 
ham  barcha  markazlar  tormozlanmaydi.  Bu  nerv  markazlarini
1.  P.  Pavlov  «qorovul»  markazlar  deb  nomlaydi.  Bular torm oz- 
lanmaydilar,  bular  odamni  uyg'onishidagi  signalni  kutib  turadi 
ham da  bu  markaz  uyg'otadi.  Masalan,  uxlab  yotgan  onani  har 
qanday  tovushlar  uyg‘otmasligi  mum kin,  lekin  bolasining  bi- 
roz  bezovtalanishi  uyg‘otib  yuboradi.  Shunday  qilib,  «qoro­
vul»  nerv  markazlari  qo'zg'alishi  maxsus  xususiyatiga  ega.
Tush  ko‘rish.  Tush  ko‘rish  hodisasi  ch u q u r  uyquga  ketish- 
dan  yoki  uyg'onishdan  avval  sodir  bo'ladi.  Uyqu  tenglashish, 
pardaoksal  va  ultraparadoksal  fazada  tush  ko'riladi.  Tush  faza- 
larga b o ‘linadi.  K o'pincha  ultraparadoksal  fazada  tush  ko'riladi. 
Tush  ko‘rish  bosh  miya  yarim  sharlar p o ‘stlog‘ida  avvalgi  bo'lib 
o ‘tgan  turli  ta ’sirotlar yoki  ichki  retseptorlarning  qo'zg'alib  miya 
po'stlog'iga  t a ’sir  etishi  tufayli  kelib  chiqadi.  Masalan,  bola­
ning  ichki  a ’zolaridan  birontasi  og'riyotgan  b o ‘lsa  yoki  yotish- 
dan  avval  t o ‘yib  ovqatlangan  b o ‘lsa,  u  turli  tushlar  ko'rishi 
mumkin.  Tush  ko'rish  b a ’zida  uyqu  vaqtida  tashqi  retseptor- 
larga  turli  ta ’sirotlarning  t a ’sirlari  natijasida  hosil  b o ‘ladi.  M a ­
salan,  bolaning  sovuqdan  oyog‘ining  ochilib  qolishi  yoki  issiq- 
da  temperaturasining  ko'tarilishi  tush  k o ‘rishga  sabab  b o ‘ladi. 
Tush  k o ‘rishda  tormozlangan  nerv  markazlarining  o'z aro  t a ’siri 
subyektiv  sezgilar  hosil  qilib  odam   tush  ko'radi.
5  yoshgacha  b o ‘lgan  bolalar  gipnozga  berilmaydi.  G ipnoz- 
ni  kuchli  yoki  kuchsiz  hosil  bo'lishi,  gipnoz  qiluvchiga,  b ola­
ning  nerv  tipiga  va  nerv  sistemasida  qo'z g'alish,  tormozlanish 
jarayonlarining  xususiyatlariga  bog'liq.
Uyqu  gigiyenasi.  Bolalar  va  o'sm irlar  uyqusini  gigiyenik ji- 
hatdan  to'g'ri  uyushtirish  ularning  ish  qobiliyatining  yuqori 
b o 'lis h in i  t a ’m inlovc hi  o m illa rd a n   biri  h isoblanadi.  Bola 
o 'rn in in g   qulay  bo'lishi,  osoyishtalik  va  belgilangan  vaqtda 
doim o  uxlashi  uyqu  gigiyenasida  m uhim   ahamiyatga  ega.
Uyqudan  aw al  yotoqxonani  shamollatish,  toza  havoda  sayr 
qilish,  tishlarni  tozalash,  yuvinish,  oyoqlarni  iliq  suvda  yuvish
73

tavsiya  etiladi.  Bola  uxiashdan  1,5—2  soat  oldin  kechki  ovqatni 
yeb  olishi,  uy  harorati  2()°C  atrofida  saqlanishi  tavsiya  etiladi.
Bolaning  o'rni  juda  yumshoq  va juda  qattiq  luim  bo'lmasligi 
kerak,  chunki  yumshoq  o ’rin  odam   organizmini  ortiqcha  isitib 
yuboradi,  qattiq  o'rin  esa  tananing  bosilib  qoladigan  joylarida 
qon  aylanishini  qiyinlashtiradi.  Buning  natijasida  bola  hadeb 
ag'daralaveradi  yoki  tush  ko'rib  chiqadi.
Qotib  uxlamaslik  tufayli  bolada  nerv  sistemasining  ish  qobili- 
yati  pasayadi.  bir  kun  mobaynida  bola  lanj.  parishonxotir,  kam 
harakatchan  bo'ladi.  Chuqur uyquda bolaning  nerv sistemasi  yaxshi 
dam  oladi,  uyqu  gigiyenasiga  taalluqli  qoidalar  va  uyqu  norma- 
larini  davomli  buzilishi  bolalarda  uyqusizlikni  keltirib  chiqaradi.
Bola,  2  signal  sistemasining  yoshlik  xususiyatiga  qarab  katta 
kishilar  va  tengdoshlari  bilan  bevosita  m uloqotda  bo'lib  turar 
ekan,  turli  so'zlarni  eshitib,  b o ‘g'in  ajrata  oladi.  Bular  t a ’sir 
kuchiga  ega  bo'ladi  va  tashqi  t a ’sirlovchilar  bilan  bog‘lanadi. 
So'zlar awal  shartsiz  ta ’sirlovchilaming  signallari,  so'ngra  shart­
siz  reflekslarning  signallari  sifatida  t a ’sir  etadi,  ular  asta-sekin 
shartli  va  shartsiz  t a ’sirlovchilarning  o'rnini  bosib  ketadi.
5  oylik  bola  so'zlarga  tushunadi,  so'z  ohangi  va  im o-isho- 
ralarga  harakat  shartli  reflekslari  hosil  bo'ladi.  Bir  yasharlik 
bola  10—20  so'zni  ayta  oladi.  1,5  yoshdan  boshlab  bolada  so'z 
boyligi  orta  boradi.  3  yoshli  bola  600  dan  ortiq  so'zni  biladi. 
5  yoshdan  boshlab  kattalar  bilan  nutq  orqali  normal  m unosa- 
batda  bo'ladi,  hayotida  ko'rganlarini  esda  olib  qoladi.  Bola­
ning  so'z  boyligi  mashq  qilishga,  t a ’lim  va  tarbiyaga,  nerv  sis­
temasining  xususiyatiga  bog'liq.
Oliy  nerv  faoliyatining  tiplari  1.  P.  Pavlov  oliy  nerv  faoliyati­
ning  xususiyatlarini  shartli  reflekslar  asosida  ko'p  yillar  mobay­
nida  tekshirib  olingan  natijalariga suyanib  nerv  sistemasining  xos- 
salanni  bayon  etadi.  U  qo'zg'alish  va  tormozlanish  jarayonlari­
ning  kuchi,  ularning  o'zaro  muvozanati  hamda  qo'zg'alishining 
tormozlanishi  bilan  almashinishi  va  aksincha  tormozlanishning 
tezligi  nerv jarayonlarining  eng  aktiv  ko'rsatkichlari  deb  hisobla- 
gan.  Oliy  nerv faoliyatining  to ‘rtta  tipi  mavjud:
Kuchli,  ammo  muvozanatlanmagan  tip.  Bunda  qo'z g'alish 
jarayoni  tormozlanish  jarayonidan  ustun  turadi.
Kuchli  m uvozanatlangan  harakatchan  tip.  Bu  tip  nerv 
jarayonlarining  juda  harakatchanligi  bilan  ifodalangan.
74

Kuchli  muvozanatlangan  kam  harakatchan  tip.  Bunda  nerv 
jarayonlari  kamroq  harakatchanligi  bilan  ifodalangan.
Nimjon  tip.  Bunda  q o ‘zg‘alish  jarayonlari  ham,  tormozia- 
nish  jarayonlari  ham  g'oyat  sust  kechadi.
1.  P.  Pavlovning  fikricha  nerv  sistemasining  yuqoridagi  to'rtta 
tipi  odamlardagi  Gippokrat  tom onidan  aniqlangan  to 'rtta  tem - 
peramentga  taxminan  mos  keladi.
Gippokrat  —  odam larda  t o ‘rtta  —  xolerik,  melanxolik,  san- 
givinik  va  flegmatik  tem peram entlarni  ajratadi.
Q o ‘zg‘aluvchan  tip  —  xolerik,  to rm o zlan u v c h an   tip  — 
melanxolik,  kam  harakat  tip  —  flegmatik,  harakatchan  tip  — 
sangvinik  tem peram entiga  mos  keladi.
Oliv  nerv  faoliyatining  m azkur  tiplan  sof  holda  kam dan- 
kam  uchraydi.  K o'pincha  bitta  individumda  har  xil  tiplarga 
xos  belgi  va  xususiyatlar  ajralib  ketadi.
Nerv  sistemasining  tiplari  bola  tug‘ilishidan  atrof-muhit  va 
sotsial  sharoit  t a ’sirida  shakllana  boradi.  Oliy  nerv  faoliyatining 
tiplari  odam  hayoti  mobaynida  o'zgarib  turadi.  Bola  xulq-atvori 
tug‘ma va sotsial  sharoitga  ham  bog‘liq  b o ‘ladi.  Shuning  uchun, 
bolani  bog‘cha,  kichik  maktab  yoshidagi  tarbiyasi  k o ‘p jihatdan 
uning  nerv  tipi  va  xulq-atvorining  shakllanishiga  bogiiq.
Buyuk  olim  Abu  AH  ibn  Sino  odamlarni  issiq  va  sovuq 
mijozlarga  b o ‘lib,  har bir  mijozning  o ‘ziga  xos  fiziologik,  ruhiy 
xususiyatlarini  t a ’riflab  beradi.
N.  I.  Krasnogarskiy  bolalar  oliy  nerv  faoliyatini  —  harakat 
va sekretor  —  harakat  usullari  yordamida 45  yil  o ‘rganib,  bolalar 
oliy  nerv  faoliyatining  quyidagi  klassifikatsiyasini  taklif  etadi.
1.  Kuchli,  muvozanatlashgan,  optimal q o ‘z g ‘aluvchan,  tez  tip. 
Bu  tip  shartli  reflekslarning  tez  hosil  b o ‘lishi,  ularning  mus- 
tahkam   b o ‘lishi  bilan  harakatlanadi.  Bunday  tipga  xos  bolalar 
nozik  tabaqalash  xususiyatiga  ega.  Ularning  nutqi  ravon,  so‘z 
boyligi  ko‘p,  hissiyoti  tez  uyg‘onuvchan  b o ‘ladi.  Ular boshqalar- 
ga  ko‘p  xayrixohlik  izhor  etadilar,  tezda  d o ‘st  bo'lib  ketadilar, 
odamlarga  ishontivchan,  ochiq,  shirinso‘z,  rahimdil,  ulfatchi- 
likni  yoqtiradigan  b o ‘ladilar.
2.  Kuchli,  muvozanatlashgan,  kam  harakatchan  tip.  Bu  tip ­
ga  xos  bolalarda  shartli  reflekslar  sekinroq  hosil  bo'ladi.  Bun­
day  bolalar  ishda  his-hayajonli  b o ‘lmaydilar,  ular  nutqqa  tez 
o ‘rganadi,  murakkab  vazifalarni  yaxshi  bajaradi,  tez  yiiradi,  tez
75

fikrlaydi,  am m o  bosiq  bo'ladi.  Ular  biror  qarorga  tez  kelmay- 
di.  ko'p  o ‘ylaydilar,  sabr-toqatli  boMadilar,  boshqalarning  azob- 
uqubatlariga  parvo  qilmaydilar.
3.  Kuchli muvozanatlashmcigan,  qo'zg'aluvchan  tip.  Bunday 
tipga  xos  bolalarda  tormozlanish  jarayonlari  q o 'z g ’alishi  jara- 
yonlariga  qaraganda  ustun  turadi,  ayniqsa,  miya  p o ‘stlog‘i  osti- 
dagi  nerv  markazlarining  q o ‘zg‘aluvchanligi  yuqori  b o ‘ladi.  Bu 
jarayonni  miya  p o ‘stlog‘i  ham m a  vaqt  ham  nazorat  qilmaydi. 
Buriday  bolalarda  shartli  reflekslar  tez  so'nadi.  Bunday  tem- 
peram entdagi  bolalar  o ‘ta  his-hayajonli,  g ‘ayratli,  ehtirosli 
bo'ladilar.  Ular  tez  gapiradilar,  uncha  o'ylamay,  tez  ish  qi­
ladilar.  H a m m a  vaqt  o ‘zlarini  haqli  deb  biladilar,  xatosini 
bo'vniga  olish  qiyin  boMadi.
4.  Kuchsiz  tip.  Bunday  bolalarda  torm ozlanish  jarayonlari 
q o ‘zg‘alishiga  nisbatan  ustun  turadi,  shartli  reflekslar  sekin  hosil 
b o ‘ladi,  barqaror  b o ‘lmaydi,  ular sekin  gapiradilar,  tez  to rm o z ­
lanish  xususiyatiga  ega.  Ularda  ichki  tormozlanish  kuchli  b o ‘lib. 
yangi  o ‘qish  sharoiti  va  uning  o ‘zgarishiga  tez  moslasha  ol- 
maydi,  tez  charchaydi,  kuchli  davomli  t a ’sirotga  chidash  berol- 
maydi.  Bunday  mijozli  bolalar  g ‘a m -g ‘ussaga  beriluvchan,  ra- 
himdil,  j u r ’atsiz,  o ‘ziga  ishonmaydigan  bo'ladilar.
Nerv  sistemasi  tiplari  tug‘ilishdan  keyin  o ‘zgarib  boradi. 
Bolalar  oliy  faoliyatining  tiplari  esa  tug‘ilgandan  keyin  shaklla- 
nadi.  Bunda  nerv  sistemasining  tug'ma  tiplari  atrofidagi  muhtning 
xilma-xil  ta ’siriga  uchrab,  tarbiya  topib  boradi.  Oliy  nerv  faoli- 
yati  doimo  o ‘zgarib  boradi  va  bu  jarayon  umrbod  davom  etadi. 
Oliy  nerv  faoliyatining  shu  tariqa  o ‘zgarib  borishi  uning  plastik- 
ligi,  ya’ni  muloyimligi  deb  ataladi.  Har  bir  odamning  oliy  nerv 
faoliyati,  umumiy xulq-atvori  nasldan-naslga  o ‘tib  kelgan tug‘ma 
xususiyatlar  (genotip)  bilan  hayot  davomida  orttirilgan  hamda 
xulq-atvorini  tashkil  etadigan  xususiyatlar  (fenotip)  «qotish- 
ma»sidan  iborat.  0 ‘quvchining  xulq-atvori  sotsial  shart-sharoit- 
larga  ham  bog‘liq.
0 ‘Q IT ISH N IN G   FIZIOLOGIK  ASOSLARI
Barcha ruhiy jarayonlar bosh  miya  katta  yarimsharlardagi  nerv 
jarayonlari  bilan  chambarchas bo g liq   holda  kechadi,  zero  har bir 
ruhiy jarayon  asosida  nerv jarayonlari:  q o ‘zg‘alish,  tormozlanish,
76

tarqalish,  jamlanish,  dom inanta  va  boshqalar  yotadi.  Bundan 
tashqari,  ruhiy  jarayonlar  nutq  asosida  ham  hosil  boiadi.
Bolalar  va  o ‘smirlarga  t a ’lim -tarbiya  berishda  ichki  tor- 
m ozlanishning  barcha  turlarini  hosil  qilish  va  m ashq  qildirish 
pedagoglar  u c h u n   zarur.  Shuni  unutm aslik  kerakki,  solish- 
tirish  va  q aram a-q a rsh i  q o ‘yish  usullari  q o il a n i lg a n d a g in a  
o ‘quv  jarayoni  samarali  b o i a d i .   0 ‘qitish  jara y o n id a   rangli 
yaltiroq  ko‘rgazmali  qurollarni  k o ‘rsatish  bolalarni  hayajon- 
lantiradigan,  q u v ontiradigan  darajada  t a ’sir  etish  bilan  miya 
p o ‘stlog‘ida  d o m in a n ta   o ‘c h o g ‘ini  vujudga  keltirish.  diqqat- 
ni  yaxshiash,  o ‘quv  m ateriallarining  qiziqishini  kamayishiga 
sabab  b o i a d i .
T a ’lim-tarbiya  berishda  1  va  2-signal  sistemasining  shakl- 
lanishi  va  uyg‘un  ishlashi  m uhim   ahamiyatga  ega.
C H E K ISH N IN G   VA  SPIRTLI  ICH IM LIK  
IC H ISH N IN G   NERV  SISTEM A SIG A   TA’SIRI
Odam   bir  necha  marta  papiros  chekish  yoki  spirtli  ichim- 
lik  ichish  bilan  ularga  o ‘rganib  qoladi.  Bora-bora  chekmasdan 
yoki  ichkilik  ichm asdan  turolm aydi,  bu  endi  lining  asosiy 
ehtiyojiga  aylanib  qoladi.
0 ‘qituvchi  o ‘quvchilarga  nikotin  va  alkogolning  k o ‘pgina 
organlarga,  ayniqsa  nerv  sistemasiga juda  zararli  t a ’sir  qilishini 
dalillar  bilan  atroflicha  gapirib  berishi  kerak.  Odam   birinchi 
m arta  papiros  chekkanida  yoki  ichkilik  ichganida  organizmda 
himoya  reaksiyalari  sodir  b o ia d i.  Shuning  uchun  ham,  o d a m ­
ning  ko‘ngli  aynab,  qusadi,  boshi  aylanadi.
Odam   chekib  va  ichkilik  ichib  turganida  bu  him oya  reak­
siyalari  a sta -se k in   susayib  b o ra d i  va  b o r a - b o r a   b u tu n la y  
yo'qoladi.
Muntazam  chekish  yoki  spirtli  ichimliklami  ichish  natijasida 
salomatlik  yom onlashadi,  m ehnat  qobiliyati  pasayib  ketadi, 
xulq-atvori  o ‘zgaradi,  ichkilik  ichgan  odam ning  idroki,  aqliy 
qobiliyati  susayadi.  Odam   o ‘z  xatti-harakatlarini  nazorat  qilol- 
may  qoladi,  oqibatda  axloqqa  zid  harakatlar  qiladi.  Alkogol­
ning  zaharli  t a ’sirida  jinsiy  bezlarda  asliga  qaytm aydigan 
o ‘zgarishlar  yuz  beradi,  jinsiy  garmonlarning  ishlab  chiqarili- 
shi  kamayadi,  odam   barvaqt  qarib  qoladi.
77

Xususan,  jinsiy  hujayralarga  salbiy  ta'sir  ko'rsatadi.  Ichki- 
likboz  o ta-o n a d an   tug'ilgan  bolalar  jism oniy  rivojlanishdan 
orqada  qoladi,  nogiron  aqli  zaif  kichkina  bo'ladi  va  hokazo.
NERV  SIST E M A SI  GIGIYENASI
O'quvchi  organizmining  fnnksional  faoliyati  bnziiishiga  yo'l 
qo'ymaslik  uchun  o'quvchilar  bilan  tabiblar  birgalikda  ilk  kuni, 
haftasi  va  o'quv  yili  choraklarida  aqliy  va  jismoniy  faoliyat- 
ning  almashinib  turishini  to'g'ri  yo'lga  qo'yishlari  kerak.  Bir 
juftli  faoliyat  boshqa  faoliyat  bilan  almashtirib  Uirilganda,  ish- 
layotgan  hujayralar  dam   oladi.  Aqliy  m ehnat  qilganda  bo'yin 
va  gavda  muskullari,  xat  yozganda  esa  yuqori  kam ar  va  q o ‘l 
muskullari  taranglashadi.  0 ‘qituvchining  o'quvchiga  beradigan 
nagruzka  normasi  uning  yoshiga,  sog'lig'i  holatiga,  idrok  qi­
lish  qobiliyatiga,  nerv  tipiga  va  o'qitish  sharoitiga  qarab  aniq- 
lanadi.  Nagruzka  normasini  asta-sekin  oshira  borish  va  o'quv- 
chilarni  aktiv  aqliy  m ehnatga  jalb  qilish  kerak.  O 'quvchiga 
ortiqcha  nagruzka  berilsa,  uning  miyasi  charchab  qoladi.  Bola 
qancha  yosh  bo'Isa,  u  shuncha  tez  charchaydi.  Dars  vaqtida 
lmiskul  harakatlarining  uzoq  to'xtalib  turishi  bolaning  aqliy 
m ehnat  qobiliyatmi  susaytiradi.
Toliqib  qolishning  oldini  olish  turli  xildagi  m ehnat  bilan 
shug'ullanib  turish,  aktiv  va  passiv  dam  olish  m uhim   aham i- 
yatga  ega.  H addan  tashqari  charchash  yoki  toliqish  ishtaha- 
ning  pasayishiga,  bosh  o g 'r ig 'ig a ,  lo q a ydlikka,  xotira  va 
diqqatning  susayishiga  olib  keladi.  Odam  qattiq  charchaganda 
unmg  bosh  miyasida  tormozlanish  vujudga  keiadi.  Aktiv  dam 
olganda  toliqqan  nerv  hujayralarining  ish  qobiliyati  tezda  asli 
holiga  kelib  qoladi.  Aqliy  m ehnat  gigiyenasida  kundalik  tartib 
a lohida  aham iyatga  ega.  Aqliy  m e h n a td a n   s o ‘ng  jism oniy 
m ehnat  bilan  shug‘ullanish  kerak.  Afsuski  hozir  o'quvchilar 
aktiv  dam   olish  o ‘rniga  passiv  dam  oladigan  bo'lib  qolganlar. 
O'quvchilar  ko'proq  sof  havoda  bo'lishlari  kerak.
Muhim  atam alar:
x o l e r i k   —  q o ‘z g ‘a l u v c h a n   t i p ;
s a n g v i n i k   —  h a r a k a t c h a n   ti p ;
f l e g m a t i k   —  k a m   h a r a k a t l i   tip.
78

Takrorlash  uchun  savollar:
1.  D i n a m i k   s t e r i o t i p   n i m a ?
2.  B o l a l a r n i   o ' q i t i s h   v a   t a r b i y a l a s h d a   d i n a m i k   s t e r i o t i p   q a n d a y   a h a m i -  
y a t g a   e g a ?
3.  B o l a l a r d a   d i n a m i k   s t e r e o t i p n i n g   x u s u s i y a t l a r i   q a n d a y ?
4.  B i r i n c h i   s i g n a l   s i s t e m a   b i l a n   i k k i n c h i   s ig n a l  s i s t e m a n i n g   f a r q l a r i n i  
t u s h u n t i r i  ng?
5.  N u t q   n i m a   v a   q a n d a y   h o s i l   b o ' l a d i 9
6.  B o l a l a r d a   n u t q   q a n d a y   r i v o j l a n a d i .   U y q u   t o ' g ' r i s i d a g i   t a s a v v u r l a r i n g i z  
q a n d a y 9
7.  U y q u   f i z i o l o g i y a s i   n i m a l a r d a n   i b o r a t 9  U y q u n i n g   k i m y o v i y   a h a m i -  
y a ti   n i m a d a n   i b o r a t ?
8.  U y q u n i n g   m u d d a t l a r i   h a q i d a   n i m a l a r n i   b i l a s i z ?
9.  U y q u   g i g i y c n a s i d a   n i m a l a r g a   e ' t i b o r   q a r a t i s h   k e r a k ?
10.  T u s h   k o ' r i s h   q a n d a y   s o d i r   b o ' l a d i ?
11.  G i p n o z   n i m a ?
12.  O l i y   n e r v   f a o l i y a t i   q a n d a y   t i p l a r g a   b o ' l i n a d i 9
13.  B o l a l a r   o li y   n e r v   t i p l a r i n i n g   x u s u s i y a t l a r i   h a q i d a   n i m a l a r n i   b i l a s i z ?
14.  O ' q u v c h i n i n g   x u l q - a t v o r i   n i m a l a r g a   b o g ' l i q ?
15.  C h e k i s h   va  s p i r t l i   i c h i m l i k l a r   n e r v   s i s t e m a s i g a   q a n d a y   z a r a r l i   t a ’sir 
q i i a d i 9
Download 93.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling