Kichik maktab yoshidagi bolalar anatom iyasi, fiziologiyasi ya


Download 93.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana05.02.2018
Hajmi93.45 Kb.
#26065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18

C H IN IQ T IR ISH
Organizmni  chiniqtirishda tabiatning  havo,  Quyosh  nuri  va 
suv  singari  tabiiy  omillarni  t a ’siriga  katta  ahamiyat  beriladi.
Chiniqtirish  natijasida  markaziy  nerv  sistemasida  teri tomir- 
lari  yo‘lini  o‘zgartirish  va  shu  tariqa  issiqlik  taralishini  susay- 
tirish  yoki  kuchaytirish  qobiliyati  paydo  bo'ladi.
Chiniqqan  odam lar  sovuq  va  issiqqa  yaxshiroq  chidaydi  va 
shamollashdan  bo'ladigan  kasalliklarga,  shu  bilan  birga yuqumli 
kasalliklarga  ham  ko'proq  bardosh  beradigan  bo'ladi.
Chiniqtirish  prinsiplari.
Chiniqtirish  uch u n   qilinadigan  muolajalardan  yaxshi  nati- 
jalarni  olish  uchun  quyidagi  prinsiplarga  amal  qilishi  zarur.
1.  Muolajalarni asta-sekin  kuchaytirib  borish.  Masalan:  havo 
yoki  oftobda  turish  vaqtini  asta-sekin  oshirib  borish,  suv  haro- 
ratini  asta-sekin  kamaytirib  borish.
2.  Birmuncha  oddiy  va  nozik  taassurotlardan  kuchliroq 
taassurotlarga  asta-sekin  o ‘tish.  Masalan:  bolani  ochiq  havo 
t a ’siriga  o'rgatib  bo'lgandan  keyin,  badanini  sochiqni  ho'llab 
artishga,  so'ngra  boshidan  suv  quyishga,  undan  keyin  esa  suv 
havzalarida  cho'miltirishga  o'tish.
3.  Chiniqtirish  muolajalarming у  lining  hamma fasllarida  har 
kuni yoki  kunora to ‘xtovsiz va muntazam  ravishda o'tkazib  turish.
4.  H ar  bir  o ‘quvchining  o ‘ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga 
olish.  Chiniqtirishni  boshlashdan  avval  o'quvchining  salomatligi 
qay  holda  ekanligini  bilish  zarur.  Vrachning  tavsiyasi  ham da 
o'qituvchining  yoki  tarbiyachining  kuzatuvlari  bunga  yordam 
beradi.
5.  Bolani  chiniqtirishga  ongli  m unosabatda  bo'lish  lozim. 
Q o'rqib  vahimaga  tushish  shartli  reflekslar  paydo  bo'lishini
89

kechiktiradi,  chiniqtiruvchi  muolajaga  manfiy  reaksiya  yuzaga 
kelishiga  sabab  b o ’ladi.
Bolaga  boshqa  bolalarning  reaksiyasini  yoki  o'zimiz  nam una 
ko’rsatib,  uni  chiniqtiruvchi  har  qanday  muolajaga  tayyorlash 
kerak.
Havo  bilan  chiniqtirish
Havo bolalar organizmini  kislorod  bilan  ta ’minlaydi,  kislorod 
sarfi  va  moddalar  almashinuvi  esa  bolalarda  kattalarga  qaragan- 
da  kuchliroq  bo'ladi.  Shuning  uchun,  sog'lomlashtirish  maqsa- 
dida  havodan  bahram and  qilishni,  bolalar  bo'ladigan  binolarni 
to'g'ri  va yetarlicha shamollatib  turishdan  boshlamoq  kerak.  Havo 
bilan  chiniqtirish  tariqasida  havoda  sayr  qilib  yurish,  havo, 
havo  —  quyosh  vannalarini  qabul  qilish  usulidan  foydalaniladi. 
Havo  bilan  chiniqtirish  butun  yil  mobaynida  ham m adan  oson 
yo'l  bilan  amalga  oshirib  turilsa  bo'ladigan  muolajadir.
Umumiy  havo  vannalarini  havo  harorati  soyajoyda  20—22°C 
bo'ladigan  yoz  paytlarda boshlash  kerak.  Kichik  maktab yoshidagi 
o'quvchilar  uchun  birinchi  muolaja  10—15  minut  davom  etadi 
va  keyingi  kunlarda  2—3  minutdan  uzaytirib  boriladi.
Yozda  havo  vannalarining  umumiy  m uddati  1,5—2  soatga 
yetkaziladi.
Havo  salqin  vaqtda  havo  vannalarini  ayvonlarda  o'tkazish 
lozim.
Oftob  bilan  chiniqtirish
Oftobda  kam  bo'ladigan  bolalarning  raxit  va  boshqa  yu- 
qumli  kasalliklar  bilan  ko'p roq  og'rib  turishi  qadim  zam on- 
lardan  m a ’lum.
Quyosh  nurlari  organizmni  chiniqtiradigan  kuchli  omildir, 
chunki  qon  kelishining  kuchayishi  munosabati  bilan  terida 
pigment  moddalari  k o ’payib  boradi.  Teri  jigarrang  tusga  kirib, 
ultirabinafsha  nurlarni  birm uncha  chuqurroq  qatlamdagi  hu- 
jayralarga  o'tkazm ay  qo'yadi.
Biroq  Quyosh  vannalaridan  bilib  foydalatiish  kerak.  Q u ­
yosh  vannalarini  ovqat  eyilgandan  keyin  kamida  40—50  minut 
o ‘tkazib  qabul  qilish  lozim.
90

0 ‘quvchilar  gruppasi  yoki  lagerda  toblanganda  birinchi 
vannaning  muddatiga  ehtiyot  b o iis h   va  tananing  har  bir  to- 
monini  kolpi  bilan  3  m inutda  oftobga  solish  kerak.  S o ‘ngra 
har  kuni  1  m inutda n  q o ‘shib  boriladi.  Quyosh  vannalarini 
o ‘tkazish  uchun  maxsus  maydoncha  tanlash  va  u  yerga  yog‘och 
karavotlar  q o ‘ygani  m a ’qul.  Uy  ustida  yotib  vanna  qabul  qilish 
tavsiya  etilmaydi.
Suv  bilan  chiniqtirish
Chiniqtiruvchi  eng  kuchli  vosita  suvdir.  Suvning  issiqlik 
o ‘tkazuvchanligi  va  issiqlik  sig‘imi  havoga  qaraganda  23  bara- 
var  ortiq  b o ‘lishi  m a ’lum.  Shu  m unosabat  bilan  suvning  or- 
ganizmga  havo  bilan  bir  xil  vaqt  orasida  ko‘rsatadigan  t a ’siri 
organizm dagi  alm ashinuv  jarayonlari  an c h a  c h u q u r  o ‘zga- 
rishlarni  keltirib  chiqaradi.  C hiniqtirish  m aqsadida  suvdan 
foydalanishda  juda  ehtiyot  boMish  talab  etiladi.
Suv  bilan  chiniqtirish  past  haroratga  o ‘rgatish  demakdir. 
Ishlatiladigan  suv  haroratini  asta-sekin  pasaytirib  borish.
Muolaja  m uddatini  uzaytirish;  kuchsiz  t a ’sir  k o ‘rsatadigan 
muolajadan  ancha  kuchli  t a ’sir  ko‘rsatadigan  muolajaga,  ya’ni 
latta  h o ‘llab  badanni  ishqalab  artishdan,  boshdan  suv  quyish- 
ga,  so‘ng  dushda va  ochiq  suv  —  havzlarida  c h o ‘milishga  o ‘tish 
yo ‘li  bilan  past  harorat  t a ’siriga  o ‘rganib  borish.
Chiniqtirish  uchun  mahalliy  muolajalar  ya’ni  sovuq  suv  bilan 
yuz yuvish,  oyoqni solib o ‘tirish, oyoq panjalarini chayish va umumiy 
muolajalar,  ya’ni  vannalar,  badanni  ho‘l  sochiq  bilan  ishqalab  ar- 
tish,  boshdan  suv  quyish,  dushda  c h o ‘milish  ham  qo‘llaniladi.
Yuvinish  (avval  yuz  q o ‘llar,  so‘ngra  ko‘krakni  yuvish)  iliq- 
roq  suv  bilan  boshlanadi,  keyin  esa  suv  haroratini  uy  harora- 
tiga  mos  holda  pasaytiriladi.  Quyi  sinf o ‘quvchilari  uchun  suv 
haroratini  15°C  yoki  16°C  gacha  pasaytirish  mumkin.
Oyoqni  tosda  yuvish  kerak,  bunda  dastlab  suv  harorati  34— 
36°C  b o ‘ladi  ikki  kun  o ‘tkandan  keyin  esa  harorat  24—20°C 
ga  Г  С  dan  pasaytirib  boriladi.
Boshlangan  muolajalami  yil  bo‘yi  davom  etdirib  turish  kerak.
Badanni  h o ‘l  sochiq  bilan  artganda  faqat  teriga  yaxshi  t a ’sir 
ko‘rsatib  qolmay,  balki  badanni  ishqalab  artganda  massaj  qilini- 
shi  ham   juda  foydali  b o ‘ladi.
91

Shu  tnaqsadda  ho'l  latta  ishlatish  kerak.  Badan  b o i ib - b o ‘lib 
artiladi.  qo'llar,  ko'krak,  qorin,  oyoqlar,  oxirida quruq sochiq  bilan 
artiladi.  Suvning  harorati  dastlab  35—34°C  bo'ladi,  3—4  kundan 
keyin  esa  0—5—Г С   dan  pasaytirib,  6— 18°C  gacha  tushiriladi.
Boshdan  suv  quyish  chiniqtiradigan  ancha  kuchli  muolaja 
bo'lib,  suvni  vog'log'ida,  chilponchinda  quyish  yoki  dushda 
cho'milish  mumkin.  Sochlar  ho'l  bo'lmasligi  uchun  boshga  suv 
tegizmaslik  kerak.  Qo'yiladigan  suv  boshdan  50  sm  balandlik- 
da  bo'lishi  kerak.
Muolajani  quruq  qalin  tukli  sochiqda,  badanni  teri  sal  qi- 
zarguncha  artish  bilan  tugatish  kerak.
Suv  bilan  chiniqtirishning  eng  kuchli  usuli  ochiq  suv  hav- 
zalari,  daryo,  dengiz,  ko'lda  cho'm ilishdir.  Kichik  m aktab 
yoshidagi  bolalar  suv  harorati  20  yoki  22°C  bo'lgan  paytdan 
boshlab  cho'milishlari  mumkin.
Kuniga  1—2  mahal  cho'milishga  ruxsat  beriladi.
C ho'm ilishdan  avval  Quyosh  vannalari  qabul  qilish  kerak, 
lekin  buni  aksincha  qilish  yaramaydi,  chunki  badan  oftobda 
kuyib  qolishi  m umkin.
Suvga  asta-sekin  tushish  so'ng  suzib  ketish  tavsiya  etiladi. 
Terlab  turib  va  yurib  kelib  qizib  turgan  holda  suvga  sakrash 
q a t’iyan  man  qilinadi.  Bu  —  sovuq  suvdan  muskullarning  ti- 
rishib,  qisqarib  qolishiga  va  bundan  ham  battarroq  oqibatlarga 
olib  borishi  m um kin.  C h o 'm ilib   bo'lg an d a n   keyin  badanni 
quruq  qilib  artish  va  soya  joyga  o'tirib  dam  olish  kerak.
O 'p k a  sili,  yurak  kasalliklari,  ro'y-rost  kamqonlik  va  be- 
quvvatlik,  revm atizm ,  epilepsiya  tu tqanoqlari,  shuningdek, 
yaqinda  (1—2  oy  ilgari)  boshdan  kechirilgan  o 'tk ir  bolalar 
kasalliklari  bo'lganlarni  ochiq  suv  havzalarida  cho'milishga  va 
badanni  oftobda  toblanishga  mutlaqo  yo'l  qo'yilmasligi  lozim.
Sovuq  urush  va  badan  kuyishining  oldini  olish
Sovuq  paytlarda  haddan  tashqari  sovuq  qotish  shamollash- 
dan  bo'ladigan  kasalliklarga  va  badan  ochiq  joylarining  sovuq 
olishiga  sabab  bo'ladi.
Badanning  biror joyini  sovuq  olgan  deb  gum on  qilinganda 
o 'sh a  joyni  quruq  toza  qo'l  sochiq  bilan  sal  ishqalash  kerak. 
Imkoni  bo'Isa  sovuq  qotgan  qo'lni  suvga  solish  lozim.
92

Sovuq  suvdan  foydalanish  yaramaydi,  chunki  sovuq  qot- 
gan  joyda  qon  aylanishini  tezroq  asliga  keltirish  kerak,  sovuq 
suv  esa  bu  jarayonni  sekinlashtirib  q o ‘yadi.
Sovuq  urgan  joyini  qor  bilan  ishqalash  tavsiya  etilmaydi, 
chunki  qorda  qum  mikroblar,  muz  parchalari  va  terini  shi- 
kastlantiradigan  har  xil  chang  boMishi  mumkin.
Sovuq joy  terisi  qizarib,  isiguncha  ishqalanadi,  so'ngra  o'sha 
joyga  aroqdan  kompress  q o ‘yiladi  yoki  Vishnevskiy  mazi  sur- 
tib  bog‘lab  q o ‘yiladi.
Badanga  issiq  t a ’sir  qilganda  organizmning juda  qizib  keti- 
shi  ancha  xavf tu g ‘diradi.  Havoni  yom on  o ‘tkazadigan  kiyim- 
da  yurish  atrofdagi  havo  haroratining  yuqori  b o ‘lishi  natijasida 
odam   qizib  ketishi  mumkin.
Bu  holda  organizmda  issiqlik  kiritilishi  qiyinlashib  qoladi. 
Teri qizarib,  bola o'zini  yomon  seza boshlaydi  va ba’zan  hushidan 
ketadi.  Bunday  paytda  bolani  pana  qilinib,  darhol  kiyimlarini 
yechib  tashlash,  ochiq  havoga olib  chiqish,  imkoni  boricha sovuq 
narsa  ichirish,  bola  atrofida  havoni sun’iy yo‘l  bilan  yuritib  turish 
ya’ni  yelpish  so‘ng  shifokorni  chaqirish  kerak.
TA’M   B ILISH   ANALIZATORI
Og‘iz  bo'shligMdagi  shilliq  qavatning  epitelisida  yumshoq 
yoki  avval  shaklidagi  t a ’m  sezish  piyozchalari  joylashgan.  Har 
bir  piyozchada  2 —6  ta  t a ’m  bilish  hujayralari  mavjud.
Katta  odam da  piyozchalarning  um um iy  soni  9  mingtagacha 
boradi.  T a ’m  bilish  piyozchalari  tilning  shilliq  qavatidagi 
s o ‘r g ‘i c h l a r d a   j o y l a s h g a n .   T i l n in g   u c h i d a   150 — 200  ta 
zam burug'sim on  t a ’m  bilish  piyozchalari  tilning  asosida  esa 
bargsimon  piyozchalar bor.  Bundan  tashqari,  t a ’m  bilish  piyoz­
chalari  yumshoq  tanglay  yuzasida,  yutqumni  orqa  devorida  va 
hiqildoq  ustida  juda  siyrak  joylashgan  b o ‘ladi.  H ar  bir  t a ’m 
bilish  piyozchalaridan,  2—3  nerv  tolalaridan  markazga  intiluvchi 
impulslar  o ‘tadi.
Tilda shirin,  achchiq,  nordon  va  sho‘rni  sezuvchi  ta ’m  bilish 
retseptorlari  joylashgan.  Shiringa  tilning  uchi,  achchiqqa  aso- 
si,  nordonga  ikki  yon  qismi,  sh o ‘rga  esa  tilning  uchi  va  asosi 
sezgir  b o ‘ladi.  Moddalarning  t a ’mi  bu  m oddalar  suvda  yoki 
so'lakda  suyultirilgan  holda  qabul  qilinganda  yaxshi  seziladi.
93

Turli  moddalarga  ta’m  bilishning  yashirin  davomlikda  sho‘r uchun 
eng qisqa  (0,12—0,5  sek)  achchiq  maza uchun  davomliroq  (0,22— 
2,2  sek)  bo‘ladi.  Nordon  moddalar  reflektor ravishda yurak  qisqa- 
rishini  tezlashtiradi,  qontomirlar  devorini  toraytiradi,  teri  haro­
ratini  pasaytiradi.  Shirinliklar  —  tomirlarni  reflektor  ravishda 
kengaytiradi,  oyoq  qontomirlarining  qonga  to*lishini  orttiradi, 
miyaning  ichki  qismidagi  bosimni  kamaytiradi  va  tana  haroratini 
orttiradi.  Yangi  tug‘ilgan  bolaning  birinchi  soat  va  birinchi  kuni 
hayotida  nordon,  achchiq,  sho‘r  va  shirin  taassurotlarga  javob 
reaksiyasi  ta’sirlovchining  xarakteriga  mos  kelmaydi.  Reaksiyani 
adekvat  emasligi  ta ’sirlovchilaming  natijasi  hisoblanadi.  Bolaning
8—10  kunlaridan  boshlab  shirin  moddalarga  adektiv  reaksiya 
vujudga  kela  boshlaydi  (М.  M.  Kolsova,  1958).
Bola  2  oyligidan  boshlab  shirin  suvni  oddiy  suvdan  farqlay 
boshlaydi.  Bola  4  oyligidan  boshlab  shakar  va  tuzni  to ‘yingan 
yoki  to ‘yinmaganligini  ajrata  oladi.  Masalan,  0,4  %li  osh  tuzini
0,2  % 1 i d a n ,  2  %li  q a n d   e r i t m a s i n i   1  % lid a n   farq  q ila d i 
(I.  P.  Namanova,  1941,  N.  I.  Kasatkin,  1951,  V.  A.  Osepyan, 
1957).
Bolaning  bir  yoshidan  to  6  yoshigacha  t a ’m  bilish  retsep- 
torlarining  sezgirligi  ortib  boradi.  Maktab  yoshidagi  bolalar­
ning  t a ’m  bilishi  katta  odam larning,  t a ’m  bilishidan  kam  farq 
qiladi.  Keksalarda  t a ’m  bilish  sezgisi  kamayadi.
H ID   B IL ISH   ANALIZATORI
Turli  moddalarning  hidi  burunning  yuqori  chig'anoqlarining 
o ‘rta  qismi  va  burun  t o ‘sig‘ining  shilliq  pardasidagi  maxsus 
retseptorlar  yordamida  bilinadi.  Hidlov  hujayralari joylashgan 
shilliq  parda  yuzasi  5  sm 2.  Shilliq  pardadagi  hid  biluvchi  hu- 
javralarining  t o ‘siqlari  hidlov  nervini  hosil  qiladi.  Hid  sezgisi 
m odda  zarralari  hidlov  sohasining  shilliq  pardasiga  tushib,  hid 
biluvchi  hujayralarga  t a ’sir  etishi  natijasida  vujudga  keladi. 
O dam da  hid  biluvchi  nerv  hujayralarida  sezilib,  nerv  impulsi 
markazga  intiluvchi  nerv  tolalari  orqali  p o ‘stloq  ostki  nerv 
markazlariga,  undan  bosh  miya  yarim  sharlar  p o ‘stlog‘idagi 
hidlov  zonasiga  boradi.
Hid  bilish  tufayli  odam  va  hayvonlar  turli  gazlarni  va  ovqat 
hidini  sezadi.  Hid  sezgisi  nihoyatda  o ‘tkir  va  nozik  hisoblanadi.
94

Modda  havoda juda  oz  tarqalgan  bo'Isa,  odam  uning  hidini  se- 
zadi.  1  litr havoda  1:1  000 000 g  efir bo'lganda odam  uning  hidini 
sezadi.  Hidlov  organi  ayniqsa  vodorod  sulfat  gazi  hidiga  niho- 
yatda  sezgirdir.  Ba’zi  bir hayvonlarda  hid  bilish  sezgisi juda  ham 
nozik  bo'ladi.  Ba’zi  iskovich  itlar  havodagi  oz  miqdordagi  gaz- 
lar  hidini  sezadi.  Boshqa  sezuv  organlari  kabi  hidlov  organi  ham 
uzoq  ta ’sirlashga  javoban  qo'zg'aluvchanlikni  kamaytiradi.
Yangi  tug'ilgan  bola  fialka,  valerian,  lion,  anis  va  boshqa 
noxush  hidlarga  nisbatan  va  mimikasini  o'zgartirish,  nafas  olish 
va  pulsning  o'zgarishi  bilan  javob  beradi.  Kuchli  hidlar  ta ’sir 
ettirilganda  bola  chuqur  va  tez-tez  nafas  oladi  va  puls  urishi 
o'zgaradi.  Turli  hidlarni  to'liqroq  ajrata  bilishi  bolaning  4 
oyligidan  boshlanadi.  Bog'cha  yoshidagi  bolalarda  hidlash  ret- 
septori  rivojlanishda  davom  etadi.
KO ‘RISH   ANALIZATORI
Ko'rish  analizatori  tashqi  dunyodagi  narsalarni  katta-kichik- 
ligi,  rangi,  shakli,  bizdan  qancha  masofada  turganligi  haqida 
tasavvur  hosil  qilishda  yordam  beradi.  Kishilarning  m ehnat 
faoliyatida  ko'rish  analizatori  juda  m uhim   rol  o'ynaydi.
K o‘zni  bevosita  t a ’sirlovchi  yorug‘lik  bo'lib,  u  ko'z  retsep- 
torlariga  t a ’sir  etib,  ko'ruv  sezgisini  hosil  qiladi.  Ko'ruv  organi 
bolaning  10— 12  yoshigacha  anatom ik  va  fiziologik  jihatdan 
rivojlana  boradi.
K o ‘zning  tuzilishi.  K o 'z  soqqasi  va  uni  o'rab  turgan  yor- 
damchi  apparatdan  tashkil  topgan.  Ko'z  soqqasi  sharga  o'xshash 
bo'lib,  ko'z  kosa  chuqurchasida  joylashgan.  K o'z  soqqasi  de- 
vori  uch  qavatdan:  tashqi  oqsil  parda  (skelera),  o 'rta  tomirli 
parda  va  ichki  —  t o 'r   pardadan  iborat.  Oqsil  qavatning  rangi 
oq  bo'lib,  uning  bir  qismi  odam ning  ko'z  qovoqlari  ostida 
ko'rinib  turadi.  Skeleraning  orqa  tomonidagi  qismi  teshikdir, 
ko'ruv  nervi  shu teshikdan o'tadi.  Skleraning  oldingi  qismi  tiniq, 
qabariqroq bo'lib,  shox  pardani  hosil  qiladi.  Tashqi  yoki  skelera 
qavatining  1/5  qismi  m ug'u z  pardadagi  4/5  qism  orqali  oqsil 
pardaga  to'g'ri  keladi.  Shox  pardada  qontom irlar  bo'lmaydi 
4-rasm).
Tashqi  pardaning  ichkari  tom onida  o 'rta   (tomirli)  parda 
bor.  Bu  pardada  qontom irlar  va  pigment  ko'p.  Turli  kishilarda
95

1
  —  k i p r i k l i   t a n a ;  
2  —
  k o ' z   g a v h a r i n i n g   h a l q a s i m o n   b o y l a m i ;  
3
  —  y o y   p a r d a ;  
4
  —  k o ' z   g a v h a r i ;   5   —  t u g u n l i   n u q t a ;  
6
  —  k o ' r i s h   c h i z i g i ;   ( t u g u n l i   n u q t a   va 
s a r i q   d o g ‘  o r q a l i   o ' t a d i ) ;   7  —  k o ' z n i n g   o ' q i   ( k o ' z   g a v h a r i   va  k o ' z   s o q q a s i n i n g  
m a r k a z i d a n   o 't a d i ) ;  
8  —
  s h o x   p a r d a ;   9 —  k o ' z n i n g   old in g i  ka m c ra si ;  77 — skle- 
r a n i n g   v e n a   sinusi; 
12
  —  b ir l a s h ti n iv c h i  p a r d a   ( k o n y u n k ti v a ) ; 
13
  —  oqsil  p a r d a  
(sklera ); 
14—
  to m ir li  p a rd a ;  / 5 — t o ' r   p a r d a   (r et in a) ; 
16
  —  sariq  d o g ';   / 7 — k o 'r is h  
nervi; 
18
  —  s h i s h a s i m o n   ta n a .
4 - rasm.
  O ' n g   k o ' z n i n g   g o r i z o n t a l   kcs imi:
pigment  miqdori  har  xil  bo'ladi.  Ba'zi  odamlarda  ko£zning  o ‘rta 
pardasi  pigmentsiz  bo'lib,  qontom irlar  ko'rinib  turadi.  Shun- 
ing  uchun  ularning  ko'zi  qizg‘ish  bo'ladi.
Tomirli  parda  oldingi  rangdor  (kamalak  parda)  o 'rta  kiprik- 
simon  tana  va  orqa  xususiy  tomirli  qismga  bo'linadi.  Rangdor 
parda  ikki  xil  radial  va  halqa  shaklidagi  silliq  muskullar  jo y ­
lashgan  b o ‘lib,  halqa  muskullar  qisqarganda  ko'z  qorachig‘i 
torayadi,  radial  muskullar  qisqarganda  esa  qorachig‘  kengaya- 
di.  Rangdor  pardaning  o ‘rtasi  teshik  b o ‘lib,  bunga  qorachig' 
deb  ataladi.  Kipriksimon  tana  tomirli  pardaning  qalin  tortgan 
o ‘rta  qismini  egallaydi.  Kipriksimon  tananing  ichki  qismida 
silliq  muskul  tolalaridan  iborat  kipriksimon  muskullar  b o ‘ladi. 
Kipriksimon  muskullar kipriksimon  boylamlar yordamida gavhar 
pay  va  haltachasiga  birikkan  bo'ladi.
K o'z  soqqasi  ichki  pardasi  yoki  t o 'r   parda  murakkab  t u ­
zilgan  bo'lib,  taraqqiy  etish jihatdan  ko'ruv  nervi  bilan  bir  bu- 
tun  hisoblanadi.
96

T o 'r   parda  ko'zning  butun  bo'shlig'ini  qoplab  turadi.  T o ‘r 
pardaning  retseptori  b o ‘lib,  turli  taassirotlarni  qabul  qilib  oluv- 
chi  130  rnln  tayoqcha  va  yetti  million  kolbochka  shaklidagi 
bir  necha  qavat  hujayralar  hisoblanadi.  Tayoqcha  hujayralar- 
ning  tashqi  a ’zosida  ko'rish  purpuri  yoki  radopsin  moddasi 
saqlanadi.  Tayoqcha  va  kolbochka  hujayralarining  ichki  a ’zosi 
ikki  o ‘simtali  bipolar  neyronlar  bilan  b o g ian g an   b o ‘ladi.  K o ‘z 
soqqasining  yadrosi  suvsimon,  gavhar  va  shishasimon  tana- 
dan  iborat.  Rangdor  pardaning  orqasiga  tom om ila  tiniq  yas- 
mik  shakldagi  ikki  tom oni  qavariq  linza  —  gavhar joylashgan. 
Gavharning  orqa  tomoni  oldingi  tom oniga  qaraganda  qa- 
variqroq  bo'ladi.  G avhar  moddasi  yarim  suyuq  b o i i b ,   yupqa 
tiniq  kapsulaning  ichida  turadi.  G a v b a rd a   q o n to m irla ri 
b o im a y d i.  Uni  ko'z  kameralarini  to id irib   turadigan  maxsus 
suyuqlik  oziqlantiradi.  Shoxparda  bilan  rangdor  pardaning 
o'rtasida  kichkina  b o ‘shliq  b o ii b ,   bunga  ko'zning  oldingi 
kamerasi  deyiladi.  Rangdor  parda  bilan  gavharning  o ‘rtasida 
ham  bo'shliq  b o i i b ,   bunga  ko'z ning  orqadagi  kamerasi  d e ­
yiladi.
Ko‘zning  nur  sindiruvchi  muhitlari
Har  bir  k o ‘ruv  nervida  1  mln.  ga  yaqin  nerv  tolalari  bor. 
T o ‘r  pardada  k o ‘ruv  nervining  kirish  jo y i-k o ‘r  dog‘  va  narsa- 
larni  yaxshiroq  ko'r adigan  sariq  d og',  d o g 'ning  m arkazida 
chuqurcha b o iib .  bunga  markaziy chuqurcha  deyiladi.  Ko'zning 
ayrim  qismlari  (shox),  shoxparda,  gavhar,  ko'zning  shishasi­
m on  qismi  o'zidan  o'tuvchi  y o ru g iik   nurlarini  sindira  oladi. 
K o ‘zga  y o ru g iik   nurlari  t a ’sir  etanda  radiopsin  va  iodopsin 
m o d d a la ri  p a r c h a la n ib   kim yoviy  reaksiya  vujudga  keladi. 
K o'zning  n u r  sindiruvchi  qismlariga  shox  parda,  suvsimon 
suyuqlik,  ko'zning  oldingi  kamerasi,  gavhar  va  shishasimon 
qismi  kiradi.  K o'z ning  nur  sindirish  kuchi  ko'proq  shox  parda 
va  gavharning  nur  sindirishiga  bog'liq  bo'ladi.  N u r  sindirish 
dioptriya  bilan  o i c h a n a d i.  Bir  dioptriya  fokus  oralig'i  1  m 
bo'lgan  linzaning  nur  sindirish  kuchi  tushuniladi.  Agar  n ur 
sindirish  kuchi  oshsa  fokus  oralig'i  qisqaradi.
7  — 
Q.  Sodiqov
97

Fokus  oralig'i  50  sm  bo'lgan  linzaning  nur  sindirish  kuchi 
2  dipotriyaga  (2  D  ga)  teng  bo'ladi.  Shox  pardaning  nur sindirish 
kuchi  43  D.  gavharning  nur  sindirish  kuchi  kamroq  bo'lib, 
o 'z g a n b   turadi.  Yaqin  masofaga  qaraganda  —  33D,  uzoq 
masofaga  qaralganda  esa  —  19  D.  Ko'zning  butun  optik  sis- 
tcmasini  nur  sindirish  kuchi  uzoqqa  qaraganda  59  D,  yaqin 
masofada  esa  —  70  D.
Parallel  vorug'  nurlari  shox  parda  va  gavharda  singandan 
so'ng,  markaziy  chuqurlikning  bir  nuqtasida  to'planadi.  Shun- 
day  qilib,  narsaning  fokusi  markaziy  chuqurlikda  hosil  boMadi.
K o ‘rish  a n alizatorlarin in g  yosh lik   x u su siy a ti
Bolalarning  ko'zi  katta  odam ning  ko'z  tuzilishidan  farq 
qiladi,  Bolalarda  ko'z  kosa  chuqurligi  va  ko'z  soqqasi  tanasiga 
nisbatan  kattalarga  qaraganda  kattaroq  boMadi.  Skelera  va  tom ir­
li  pardalar  katta  odam  ko'zini  shu  pardalariga  nisbatan  yupqa- 
roq,  shox  parda  qalinroq  boMadi.
Qovoqlarning  kelishilgan  harakati  bolaning  bir  oyligidan 
boshlanadi,  bolaning  2  oyligidan  esa  ko'z  soqqasi  turli  pred- 
meilarga  va  yorug'likka  nisbatan  harakatlanadi.  Bola  2  hafta- 
ligidan  boshlab  yaltiroq  narsaga  ko'zini  boshi  bilan  birlikda 
ay la nt i rib  qaray  boshlaydi.
Ko'zning  koordinatsiyalashgan  harakati  mashq  qilish  tufayli 
bolaning  6  oyligidan  yoki  bir yoshidan  boshlanadi.  Ko'rish  anali­
zatorining  avval  periferik,  so'ng  markaziy  qismi  taraqqiy  etadi.
Yangi  tug'ilgan  bolada  ko'ruv  nervi  tolalari  kam  differen- 
sivalashgan  bo'ladi.  Ko'ruv  nervining  mielmlashuvi  bolaning 
1 — 1,5  yoshigacha  davom  etadi.
Yangi  tug'ilgan  bola  ko'zining  nur  sindirishi  katta  kishilar 
ko'zining  nur  sindirish  xossasidan  farq  qiladi.  Yangi  tugMlgan 
bolaning  ko'zi  uzoqdan  yaxshi  ko'rolmaslik  xususiyatiga  ega 
boMadi.  Tug'ilgandan  to  4 —7  kungacha  yaqin  ko'rolm aslik 
xususiyatiga  ega  boMadi.  Yangi  tug'ilgan  bolaning  ko'ziga  kuchli 
yorug'lik  ta’sir  ettirilsa  ko'z  qorachig'i  torayadi.
K o'pincha  bog'c ha  va  maktab  yoshidagi  bolalarda  gavhar 
yassiroq  shaklda  bo'lgani  uchun,  uning  oldingi  —  orqa  o'qi 
kattalarnikiga  nisbatan  kaltaroq  boMadi.  Shuning  uchun  bola- 
iarda  uzoqni  yaxshi  ko'rolmaslik  xususiyati  uchrab  turadi.  Yosh

bolalarda  gavhar  nihoyatda  elastik,  shuning  uchun  ularda  kat- 
talarga  nisbatan  akkomodatsiya  xususiyati  asta-sekin  rivojlanib 
boradi.
Odamning  yoshi  ortishi  bilan  gavharning  elastikligi  kamayib 
boradi.  Bolalarning  yoshi  ortishi  bilan  kipriksimon  m uskullar­
ning  qisqaruvchanlik  xususiyati  kamayib  boradi,  shuning  uchun 
aniq  ko'rishning  yaqin  nuqtasi  ortib  boradi.  Shuning  bilan  bir 
vaqtda  akkomodatsiya  chegarasi  kamayadi.  Masalan,  9— 11 
yoshda  14D,  12— 14  yoshda  12,9D;  15— 17  yoshda  12,3D;  18— 
20  yoshda  12D;  21—22  yoshda  11,5D  bo'ladi.
Bolalarda  yaqindan  va  uzoqdan  ko'rish,  yaxshi  ko'raolmaslik 
kasalligi  har  xil  sabablarga  k o ‘ra  paydo  bo'ladi.
Odam  ko'z  o'tkirligi  yoshiga  qarab  o'zgaradi.  Bolalar  va 
o'smirlarni  ko'rish  o'tkirligi  kattalarga  nisbatan  yuqori  bo'ladi. 
Bola  uzoq  vaqt  mayda  narsalar  bilan  shug'ullansa  ko'zning 
ko'rish  o'tkirligi  kamaya  boradi.  Katta  bog'cha  bolalarda  ko'rish 
o'tkirligi  1,00  va  1,20D  teng  b o 'la d i.  O 'q u v c h i  stoliga  u 
o'qiyotgan  yoki  yozayotgan  vaqtda  xonaga  yorug'lik  chap  to- 
m ondan  tushishi  kerak.  Kitob  bilan  ko'zning  orasi  30—35  sm 
dan  kam  bo'lmasligi  kerak.
Download 93.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling