Kichik maktab yoshidagi bolalar anatom iyasi, fiziologiyasi ya


Download 93.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana05.02.2018
Hajmi93.45 Kb.
#26065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Yoshlik  davrlari
Hozirgi  vaqtda  yoshlik  davrlardagi  aniq  ajratish  boMgan 
morfologik  funksional  dalillar  toMiq  aniqlanmagan.  Shuning 
uchun,  bolaning  yoshlik  davrlari  haqida  umumiy  qabul  qilin­
gan  sistema  mavjud  emas.
P e d i a t r i y a d a   k o ‘p r o q   y o s h l ik   d a v r l a r i g a   a j r a t i s h d a  
A.  P.  Gundobin  sistematikasi  qabul  qilingan:
1.  Ona  qornidagi  rivojlanish  davri.  Bu  davrda  hom ilaning 
ovqatlanishi.  nafas  olishi  tana  harorati  va  boshqalar  ona  o r ­
ganizmiga  bog'liq  boMadi.
2.  Yangi  tug'ilish  davri  2— 3  hafta.  Bu  davrda  bola  yangi 
m uhit  sharoitiga  moslashadi.  U  birinchi  marta  o ‘zi  nafas  ola 
boshlaydi.  O 'pka  orqali  qon  aylanish  funksiyalana  boshlaydi, 
bola  o'zining  ovqat  hazm  qilish  kanalidan  ishlab  chiqarilgan 
shira  hisobiga  ovqat  moddalarini  hazm  qiladi.  Bola  tug"ilishi 
bilan  ko'rish,  eshitish,  maza  bilish,  teri-taktili  va  boshqa  anali- 
zatorlari  aktiv  funksionalii  boshlaydi.
30

3.  K o'krak  yoshi-1  yoshgacha.  Bu  davrda  bolaning  tana 
uzunligi  1,5  marta  vazn  3  marta  ortadi.  Ichki  sekretsiya  bez­
laridan  qalqonsimon,  ayrisirnon,  gipofiz  bezlarining  funksiyasi 
kuchaya  boshlaydi.  Bu  davrda  bolada  birinchi  nutq  belgilari 
hosil  b o iib ,  bola  avrim  so'zlarni  talaffuz  qila  boshlaydi.
4.  Bog 'clia yoshgacha  bo 'Igan  davr.  1 yoshdan  3 yoshgacha. 
Bu  davrda  bolani  atrof-m uhit  bilan  munosabati  orta  boradi,  u 
yuraboshlaydi.  Organlar  tuzilishi  va  funksiyasi  takomillasha 
boradi.  Bolaning  nerv  sistemasi  morfologik  va  funksional  in- 
tensiv  ravishda  takomillashadi.
5.  Bog'cha yoshi  —  3 yoshdan  7 yoshgacha.  Bu  davrda  bola­
ning  tashqi  m uhit  atrofidagi  narsa  va  hodisalarni  anglash  q o ­
biliyati  o rtadi,  miya  p o ‘s tlo g ‘ida  j u d a   k o 'p   yangi  shartli 
bog'lanishlar  vujudga  kela  boshlaydi.  Suyak,  muskul  sistemasi, 
yurak-qontomirlari  takomillashadi.
6.  K ichik  m aktab  yoshi  —  7  yoshdan  12  yoshgacha.  Bu 
davrda  skeletning  suyaklanishi  davom  etadi,  tana  proporsiyasi 
o'zgaradi.  Bu  yoshda  jigar,  buyraklar,  o ‘pka,  yurak  va  boshqa 
organlar  tuzilishi  va  funksiyasi  murakkablashib  boradi.  Bola­
ning  nerv sistemasi,  ayniqsa,  oliy  nerv  sistema  faoliyati  takomil­
lashadi.
7.  O'rta  m aktab  yoshi  —  12  yoshdan  15  yoshgacha.  Bu 
yoshlik  davr  bolaning  bo'yi,  vaznining  tez  ortishi,  jinsiy  bez- 
larning  intensiv  funksiyalanishi  bilan  xarakterlanadi.
8.  Katta  m aktab  va  balog'at  yoshi  —  13— 14 yoshdan  18— 
19  yoshgacha  qizlar,  15— 16  yoshdan  19— 20  yoshgacha  o'gil 
bolalar.  Bu  yoshlik  davrda  ikkinchi  darajali jinsiy belgilar  kuchli 
rivojlanib  boradi.  Bolaning  b o ‘yi,  vazni  intensiv  ravishda  o rta­
di.  N e r v   s i s t e m a s i d a   n e rv   j a r a y o n l a r i   t a k o m i l l a s h a d i .  
Shuningdek,  boshqa  takomillashuvlar  kuzatiladi.
1965  yili  Moskvada  RSFSR   pedagogika  fanlar  akademiya- 
sining  yosh  fiziologiyasi  va  jismoniy  tarbiya  institutida  yosh 
davrlarga  bag‘ishlangan  simpozium  o'tkazildi.  Simpozium  bar­
cha  o'quv,  davolash,  ilmiy  muassasalarida  quyidagi  yoshlik 
davrlar  sxemasidan  foydalanishni  tavsiya  etadi.
1.  Yangi  tug'ilgan  bola 
1 — 10  kun
2.  Ko'krak  yoshi  davri 
10— 1  yoshgacha
3.  Ilk  bolalik  davri 
1—3  yoshgacha
4.  Birinchi  bolalik  davri 
4 —7  yoshgacha
31

5.  Ikkinchi  bolalik  davri
6.  Uchinchi  bolalik  davri
7.  0 ‘smirlik  davri
8.  0 ‘smirlik  davri
9.  Navqironlik  davri
10.  Navqironlik  davri
11.  Yetuklik  1  davr
12.  Yetuklik  1  davr
13.  Yetuklik  (to'lishgan)  yosh
14.  Yetuklik  (to'lishgan)  yosh
15.  Keksalik  yoshi
16.  Keksalik  yoshi
17.  Qarilik  yoshi 
erkaklar)
18.  Uzoq  yashovchilar
8— 12  yosh  (o'gil  bolalar)
1 — 11  yosh  (qiz  bolalar) 
13— 16  yosh  (o'gil  bolalar) 
12— 15  yosh  (qiz  bolalar)
16—20  yosh  (qiz  bolalar)
17—21  yosh  (o'gil  bolalar) 
22—35  yosh  (erkaklar) 
21—35  yosh  (ayollar)
2  davr  36—60  yosh  (erkaklar)
2  davr  35—55  yosh  (ayollar) 
61—74  yosh  (erkaklar) 
56—74  yosh  (ayollar)
75 — 90  yosh  ( a y o ll a r   va
90  yosh  va  und an   ortiq.
T O ‘QIMALAR
Tuzilishi,  kelib  chiqishi  va funksiyasi  bir-biriga  o'xshash bo'lgan 
hujayralar  to'plami  to‘qima  deb  ataladi.  Organizmdagi  hamma 
to'qimalar 4  gmppaga:  epiteley (qoplovchi),  biriktiruvchi tavanch. 
trofik  muskul  (mushak)  va  nerv  to ‘qimalariga  bo'linadi.
Epiteley  to ‘qimasi.  Epiteley  to'qimasi  bir  qavatli  va  ko'p  
qavatli  epiteleyga  bo'linadi.  Bir  qavatli  epiteley  to'qim asi  bir 
qavatdan  tuzilgan  yupqa  plastinka  shaklidagi  hujayradan  tashkil 
topgan.
Bir qavatli  epiteley  to'qimasi  hujayralari  shakliga  qarab yassi, 
ku b sim o n   va  silin d rsim o n   e p it e l e y g a   b o 'l i n a d i .   E p ite le y  
t o ;qimalari  funksiyasiga  ko'ra  tebranuvchi  (kiprikli),  bezli,  teri 
va  ichak  epiteleylariga  bo'linadi.
K o 'p   qavatli  epiteley  to'qim asida  hujayralar  bir  necha  q a ­
vat  joylashgan  bo'lib,  hujayralari  har  xil  shakldadir.
Tayanch  —  trofik  yoki  biriktiruvchi  to ‘qima.  Bu  to'qim a, 
asosan,  organizmning  ichki  qismini  tashkil  etib,  mezenxima 
kurtagidan  hosil  bo'ladi.  Biriktiruvchi  to 'q im a  uch  gruppaga: 
qon  va  limfa  to'qimasi,  tog'ay  va  suyak  to'qimasi  (zich  biriktiru­
vchi  to 'qim a),  silliq  muskul  to'qim asiga  bo'linadi.
Qon  va  limfa  to'qimasi  embrional  rivojlanishda  tomirlar 
bilan  birga  bir  vaqtda  paydo  bo'ladi.  Qon  suyuq  biriktiruvchi
32

t o ‘qima  b o i i b ,   qon  plazmasi  —  suyuq  qismi  va  qonning  shakli 
ele m e n tla rid a n   iborat.  Q on  plazm asi  rangsiz,  tiniq,  biroz 
yopishqoq  suyuqlik  b o ‘lib,  uning  tarkibida  oqsillar,  uglevod­
lar,  y o g la r,  mineral  tuzlar  va  boshqa  m oddalar saqlanadi.  Qon 
plazmasi  qon  shakli  elementlarining  ichki  muhiti  hisoblanadi. 
Q onda  uch  xil  elementlar:  qizil  qon  tanachalari  (eritrotsitlar), 
oq  qon  tanachalari  (leykotsitlar),  qon plastinkalari  (trombotsit- 
lar)  b o ia d i.  Eritrotsitlar  ikki  tom oni  botiq  disk  shaklidagi  h u ­
jayralar  b o i i b ,   tarkibida  gemoglobin  moddasini  saqlaydi.
Leykotsitlar  har xil  shakldagi  rangsiz  hujayralar b o iib ,  1  m m 3 
qonda  6—8  ming  dona  b o i a d i .  Leykotsitlar  ikkiga  b o lin a d i. 
Donador  (granalusitlar),  donasiz  (agrositlar).  D o n a d o r  leykot­
sitlar  sitoplazmasida  maxsus  donalar  b o i a d i .  Ular  bo'yalishiga 
qarab,  neytrofil,  eozinofil  va  bazofd  leykotsitlarga  b o lin a d i.
Donasiz  leykotsitlarga  limfositlar  bilan  monositlar  kiradi.
Zichlashgan  biriktiruvchi  t o ‘qima.  Bu  t o ‘q im a n in g   hu- 
jayralararo  m odda  kollagen  elastik  moddasi  tolalaridan  va  shu 
tolalarni  q am ra b   oluvchi  a m o r f   m o d d a d a n   iborat.  A m o rf 
moddasi,  asosan,  fibroblastlar joylashadi.
Suyak  to ‘qimasi.  Suyak  to ‘qimasining  asosiy  moddasida  ohak 
tuzlari  shimilganligi  uchun ular ancha qattiq boiadi.  Bu to‘qimada 
organik  moddalar  ko'pligi  uchun  ham juda  qattiq  boiadi.  Suyak 
to ‘qimasi  plastinkalardan  va  ingichka  kollagen  tolachalardan tuzil­
gan.  Suyak  t o ‘qimasida  osteon  kanallari  bo iib ,  bu  kanallar  kon- 
sentrik shaklda joylashgan  suyak  plastinkalaridan  tuzilgan boiadi.
S uyak  h u ja y ra la ri  o steositlar  deb  n o m l a n i b ,   u la rn in g  
yulduzsimon  shakldagi  k o ‘p  o ‘siqlari  b o ia d i .  Suyakdagi  osteon 
kanallardan  qon  tomirlari  va  nervlar  o ‘tadi.
Muskul  to ‘qimasi.  Bu  to 'q im a  tolalarining  protoplazmasi- 
da  qisqarish  xususiyatiga  ega  b o l a n ,   tabaqalangan  maxsus  in ­
gichka  tolalar  (miofibrillar)  b o lish i  bilan  boshqa  t o ‘qimalardan 
farq  qiladi.  Organizmda  ikki  xil:  silliq  va  ko^ndalang-targll 
muskul  t o ‘qimalari  b o ii b ,  silliq  muskul  t o ‘qimasi  ichki  organ­
lar,  tom irlar  sistemasida  b o i a d i .   K o ‘ndalang-targ‘il  muskul 
t o ‘qimasi  skeletdagi  suyaklarni  qoplab  oladi.  Muskul  t o ‘qimasi 
m ezenxim adan  rivojlanadi.  Silliq  muskul  t o ‘qim asining  h u ­
jayralari  uzunasiga  cho'zilgan  duk  shaklida  b o i i b ,   hujayralar 
sitoplazmasida  oval shakldagi  yadro  bor.  Mioflbrill  tolalari  bir- 
biriga  parallel  joylashgan  b o i i b ,   qisqarish  xususiyatiga  ega.
3  —  Q.  S o d iq o v
33

Ko'ndalang-Vdrg'W  muskul  to'qimasi  ichki  organlardan  ba’zilar 
(halqum,  qizilo'ngach,  til.  hiqildoq  muskullari)  devorida  ham 
uchraydi.  Bu  to 'q i m a n i n g   b o ‘vi  bir  n ec h a   sm.  ga  yetadi. 
K o'ndalang-targ'il  muskul  tolalari  m ikroskopda  k o ‘rilganda 
qisqaruvchi  moddasi  ko'ndalang-targ'il  bo'lib  ko‘rinadi.  chunki 
muskul  tolalarning  miofibrillarda  izotrop  va  anizotrop  zarracha- 
lar  joylashgan.  Bu  zarrachalar  nurni  turlicha  sindiradi.
Yurak  m uskul  to'qim asi  ham  k o ‘tidalang-t<\.xgl \\  muskul 
t o ‘qimasiga  o'xshaydi.  Biroq  ixtiyorimizdan  tashqari  qisqaradi.
Retikular  t o ‘qima  taloq,  limfa  tugunlari  ko'm ikning  asosini 
tashkil  etadi.  Boshqa  hujayralarda  ham  bor.  Bu  to 'q im a  h u ­
jayralari  yulduzsimon  shaklda  bo'ladi.  Qontomirlari  devorida 
ham  retikular  to 'q im a  bo'ladi.
Yog'  to'qimasi  hujayralari  yumaloq  bo'lib,  ichida  yog'  tom - 
chilari  bor.  Yog'  to'qim asi  organlar  orasidagi  bo'shliqlarni 
t o ‘.ldirib,  ularni  silkinishdan  saqlaydi.  Bu  lo'qim a  elastik  bo'lib, 
issiqlikni  yomon  o'tkazadi.  Yog'  to'qimasi  organizm  uchun 
zahira  hisoblanadi.
Pigmentli  to 'qim a  protoplazm asida  pigment  donachalari 
bo'ladi.  Bu  to 'q im a  yog'roq  terisida,  sin  bezida  so'rg'ichida, 
ko'zning  rangdor  va  rangdor  tomirli  pardalarida  uchraydi.
Zich  biriktiruvchi  to'q im a  hujayra  elementlariga  qaraganda 
ko'proq  tolali  tuzilganligi  va  zich  taqalib joylashishi  bilan  boshqa 
to'qimalardan  farq  qiladi.  Bu  to'qim a  ikkiga,  shakllanmagan 
zich  biriktiruvchi  to'q im a  va  shakllangan  zich  biriktiruvchi 
to'qimaga  bo'linadi.  Shakllanmagan  zich  biriktiruvchi  to'qim a 
terida  tayanch  funksiyasini  o'taydi.  Shakllangan  zich  biriktiru­
vchi  to 'q im a d a   kollagen  tolalar  m a ’lum  bir  tartib  bilan 
joylashadi,  bu  to'qimaga  paylar  misol  bo'la  oladi.
Tog'ay  to'qim asi  hujayralari  bilan  asosiy  m oddadan  tuzil- 
gari.  Asosiy  m oddaning  tuzilishiga  qarab,  gialin  tog‘ay  va  elas­
tik  tog‘aylar tafovut  qilinadi.  Gialin  tog'ay  organizmda  boshqa 
tog'aylarga  qaraganda  ko'proq  uchraydi.  Nafas  yo'llarining 
t o g ' a y l a r i   k o ' p c h i l i k   b o ' g ' i n   t o g ' a y l a r i ,   b u r u n   u c h i ,  
qovurg'alarining  oldingi  tom oni,  gialin  tog'ayidan  tuzilgan. 
Umurtqaaro  tog'aylar,  bo'gim  ichidagi  minsklar tolali  tog'aydan 
tuzilgan.  Quloq  suprasi  tog'aydan,  hiqildoq  tog'aylarning  bir 
qismi  elastik  tog'aydan  tuzilgan.

Nerv  to‘qimalari,  Nerv  to'qimasi  tashqi  muhit  ta‘sirida  ichki 
organlarda  sodir  bo'ladigan  taassurotlarni,  ya’ni  qo'zg'alish,  turli 
sezgirlarni,  nerv  pulslarini  o'tkazish  vazifasini  bajaradi.  Nerv 
to'qimasi  va  yordamchi  struktura  neyroliyadan  tuzilgan.  Neyr- 
ologiya  ko'p  o'siqlik  hujayralardan  iborat.  Neyrologiya  hujayralari 
orasida nerv hujayralari joylashgan bo'ladi.  Neyrologiya  hujayralari 
nevronlarga  nisbatan  tayanch  —  trofik  funksiyani  o'taydi.  Ney- 
ror.  bir  necha  o'siqlarga  ega  bo'lgan  nerv  o'simtalari  va  nerv 
hujayrasi  tanasidan  iborat.  Uzun  o'siqlar  neyritlar  kalta  o'siqlar 
dendrishlar  deb  ataladi.
Nerv  hujayralari  turli-tuman  shaklda  (yulduzsimon,  yumaloq, 
oval  va  noksimon)  bo'ladi.  Ular  nerv  sistemasining  turli  qismida 
joylashgan  bo'ladi.  Nerv  hujayrasidan  chiqqan  neyritning  uzunligi 
bir metr va  undan  uzun bo'ladi.  Kalta tolalari  ko'p tarmoqli bo'lib, 
bir nechta  bo'ladi.  Nerv tolasini yog'simon  moddadan tuzilgan mielin 
parda,  uning  ustini  esa  shvann  pardasi  nevrilemma  o'rab  turadi. 
Mielin  parda  nerv  tolasining ba’zi  qismlarida  biroz  torayib,  Ranve 
bogiamlarini  (bo'g'imlarini)  hosil  qiladi.  Bu  pardalar  nerv  tola- 
larini  bir-biridan  ajratadi  va  himoya  vazifasini  bajaradi.
Tuxum   hu jay ra n in g   o talan is h i  va  t o 'q m a l a r n in g   hosil 
bo'lishi.
Yosh  organizm  rivojlangan  sari  undagi  hujayralarning  soni 
ko'payadi  va  tabaqalanadi.  Hayvonlar va  odam   tashqi  muhitga 
muvofiqlasha  borishi  natijasida  organizmdagi  to 'q im a  va  h u ­
jayralar  ham  o'zgaradi.
T o 'q i m a l a r   h a y vonlarning  filogenetik  taraqqiyoti  bilan 
bog'liq  bo'lgan  filogenetik  tarixga  ega.
Em brion  q avatlari  —  e k to d e r m a   va  m e z o d e r m a   hosil 
b o ‘lgach  to 'qim a  va  organlarga  tabaqalanadi.
Yetilgan  erkak jinsiy  hujayralarning  rivojlanishi  spermatoge- 
nez  deb  yuritiladi.  Bu jarayon  odam   jinsiy  balog'atga  yetganda 
organizm  jinsiy  aktivligini  saqlaguncha  davom  etadi.  Sperma- 
tozoidlar  erkak jinsiy bezlarining  buram a  kanalchalaridan  hosil 
b o ia d i.   Sperm atozoid  o ‘zining  harakatlanishi  va  q o ‘shilish 
qobiliyatini  5  kungacha  saqlab  qoladi.
Ayol  kishining  tuxum doni  bir  juft  b o i i b ,   ular  bachadon- 
ning  har  ikki  tom onida  joylashgan.  T uxum donning  kattaligi
3—4  sm,  qalinligi  2  sm.  T u x um donda  tuxum  hujayra  yetilib 
chiqadi.  Tuxum  hujayra  yadro  protoplazm adan  tashkil  topgan.
35

Qiz  bola  tuxum donida  400000  dan  500000  gacha  birlamchi 
folikular  hujayralar  bo'ladi.
Qiz  bola  baloglatga  yetgan  vaqtdan  boshlab  tug'ish  qobiliyati 
tugagunga  qadar  tuxumdondan  450—500  luxum  folekulalar  yeti- 
ladi,  bulardan  esa  tuxum  hujayralar  yetilib  chiqadi.  Tuxum  h u ­
jayra  follikular  suyuqlik  bilan  birga  qorin  bo'shlig'iga  tushadi  va 
bachadon  nayiga  tomon  yo'l  oladi.  Nayning  voronka  qismida 
hujayra  1  yoki  2  ta  ba’zan  3  ta  spermatozoid  bilan  urug'lanadi.
Homilaning  rivojlanishi.  Hom ilaning  birinchi  haftalarida 
zarodish  obolochkalari  rivojlanadi,  birinchi  oyntng  oxirida  zaro- 
dishning  kattaligi  10  mm.  ga  boradi,  ikkinchi  oyining  oxirida
3  marta,  4-oyning  oxirida  90  marta  kattalashadi,  9-oyning  oxi­
rida  470  mm.  ga  yetadi.  Og'irligi  intensiv  ravishda  rivojlana 
boradi.  3  oylikda  20  g,  6  oylikda  600—700  g,  9  oylikda  2400— 
2500  g  bo‘ladi.
Ontogenez  nazariyasi.  Hujayra,  t o ‘qima,  organizmning  qa- 
rishi  va ontogenetik yetilishi  faktorlari  bilan bogliq.  Qarish,  so'ng 
asta-sekin  hayotning  t o ‘xtashi  organizmda  ketm a-ket  bog‘liq 
bo ‘lgan  yoshga  bog‘liq  o ‘zgarishlar  natijasi  hisoblanadi.  Bunday 
o ‘zgarishlar juda  erta  boshlanadi.  Ularni  o'zgartirish  uchun  o r­
ganizmni  qaritishga olib  keladigan  sabablaming oldini  olish  kerak. 
Yoshga  bog‘liq  o ‘zgarishlarning  xarakteri  va  tezligi  odam  um- 
rining  uzoqligini  belgilaydi.  Hozir ontogenez haqida  150  dan  ortiq 
nazariyalar  mavjud.  Bir  nazariyaga  muvofiq  ontogenezda  oqsil- 
larning  o ‘zgarishi  m uhim  rol  o ‘ynaydi,  boshqa  nazariya  bo‘yicha 
modda  almashinuvi  natijasida  zaharli  moddalarning  t o ‘planib 
qolishi  hisoblanadi.  B a’zi  olimlarning  fikricha,  hujayralarda 
aktivlikni  y o ‘qotuvchi  molekulalarning  yirik  molekulalarning 
to'planib  qolishi  b o ‘lsa,  yana  bir  nazariyaga  muvofiq  organizm­
ning  energiyasini  sarf  etilib  qo'yilishidir.
Ontogenezda  m uhim   faktorlardan  molekulada  b o ‘ladigan 
o'z garishlar  hisoblanadi.  Nerv  hujayralarda  R N K   molekula 
miqdori  8  dan  40  yoshgacha  ortib  boradi,  55—60  yoshgacha 
o ‘zgarmay  turadi,  so‘ng  anchagina  kamayib  boradi.
Yosh  ortishi  bilan  hujayralarda  R N K   D N K   molekulalarida 
o ‘zgarishlar  b o ‘ladi.
Yosh  ortishi  bilan  endoplazm atik  tur  strukturasi  o ‘zgarib 
turadi.  Yosh  ortishi  bilan  hujayralar  sitoplazmasida  poliriboso- 
malar  soni  o ‘zgarib  boradi.  qarilikda  esa  72%  ni  tashkil  etadi.
36

Mitoxondriyalarning  o 'rni  almashinadi.  0 ‘sishning  intensiv 
davrida  mitoxondriyalarni  yangilanish  jarayoni  ketadi.
Organizm  keksaygan  sari  mitoxondriyalar  alohida  kompleks- 
ga  birikib  yadrodan  ajrala  boshlaydi.  Organizm  hujayralarining 
b a ’zilari  bir  necha  minut  yoki  soat  yashaydi,  b a ’zi  hujayralar 
uzoq  yashaydi.  Masalan,  qonning  shaklli  elementlaridan  erit­
rotsitlar  120  kun  yashaydi.  Organizmning b a ’zi  hujayralari  qayta 
tiklanish  regeniratsiyalanish  xususiyatiga  ega.  Masalan  jigar, 
buyrak  hujayralari.
M uhim  atam alar:
E ri tro ts it  —  qizil  q o n   t a n a c h a .   Le y k o tsi t  —  o q   q o n   t a n a c h a .
T r o m b o t s i t   —  q o n   p la s ti n k a la r i.  O s te o t si t   —  s u y a k   h uja yr a.
S p e r m a t o g e n e z   —  er k in   j in siy   h u j a y r a s i n i n g   rivojl ani sh i.
Takrorlash  uchun  savollar:
1.  T o ‘q i m a   d e b   n i m a g a   ay tilad i?
2.  O d a m   o r g a n i z m i d a   n e c h a   xil  t o ' q i m a   b o r ?
3.  B irik tiru v ch i  t o ' q i m a   q a n d a y   tu z i l g a n ?
4.  N e r v   t o 'q i n i a s in i   ay tib   b e rin g ?
5.  M u s k u l   t o ' q i m a s i   n e c h a   xil  b o ' l a d i .
MAKTAB  IMORATIGA  Q O ‘YILADIGAN  GIGIYENA 
VA  PEDAGOGIK  TALABLAR
Maktab  imorati  gigiyenik  va  pedagogik  normativlarga  t o ‘la 
javob  berishi  shart,  chunki  o ‘quvchilar  ko‘p  vaqtini  maktabda 
o ‘tkazadilar.
Maktab  binosi  o'quv  va  yordamchi  xonalardan  tashkil  to- 
padi.
O'quv  xonalari  va  o ‘quv  kabinetlarining  sathi  50  m2,  balandli- 
gi —  3,5  m  bo'lishi  kerak.  0 ‘quvchilar  soni  har  bir  sinfda  35—36 
ta bo'lishi  ko'zda tutiladi.  Sinf xonasida kichik  maktab o'quvchilari 
uchun  har bir o'quvchiga  1,25  m2,  katta  yoshli  o'quvchilar  uchun
1,5  m 2  bo'lish  lozim.  Sinfning  uzunligi  9  m.  Eni  6  m  bo'ladi. 
Laboratoriyaning  uzunligi  10  m,  eni  esa  8  m  bo'lishi  kerak.
Akt  zalining  maydoni  70—210  m 2.  Jismoniy  tarbiya  zalida 
har bir o'quvchiga  3,5—4  m 2 joy  to'g'ri  kelishi  kerak.  Kutubxo- 
naga  16—50  m 2,  kamolot  xonasi  16  m 2  bo'ladi.  O'qituvchilar 
xonasi  12  dan  30  m 2  gacha  bo'lishi  m umkin.  Dahliz,  kiyim
37

yechinadigan  xonasi  bilan  har  bir  o'quvchiga  0.3—0.35  m :  hiso- 
bidan  rejalashtiriladi.
Maktab  internatlarida sinfxonasining poli  har bir o'quvchiga  — 
1,43  m 2,  laboratoriya  esa  —  1,6  m 2,  dam  olish  xonalari  —  0,8  m 2 
hisobidan  quriladi.  Oshxona  100  o ’quvchiga  —  95  m 2,  ovqat 
tayyorlaydigan  xona  har  bir  bolaga  —  0,65  in2  bo'lishi  kerak.
4-sinf  o ‘quvchilarining  o'qitish  uchun  ikkita  yoki  bundan 
ko'p  bir-biriga  yaqin  o'quv  kabinetlan  tashkil  etiladi.  M a ’muriv- 
xo‘jalik xonalari  birinchi  qavatda  bo'lishi  maqsadga  muvofiqdir.
O'zbekiston  iqlimi  yuqori  haroratli  boiishi  munosabati  bilan 
sinf xonalarini  baland,  keng  bo'lishi  gigiyenik  talabga javob  beradi.
Hojatxonalar  va  yuvinish  xonalari
Hojatxona  oldidagi  yuvinish  xonasi  lflos  havoning  binoga 
o'tishiga  yo'l  qo'ym aydigan  shluz  o 'rnini  bosadi.  Yuvinish 
xonasida  to 'rttac h a  umuvalnik  bo'lib,  jo'm raklari  bir-biridan 
0,6  m  masofada joylashtiriladi.  I — 1V  sinf o'quvchilari  foydala- 
nadigan  um um iy  rakovinalar  0,6  m  balandlikka  o'rnatiladi.
O'gil  bolalarning  xojatxonalarida  40  ta  o'q uvchiga  bitta 
pissuar,  qizlarga  30  qizga  bitta  o ‘rnatiladi.
Kanalizatsiya  o'tkazilm agan  aholi  yashaydigan  punktlarda 
hojatxona  kavlanib  m o ‘ri,  eshik  o ‘rnatish  kerak  va  chiroq 
qo'yish  lozim.
4.  Maktab  internatlarga  qo‘yiladigan  gigiyenik  talablar.
Maktab  internatlari  binosi  maxsus  nam unalari  loyiha  aso­
sida  bitta  binodan  yoki  bir  necha  binodan  iborat  qilib  quriladi.
Kichik yoshdagi  o'quvchilar  uchun  sinf va  yotoqxonasi  sifati- 
da  pastki  qavatlarga  joylash g an   x o nalardan  foydalam ladi. 
0 ‘quvchilarning  tunda  tiniqib  uxlashlari  pastki  sinf o'quvchilari 
uchun  oraliq,  yuqori  sinf o'quvchilari  uchun  ham  yotoq  xonasini 
iloji  boricha  kam  o ‘rinli  qilib  jihozlash  kerak:  kichik  yoshdagi 
o'quvchilar uchun  8—10  o'rinli,  katta  maktab  yoshdagi o'quvchilar 
uchun  4—6  o'rinli  bo'ladi.  Yotoqxona  atrofida  ustaxonalar  va 
jihozlari,  gaz  bilan  ishlaydigan  xonalar  bo'lmasligi  kerak.
Yotoqxona  binosida  hojatxona,  yuvinish  xonasi,  qizlar uchun 
shaxsiy  gigiyena  xonasi,  navbatchi  tarbiyachilar  va  texnik  xo- 
dirnlar xonalari,  choyshab,  ko'rpa,  yostiqlar saqlanadigan  xona, 
dushxona,  kir  yuvish  xonasi  bo'lishi  kerak.
38

Yotoqhona  dam  olish  va  dars  tayyorlash  uchun  xonalar  re- 
jalashtiriladi.  Shuningdek,  tibbiyot  punkti,  izolator bo'lishi  shart.
Maktab  internatida  har  bir  kishiga  8.8—9,5  m 2  hisobidagi 
yer  maydoni  bo'lishi  kerak.
Uchastka  50  va  undan  ortiq  bola  uchun  600  m 2  bo'lishi 
lozim.
Sinfning  mikroiqiimi
Mikroiqlim  deb,  meteorologik  sharoitm  keskin  o'zgartinshdan 
qat’iy  o'zgarishiga  bog'liq  bo'lmagan  iqlimga  aytiladi.
Agar  havo  tarkibida  karbonat  angidrid  gazning  miqdori 
0,1  % dan  ortsa,  o d a m d a   zaharian ish n in g   alom atlari  (bosh 
og'riq,  yurak  va  nafas  faoliyatini)  buzilish  hollari  sodir  bo'ladi.
Sinfda  nafas  olish  tufayli  suv  parlari,  gazga  o'xshash  mod- 
dalari  hosil  bo'ladi,  shuning  uchun,  sinf  havosi  doimo  yangi- 
lanib  turilishi  lozim.
Sinf havosidan  SO,  gazining  miqdori  0,04  foiz,  suv  parlari 
50—60  %  bo'lm og'i  kerak.
Sinf havosini,  yordamchi  xonalarni  yangilab  turish  maqsa- 
dida  tabibiy  va  su n ’iy  usulda  shamollatib  turiladi.
Tabiiy  shamollatish  bino  devorlari,  teshiklar,  eshiklar,  pol, 
va  shuningdek,  deraza,  fortochkalar,  fragmuglar  yordamida 
amalga  oshiriladi.
Sinfdagi  barcha  fortochkalarning  um um iy  sathi  1  m 2  labo- 
ratoriya,  ustaxonalarida  1,4  m 2  bo'lishi  kerak.
S u n ’iy  shamollatish  havoni  so'rib  oluvchi  va  y a ’ni  havoni 
haydab  beruvchi  moslamalar  bilan  amalga  oshiriladi.  Bunday 
moslamalar  xona  havosini  yangilaydi,  biroz  isitib  yoki  sovutib 
beradi.
Sinf havosi  normada  16°— 18°C  darajada  bo'lishi  kerak.  Yo- 
tish  xonasida  18°C  daraja.
Download 93.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling