Kichik maktab yoshidagi bolalar anatom iyasi, fiziologiyasi ya
Download 93.45 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muolajalarni asta-sekin kuchaytirib borish.
- Chiniqtirish muolajalarming у lining hamma fasllarida har kuni
- Havo bilan chiniqtirish
- Oftob bilan chiniqtirish
- Suv bilan chiniqtirish
- Sovuq urush va badan kuyishining oldini olish
- TA’M B ILISH ANALIZATORI
- H ID B IL ISH ANALIZATORI
- Ko‘zning nur sindiruvchi muhitlari
- K o ‘rish a n alizatorlarin in g yosh lik x u su siy a ti
C H IN IQ T IR ISH Organizmni chiniqtirishda tabiatning havo, Quyosh nuri va suv singari tabiiy omillarni t a ’siriga katta ahamiyat beriladi. Chiniqtirish natijasida markaziy nerv sistemasida teri tomir- lari yo‘lini o‘zgartirish va shu tariqa issiqlik taralishini susay- tirish yoki kuchaytirish qobiliyati paydo bo'ladi. Chiniqqan odam lar sovuq va issiqqa yaxshiroq chidaydi va shamollashdan bo'ladigan kasalliklarga, shu bilan birga yuqumli kasalliklarga ham ko'proq bardosh beradigan bo'ladi. Chiniqtirish prinsiplari. Chiniqtirish uch u n qilinadigan muolajalardan yaxshi nati- jalarni olish uchun quyidagi prinsiplarga amal qilishi zarur. 1. Muolajalarni asta-sekin kuchaytirib borish. Masalan: havo yoki oftobda turish vaqtini asta-sekin oshirib borish, suv haro- ratini asta-sekin kamaytirib borish. 2. Birmuncha oddiy va nozik taassurotlardan kuchliroq taassurotlarga asta-sekin o ‘tish. Masalan: bolani ochiq havo t a ’siriga o'rgatib bo'lgandan keyin, badanini sochiqni ho'llab artishga, so'ngra boshidan suv quyishga, undan keyin esa suv havzalarida cho'miltirishga o'tish. 3. Chiniqtirish muolajalarming у lining hamma fasllarida har kuni yoki kunora to ‘xtovsiz va muntazam ravishda o'tkazib turish. 4. H ar bir o ‘quvchining o ‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Chiniqtirishni boshlashdan avval o'quvchining salomatligi qay holda ekanligini bilish zarur. Vrachning tavsiyasi ham da o'qituvchining yoki tarbiyachining kuzatuvlari bunga yordam beradi. 5. Bolani chiniqtirishga ongli m unosabatda bo'lish lozim. Q o'rqib vahimaga tushish shartli reflekslar paydo bo'lishini 89 kechiktiradi, chiniqtiruvchi muolajaga manfiy reaksiya yuzaga kelishiga sabab b o ’ladi. Bolaga boshqa bolalarning reaksiyasini yoki o'zimiz nam una ko’rsatib, uni chiniqtiruvchi har qanday muolajaga tayyorlash kerak. Havo bilan chiniqtirish Havo bolalar organizmini kislorod bilan ta ’minlaydi, kislorod sarfi va moddalar almashinuvi esa bolalarda kattalarga qaragan- da kuchliroq bo'ladi. Shuning uchun, sog'lomlashtirish maqsa- dida havodan bahram and qilishni, bolalar bo'ladigan binolarni to'g'ri va yetarlicha shamollatib turishdan boshlamoq kerak. Havo bilan chiniqtirish tariqasida havoda sayr qilib yurish, havo, havo — quyosh vannalarini qabul qilish usulidan foydalaniladi. Havo bilan chiniqtirish butun yil mobaynida ham m adan oson yo'l bilan amalga oshirib turilsa bo'ladigan muolajadir. Umumiy havo vannalarini havo harorati soyajoyda 20—22°C bo'ladigan yoz paytlarda boshlash kerak. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar uchun birinchi muolaja 10—15 minut davom etadi va keyingi kunlarda 2—3 minutdan uzaytirib boriladi. Yozda havo vannalarining umumiy m uddati 1,5—2 soatga yetkaziladi. Havo salqin vaqtda havo vannalarini ayvonlarda o'tkazish lozim. Oftob bilan chiniqtirish Oftobda kam bo'ladigan bolalarning raxit va boshqa yu- qumli kasalliklar bilan ko'p roq og'rib turishi qadim zam on- lardan m a ’lum. Quyosh nurlari organizmni chiniqtiradigan kuchli omildir, chunki qon kelishining kuchayishi munosabati bilan terida pigment moddalari k o ’payib boradi. Teri jigarrang tusga kirib, ultirabinafsha nurlarni birm uncha chuqurroq qatlamdagi hu- jayralarga o'tkazm ay qo'yadi. Biroq Quyosh vannalaridan bilib foydalatiish kerak. Q u yosh vannalarini ovqat eyilgandan keyin kamida 40—50 minut o ‘tkazib qabul qilish lozim. 90 0 ‘quvchilar gruppasi yoki lagerda toblanganda birinchi vannaning muddatiga ehtiyot b o iis h va tananing har bir to- monini kolpi bilan 3 m inutda oftobga solish kerak. S o ‘ngra har kuni 1 m inutda n q o ‘shib boriladi. Quyosh vannalarini o ‘tkazish uchun maxsus maydoncha tanlash va u yerga yog‘och karavotlar q o ‘ygani m a ’qul. Uy ustida yotib vanna qabul qilish tavsiya etilmaydi. Suv bilan chiniqtirish Chiniqtiruvchi eng kuchli vosita suvdir. Suvning issiqlik o ‘tkazuvchanligi va issiqlik sig‘imi havoga qaraganda 23 bara- var ortiq b o ‘lishi m a ’lum. Shu m unosabat bilan suvning or- ganizmga havo bilan bir xil vaqt orasida ko‘rsatadigan t a ’siri organizm dagi alm ashinuv jarayonlari an c h a c h u q u r o ‘zga- rishlarni keltirib chiqaradi. C hiniqtirish m aqsadida suvdan foydalanishda juda ehtiyot boMish talab etiladi. Suv bilan chiniqtirish past haroratga o ‘rgatish demakdir. Ishlatiladigan suv haroratini asta-sekin pasaytirib borish. Muolaja m uddatini uzaytirish; kuchsiz t a ’sir k o ‘rsatadigan muolajadan ancha kuchli t a ’sir ko‘rsatadigan muolajaga, ya’ni latta h o ‘llab badanni ishqalab artishdan, boshdan suv quyish- ga, so‘ng dushda va ochiq suv — havzlarida c h o ‘milishga o ‘tish yo ‘li bilan past harorat t a ’siriga o ‘rganib borish. Chiniqtirish uchun mahalliy muolajalar ya’ni sovuq suv bilan yuz yuvish, oyoqni solib o ‘tirish, oyoq panjalarini chayish va umumiy muolajalar, ya’ni vannalar, badanni ho‘l sochiq bilan ishqalab ar- tish, boshdan suv quyish, dushda c h o ‘milish ham qo‘llaniladi. Yuvinish (avval yuz q o ‘llar, so‘ngra ko‘krakni yuvish) iliq- roq suv bilan boshlanadi, keyin esa suv haroratini uy harora- tiga mos holda pasaytiriladi. Quyi sinf o ‘quvchilari uchun suv haroratini 15°C yoki 16°C gacha pasaytirish mumkin. Oyoqni tosda yuvish kerak, bunda dastlab suv harorati 34— 36°C b o ‘ladi ikki kun o ‘tkandan keyin esa harorat 24—20°C ga Г С dan pasaytirib boriladi. Boshlangan muolajalami yil bo‘yi davom etdirib turish kerak. Badanni h o ‘l sochiq bilan artganda faqat teriga yaxshi t a ’sir ko‘rsatib qolmay, balki badanni ishqalab artganda massaj qilini- shi ham juda foydali b o ‘ladi. 91 Shu tnaqsadda ho'l latta ishlatish kerak. Badan b o i ib - b o ‘lib artiladi. qo'llar, ko'krak, qorin, oyoqlar, oxirida quruq sochiq bilan artiladi. Suvning harorati dastlab 35—34°C bo'ladi, 3—4 kundan keyin esa 0—5—Г С dan pasaytirib, 6— 18°C gacha tushiriladi. Boshdan suv quyish chiniqtiradigan ancha kuchli muolaja bo'lib, suvni vog'log'ida, chilponchinda quyish yoki dushda cho'milish mumkin. Sochlar ho'l bo'lmasligi uchun boshga suv tegizmaslik kerak. Qo'yiladigan suv boshdan 50 sm balandlik- da bo'lishi kerak. Muolajani quruq qalin tukli sochiqda, badanni teri sal qi- zarguncha artish bilan tugatish kerak. Suv bilan chiniqtirishning eng kuchli usuli ochiq suv hav- zalari, daryo, dengiz, ko'lda cho'm ilishdir. Kichik m aktab yoshidagi bolalar suv harorati 20 yoki 22°C bo'lgan paytdan boshlab cho'milishlari mumkin. Kuniga 1—2 mahal cho'milishga ruxsat beriladi. C ho'm ilishdan avval Quyosh vannalari qabul qilish kerak, lekin buni aksincha qilish yaramaydi, chunki badan oftobda kuyib qolishi m umkin. Suvga asta-sekin tushish so'ng suzib ketish tavsiya etiladi. Terlab turib va yurib kelib qizib turgan holda suvga sakrash q a t’iyan man qilinadi. Bu — sovuq suvdan muskullarning ti- rishib, qisqarib qolishiga va bundan ham battarroq oqibatlarga olib borishi m um kin. C h o 'm ilib bo'lg an d a n keyin badanni quruq qilib artish va soya joyga o'tirib dam olish kerak. O 'p k a sili, yurak kasalliklari, ro'y-rost kamqonlik va be- quvvatlik, revm atizm , epilepsiya tu tqanoqlari, shuningdek, yaqinda (1—2 oy ilgari) boshdan kechirilgan o 'tk ir bolalar kasalliklari bo'lganlarni ochiq suv havzalarida cho'milishga va badanni oftobda toblanishga mutlaqo yo'l qo'yilmasligi lozim. Sovuq urush va badan kuyishining oldini olish Sovuq paytlarda haddan tashqari sovuq qotish shamollash- dan bo'ladigan kasalliklarga va badan ochiq joylarining sovuq olishiga sabab bo'ladi. Badanning biror joyini sovuq olgan deb gum on qilinganda o 'sh a joyni quruq toza qo'l sochiq bilan sal ishqalash kerak. Imkoni bo'Isa sovuq qotgan qo'lni suvga solish lozim. 92 Sovuq suvdan foydalanish yaramaydi, chunki sovuq qot- gan joyda qon aylanishini tezroq asliga keltirish kerak, sovuq suv esa bu jarayonni sekinlashtirib q o ‘yadi. Sovuq urgan joyini qor bilan ishqalash tavsiya etilmaydi, chunki qorda qum mikroblar, muz parchalari va terini shi- kastlantiradigan har xil chang boMishi mumkin. Sovuq joy terisi qizarib, isiguncha ishqalanadi, so'ngra o'sha joyga aroqdan kompress q o ‘yiladi yoki Vishnevskiy mazi sur- tib bog‘lab q o ‘yiladi. Badanga issiq t a ’sir qilganda organizmning juda qizib keti- shi ancha xavf tu g ‘diradi. Havoni yom on o ‘tkazadigan kiyim- da yurish atrofdagi havo haroratining yuqori b o ‘lishi natijasida odam qizib ketishi mumkin. Bu holda organizmda issiqlik kiritilishi qiyinlashib qoladi. Teri qizarib, bola o'zini yomon seza boshlaydi va ba’zan hushidan ketadi. Bunday paytda bolani pana qilinib, darhol kiyimlarini yechib tashlash, ochiq havoga olib chiqish, imkoni boricha sovuq narsa ichirish, bola atrofida havoni sun’iy yo‘l bilan yuritib turish ya’ni yelpish so‘ng shifokorni chaqirish kerak. TA’M B ILISH ANALIZATORI Og‘iz bo'shligMdagi shilliq qavatning epitelisida yumshoq yoki avval shaklidagi t a ’m sezish piyozchalari joylashgan. Har bir piyozchada 2 —6 ta t a ’m bilish hujayralari mavjud. Katta odam da piyozchalarning um um iy soni 9 mingtagacha boradi. T a ’m bilish piyozchalari tilning shilliq qavatidagi s o ‘r g ‘i c h l a r d a j o y l a s h g a n . T i l n in g u c h i d a 150 — 200 ta zam burug'sim on t a ’m bilish piyozchalari tilning asosida esa bargsimon piyozchalar bor. Bundan tashqari, t a ’m bilish piyoz chalari yumshoq tanglay yuzasida, yutqumni orqa devorida va hiqildoq ustida juda siyrak joylashgan b o ‘ladi. H ar bir t a ’m bilish piyozchalaridan, 2—3 nerv tolalaridan markazga intiluvchi impulslar o ‘tadi. Tilda shirin, achchiq, nordon va sho‘rni sezuvchi ta ’m bilish retseptorlari joylashgan. Shiringa tilning uchi, achchiqqa aso- si, nordonga ikki yon qismi, sh o ‘rga esa tilning uchi va asosi sezgir b o ‘ladi. Moddalarning t a ’mi bu m oddalar suvda yoki so'lakda suyultirilgan holda qabul qilinganda yaxshi seziladi. 93 Turli moddalarga ta’m bilishning yashirin davomlikda sho‘r uchun eng qisqa (0,12—0,5 sek) achchiq maza uchun davomliroq (0,22— 2,2 sek) bo‘ladi. Nordon moddalar reflektor ravishda yurak qisqa- rishini tezlashtiradi, qontomirlar devorini toraytiradi, teri haro ratini pasaytiradi. Shirinliklar — tomirlarni reflektor ravishda kengaytiradi, oyoq qontomirlarining qonga to*lishini orttiradi, miyaning ichki qismidagi bosimni kamaytiradi va tana haroratini orttiradi. Yangi tug‘ilgan bolaning birinchi soat va birinchi kuni hayotida nordon, achchiq, sho‘r va shirin taassurotlarga javob reaksiyasi ta’sirlovchining xarakteriga mos kelmaydi. Reaksiyani adekvat emasligi ta ’sirlovchilaming natijasi hisoblanadi. Bolaning 8—10 kunlaridan boshlab shirin moddalarga adektiv reaksiya vujudga kela boshlaydi (М. M. Kolsova, 1958). Bola 2 oyligidan boshlab shirin suvni oddiy suvdan farqlay boshlaydi. Bola 4 oyligidan boshlab shakar va tuzni to ‘yingan yoki to ‘yinmaganligini ajrata oladi. Masalan, 0,4 %li osh tuzini 0,2 % 1 i d a n , 2 %li q a n d e r i t m a s i n i 1 % lid a n farq q ila d i (I. P. Namanova, 1941, N. I. Kasatkin, 1951, V. A. Osepyan, 1957). Bolaning bir yoshidan to 6 yoshigacha t a ’m bilish retsep- torlarining sezgirligi ortib boradi. Maktab yoshidagi bolalar ning t a ’m bilishi katta odam larning, t a ’m bilishidan kam farq qiladi. Keksalarda t a ’m bilish sezgisi kamayadi. H ID B IL ISH ANALIZATORI Turli moddalarning hidi burunning yuqori chig'anoqlarining o ‘rta qismi va burun t o ‘sig‘ining shilliq pardasidagi maxsus retseptorlar yordamida bilinadi. Hidlov hujayralari joylashgan shilliq parda yuzasi 5 sm 2. Shilliq pardadagi hid biluvchi hu- javralarining t o ‘siqlari hidlov nervini hosil qiladi. Hid sezgisi m odda zarralari hidlov sohasining shilliq pardasiga tushib, hid biluvchi hujayralarga t a ’sir etishi natijasida vujudga keladi. O dam da hid biluvchi nerv hujayralarida sezilib, nerv impulsi markazga intiluvchi nerv tolalari orqali p o ‘stloq ostki nerv markazlariga, undan bosh miya yarim sharlar p o ‘stlog‘idagi hidlov zonasiga boradi. Hid bilish tufayli odam va hayvonlar turli gazlarni va ovqat hidini sezadi. Hid sezgisi nihoyatda o ‘tkir va nozik hisoblanadi. 94 Modda havoda juda oz tarqalgan bo'Isa, odam uning hidini se- zadi. 1 litr havoda 1:1 000 000 g efir bo'lganda odam uning hidini sezadi. Hidlov organi ayniqsa vodorod sulfat gazi hidiga niho- yatda sezgirdir. Ba’zi bir hayvonlarda hid bilish sezgisi juda ham nozik bo'ladi. Ba’zi iskovich itlar havodagi oz miqdordagi gaz- lar hidini sezadi. Boshqa sezuv organlari kabi hidlov organi ham uzoq ta ’sirlashga javoban qo'zg'aluvchanlikni kamaytiradi. Yangi tug'ilgan bola fialka, valerian, lion, anis va boshqa noxush hidlarga nisbatan va mimikasini o'zgartirish, nafas olish va pulsning o'zgarishi bilan javob beradi. Kuchli hidlar ta ’sir ettirilganda bola chuqur va tez-tez nafas oladi va puls urishi o'zgaradi. Turli hidlarni to'liqroq ajrata bilishi bolaning 4 oyligidan boshlanadi. Bog'cha yoshidagi bolalarda hidlash ret- septori rivojlanishda davom etadi. KO ‘RISH ANALIZATORI Ko'rish analizatori tashqi dunyodagi narsalarni katta-kichik- ligi, rangi, shakli, bizdan qancha masofada turganligi haqida tasavvur hosil qilishda yordam beradi. Kishilarning m ehnat faoliyatida ko'rish analizatori juda m uhim rol o'ynaydi. K o‘zni bevosita t a ’sirlovchi yorug‘lik bo'lib, u ko'z retsep- torlariga t a ’sir etib, ko'ruv sezgisini hosil qiladi. Ko'ruv organi bolaning 10— 12 yoshigacha anatom ik va fiziologik jihatdan rivojlana boradi. K o ‘zning tuzilishi. K o 'z soqqasi va uni o'rab turgan yor- damchi apparatdan tashkil topgan. Ko'z soqqasi sharga o'xshash bo'lib, ko'z kosa chuqurchasida joylashgan. K o'z soqqasi de- vori uch qavatdan: tashqi oqsil parda (skelera), o 'rta tomirli parda va ichki — t o 'r pardadan iborat. Oqsil qavatning rangi oq bo'lib, uning bir qismi odam ning ko'z qovoqlari ostida ko'rinib turadi. Skeleraning orqa tomonidagi qismi teshikdir, ko'ruv nervi shu teshikdan o'tadi. Skleraning oldingi qismi tiniq, qabariqroq bo'lib, shox pardani hosil qiladi. Tashqi yoki skelera qavatining 1/5 qismi m ug'u z pardadagi 4/5 qism orqali oqsil pardaga to'g'ri keladi. Shox pardada qontom irlar bo'lmaydi ( 4-rasm). Tashqi pardaning ichkari tom onida o 'rta (tomirli) parda bor. Bu pardada qontom irlar va pigment ko'p. Turli kishilarda 95 1 — k i p r i k l i t a n a ; 2 — k o ' z g a v h a r i n i n g h a l q a s i m o n b o y l a m i ; 3 — y o y p a r d a ; 4 — k o ' z g a v h a r i ; 5 — t u g u n l i n u q t a ; 6 — k o ' r i s h c h i z i g i ; ( t u g u n l i n u q t a va s a r i q d o g ‘ o r q a l i o ' t a d i ) ; 7 — k o ' z n i n g o ' q i ( k o ' z g a v h a r i va k o ' z s o q q a s i n i n g m a r k a z i d a n o 't a d i ) ; 8 — s h o x p a r d a ; 9 — k o ' z n i n g old in g i ka m c ra si ; 77 — skle- r a n i n g v e n a sinusi; 12 — b ir l a s h ti n iv c h i p a r d a ( k o n y u n k ti v a ) ; 13 — oqsil p a r d a (sklera ); 14— to m ir li p a rd a ; / 5 — t o ' r p a r d a (r et in a) ; 16 — sariq d o g '; / 7 — k o 'r is h nervi; 18 — s h i s h a s i m o n ta n a . 4 - rasm. O ' n g k o ' z n i n g g o r i z o n t a l kcs imi: pigment miqdori har xil bo'ladi. Ba'zi odamlarda ko£zning o ‘rta pardasi pigmentsiz bo'lib, qontom irlar ko'rinib turadi. Shun- ing uchun ularning ko'zi qizg‘ish bo'ladi. Tomirli parda oldingi rangdor (kamalak parda) o 'rta kiprik- simon tana va orqa xususiy tomirli qismga bo'linadi. Rangdor parda ikki xil radial va halqa shaklidagi silliq muskullar jo y lashgan b o ‘lib, halqa muskullar qisqarganda ko'z qorachig‘i torayadi, radial muskullar qisqarganda esa qorachig‘ kengaya- di. Rangdor pardaning o ‘rtasi teshik b o ‘lib, bunga qorachig' deb ataladi. Kipriksimon tana tomirli pardaning qalin tortgan o ‘rta qismini egallaydi. Kipriksimon tananing ichki qismida silliq muskul tolalaridan iborat kipriksimon muskullar b o ‘ladi. Kipriksimon muskullar kipriksimon boylamlar yordamida gavhar pay va haltachasiga birikkan bo'ladi. K o'z soqqasi ichki pardasi yoki t o 'r parda murakkab t u zilgan bo'lib, taraqqiy etish jihatdan ko'ruv nervi bilan bir bu- tun hisoblanadi. 96 T o 'r parda ko'zning butun bo'shlig'ini qoplab turadi. T o ‘r pardaning retseptori b o ‘lib, turli taassirotlarni qabul qilib oluv- chi 130 rnln tayoqcha va yetti million kolbochka shaklidagi bir necha qavat hujayralar hisoblanadi. Tayoqcha hujayralar- ning tashqi a ’zosida ko'rish purpuri yoki radopsin moddasi saqlanadi. Tayoqcha va kolbochka hujayralarining ichki a ’zosi ikki o ‘simtali bipolar neyronlar bilan b o g ian g an b o ‘ladi. K o ‘z soqqasining yadrosi suvsimon, gavhar va shishasimon tana- dan iborat. Rangdor pardaning orqasiga tom om ila tiniq yas- mik shakldagi ikki tom oni qavariq linza — gavhar joylashgan. Gavharning orqa tomoni oldingi tom oniga qaraganda qa- variqroq bo'ladi. G avhar moddasi yarim suyuq b o i i b , yupqa tiniq kapsulaning ichida turadi. G a v b a rd a q o n to m irla ri b o im a y d i. Uni ko'z kameralarini to id irib turadigan maxsus suyuqlik oziqlantiradi. Shoxparda bilan rangdor pardaning o'rtasida kichkina b o ‘shliq b o ii b , bunga ko'zning oldingi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavharning o ‘rtasida ham bo'shliq b o i i b , bunga ko'z ning orqadagi kamerasi d e yiladi. Ko‘zning nur sindiruvchi muhitlari Har bir k o ‘ruv nervida 1 mln. ga yaqin nerv tolalari bor. T o ‘r pardada k o ‘ruv nervining kirish jo y i-k o ‘r dog‘ va narsa- larni yaxshiroq ko'r adigan sariq d og', d o g 'ning m arkazida chuqurcha b o iib . bunga markaziy chuqurcha deyiladi. Ko'zning ayrim qismlari (shox), shoxparda, gavhar, ko'zning shishasi m on qismi o'zidan o'tuvchi y o ru g iik nurlarini sindira oladi. K o ‘zga y o ru g iik nurlari t a ’sir etanda radiopsin va iodopsin m o d d a la ri p a r c h a la n ib kim yoviy reaksiya vujudga keladi. K o'zning n u r sindiruvchi qismlariga shox parda, suvsimon suyuqlik, ko'zning oldingi kamerasi, gavhar va shishasimon qismi kiradi. K o'z ning nur sindirish kuchi ko'proq shox parda va gavharning nur sindirishiga bog'liq bo'ladi. N u r sindirish dioptriya bilan o i c h a n a d i. Bir dioptriya fokus oralig'i 1 m bo'lgan linzaning nur sindirish kuchi tushuniladi. Agar n ur sindirish kuchi oshsa fokus oralig'i qisqaradi. 7 — Q. Sodiqov 97 Fokus oralig'i 50 sm bo'lgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dipotriyaga (2 D ga) teng bo'ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43 D. gavharning nur sindirish kuchi kamroq bo'lib, o 'z g a n b turadi. Yaqin masofaga qaraganda — 33D, uzoq masofaga qaralganda esa — 19 D. Ko'zning butun optik sis- tcmasini nur sindirish kuchi uzoqqa qaraganda 59 D, yaqin masofada esa — 70 D. Parallel vorug' nurlari shox parda va gavharda singandan so'ng, markaziy chuqurlikning bir nuqtasida to'planadi. Shun- day qilib, narsaning fokusi markaziy chuqurlikda hosil boMadi. K o ‘rish a n alizatorlarin in g yosh lik x u su siy a ti Bolalarning ko'zi katta odam ning ko'z tuzilishidan farq qiladi, Bolalarda ko'z kosa chuqurligi va ko'z soqqasi tanasiga nisbatan kattalarga qaraganda kattaroq boMadi. Skelera va tom ir li pardalar katta odam ko'zini shu pardalariga nisbatan yupqa- roq, shox parda qalinroq boMadi. Qovoqlarning kelishilgan harakati bolaning bir oyligidan boshlanadi, bolaning 2 oyligidan esa ko'z soqqasi turli pred- meilarga va yorug'likka nisbatan harakatlanadi. Bola 2 hafta- ligidan boshlab yaltiroq narsaga ko'zini boshi bilan birlikda ay la nt i rib qaray boshlaydi. Ko'zning koordinatsiyalashgan harakati mashq qilish tufayli bolaning 6 oyligidan yoki bir yoshidan boshlanadi. Ko'rish anali zatorining avval periferik, so'ng markaziy qismi taraqqiy etadi. Yangi tug'ilgan bolada ko'ruv nervi tolalari kam differen- sivalashgan bo'ladi. Ko'ruv nervining mielmlashuvi bolaning 1 — 1,5 yoshigacha davom etadi. Yangi tug'ilgan bola ko'zining nur sindirishi katta kishilar ko'zining nur sindirish xossasidan farq qiladi. Yangi tugMlgan bolaning ko'zi uzoqdan yaxshi ko'rolmaslik xususiyatiga ega boMadi. Tug'ilgandan to 4 —7 kungacha yaqin ko'rolm aslik xususiyatiga ega boMadi. Yangi tug'ilgan bolaning ko'ziga kuchli yorug'lik ta’sir ettirilsa ko'z qorachig'i torayadi. K o'pincha bog'c ha va maktab yoshidagi bolalarda gavhar yassiroq shaklda bo'lgani uchun, uning oldingi — orqa o'qi kattalarnikiga nisbatan kaltaroq boMadi. Shuning uchun bola- iarda uzoqni yaxshi ko'rolmaslik xususiyati uchrab turadi. Yosh bolalarda gavhar nihoyatda elastik, shuning uchun ularda kat- talarga nisbatan akkomodatsiya xususiyati asta-sekin rivojlanib boradi. Odamning yoshi ortishi bilan gavharning elastikligi kamayib boradi. Bolalarning yoshi ortishi bilan kipriksimon m uskullar ning qisqaruvchanlik xususiyati kamayib boradi, shuning uchun aniq ko'rishning yaqin nuqtasi ortib boradi. Shuning bilan bir vaqtda akkomodatsiya chegarasi kamayadi. Masalan, 9— 11 yoshda 14D, 12— 14 yoshda 12,9D; 15— 17 yoshda 12,3D; 18— 20 yoshda 12D; 21—22 yoshda 11,5D bo'ladi. Bolalarda yaqindan va uzoqdan ko'rish, yaxshi ko'raolmaslik kasalligi har xil sabablarga k o ‘ra paydo bo'ladi. Odam ko'z o'tkirligi yoshiga qarab o'zgaradi. Bolalar va o'smirlarni ko'rish o'tkirligi kattalarga nisbatan yuqori bo'ladi. Bola uzoq vaqt mayda narsalar bilan shug'ullansa ko'zning ko'rish o'tkirligi kamaya boradi. Katta bog'cha bolalarda ko'rish o'tkirligi 1,00 va 1,20D teng b o 'la d i. O 'q u v c h i stoliga u o'qiyotgan yoki yozayotgan vaqtda xonaga yorug'lik chap to- m ondan tushishi kerak. Kitob bilan ko'zning orasi 30—35 sm dan kam bo'lmasligi kerak. Download 93.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling