Kichik maktab yoshidagi bolalar anatom iyasi, fiziologiyasi ya
TA’LIM-TARBIYA JARAYON1 GIGIYENASI
Download 93.45 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 ‘quv yili gigiyenasi.
- Dars jadvalidagi o ‘quv haftasi, choragi va yiliga qo‘yiladigan gigiyena talablari
- F iz k u l t u r a m i n u t la r i
- Jismoniy tarbiya darsi.
- Uy vazifalarini tayyorlash .
- Bolalar va o ‘smirIarning mehnat ta’limi gigiyenasi.
- Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilarining mehnat gigiyenasi
- Takrorlash uchun savollar
- SEZGI ORGAN LARI - ANALIZATORLAR Analizatorlarning ahamiyati
- TERI ANALIZATORINING T U Z IL ISH I VA FUNKSIYALARI
TA’LIM-TARBIYA JARAYON1 GIGIYENASI Maktab yoshi haqida tushuncha Bola o Lqishning dastlabki kunlarida yangi kun tartibiga moslashishi, yangi jam oaga o ‘rganishi ancha qiyin b o ‘ladi. Maktab yoshi — bu morfologik, ruhiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanish b o ‘lib, o ‘quvchilarning t a ’lim-tarbiya talablariga javob berishini talab qiladi. Bolalarning maktabga tayyorgarligini aniqlash uchun amalda quyidagilarni q o ‘llash mumkin: 1. Tovushni tallafuz qilishdagi nuqsonlar. 2. Doira kesishini kuzatish. 3. S o ‘z ta ’siriga adekvant javob hosil qilish. 4. 3 ta topshiriq berish bilan ruhiy yetuklikni aniqlash. 5. Odamning rasmini chizish, q o ‘lyozmani ko‘chirish, besh burchak shaklda joylashishi nuqtalarini ko‘chirish. Mana shu uchta topshiriqni bajargan bolalarga 3—8 ball baho qo'yiladi va o ‘quvchilarning sog'ligi va maktabga tayyor- ligi aniqlanib, asosiy yoki tayyorlov gruppasiga belgilanadi. Gigi- 79 yena nuqtayi nazardan bolani maktabga qabul qilish o'q uv mashg'ulotlarini boshlanishidagina emas, balki keyingi t a ’Iim- tarbiya ishlarining yaxshilanishi, s h u n in g d e k , o ‘quvchilar sog'lig'ini m ustahkam lashda ham ahamiyatga ega. Maktablar- ga bolalar 7 yoshdan qabul qilinadi, b a ’zi iqtidorli bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. 0 ‘quv yili gigiyenasi. O'rta maktabning 1, 2. 3-sinflarida bir haftalik nagruzka 24—26 soat, 4-sinfda 26 soat boiishi kerak. Bu dars soatlaridan ko‘proq soatlar ashula, jismoniy tarbiya, rasm, mehnat darslariga ajratish kerak. 7 yashar bolalarni 45 minutlik dars charchatib qo'yadi, shuning uchun birinchi sinfda 35 minut dars o ‘tib, qolgan 10 minutida turli ko'rgazmali qurollami ko'rsatish tavsiya etiladi. Darslar qiyin va oson bo'lishi mumkin. Qiyin fanlar oson- roq o ‘zlashtiriladigan fanlar bilan almashtirilib turilsa yaxshi bo'ladi. Dars jadvalidagi o ‘quv haftasi, choragi va yiliga qo‘yiladigan gigiyena talablari Dars jadvalida o'q uv predmetlarining navbatlashib turishi bosh miya po'stlog'ining kun m obaynida bir faoliyatdan ik- kinchi faoliyatga ko'chishini t a ’minlaydi. Bu esa charchash va оЧа charchashning oldini oladi. Fizkultura va q o ‘l mehnati darslari bo'lsa, maktab o'quv- chisining funksional holatiga ijobiy t a ’sir etadi. Bu darslarni kunning qiyin darslari orasiga qo'yish m u m kin. Fizkultura va m e h n a t darslaridan keyin bolalarda ish qobiliyati 20 %ga ortadi, bunday predmetlarga uchinchi dars ajratilsa yanada yaxshi bo'ladi. Dushanba va shanba kunlari ish qobiliyati pastroq bo'ladi, shuning uchun bu kunlarga kam soat va oson pre dm e tla r qo'yilishi tavsiya etilmaydi. O'quv yilining muddati o'quvchilaming yoshiga qarab belgi lanadi. Kichik maktrab o'quvchilari uchun yozgi kanikullar boshqa yosh gruppalarga qaraganda ancha uzun bo'ladi. O'quvchilar kanikulda dam olgandan keyin ish qobiliyati ortadi. 0 ‘qish darsi. Boshlang'ich sinflarda vaqtning ko‘p qismi o'qish darslariga ajratiladi. Bu darslarda o'quvchilar bosh miya 80 po'stlog'i va ko'ruv, eshituv organlariga anchagina z o 'r benb ishlaydilar. O'qish darslari quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi lozim: alifbe va darslik shriftlari bolaiarning yoshiga mos keladigan, harflar aniq bosilgan bo'lishi kerak. Kitob rasm- lar bilan yaxshi bezatilgan boMishi kerak. Kitobga yaxshi yorugMik tushib turishi kerak va kitob o'quvchining ko'zidan 30—40 sm narida yoriq holda boMishi kerak. 0 ‘quvchi kitobni o'z ida tovush bilan so'zlarni aniq talaffuz etib o'qishi kerak. O'quvchi o'qiganda tovush boyliklariga z o ‘r bermasligi, qisqa vaqt mobaynida o'qishi kerak. Yozuv darsi. Yozuv darsida bosh miya katta yarim shar- larning nutq, nutq harakati, sezish, ko‘rish va nerv markazlari qo'zg'aladi. Bu darsda qoM panjalari va barmoqlarning mayda muskullariga z o ‘r keladi. Kichik sinf o'quvchilari yozuv darslarida chiziqli (gorizon- tal, gorizontal bilan qiya chiziqli), m atem atika darslarida esa katak daftaridan foydalanadilar. Kichik yoshdagi bolalarga chiziqsiz qog'ozga yoki shablon qo'yib yozishga ruxsat be- rilmaydi. Chunki ko'z va barmoqlarning muskullari tez charchab qoladi. BoshlangMch sinf o'quvchilari uchun to'xtovsiz yozish 5 m inutdan 15 minutgacha belgilanadi. O'quvchilarning yozuv qurollari ruchka, qalamlari ularning yoshiga mos boMishi lozim. Ashula darsi. Ashula darsini gigiyenik talablar asosida olib borilishi kerak. Ashula darsi olib boriladigan sinf havosi toza, iliq, yetarlicha nam bo'lishi lozim. Ashula aytilganda o'quvchilar ovozini asta-sekin kuchay- tirib borishlari talab etiladi. O'quvchilar dam olm asdan bor yo'g'i 4 —5 minut m obay nida ashula aytishi m umkin. Ashulani yaxshisi tik turib aytgan m a ’qul. O'tirib aytiladi- gan bo'Isa ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'idagi organlar bosilib qoladi, bu esa nafas olish va chiqarishni qiyinlashtiradi. U zoq m uddat tik turib ashula aytish ham tavsiya etilmay- di. Shuning uchun, tik turib 15—20 m inut ashula aytilgandan so'ng bolalarga 5—6 m inut tanaffus berilib, o'tqazib qo'yiladi. 7— 12 yoshli bolalarni sovuq havoda uzoq muddat ashula aytishi q a t’iyan m an etiladi, chunki bolaning bu yoshida ovoz parda- lari boylamlari juda nozik bo'lib rivojlanishda bo'ladi. 6 — Q. Sodiqov 81 F iz k u l t u r a m i n u t la r i Har bir darsda fizkultura minutlari o'tkazilishi lozim. Bu o'quvchilaming aqliy charchashini oldini oladi. Fizkultura minutida fortochkalarni ochib qo'yish kerak. Fizkultura minuti 2—3 minut bajariladi, Mashqlarni barcha o ’quvchilar bajarishi shart. Fizkultura minutlari uchun gavdaning orqa tom onidagi muskullar, q ad-qom atini k o ‘tarib turadigan va nafas aktida ishtirok etadigan muskullarning mustahkamlanishiga yordam beradigan mashqlar talab etiladi. Bu mashqlarda orqa, q o i panjasi muskullarini ham mashq qildirish bolalarning charchashining oldini oladi. Fizkultura minutlarmi o ‘tkazishdan maqsad, muskul va qon aylanish organlarini bir vaziyatda tutib, zo 'r berib aqliy ish bajarayotgan o ‘quvchilarni aktiv faoliyatga ko'chirishdir. Jismoniy tarbiya darsi. Jismoniy tarbiya darsi 4 m 2 b o ‘lgan, maxsus xonada o ‘tkazilishi kerak. Bu xonada havo harorati sinf xonalariga qaraganda 1 — 1,5°C pastroq boMishi kerak. Bu darslarda ishlatiladigan asbob-uskunalar bolalarning b o £yi va jismoniy rivojlanishi darajasiga to'g'ri kelishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarida bolaning yoshi, jinsi va salo- matiigining holati e'tiborga olinishi kerak. Salomatligi yaxshi boMmagan nimjon o ‘quvchilarga kam- roq nagruzka berilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini im ko- m boricha ochiq havoda oikazilishi talab etiladi. Uy vazifalarini tayyorlash . Uyda b aja rila d ig a n o ‘quv mashg'ulotlari reglamenti 1 -sinf o ‘quvchilari uchun 30 m inut- dan 1 soatgacha, 2 -sin f o'quvchilari 1,5 soat, III, IV sinf o ‘quvchilari esa 1,5—2 soatgacha vaqt sarflaydigan qilib tuzi- ladi. Topshiriqlar haddan tashqari og4r b o ‘lmasligi kerak. Uy vazifalarini bajarganda har 30—35 minutda 10—15 minut tanaffus qilinishi lozim. 0 ‘quvchi darslarni tayyorlashi uchun uyda bir burchakni yoki alohida darsxona ajratib berish kerak. 0 ‘quvchi dars tayyorlaganda yorug‘lik chap tam ondan tushishi kerak. Bolalar va o ‘smirIarning mehnat ta’limi gigiyenasi. Yosh avlodni jism onan baquvvat va odob-axloqli qilib tarbiyalashda politexnik ta ’lim m uhim ahamiyatga ega. Maktablarda barcha sinflarda m ehnat darslari o ‘tilishi kerak. 82 Mehnat ta ’limi bolalar va o ‘smirlar organizmining yoshga xos xususiyatlari, gigiyena talablari asosida tashkil etilganda, bolalar sog'lig'ini mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini yaxshilaydi, ulami ongli, intizomli qilib tarbiyalashga imkon beradi. Ilmiy bo'lim mudiri m ehnat o'qituvchilari bilan birgalikda m ehnat darslarini hafta o ‘rtasiga q o ‘yishi kerak. M ehnat dars- larida o'quvchi tana holatini tez-tez o ‘zgartirib turishi kerak. Maktablarda va maktab internatlarda o'quvchilar foydali jam oat va o'z -o'ziga xizmat qilish ishlariga jalb etiladi. M ehnat darsi o'quvchilarning yoshiga va sog'lig'iga mos, xavfsiz bo'lishi, vaqtida ishlab-vaqtida dam olish, ish vaqtini belgilashi kerak va hokazo. Ijtimoiy foydali ishlarga sog'lom bolalar jalb etiladi,. Revmatizm, yurak porogi, qandli diabeti bor bolalar b u n day ishlardan, m ehnat darslaridan ozod qilinadi. O'quvchilarni uning hayoti uchun xavfli bo'lgan ishlarga jalb etish mum kin emas. I—IV sinf o'quvchilari pol yuvmas- ligi, og'ir narsalarni ko'tarmasligi kerak. Ijtimoiy foydali mehnat darslari 2 soatdan ortmasligi kerak. Ish vaqtida o'quvchilar xalat, fartuk yoki korjomi kiyim kiyib olishlari kerak. Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilarining mehnat gigiyenasi Boshlang'ich sinf o'quvchilarida m ehnat darslari maxsus jihozlangan xonada o'tiladi. Bu yerda har bir o'quvchining o'z ish stoli bo'lishi kerak. Slesarlik asboblari (katta chizg'ich, ruletka, qaychi, pichoq, teshgich, payvandlagich va boshqalar maxsus shkafda saqlanishi kerak). Sanitar burchagida 70 sm balandlikda qo'l yuvadigan umivalnik, sovun, sochiq turishi kerak. Aptechkada yod, paxta, bint, rezina, borat kislotasining 2 %li eritmasi, margansovka eritmasi va boshqalar bo'lishi shart. O'quvchilarning o'tkir kesuvchi asboblar bilan ishlashi tavsi ya etilmaydi. Baxtsiz hodisa yuz berganda birinchi yordam berishni tushuntirish lozim. Takrorlash uchun savollar: 1. T a ’l i m - t a r b i y a g i g i y e n a s i n i n g o ‘q u v c h i l a r s o g ‘l i g ‘in i m u s t a h k a m l a s h - d a g i a h a m i y a t i ? 2. O ' q u v yili g i g i y e n a s i d a n i m a l a r g a e ’t i b o r q a r a t i s h k e r a k ? 83 3. O ' q u v c h i n i n g a q l i y m e h n a t i n i g i g i y e n i k j i h a t d a n l a s h k i l e t i s h g a q a n d a y t a l a b l a r q o ' y i l a d i ' . ’ 4. C h a r e h a s h d e b n i m a g a a y t i l a d i ? 5. D a r s n i t o ' g ' r i t a s h k i l e t i s h u c h u n m m a l a r g a e ' t i b o r q a r a t i l i s h i kerak'.’ 6. F i z k u l t u r a m i n u t i q a n d a y a h . a m i y a l g a ega'.’ 7. B o l a n i m a k t a b v e t u k l i g i q a n d a y a n i q l a n a d i ? 8. D a r s j a d v a l i g a p r e d m e t i a r n i j o y l a s h t i r i s h d a n i m a i a r g a e ’t i b o r b e r i s h kerak'.’ 9. O ' q i s h va y o z i s h d a r s l a r i g a q a n d a y g i g i y e n i k t a l a b l a r g a e ' t i b o r b e r i s h k e r a k 9 10. A s h u l a d a r s i g a q a n d a y g i g i y e n i k t a l a b l a r q o ' y i l a d i 0 11. K u n t a r t i b i q a n d a y q i s m l a r g a b o ' l i n a d i ' . ’ 12. M e h n a t t a ' l i m i g a q a n d a y g i g i y e n i k t a l a b l a r q o ' y i l a d i ? SEZGI ORGAN LARI - ANALIZATORLAR Analizatorlarning ahamiyati Nerv sistemasining faoliyat holatda saqlanishi uchun butun organizmga minimal taassurotlar t a ’sir etib turishi kerak. K o'p sezgi organlarining shikastlanishi sezgi organlar orqali ta ’sirotlami bosh miyaga kam kelishi tufayli odam aktiv faolivatini yo'qotadi. Odam doimo uxlaydi, bunday odamni saqlanib qolgan sezgi organlariga ta ’sir etish bilangina uyg'otish mumkin. Tekshirish- larning ko'rsatishicha, sensor taassurotlarning yo qolishi, diqqati- ning to'planishi, logik fikrlash, aqliy mehnatni kamaytiradi. Analizator yordamida tashqi dunyodagi narsalarning katta- kichikligi, rangi, mazasi, fazoda joylashishi aniqlanadi. H ar bir analizator-retseptor, markazga o'tkazuvchi qismi va nerv marka- zida tuzilgan. Bosh miya yarim sharlar po'stlog'ida har bir analizator- ning oliy markazi joylashgan bo'ladi. Periferik qismi — m a ’lum turdagi t a ’sirlovchilarni qabul qi ladi, o'tkazuvchi qism qo'zg'alishlarni markaziy nerv sistemasiga o'tkazadi. miya po'stloq qismida esa qo'zg'alish taassurotlarini nozik analiz-sintez jarayonlari ketadi. Analizatorlarga: teri, sezish, hidlash, maz.o bilish, eshitish, muvozcinat, ko'rish organlari va ichki organlardagi analizator- lar muskullarda joylashgan maxsus retseptorlar kiradi. Markaziy nerv sistemasiga analizatorlardan kelgan signal organizmda funksiyalarni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Har bir analizator m a ’lum taassurot turini qabul qilishga mos- 84 lashgan b o ia d i. Sezgi organlar orqali tashqi m uhitdan ichki organlardan taassurotlarni retseptor orqali qabul qilinishi tu- fayli o r g a n iz m n in g tashqi va m u h i tn i h g h o la ti haqidagi m a ’lumotlar bosh miyaga olib boriladi. Analizatorlar yordamida tashqi dunyo aniqlanadi. Retsep- torlardan informatsiyalarni bosh miyaga borishi natijasida or- ganizm da o 'z - o ‘zidan boshqarilishi vujudga keladi. Masalan, qonning tarkibi o'zgarsa. Shunga bog'liq holda qontomirlar de- vorida q o ‘zg‘alish, tormozlanish vujudga keladi. TERI ANALIZATORINING T U Z IL ISH I VA FUNKSIYALARI Teri ko‘p qavatli epiteliy to ‘qimasidan tashkil topgan bo'lib, organizmni tashqi to m o n d a n o 'rab turadi. Teri organizmni tashqi muhitdagi termik, mexanikaviy, fizikaviy va boshqa t a ’sirlarni sezadi. Bulardan tashqari issiqlikni boshqarishda va m oddalar almashinuvida ham qatnashadi. Teri qalin bo‘lib tanada o ‘rtacha 1,6 m sathga ega. U uch qavatdan ustki epiteliy qavat — epidermisdan, o ‘rta qavat — biriktimvchi to‘qimadan iborat. Asl teri — dermisdan va ichki qavat- teri osti yog‘ kletchatkasidan tuzilgan. Epidermis ko'p qavatli epitelidan tuzilgan. Epidermis ko‘p qavatli epitelidan tuzilgan bo‘lib, ustki qavati yemirilib, ostki qavati epitelidan tuzilgan boiib, ustki qavati yemirilib, ostki qavati yangi hujayralar hosil qilib turadi. Yosh bolalarda epirdermis yupqa boMadi. Epidermis qavat tekis, yaxlit bo‘lgani uchun organizmga infeksiya o ‘tkazmaydi. Haqiqiy teri — derm a qalin b o ‘lib epidermis tagida jo y lashgan. Haqiqiy terida ter bezlari, soch va tuklar ildizi, qontom ir- lari, retseptorlar va pigment hujayralari b o ‘ladi. Ter bezlari terining h am m a qismida tarqalgan bo'lib, faqat labning pushti qismida, jinsiy olat boshchasida, quloq suprasi- da boMmaydi. Ular q o ‘l-oyoq kaftida, chot bo'g'im ida, qo'ltiq ostitda zich joylashgan b o ‘ladi. Odam ning 1 sm 2 terisida 500— 1000 tagacha ter bezlari bo'ladi. Ter bezlarining naychasi ingichka bo'lib, uzunligi 2 mm kela di, u terining epidermis qismida teshik bilan tashqariga ochiladi. Ter bezlarining faoliyati tufayli organizmdagi ortiqcha suv, siydik 85 va turli tuzlar tashqariga chiqarilib, organizmda energiya almashinuvi rostlanib turadi. Yosh bolalarda ter bezlari mayda, yetarlicha rivoj- lanmagan bo‘ladi. Terining ko'p qismi soch va tuklar bilan qop langan bo'lib, ulaming ildizi haqiqiy terida joylashgan. Soch, tuklar o'zgargan epiteliy hujayralardan iborat, pi- yozchasi tirik b o i a d i , ular ko'payib turadi. Soch ildizida piy- ozchasi bo‘lib, u qontomirlar va nerv tolalari bilan ta ’minlangan. Soch piyozchasining ikki yonida yog‘ bezlari bo'lib, ular sochni moylab turadi. Soch va tuklarning rangi tarkibida pigmentga b o g ‘liq. S o c h , t u k l a r i l d i z i n i n g y o n i d a u l a r h o l a t i n i o'zgartiradigan silliq muskullar b o i a d i . Haqiqiy terida q o n tomirlari juda ko‘p b o ‘ladi. U lar teri osti kletchatkasida anas- tom oz hosil qilib, qontom irlar turini vujudga keltiradi. Terida retseptorlar turli miqdorda tarqalgan b o i ib , b a ’zilari epidermisda haqiqiy terining so‘rg‘ichsimon qismida pardalar tugaydi. Terining turli qismlarida sezuvchi retseptorlari soni ham 30000 taga yetadi, tahm inan 1 sm 2 da 3 ta, sovuqni sezadigan reseptorlar 250000 taga yaqin b o iib , 1 sm 2 da 12— 13 ta b o ‘ladi. Terida og‘riqni sezuvchi retseptorlar o 'rta hisobda har 1 sm 2 da 130 ta b o ‘ladi. Terining sezish xususiyati organizm nerv sistemasining holatiga, t a ’sir kuchiga qarab o ‘zgaradi. Tashqi dunyoni bilishda teri analizatori muhim rol o ‘ynaydi. Terida taktil, og‘riq va harorat taassurotlarini qabul qila oluvchi reseptorlar joylashgan. Teri turli sezgi bilan b o g ‘liq b o ‘lgan afferent orqali miyaning orqa shoxi va bosh miyaning alohida qismlari bilan bog‘langan bo'ladi. Teri analizatorining nerv markazi bosh miya yarim sharlar p o ‘stlog‘ining orqa markaziy chuqurligida joylashgan b o ‘ladi. Teri sezgisi og‘riq, sovuq tegishi va bosim turlariga b o ‘linadi. Taktil sezgi tegish va bosim sezgilaridir. Taktil retseptorlari barmoq uchlarida, kaftning ichki yuzasida, oyoq panjasi tagi- da tilning uchida va boshqa qismlarda ko'proq joylagan. Orqada va bo'ynida retseptorlar kam roq joylashgan. Terida hammasi b o ‘lib 500—10000 retseptorlar bor. Terida melanin pigmenti b o ‘lib, u teriga rang beradi. Bu pigm ent quyosh nuri t a ’sirida D vitamin ishtirokida k o ‘payadi. Teri osti yog‘ kletchatkasi bevosita teri ostida joylashgan bo'lib, ayollarda qalin, erkaklarda yupqaroq. Shuning uchun 86 ayollarning tashqi ko'rinishi silliqroq bo'ladi. Erkaklarda esa qontomirlar, muskul d o ‘ngliklari bilinib turadi. Terida taxm inan 500 000 ta tuyg‘u retseptori bo'lib, ular hisobda 1 sm2 da 25 tadan joylalgan, qo'l barm og'ining uch- larida zichroq b o ‘ladi. Teri analizatori homilaning ona qornida shakllana b o sh laydi. Yangi tug'ilgan bola terisi retseptor tuzilmalar bilan juda yaxshi t a ’minlangan bo'ladi. Shu bilan birga bolaning yoshi ortishi bilan teridagi retseptorlar tuzilmalari morfologik va funk- sional tom ondan rivojlanib boradi. Bola yura boshlashi oyoq panja osti terisidagi retseptorlar soni orta boshlaydi. Bolaning bir yoshida terining retseptor tuzilmalari katta odamnikiga o ‘xshab ketadi. Terida bosim sezgisiga nisbatan moslanish hosil b o £ladi. Yangi tug‘ilgan bolada taktil sezgisi ancha yaxshi rivoljangan. Yangi tug‘ilgan va k o ‘krak yoshidagi bolalarda og‘iz, ko'z, lab, kaftning ichki kaft yuzasi oyoq tagi sezgirroq boMadi. Taktil sezgisi odam ning butun hayoti m obaynida o'zgarib turadi. Odamning 35—40 yoshida terining sezgirligi eng yuqori b o ‘lib, so‘ng keksalikda kamayadi. TERI GIGIYENASI Teri, teri yog‘i, shuningdek, teriga tushgan m oddalar terini kir qiladi. Teri ifloslanganda bakteriyalarni o ‘ldirish xususiyati kamayadi. Ifloslangan teri t a ’sirchan boMib qoladi, uni qashiganda tirnaladi, bu teri kasalliklari go‘sh (ekzema) va yiringli m o d dalar paydo boMishiga olib keladi. Toza qo‘l terisiga paratif guruhiga kiradigan mikroblar tushiril- sa, 20 minut ichida 80 % o ‘lib ketadi. Iflos terida esa xuddi shun cha vaqt ichida ular faqat 5—7 % ga kamayadi xolos. Shuning uchun, qoMni tez-tez yuvib turish eslatiladi. Har kuni ertalab kun- dalik ishdan keyin yuzni, qo‘llami sovunlab yuvib toza sochiq bi lan artib turish — terini gigiyenik jihatdan toza saqlashlilik asosidir. Bolalarning yuz-qo‘lini yuvishini uyda ota-onalar, maktabda va internetda esa navbatchi o'qituvchilar kuzatib borishlari lozim. Yuvinganda uy haroratidagi suv ishlatilishi kerak. Teri orqali gazlar yaxshiroq almashinadi. 87 T E R I KASALLIKLARI Q o ‘t i r — teri kasalligi bo'lib, uni kanalar paydo qiladi. Kana teriga kirib, o'ziga yo'l ochadi va badanni haddan tashqari qattiq qichishtiradi, qichinish issiq paytda va kechasi kuchayadi. Teri qichinishdan tirnalib, o ‘sha joylarida b a ’zi ekzem a yiringli toshm alar va chipqonlar paydo bo'ladi. Odamga q o 'tir kasali hayvonlardan, kasal kishilarga yaqin b o ‘lganda yoki o ‘sha kishilarning buyum laridan yuqadi. Q o ‘tir bilan og‘rigan bolani batam om tuzalib ketm aguncha bolalarga q o ‘shib b o ‘lmaydi. H a m m a buyumlari, ichki kiyim- lari maxsus qayta k o ‘rikdan o ‘tkaziladi. Kal temirotki zambrug‘lar qo‘zg‘atadigan kasallik bo‘lib, teri va sochlami, gohida timoqlami shikastlantiradi. Bu kasalliklar juda yuqumli bo‘lib, uzoq vaqtgacha to ‘xtovsiz davolanishni talab etadi. Kal va temirotki kasalliklarining qo^g'atuvchilari; mushuk, it, quyon va boshqalarning tukida b o ‘ladi. Kasallar darhol kasalxonaga yotqizilishi kerak, tam om ila tuzalgandan keyingina jam oaga q o ‘yiladi. Teri va soch kasalliklarini oldini olish badan terisi, ichki va tashqi kiyimni ozoda saqlashga doir gigiyena chora-tadbir- lariga amal qilishni talab etadi. Boshqa odam ning kiyimi, sochig‘i, tarog‘i va boshqa bu- yumlaridan foydalanish mum kin emas. Bundan tashqari, bolalar begona uy hayvonlariga q o ‘l tekkizmasliklari kerak. Epidermofitiya — bu kasallikni epidermiyasining shox qavati- da parazitlik qilib yashaydigan va junga t a ’sir qilmaydigan har xil turdagi zam burug‘lar keltirib chiqaradi. Asosan, oyoq panjasi gumbazlari, barm oq aro burmalar, chov burm alar terisi va boshqa joylarning terisi shikastlanadi. Kasallik qichishish bilan davom etadi. Terlash kuchayib shoh qavati uvalanib turadi. Buning nati- ja s id a kasallik q o ‘z g ‘a tu v c h i l a r n in g c h u q u r r o q kirishi va kolpayishiga qulay sharoit tug‘iladi. Badanning qichishib turadigan joylarida suv bilan to'lib, bir-biriga qo‘shilib ketishga moil b o ‘ladigan yaltiroq pufakchalar yuzaga keladi. Ular yorilib, bezillab turadigan katta-katta ero- ziyalar qoldiradi, bu eroziyalar oqargan k o ‘rinishda b o la d i. Teri shox qatlami p o ‘stchalari bilan o ‘ralib turadi. 88 Epidermofitiya asorat berib ekzemaga aylanishi mumkin. Kasallikning oldini olish shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iborat, oyoqlarni yuvgandan keyin barmoqlar oralarini obdon artish, b a ’zan yod eritmasi yoki atir surtish kerak. Bi- rovning paypoqlari va boshqa buyumlaridan, poyabzali, mo- chalkasi, sochiqlaridan foydalanish yaramaydi. H am m om lar, dush qurulmalari, suzish basseynlari ustidan sanitariya nazoratini kuchaytirish kerak. Download 93.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling