Kichik maktab yoshidagi bolalar anatom iyasi, fiziologiyasi ya
Download 93.45 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- M iya yarim sharlari ichki yu zasin in g e g a t va pushtalari
- Bosh miya yarim sharlar p o ‘stlogi funksiyalarini tekshirish metodlari.
- Takrorlash uchun savollar
- Oliy nerv faoliyati Shartli va shartsiz reflekslar
- Shartli reflekslar hosil bo ‘lish mexanizmi.
- Chamalash refleksining ahamiyciti.
- Oriyentirovka refleksi
- Esda olib qolish mexanizmi.
- Yuqori tartibli shartli reflekslar.
- Vaqtga aloqador shartli reflekslar.
- Shartli reflekslarning tormozlanishi.
- Differensirovka tormozlanishi.
RETIKULAR FORMATSIYA Retikular formatsiya miyaning yirik nerv hujayralariga te- gishli to'rlaridan iborat bo'lib. ko'p sinapsalarga ega bo'lgan hujayralardir. Retikular farmatsiya neyronlari boshqa neyron- lardan farq qiladi. Ularning dendritlari sust tarm oqlangan, aksonlari esa, aksincha haddan tashqari ko'p sondagi nerv hujayralari bilan aloqa bog‘laydi. Retikular formatsiya h u jayralari orqa miya bo'vin qismining yon va orqa shoxlari orasi- dan boshlanib, miya stvolining boshidan oyog'igacha joylash gan. Retikular farmatsiya markaziy nerv sistemasining h am m a bo'limlari, miya po'stlog'i bilan ham bog'langan. Bir talay muskullarning har xil tarzda qo'shilib ishlashini talab qiladi- gan barcha murakkab reflektor aktlar (tovushlar aritikullatsi- vasi, nafas, aks urish va b o s h q .) t o 'r s i m o n fo rm atsiyada uyg'unlashtiriladi. Retikular formatsiya uxlashda, uyg'onishda va boshqa his- hayajon jarayonlarida ishtirok etadi. Retikular formatsiya bu- tun ichki organlar faoliyatini boshqarib turadi. Retikular for matsiya hujayralari gumoral regu/atsiyada ham ishtirok etadi. B O SH MIYA KATTA YARIM SHARLARI Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarirn shardan iborat, bosh miyaning rivojlangan qismidir. Ikkita yarim shar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarim sharining miya qopqog'i (plashi), hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo'laklari va ikkita yon qorinchasi bo'ladi. Ikkita yarim shar, bir-biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajraladi. Yarim sharlarining ustki yuzasida juda ko'p pushta va egatchalari bor. Bu egatchalar hosil bo'lishi haqida har xil nazariyalar mavjud. Har bir miya sharining tashqi, ichki va pastki yuzasi bo'ladi. Miya yarim sharlarning katta egatchalari uni beshta: pe- shana, tepa ensa, chakka va orolcha bo'laklarga ajratadi. Silviyev egatchasi miya yarim sharlarining asosidan bo sh lanib, orqaga va biroz yuqoriga ko'tariladi, miya katta yarim sharlarining chakka bo'lagini boshqalardan ajratadi. Roland yoki markaziy egatcha miya yarim sharlarining yuqo- rigi chetidan o'rtada Silviyev egati tomon pastga qarab yo'nalgan 60 3- rasm. M iya yarim sharlari ichki yu zasin in g e g a t va pushtalari: / — p e s h a n a n i n g y u q o r i g i p u s h t a s i : 2 — s h at T of t o ' s i q ; 3 — g u m b a z ; 4 — b e l b o g ' p u s h t a s i ; 5 — q a d o q s i m o n t a n a e g a t ; 6 — q a d o q s i m o n t a n a ; 7 v a 25 — b e l b o g ' e g a t i: 8 — m a r k a z i y e g a t ; 9 — m a r k a z a t r o f i p a l l a c h a s i ; 10 — p o n a o ld i p u s h ta si ; 11 — e n s a b i l a n m i y a o ‘r t a s i d a g i e g a t ; 12 — m i y a o s ti e g a t i; 13 — p o n a s i - m o n p u s h t a ; 14 — p ix e g a t i ; 15 — t i l c h a p u s h t a s i ; 16 — c h u v a l c h a n g s i m o n q i s m ( k e s i l g a n ) ; 17 — m i y a c h a n i n g o ' n g y a r i m s h a r i ; 18 — k o ‘p r ik ; 19 — t o ' r t t e p a l i k ; 20 — g ' u r r a s i m o n b e z ; 21 — k o ‘z n i h a r a k a t l a n t i r u v c h i n e rv ; 22 — s o ' r - g ' i c h s i m o n t a n a ; 23 — v o r o n k a ; 24 — k o ' r i s h n e r v l a r i k e s i s h g a n j o y . boMib, katta yarim sharlarining peshana b o ‘lagidan ajratadi. Shuningdek. ensa — tepa egatchasi katta yarim sharlarining orqa tomonidan ko‘ndalang yo‘nalgan boMib, ensa b o ‘lagini nerv im- pulslarini o ‘tkazadi. Mayda piramidasimon hujayralar 2-qavatda o ‘mashadi. Yuldusimon hujayralar sezuv organlaridan impulslar- ni qabul qilib oladi. Bular sezuvchi hujayralar b o ‘lib, miya p o ‘stlogcining 2 va 6 qavatlarida joylashgan. Yulduzsimon hujayralar esda olib qolish va nerv jarayon- larining almashinishida ishtirok etadi. Duksimon hujayralar miya p o ‘stlog‘ining 7 -q a v atid a jo ylashgan. Bu hujayralar p o ‘stloq ostki qismlarining m arkazdan qochuvchi sistemalari bilan bog‘langan. Nerv hujayralari bolaning birinchi oylarida faqat kul rarng qavatdagina emas oq qavatda ham boMadi. 3 yoshlik bolada miya p o ‘stlog‘ining nerv hujayralari juda yaxshi differensiyalangan boMadi. Nerv hujayralari 40 yoshgacha mu- rakkablashadi va o ‘simtalari o ‘zgaradi. Bosh miya yarim shar- laridagi egatlar embrionning 3—5 oyligidan hosil b o ‘la bosh laydi. 61 Egat va burmalarning rivojlanishi bir mucldatda bo'lmaydi. Bola tug4ilgandan so‘ng yarim sharlarining egat va burmalari kattalarnikiga o ‘xshashligiga qaramasdan, egatlar uncha chuqur bo'lmaydi va miya boMaklarining nisbatlari o ‘zgaradi. Bolalar ilk yoshligida miya yarim sharlarining ensa qismi kattalarnikiga nisbatan katta bo iad i. Bola tug‘lgandan solng peshona boMagi kattalashadi. Taxminan bolaning 9— 10 yoshlarida katta odamning miya yarim sharlaridagi egat va burmalarga 0 ‘xshab ketadi. Bolaning hayoti mobaynida miya yarim sharlarining massasi va sathi bosh miyaga nisbatan o ‘zgarib boradi. Miya yarim sharlari ning massasi sathiga nisbatan tez o'sadi. Miya p o ‘stlog‘ida avval chuqur soMig yuza qavatlar rivoj- lanadi. Miya yarim sharlari p o ‘stlog‘idagi harakat doirasi b ola ning 12 yoshida differensiyalashuvi tugaydi, ayrim piramidasi- m on hujayralarning rivojlanishi 18 yoshgacha davom etadi. Harakat analizatorlarining rivojlanishi bolaning muskul faoli- y a ti g a b o g ‘liq. H a r a k a t a n a l i z a t o r i n i n g r i v o j l a n i s h i d a tugMlgandan so‘ng birinchi haftalik, 4 yoshlik, 7 yoshlik va 12 yoshlik etaplar mavjud. Teri analizatorining miya p o lstlogMdagi nerv markazlari bolaning 2 yoshida kattalarnikidek boMadi. Bolaning hayoti mobaynida miya yarim sharlari turli qismlari- ning tuzulishi va funksiyasi taraqqiy etadi. Bunda funksiya asosiy roM o'ynaydi. Shu bilan birga orga nizm rivojlanishi jarayonida nerv tolalari mielinlashadi. Avval harakat nervlari, aralash nerv tolalari, so‘ngra markazga intiluv- chi nerv tolalari mielinlashadi. Orqa miya nervlarining mielin- lashuvi 3 yoshda bosh nervlarniki esa 1 — 1,5 yoshda tugaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalar bosh miyasining yarim sharlari doimo o ‘sib rivojlanib boradi. Bolalar taxm inan 9— 10 yoshga borganida miya yarim sharlarining egriliklari bilan egat- lari xuddi katta yoshdagi kishilarniki kabi holatni oladi. Miya yarim sharlarining oq moddasi tolali tuzulishiga ega bo‘lib, uch xil aloqani ta’minlaydi: A) bosh miya har xil qismlarining o‘zaro bogManishini; B) Ikki yarim shardagi simmetrik qismlarining funk sional jihatdan bog‘lanishini; V) Po‘stloqdagi markazlaming miya stvoli va orqa miyadagi tuzulmalar bilan bog‘lanishini. Bosh miya katta yarim sharlari ham orqa miya pardalari kabi qattiq, o ‘rgimchak iniga o ‘xshash va tomirli parda bilan qoplangan. 62 Bosh miya yarim sharlar p o ‘stlog'i funksiyalarini tekshirish metodlari. Bosh miya yarim sharlarining funksiyalari quyidagi metod- larda tekshiriladi: 1. Shartli reflekslar metodi; 2. Bosh miya biotoklarini yozib olish metodi; 3. Bosh miyada qon aylanishi va moddalar al- mashinuvini tekshirish; 4. Bosh miyani bevosita kuchsiz elektr toki yoki kimyoviy m oddalar bilan t a ’sirlash metodi. Bu metodlardan tashqari bosh miyaning turli qismlari ope- ratsiya yo'li bilan olib tashlanib, organizm ida kechadigan fiziologik o ‘zgarishlar kuzatiladi. Shartli reflekslar metodida bosh miya funksiyalari sog£lom hayvon yoki bolada, katta odamda o ‘rganiladi. Tekshiriluvchi odamga shartli t a ’sirlovchi tovush yoki yorug'lik berilib, so'ng shartsiz t a ’sirlovchi (ovqat yoki kuchsiz elektr toki, yoki terisiga og‘riqni hosil qiluvchi birorta narsa bilan) t a ’sir qilinadi. Shartli t a ’sirlovchi bilan shartsiz t a ’sirlovchi bir necha marta organizmiga t a ’sir ettirilsa, shu odam ning bosh miyasida ikkita markaz o'rtasida vaqtinchalik nerv bog ian ish i vujudga keladi. Bosh miya biotoklarini yozib olish metodida tekshiriluvchi bosh miyasiga elektroensefalo- graf bilan tutashtirilgan elektrodlar o'rnatiladi, bosh miya bio- toklari kuchsiz 200 mkv. gacha, o 'rta ch a 40—50 mkv keladi- gan biotoklar bo'lgani uchun maxsus asboblarda bu biotoklar 100 000, b a ’zida 1 mln marta orttirib yozib olinadi. Biotoklarni yozib olishda tekshiruvchi turli tovushlar, tashqi t a ’sirlar o ‘tmaydigan maxsus kameraga yotqiziladi. O lingan elektroensefa logram m a maxsus elektron asbob analizator hisoblash mashinalarida analiz qilinadi. Bosh miya- dagi biotoklarni yozib olish mumkin. Bular alfa, beta, gamma, delta, tetata ritmlar deb nomlanadi. M uhim atamalar: Elektroensefalograf — bosh miya katta yarim sharlaridan biotoklarni yozib oluvchi asbob. Elektroensefalogramma — bosh miya katta yarim sharlari dan yozib olingan biotok. Takrorlash uchun savollar: 1. R e t i k u l a r f o r m a t s i y a n i n g t u z i l i s h i v a f u n k s i y a s i q a n d a y ? 2. B o s h m i y a m a s s a s i b o l a l a r d a q a n d a y , q a y t a r i q a o r t i b b o r a d i ? 63 3. B o s h m i y a y a r i m s h a r l a r i q a n d a y t u z u l g a n ? 4. B o s h m i y a p o ' s t l o g ' i n i m a . ' 5 U n d a q a n d a y h u j a y r a l a r bor'.’ 6. B o s h m i y a p a r d a l a r i n e c h a q a v a t va u l a r q a n d a y ’ 7. B o s h m i y a k a t t a y a r i m s h a r l a r i n i n g y o s h g a o i d o z g a r i s h l a r i q a n d a v ' . ’ S’ B o s h m i y a k a t t a y a r i m s h a r l a r i n i q a n d a y t c k s h i r i s h u s u l l a r i b o r ? Oliy nerv faoliyati Shartli va shartsiz reflekslar T u r l i t a ’s i r o t l a r g a j a v o b a n o r g a n i z m t o m o n i d a n ko'rsatiladigan xilma-xil reflektor reaksivalar shartsiz va sh art li reflekslar deb, ikkita asosiv gunihga boMinadi. Shartsiz refleks lar muayvan turdagi organizmlarga xos boMib, nasldan-naslga o'tib boradi. Ular har bir indvidga xos bo'lib. hayoti m uhim hisoblanadi. Shartsiz reflekslar bosh miya katta yarmi sharlari ishtirokida ham hosil bo'lishi mumkin. Shartli reflekslarning hosil bo'iishi uchun orqa m iya— miya soni bilan birga ko'proq bosh miya katta yarim sharlari ishti rok etadi. Shartsiz reflekslar organizm ning tashqi m uhitga moslashishida m uhim ahamiyatga ega, shartli reflekslar esa hayot mobaynida tormozlanib. yangilari hosil bo'lib turadi. Shartli reflekslarning biologik ahamiyati. Bola tug'ilgandayoq unda m a'lum shartsiz reflekslar bo'ladi. Masalan, so'rish, vutish, so‘lak ajratish. himoya reflekslari, yurak qontomirlari va hokazo. Shartli reflekslar organizmni tashqi muhit sharoitiga ancha murakkab moslashtiradi. Odam ovqatni hididan topadi, ovqatni chamalaydi va hokazo. Ovqatning hidiga so'lak, m e ’da shirasi ajrala boshlaydi. Shartli t a ’sirlovchilar signallarni analiz qilib, t a ’sirotga javob berishga tayyorgarlik ko'radi. Shartli reflekslarni hosil b o Llishidagi shart-sharoit. Shartli reflekslar hosil bo'lishi uchun quyidagilar zarur: 1) Befarq (indifferent) ta'sir, bu ta ’sir shartli deb yuritiladi; 2) Shartli t a ’sir shartsiz t a ’sirdan oldin kelishi va shartsiz ta'sir ko'rsatib turishi kerak; 3) Shartli va shartsiz t a ’sirlar shu tariqa birga qo"llanilishi kerak. Shartli t a ’sir shartsiz t a ’sir bilan quvvatlanib turilsa, shartli refleks bo'lmasligi mum kin. Hayot mobaynida b a ’zi shartli 64 reflekslar so'nib, yangilari paydo bo'lib turadi. Shartli refleks- larning hosil b o ‘lish tezligi odam ning hayot tarziga, yoshiga, nerv sistemasining funksional holatiga, ta ’sirlovchilarning tabia- tiga bogMiq b o ‘ladi. Shartli reflekslar hosil bo ‘lish mexanizmi. I. P. Pavlovning fikricha, shartli refleks bosh miya katta yarim sharlar p o ‘stlog‘ini befarq (indifferent) t a ’sirotini qabul qilib oluvchi muayyan sohasida kuchsiz q o ‘zg‘alish vujudga kelishi asosida hosil b o ‘ladi. Shartsiz ta ’sirlovchini bir necha marta qaytarilishi natijasida miya po‘stlog‘ida kuchli qo‘zg‘alish o ‘chog‘i vujudga keladi. Shartli ta’sirot bilan shartsiz ta’sirot bir necha marta qoMlanilishi bilan ikkita qo‘zg‘alish to‘qimalari o r a s i d a vaqtinchalik nerv bog‘lanishi yuzaga keladi. Bu ikki sohaga ta ’sirotlami bir necha marta ta’sir ettirish bilan shartli refleks juda tez namoyon b o ‘ladi. Shartli reflekslar shartsiz reflekslardan miya po‘stlog‘ining ishtirokida hosil boMishi bilan farq qiladi. Shartli refleks hosil boMishida miya p o ‘stlog‘ida ikkita nerv markazining qo‘zg‘alishi bilan birga bosh miyaning ko‘p faoliyatini o ‘zida mujassamlashtiradi. Shartli refleks hosil qilish uchun mavjud boMgan: sektor, ko‘zni yumish, harakat metodikasi yoki nutq bilan mustahkam- lanadigan harakat metodikasidan foydalaniladi. Masalan, bola- ga ovqat berilganda ogMz b o £shligMda retseptorlar q o ‘zg‘alib, im- puls uzunchoq miyaga borib, soMak ajratish markazini qo‘zg‘atadi. Shu bilan bir vaqtda q o ‘zg‘alish bosh miya sopining o ‘tkazuvchi yoMlari b o ‘ylab miya p o ‘stlogMning ovqatlanish markazi deb ataladigan qismiga boradi. Shartsiz refleks yoMi bilan soMak ajrali- shida uzunchoq miyadagi nerv markazlari va katta yarim shar lar p o ‘stlogMning ovqatlanish markazi q o ‘zg‘aladi. Elektr lam- pochkasining yonishi k o ‘zning t o ‘r qavatidagi retseptorlarni q o ‘zg‘atadi. YomgMik bilan t a ’sir etish ovqat bilan bir vaqtga to ‘g‘ri kelganda miya p o ‘stlogMda ham ovqatlanish markazi, ham ko'rish zonasining m a’lum qismi bir vaqtda qo‘zg‘aladi. YomgMik ta ’siroti bilan shartsiz ovqat t a ’siroti bir necha marta birgalikda t a ’sir etganda miya p o ‘stlogMning uchastkalari orasida vaqtin chalik nerv bogManishi vujudga keladi. Bu bogManishni hosil boMishida ko‘pgina neyronlar ishtirok etadi. Oldin lampochka yoqilganda ko‘rish zonasining tegishli uchastkasida vujudga kelgan q o ‘zg‘alish ovqatlanish m arkazida hosil boMgan yoM orqali 5 — Q. Sodiqov 6' o'tkaziladi. Bu yerdan qo'zg'alish uzunchoq miyaning so'lak aj ratish markazi. u yerdan esa so'lak bezlariga o'tadi. Buning nati jasida shartli retieks yo‘li bilan so'lak ajralish hodisasi ro'y be- radi. Shartli retie ks hosil bo'lishida nerv sistemasining ko'p tu- zilmalari qatnashadi. Shumng uchun, har bir shartli refleks miya po'stlog'ida va bosh miyaning po'stloq qismlaridagi murakkab kompleks reaksivalar bo'lib hisoblanadi. Chamalash refleksining ahamiyciti. Shartli refleksni hosil qilish m exanizm ida oriyentirovka (chamalash) refleksining ahamiyati m uhim bo'lib, bu refleks I. P. Pavlov «nima degan» (рефлекс что это такое) deb nom - langan. Chamalash refleksining namoyon bo'lishi turlicha. Tashqi muhitning ozgma o'zgarishi bosh, ko'z, quloqlar, butun gavdani ta’sirot berilgan tomonga qarab, bir tomonga ayLntiruvchi muskul harakatini vujudga keltiradi. Bir vaqtning o'zida ko'z qorachig'ining kengayishi. yurak, qontomirlari sistemasining o'zgarishlari, nafas sistemasining o'zgarishi va elektrik aktivliknung o'zgarishiga olib keladi. Terining qarshilik ko'rsatishi kamayadi. Oriyentirovka refleksi faqatgina ta ’sirlovchi, ta’sir etuvchi analizator emas, balki boshqa analizatorlarni ham qo'zg'aluvchanligini orttiradi. A n a l i z a t o r l a r q o ' z g ' a l u v c h a n l i g i n i n g o r t i s h i s h a r tli bog'lamshlarning vujudga kelishiga sharoit yaratadi. Oriyentirovka refleksi — murakkab reaksiya bo'lib, turli xil kom ponentlarni yagona bir sistemaga birlashtiruvchi omildir. T a ’sirlovchilarni solishtirish funksiyasi gippokamp va dumsimon tanadagi maxsus neyronlar tom onidan amalga oshiriladi. Shartli refleks hosil bo'lishida miya po'stlog'ida va po'stloq ostki tuzil- malari funksional holatining o'zgarishi. Shartli refleks hosil qilinganda miya po'stloq hujayralarini qozg'aluvchanligi ortadi. Elektroensofalogramma (E E G ) rit- mikasi o'zgaradi. Tekshirishlarning ko'rsatishicha, shartli ref- leksning hosil qilinishidan d om inanta vujudga keladi. Shartli reflekslarni hosil qilishining dastlabki davrida miya po'stloq hujayralarida bioelektrik aktivlik ortadi. Miya po'stlog'i qavatlarining turli qismlariga mikroelektrod- larni o'rnatish bilan olib borilgan tekshirishlarga qaraganda turli tovushga nisbatan shartli bog'lanishni hosil bo'lishida dastlab eshitish analizatori qismining 3 qavat hujayralar faoliyatida, 4 i s o 'n g c h u q u rro q joylashgan hujayralar q atla m id a faoliyat o'zgaradi. Miya po'stlog'ining yuza qavatida joylashgan hu- jayralarida faoliyat ortadi. Shartli refleks hosil bo'lish jaravo- nida t a ’sirlovchilarga javob berish xarakteri o kzgaradi. Esda olib qolish mexanizmi. Esda olib qolish mexanizmi ikki xil: qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'ladi. Bizni o krab turgan muhit va sotsial sharoit- dagi k o kpgma voqea va hodisalar bizda chuqur va qoldinb esi- mizda qoladi. Nutqdagi turli shakllar, karra jadval, kokp nom - lar, adreslar, bolalikdagi turli voqealar bir um r esda qoladi. Shu bilan qisqa m uddat tezda esdan chiqadigan tasodifiv h o disalar bo'lib turadi, bular qisqa muddatli esda olib qolishdir. Markaziy nerv sistemada oraliq neyron zanjiridan iborat tuzilma boMib, q o ‘zg‘alish bir neyrondan boshqa neyronga o ktsa, zanjiriy ritmik qo'zg'alishni hosil qiladi. Hayot tajribasi uzoq m uddat esda olib qolish neyroplazmada chuqur metobolitik o kzgarishlarning yuz berishi bilan bog'liq boMadi. Funksiya- lanish davrida neyronda oqsillarning kuchli parchalanishi va sintez jarayonlari boradi. Aynan shu jara yon asosida uzoq muddatli esda olib qolish yotadi. Uzoq muddatli esda olib qolishning molekular nazariyasi ham mavjud. Esda olib qolish bir-birini toMdiradigan uchta jarayon bilan bog'liq. Birinchi, m em brana q o kzgkaluvchanlik polarizatsiyasining o kzgarishiga bog'liq. Hujayradagi kimyoviy o kzgarishlarni va sinapslar strukturasining o'zgarishi. Shunday qilib, vaqtinchalik bog'lanishda fizikaviy, kimyoviy tuzilmada qayta qurish ketishi komponentlarini ajratish mumkin. Organizm doimo tashqi va ichki muhitning o ‘zgarishi ta’sirida boMadi. Muhitning ozgina o'zgarishi miya p o ‘stlog'ida q o ‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining nisbatini o'zgartiradi. Bu siljishlar a so sid a miya p o 's t l o g 'i d a g i m o z a ik a y o ta d i, y a ’ni miya p o ‘stlog'ining q o kzgkalishning ikkinchi punkitida tormozlanish sodir bo'lib, bu jarayonlar o'zgarib turadi. Miya po'stlogM mo- zaikasining hosil boMishida induksiya muhim rol o kynaydi. Yuqori tartibli shartli reflekslar. Shartli ta ’sirlovchini shartsiz t a ’sirlovchi bilan mustahkamlanib hosil qilingan shartli refleks birinchi tartibli shartli refleks deyiladi. Shu shartli refleks asosida yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Bu hosil qilingan shartli 67 refleks ikkinchi tartibli shartli refleks deyiladi. Masalan, itda lam- pochka vorug'iga so'lak ajralishiga shartli refleks hosil qilingan bo'lsa, shu shartli refleksga shartli ta'sirlovchi sifatida qo'ng'iroq chalib, yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Itlarda, agarda birinchi tartibli shartli refleks himoya refleksi bo'lsa, ikkinchi, uchinchi tartibli shartli refleksni ham hosil qilish mumkin. Yuqori tartibli shartli reflekslar asosida organizm muhit sharoitiga yax- shiroq moslasha boradi. Bolalarda yuqori tartibli reflekslami hosil qilish ularning yoshiga bog'liq. Katta o d am d a uchinchi va to rtinchi tartibli shartli reflekslami hosil qilish mumkin. Vaqtga aloqador shartli reflekslar. Muayyan vaqt oralig‘ida ham shartli ta ’sirot b o i i b qolishi mumkin. Bolaga muntazam ravishda har 3—4 soatda ovqat berib turilgan boisa, bola bir necha marta ovqatlanganidan so'ng ovqatlanishning vaqtiga aloqador shartli refleks hosil bo'ladi. Shuningdek qat’iy kun rejimiga muvofiq ovqatlanish ham vaqtga aloqador shartli refleks hisoblanadi. Bolalarda darsga qo'n giroq chalanishiga 1—2 m inut qolga- nida diqqat e ’tiborning biroz susavishi vaqtga aloqador shartli refleksni vujudga kelishidandir. Organizmda ko'pgina fiziologik jarayonlar vaqtga aloqador shartli reflekslar hosil bo'lishi asosida funksiyalanadi. M asa lan, nafas h a rak atlari, yurakni bir m e ’yorida qisqarib va bo'shashib turishi, tana temperaturasini sutka m obaynida bir oz o'zgarishi, m e ’da-ichak funksiyalari va boshqalar shular j u m l a s i d a n d i r . V a q tg a a l o q a d o r s h a r tli re f l e k s l a r m iya po'stlog'idagi muayyan zonalarning ritm bilan qo'zg'alishi asosida vujudga keladi. Bosh miya yarim sharlar p o ‘stlog'i tashqi (shartsiz) va ichki (shartli) tormozlanishi mumkin. Shartli reflekslarning tormozlanishi. Tashqi tormozlanish. Shartli refleks hosil boMayotgan davr- da tashqi muhit sharoitining birdan o'zgarishi, boshqacha ayt- ganda yangi chetki ta’sirlovchi miya po'stlog'ida yangi qo‘zg‘alish o'c hog'ini hosil qiladi. Bu qo'zg'alish shartli refleks markazini tormozlaydi. Boshqacha aytganda refleks hosil bo'lishi tormoz- lanadi. Bunday tashqi t a ’sirlovchilarga, turli tovushlar xona yoritilishidagi o'zgarish, shamol va boshqalar kiradi. Yuzaga keltirilgan shartli refleks mustahkam bo'lmasa u tezda tormoz- lanadi. Tashqi tormozlanishni hosil qiladigan t a ’sirlovchilarni shartsiz t a ’sirlovchilar deb nom lanadi. Tashqi torm ozlanish 68 ko'pgina bolalarda kuzatiladi. Masalan, bolada qizil lampochkani yonishiga so'lak ajralish uchun shartli refleks hosil qilingan bo'Isa, shu refleks hosil b o ‘layotganda bolaga uni yaxshi kolradigan o ‘yinchog‘ini ko'rsatilsa, s o ia k ajralish to'xtaydi, yuzaga kel- tirilgan shartli refleks torm ozlanadi. M asalan, dars vaqtida ko‘chadan avtomobil signali eshitilib qolsa, bir necha o'quv- chilarning diqqati bo'linadi, tovush kelgan tomonga qaraydi. Tormozlanish miya po'stlog'ida ikkinchi qo'zg'algan markazi vujudga kelmasa ham sodir boMishi mumkin. Bunday to rm o z lanish shartli t a ’sirot kuchi ortganida vujudga keladi. T a ’sirot kuchi haddan tashqari kuchli b o ‘lsa nerv hujayralari yemirilib nobud bo'lishi m umkin. Miya po'stlog'i torm ozlan- ishi bilan bu xavf bartaraf etiladi. Shartli tormozlanish. Shartli yoki ichki tormozlanish m arka ziy nerv sistemasining yuqori b o ‘limlariga xos bo'lib, shartli t a ’sirlovchini shartsiz t a ’sirlovchi bilan m ustahkam lanm agan- da, ikkita qo'zg'alish o 'c hog'i vaqtini bir-biriga to 'g 'ri kelmas- ligi natijasida vujudga keladi. Shartli tormozlanish hayvon yoki odam ning individual hayoti davomida asta-sekin hosil b o ‘ladi. Ichki tormozlanishni so‘nuvchi, differensiallaydigan va kechi- kuvchi turlari ajratiladi. So‘nuvchi tormozlanish shartli t a ’sirotni bir necha marta t a ’sirlab, shartsiz t a ’sirot bilan m ustahkam - lanmaganda hosil bo'ladi. Bir necha marta qo'ng'iroq chalinib, ovqat berilmasa, bolada ovqatlanishga bo'lgan harakat refleksi so‘na boshlaydi. Shartli refleksning so‘nishi shartli t a ’sirlovchini qayta berish soniga nerv sistemasining tipiga, oldingi yuzaga keltirilgan shartli refleksning mustahkamligiga va shartli t a ’sirot kuchiga bog‘liq b o ‘ladi. So'nuvchi shartli refleks qayta shartsiz t a ’sirlovchi bilan va shartli ta ’sirlovchini mustahkamlash orqasida qaytadan tik- lanishi mumkin. Bu qayta tiklanish nerv sistemasining tipiga, so'nishi darajasiga va bolaning yoshiga bog'liq b o ‘ladi. Differensirovka tormozlanishi. Organizm retseptorlar vosi tasida tevarak-atrofdagi m u h itd a n k o 'p d a n - k o 'p , xilma-xil t a ’sirotlar qabul qiladi. Miya yarim sharlar po'stlog'ida shartli refleks faqat shartli t a ’sirotga hosil b o ‘lmasdan, balki shu t a ’sirotga yaqin bo'lgan t a ’sirlovchilarga ham hosil bo'ladi. Bu umumlashtirish yoki generalizatsiya deb nomlanadi. 69 M uhim atam alar: i n d e f e r e n t — b e f' a rq r a ' s i r o t . D i t t e r e n s i r o v k a — t a b a q a l a s h . Takrorlash uchun savollar: 1. S h a r t s i z r e t l e k s l a r n i n g m o h i v a t i n i m a d a ? 2. S h a r t l i r e f l e k s n i m a ? 3. S h a r t s i z r e f l e k s d a n s h a r t l i r e f l e k s m n g fa rq i n i m a d a ? 4. S h a r t l i r e f l e k s h o s i l b o ’l g a n m e x a n i z m i n i t a ' r i f l a b b e r i n g . 5. T a s h q i s h a r t s i z t o r m o z l a n i s h d e b n i m a g a a y t i l a d i 1.' 6. I c h k i t o r m o z l a n i s h n i a y t i b b e r i n g . 7. S o ’n d i r u v c h i t o r m o z l a n i s h n i m a ? 8. Y u q o r i t a r t i b l i s h a r t l i r e f l e k s l a r q a n d a y h o s il q i l i n a d i ? Download 93.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling