Kichik maktab yoshidagi bolalar anatom iyasi, fiziologiyasi ya
Maktabning suv bilan ta ’minlanishi
Download 93.45 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab va bolalar bog‘chasidan chiqindilarni chiqarib tashlash
- Bolalar va o ‘smirlar muassasalari uchun yer uchastkalari
- Takrorlash uchun savollar
- NERV SIST E M A SI Nerv sistemasining tuzilishi va funksiyalari
- Q o ‘zg‘alish, qo‘zg‘aluvchanlik. T a’sirlanish tushunchalari.
- NERV TOLALARINING T U Z U L ISH I VA XUSUSIYATLARI
- Nerv tolalarining mielinlashuvi
- REFLEKS NERY FAOLIYATINING A SO SIY SHAKLI
- Dominanta.
Maktabning suv bilan ta ’minlanishi Maktabda har bir o'quvchiga 15 d m 3 suv sarflanadi. Maktab internatlarda esa 120 d m 3, xonalarga har 30 ta o'quvchiga m o'ljallanib umivalniklar qo'yiladi. Ichiladigan suv hidsiz, yoqimli, mazali bo'lishi kerak. 39 Ovqat tayyorlash uchun toza suvdan foydalaniladi. Shaharda suv quvuridan keladigan suvdan. vodoprovod yo'q maktablarda buloq, artizan yoki quduq suvidan foydalanish mumkin. Ichim- lik suvni albatta 10— 15 minut qaynatish zarur. Maktabda bolalar suv ichishlari uchun har 300—350 ta o'quvchiga mo'ljallab bittadan fontancha quriladi. Fontancha- ning yerdan balandligi 80 sm bo'lishi kerak. Bolalarni suvga bo'lgan talabi ularning yoshiga bog‘liq. 1 yoshli bola 800 sm 5, 2 yoshli bola 950 sm 3, 5—6 yosh bola 1200 sm 3, 7— 10 yosh bola 1350 sm 3, 1 1 — 14 yoshdagilar 1500 sm 3 suv ichadilar. Maktab va bolalar bog‘chasidan chiqindilarni chiqarib tashlash Bolalar bog'chasi, maktab internatlarining kanalizatsiyasi aholi punktlarining kanalizatsiyasiga ulanadi. Axlat va oshxona chiqindilari emal bilan qoplangan yoki ruhlangan qopqoqli chelaklarga yig'iladi, so'ngra axlat yig'iladigan idishlarga yoki axlat o'ralariga to'kiladi. Axlat idishlar muassasa- ning xo'jalik hovlisiga qo'yiladi. Axlat yig'iladigan idishlar va ularga zich yopiladigan qopqoqlar qo'yiladi. Axlatlar haftada, 2—3 marta olib ketilib, idishlar dizenfeksiyalanadi. Bolalar va o ‘smirlar muassasalari uchun yer uchastkalari Yer uchastkasining katta-kichikligi bolalar va o'sm irlar bi lan tarbiyaviy, o'q uv va sog'lomlashtirish ishlari o'tkazilishi uchun to'la t a ’minlanadigan bo'lishi kerak. M aktablar uchun yer uchastkalari o'quvchilar soniga qarab ajratiladi. 192 va 320 o'quvchi maktablar uchun 1,2 va 1,7 gektar: 392, 464, 624 o'quvchi maktablar uchun 2 gektar: 784 va 1176 o'quvchi m aktablar uchun 2,2 va 2,8 gektar yer u c h a stkalari ajratish lozim. Maktab internatlari uchun 2 gektardan 2,5 gektargacha yer uchastkasi ajratiladi. Yer uchastkasida gruppalarga bo'lib berilgan maydonlardan tashqari, um um iy fizkultura m aydoni nazarda tutiladi. Bu m aydonda turli serharakat o'yinlar o'tkaziladi. 40 Yer uchastkalarining atrofi o'rab qo'yiladi. Maktab va maktab internatlarining uchastkalari bolalarning tanaffus vaqtida ochiq havoda bo'lishini, fizkultura darslarida mashg‘ulot o'tkazish, tabbiyot darslarini o'tish, o'quvchilarning maktabdan tashqari hordiq chiqarishiga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Har bir bolalar muassasalari yer uchastkasining bir qismi xo'jalik hovlisi uchun ajratiladi. Takrorlash uchun savollar: 1. M a k t a b i m o r a ti g a q a n d a y g ig iy c n ik t a l a b i a r q o 'y i l a d i ? 2. S in fn i n g m i k r o i q l i m i q a n d a y b o ' l m o g ' i ke ra k? 3. H o j a t x o n a va axlat o 'r a l a r i g a q a n d a y gig iy e n ik t a l a b i a r q o 'y i l a d i ? 4. M a k t a b d a g i o ' q u v c h i l a r x o n a s i, y u q o r i , ves tib ul y e c h i n i s h x o n a s i q a n d a y g igi ye nik ta la b la r g a ja v o b b e rish i k e ra k ? 5. M a k t a b i n t e r n a t l a r i o ld ig a q a n d a y g ig iy e n ik t a l a b i a r q o 'y i l a d i ? 6. M a k t a b n i suv bila n t a ’m i n l a n i s h i g a q a n d a y g igiyen ik ta l a b i a r q o 'y ila d i? 7. M a k t a b y e r u c h a s t k a s i g a q a n d a y g ig iy e n ik t a l a b i a r q o 'y i l a d i ? NERV SIST E M A SI Nerv sistemasining tuzilishi va funksiyalari Nerv sistemasi asosan, tashqi m uhitdan ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv sistemasiga yetkazib beradi. Nerv sistemasi organizmidagi barcha organlami bir-biri bilan b o g ia b , organizmning bir butunligini t a ’minlaydi, organizmni tashqi muhit bilan bog‘laydi h a m d a uni tashqi muhitga mos- lashtiradi. Nerv sistemasi yordam ida atrof-m uhitdan turli sig- nallarni qabul qiladi. Ular analiz va sintez qilinib, turli reak- siyalar bilan javob qaytariladi. Nerv sistemasi ichki sekretsiya bezlaridan ishlab chiqarila- digan turli garmonlarning qon orqali organizmga k o ‘rsatadigan ta’sirini va moddalar almashinuvini boshqarib turadi. O'sish rivoj- lanishga t a ’sir etadi. Bundan tashqari, nerv sistemasining oliy bo‘limlarida ruhiy funksiyalar amalga oshiriladi. Idrok etish, fikr- lash, nutq va hakozolar. Oliy nerv faoliyati bilan boshqarib turi- ladi. Nerv sistemasi markaziy (bosh va orqa miya), periferik (chetda 41 joylashgan) nervlar. ularning oxirgi apparailaridan tashkil topgan qi.smlarga bo’linadi. Markaziy nerv sistemasida nerv hujayralar (neyron tanalarimng periferik qismi. asosan, nervlardan, ya’ni bolalar bog’lamidan iborat b o ’lib, bu tolalarning tanasi (nerv hujayrasi) nerv sistemasining markaziy qismida joylashgan. Nerv sistemasi shartli ravishda ikkita somatik va vegetativ nerv sistemasiga bo'linadi. Skelet muskullarini va b a ’zi ichki organlarini (til. hiqildoq, halqum va hokazolarni) t a ’minlab turadigan nervlar somatik nerv sistemasi bo'lib, asosan orga nizmni tashqi muhit bilan bog'laydi va skelet muskullari hara- katini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlarni (m e ’da, ichaklar, nafas olish, siydik-tanosil organlari. ichki sekretsiya bezlari, teri, yurak va qon tomirlarini) nerv bilan t a ’rninlaydi. Q o ‘zg‘alish, qo‘zg‘aluvchanlik. T a’sirlanish tushunchalari. Qo'z g'aluvchanlik barcha to'qim alarga xos xususivatdir. To'qim ani qo'zg'atish uchun m a ’lum t a ’sirlovchi bo'lishi shart, shundagina to'q im ada moddalar almashinuvi sodir bo'lib, tirik oiganizm ta'sirga qo'zg'alish bilan javob beradi. Muskul to'qimasi q o 'z g ’alganda qisqaradi, bez to'qimasi qo'zg'alsa sekret yoki shira ajraladi. T o'qim ani qo'z g'atuvchi t a ’sirlovchi fizik , kimyoviy, mexanik, elektrik, biologik va boshqa turlarga bo'linadi. T a ’sirlovchi kelib chiqishiga, organ yoki to 'q i m a t a ’sir ko'rsatilishiga qarab ad ekva t va noadekvat t a ’sirlovchilarga bo'linadi. Muayyan to 'q im a hujayra, organ uchun xos bo'lgan ta sirlovchi adekvat ta 'sirlovchi deb ataladi. Masalan, ko'z ning adekvat t a ’sirlovchi yorug'lik, muskul- niki nerv tolasidan keladigan impuls hisoblanadi. M uayyan organ, to'qim a uchun xos bo'lm agan t a ’sirlovchilar noadekvat t a ’sirlovchi deb ataladi. Masalan, muskul to'qim asi nervdan kelayotgan impulsdan tashqari, elektr toki, tuz, kislota t a ’sirida ham qisqarishi mumkin. Bular noadekvat ta'sirlovchilardir. Tirik to ‘qimalardagi bioelektrik hodisalar. T o 'q im a xujayralarida qo'zg'alish vaqtida qo'z g'algan soha bilan nisbatan tinch soha o'rtasida potensialar sodir bo'ladi. Qo'zg'alish vaqtida tirik to'qim alar sodir bo'ladigan elektrik o'zgarishlar bioelektrik hodisalar, y a ’ni bioelektrik toklar deb ataladi. Biotoklar quvvati vaqtning mingdan. hatto milliondan 42 bir b o ‘lagi bilan o'lchanadi. Baqanning birorta muskulini jaro- hatlab, shu joyga ham da sog' joyiga galvanometr elektrodlari q o ‘yilsa, uning mili bir tom onga harakatlanadi. Muskulning jarohatlangan qismida (+) jarohatlanmagan qismida (-) zaryad- lar hosil bo'ladi. Sog' qism bilan jarohatlangan qism orasida hosil bo'lgan potensiallar ayirmasi tinchlik toki deyiladi. Bu poten siallar ayirmasi k o ‘p o ‘tm ay y o 'q o lib ketadi. Muskulda hosil boMgan tinchlik toki 1—2 mv, nervdagisi esa 30 mv bo'lishi, muskuldagi tinchlik toki nervdagiga nisbatan biroz uzoq, saqlanishi m um kin. Biotoklarni o'rganish turli kasalliklarni aniqlashda yordam beradi. Yurak muskullarining harakat toklari elektrokardiograf yor damida vozib olinadi. Bu yozuv elektrokardiogramma deb ata ladi. M e’dada hosil boMadigan harakat toklari elektrogastrografda yozib olinadi, u elektrogastrogramma deyiladi. Bosh miyadagi harakat toklari esa elektroensefalografda yozib olinadi. NERV TOLALARINING T U Z U L ISH I VA XUSUSIYATLARI Taassurot berilganidan keyin nerv sistemasida fiziologik jarayon ro'y beradi, qo'zg'alish deb shuni aytiladi. Bu qo'zg'alish nerv bo'ylab uzatiladi. Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi va aralash nerv- lar bir-biridan tafovut qiladi. Markazga intiluvchi nervlar impulsini nuqul sezgi organ- laridan nerv sistemasining markaziy bo'lim iga o'tkazadi. Bu nervlar sezuvchi nervlar deb ham ataladi. Markazdan qochuvchi nervlar impulsini markaziy bo'limdan periferiyadagi ishchi organga o'tkazadi. Bular harakatlanuvchi п еЫ а г deb ham ataladi. Aralash nerv impulsni ikki yo'nalishda o'tkazaveradi. Parda bilan qoplangan nerv hujayralarining o'simtasi nerv tolasi deyiladi. Nerv hujayrasi o'simtasining markaziy qismi o'q silindir deyiladi. Nerv tolalari miyelinli va miyelinsiz bo'ladi. Miyelinsiz nerv tolalari faqat Shvann qavat bilan qoplangan. Nerv tolasining asosiy xususiyati o'tkazuvchanlik, labillilik, moddalari almashinuvning sekin borishi, nisbatan charchamas- lik hisobianadi. Nerv tolalarining labilliligi turlicha bo'ladi. Ba’zi 43 nerv tolalari har lahzada bir necha o 'n t a impuls o'tkazsa, boshqalari 500 tagacha impuls o'tkazadi. Qalin mielin qavat bilan qoplangan nerv tolalari o'ta labillilik xususiyatiga ega. Nerv tolalari qo'z g'alganda, muskullar qo'zg'alishiga nis batan ancha kam energiva ajraladi. Ingichka nerv tolalar yo'g'on tolalarga nisbatan tezroq charchaydi. Keyingi tekshirishlarda nerv tolasining charchashi isbotlangan. Nerv tolasi charcha- ganda biotoklarning kuchi o ‘zgaradi. Qo'zg'alish impulsining tarqalishi 2—3 m artaga susayadi. Nerv tolasi m a ’lum vaqt oralig'ida kelgan impulsiga nisbatan kamroq impuls o'tkazib, o'z ining charchamasligini t a ’minlaydi. Nerv tolasi chiqqan qo'zg'alish to'lqinlarining o ‘tkazilishi nervning keyingi keladigan har bir qismining yuqori voltli po- tensiallar bilan t a ’sirlanishiga bog'liq. Q o ‘zg‘alish potensiallari yumshoq qavatli nerv tolalaridan uzluksiz emas, balki o'qtin- o ‘q tin ta rq a la d i. Q o 'z g 'a l i s h t o ‘lq in in in g nerv to la s i d a n o'tqazilishi o'zidan oldingi to'Iqinga harakatlanayotgan yuqori voltli potensiallarning hosil bo'lishiga bog'liqdir. Nerv tolasidan t a ’sir o ‘tishi uchun u fiziologik normal holatda bo'lishi shart. Nerv tolasiga qattiq sovitilsa yoki o'tk ir zaharlansa, nerv impulsini o'tkazmaydi. Aralash nervlar tarkibdagi harakatlanuv- chi sezuvchi nervlar esa impulsni bo'lib-bo'lib o'tkazadi. Im - pulslar bir xilda ajralgan holda o ‘tkazilishi nervning mielin qavat bilan qoplanishiga sabab bo'ladi. Nerv tolasiga t a ’sir ikki to m o n la m a o'tadi. Buni 1877 yilda A. I. Babuxin Nil daryosidan tutilgan laqqa balig'i elektr or- ganining nervida isbotlagan. Agar nerv tolasi baliq tanasidan ajratib qo'yilsa, u 2—3 kundan keyin nobud bo'Ia boshlaydi. Nerv tolasi qirqilganda esa nerv hujayrasi tanasi tom onidan o'sa boshlaydi. Nerv tolasining qayta tiklanishi bilan impuls o'tishi ham qayta tiklanadi. Markaziy nerv sistemasining ney- ronlari nerv tolasidan impulslarni bir to m o n la m a sezuvchi retseptordan ishchi organga o'tqazadi. Bu nerv impulsining sinapslar orqali o'tkazilishiga bog'liq. Qo'zg'alish impulsi qo'zg'algan to'q im aning ham m a qismi- ga bir tekis to'la tarqaladi. Bunga dekermentsiz o'tkazilishi deyi ladi. Nerv tolasi qancha yo'g'on bo'lsa, qo'zg'alish shuncha tez o'tadi. Nerv tolalari qo'zg'alishiga ko'ra A, V, S gruppalarga bo'linadi. A gruppaga miyelin qavatli qalinroq, diametri 12— 44 22 m km bo'lgan nerv tolalari kiradi, ular orqali ta ’sir bir sekundda 70—120 ml sek tezlikda o'tadi. Bu gruppa nerv tolalari o'ta ele- ktrik aktivlikka ega. V gruppaga vegetativ nerv sistemasining b a ’zi tolalari kiradi. Bularning diametri 1—3 mmk bo'lib, issiq qonlik hayvonlarda ta’sirini 3—14/sek tezlikda o'tkazadi. S gruppa nerv tolalari yumshoq qavatsiz bo'lib, diametri juda kichik. Bularga, asosan, simpatik nerv tolalari kiradi. Nerv tolalarining mielinlashuvi Avval periferik nervlar, so'ngra orqa miya nervlari, keyin- roq bosh miya sopining nerv tolalari, undan so'ng bosh miya katta yarimsharining tolalari miyelinlashadi. Miyelin qavat rivoj langan sari nerv tolasining qo'zg'aluvchanligi orta boradi. Ona qornida embrion 4 oylik bo'lg an d a n boshlab orqa va bosh miyadagi nervlar mielinlasha boshlaydi. Birinchi galda harakat nervlari, so'n gra aralash nervlar, undan keyinroq miyaning markazga intiluvchi nervlari mielin lashadi. Bola tug'ilganida harakat nervlari mielin qavat bilan qisman o'ralgan bo'ladi. Bola 1,5—2 yoshli b o 'lganda bosh miyasidagi ko'p gina nervlar, 2 yoshida eshitish organi nervlari mielinlashib bo'ladi. Ko'rish va til-tom oq nervlari yangi tug'ilgan bolalarda miyelin- lashmagan bo'ladi, 3—4 yoshda to'liq miyelinlashadi. Yuz nervining tarmoqlari hom ilada ona qornidayoq mielinlasha boshlab, bola tug'ilishi vaqtiga kelganda to'liq tugaydi. Uch yoshda bosh miyaning nerv tolalari mielinlashib funksiyalari murakkablashib boradi. REFLEKS NERY FAOLIYATINING A SO SIY SHAKLI Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzda amalga osha- di. Ichki va tashqi m uhit t a ’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi refleks deb ataladi. T ash qi t a ’sirlar eng a w a lo o 't a sezgir periferiya nerv uchlari — retseptorlar orqali qabul qilinadi. Nerv sistemasi tashqi t a ’sir natijasida aktiv holatga kelib, qo'zg'alishni javob qaytaruvchi organga o'tkazadi. Refleks ter- minini fiziologiya faniga chex olimi G. Proxaski kiritgan, ref- 45 leks voyi-retseptor, markazga intiluvchi nerv, ya’ni afferent nerv, nerv markazi orqa va bosh miya, markazdan qochuvchi nen/, ya’ni afferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektor organdan tashkil topgan. Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi eksteroretseptorlar va ichki retseptorlar interoretseptorlarga b o lin a d i. Ekstreroretseptorlarga teri, k o 'z , quloq, hid bilish, t a ’m bil ish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular turli xildagi tashqi t a ’sirni qabul qiladi. Interoretseptorlar esa ichki o rg a n - larcla joylashgan, ular organizm ning o ’zida hosil bo'ladigan t a ’sirni qabul qiladi. Proprioretseptorlar muskullar, paylar va b o ‘g ‘imlarda joylashgan retseptorlardir. Refleksning turlari. Javob reaksiyasi tabiatiga qarab refle- kslari: harakat, sekretor va tropik reflekslarga b o lin a d i. Harakat reflekslari organizmdagi reflekslaming asosiy mas- sasini tashkil etadi. Sekretor reflekslar. bezlardan shira ishlanib chiqishini boshqaradi. Shartsiz reflekslar tug'm a reflekslar bo'lib, bola tug‘ilganda narnoyon b o ‘ladi. Bu reflekslar bola hayotida m uhim biologik ahamiyatga ega. Shartli reflekslar bola hayoti davomida shartsiz reflekslar asosida hosil b o ia d i. Bu reflekslar bola organizmning tashqi muhitga moslashuvida m uhim ahamiyatga ega. Markaziy nerv sistemasining xususiyatlari. Nerv sistemaning nerv tolalaridan keladigan turli xildagi tashqi, ichki ta ’sirini qabul qiladi. Reflekslaming nerv markazlari nerv sistemasining turli joylarida o ‘rnashgan. Bitta neyron bir necha refleksda ishtirok etib, turli nerv markazlarida qatnashishi mumkin. Masalan, til muskullarini t a ’minlovchi neyronlar chaynash, yutish va nutq organlarining reflektor harakatlarida ishtirok etadi. B a’zi reflekslaming yu- zaga kelishida nerv sistem asining turli b o ‘laklaridagi nerv markazlarining neyronlari ishtirok etadi. Masalan, nafas olish va nafas chiqarish reflekslarida uzunchoq, miyadagi neyronlar bilan birga, orqa miya, katta miya yarim sharlaridagi neyron lar ham ishtirok etadi. Nerv markazlari qo'zg'alish, tormozlanish, yig'ilish, trans form a tsiya, mayinlik, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, dom i nanta va boshqa fiziologik xususiyatlarga ega. Nerv impulsi 46 neyronlarga tabiiy t a ’sirlovchisi hisobianadi. Nerv hujayraiari- n in g m u h im x u s u s i y a t la r i d a n biri u n in g q o 'zg 'a lish id ir. Q o ‘zg‘alish tufayli t a ’sirga tezda javob reaksiyasi paydo boMadi. Q o ‘zg‘alish vaqtida t o kqimada funksional, fizik-kimyoviy ho- disalar sodir boMadi. Nerv markazida maMum refleks amalga oshishida yoki bi ro r funksiya bajarilishida bir guruh neyronlar funksional birik- masining ishtirok etishi nerv mcirkazi deb ataladi. Nutq funksiyasida, lablar, hiqildoq harakat muskullarining nerv markazlari uzunchoq miya, o'rta va bosh miya katta у a rim sharlari p o ‘stlogMda joylashgan. S o‘zlar m a ’nosi tushuniladigan nerv markazi bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismi- da joylashgan. Bu markaz shikastlanganda odam so'zlar m a’nosini tushunish qobiliyatini yo‘qotadi. Peshona qismi shikastlangan da odam nutqini tushunadi-yu, lekin gapiraolmaydi. Shuni aytish kerakki, yangi tugMlgan chaqaloq nerv siste- masining q o ‘zg‘aIuvchanligi sust boMadi. 12 kunlik chaqaloq, nerv markazlarining q o ‘zgbaluvchanligi katta odamnikiga nis batan kuchliroq boMadi. Labillilikning ortishi va xronaksiya- ning kamayishi q o ‘zg‘aluvchanlikni ortishini ko‘rsatadi. Bola nerv sistemasida m oddalar almashinuvi jadal kechishi tufayli kislorod tanqisligiga juda sezgir boMadi. Q o ‘zgkalish va tormozlanish jarayonlarining birligi. Nerv sistemasining har bir sohasi, har bir tirik hujayra tashqaridan boMgan t a ’sirga q o ‘zg‘alish yoki tormozlanish bi lan javob qaytaradi. Markaziy nerv sistemasidagi q o ‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o ‘zaro va m akonda t a ’sir etadi, y a ’ni m arkaziy nerv sistem asidagi turli m a rk a z la r o ‘zaro bogManadi. Nerv sistemasida q o ‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayoni bilan almashinib, q o ‘zg‘alish tormozlanishga, to rm o z lanish q o £zg‘alishga o ‘tib turadi. Q o ‘zg‘alishning nerv sistemasi markazlarida tarqalishi ir- radiatsiya deyiladi. Nerv jarayonlarining uyg‘unligi. Markaziy nerv sistemasida bir guruh neyronlar yoki ayrim nerv markazlar q o ‘zg‘alganda, ikkinchi nerv markazlari tor- mozlangan baholanadi. Bir guruh muskullarning nerv m arkaz lari tormozlanadi. Masalan, qoM panjasini musht qilganda yelka oldining orqa tomonidagi muskullar b o £shashadi, y a ’ni bukuv- 47 chi muskullarning nerv markazlari qo'zg'alib, yozuvchi muskul larning nerv m arkazlari torrnozlanadi. N erv sistemasidagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarinmg bir xildagi o ‘zaro t a ’siri u yg‘unlik deyiladi. C hap oyoqni bukkanda o 'n g oyoq- ning tizza b o'g'im i yoziladi va aksincha. Dominanta. Nerv markazlaridagi d om inanta xususiyatini 1923 yilda A. A. Uxtomskiy isbotlagan. Bir butun refleks apparati bir xil sharoitda ishlab turganda kuchli t a ’sir natijasida impulslarning nerv markazlarida vaqtin- chalik t o ‘planib, ustunlik qilishi dominanta deyiladi. Optimal kuch va optimal ritmdagi qo'zg'alish impulslari nerv markazlarida yuqori qo'zg‘alish o ‘chog'ini keltirib chiqara- di. Nerv markazlari gumoral t a ’sir natijasida ham q o 'z g ‘aladi. O 'ta q o ‘zg‘alish nerv markazida yetiladi. Shunday qilib, us- tunlik qiladigan q o ‘zg‘alish o ‘ch o g ‘i paydo bo'ladi. D o m in a n ta o 't a q o 'z g 'alg an nerv markazi boshqa nerv markazlaridan ustunlik qiladi. Masalan, agar tizza refleksi tek- shirilayotgan odamga tizza refleksi yaxshi chiqmayotgan b o ‘lsa, unga o ‘ng q o ‘li panjasini chap qo'li bilan tortish buyuriladi, shu vaqtda tizza refleksi yaxshi natija beradi. D o m in a n ta markazi markaziy nerv sistemasining barcha boMimlari faoliya- tiga t a ’sir etadi. Q o'zg'aluvchanlik qancha kuchli bo'lsa, d o m inanta markazi ham shuncha turg'u n boMadi ham da shu nerv markaziga kelgan impulslar shunchalik k o ‘p to'planadi. Nerv markazlari aktivligi doimo bir xilda bo'lmaydi, reflektor reak- siyaning uyg'un boMishida bir guruh, nerv markazlarga qara- ganda boshqa nerv markazlari aktiv bo'ladi. D o m inantaning asosiy xususiyati q o ‘zg‘aluvchanlikni nerv markazlarida yuqori bo‘lishi, qo'zg'aiishning turg'unligi, chetki ta’sirining to ‘planishi va d o m inatning befarq b o ‘lishidir. D o m in an tan in g vujudga kelishidagi m uhim shartlardan biri nerv hujayralarining o 'ta q o 'z g ‘aluvchanligi hisob lan ad i. D o m i n a n t a uzo q m u d d a t saqlanib turishi mumkin. Lekin ham m a markazlar ham d o m i nanta holatiga kelavermaydi. D om inanta bitta nerv markazida emas, balki nerv siste- maning turli sohalarida paydo b o ‘lishi mumkin. Muskul ishi dom inantasida miya po'stlog'ining turli qismlarida, po'stloq osti qismlarida kuchli q o ‘zg‘alish vujudga keladi. D om inanta 48 о 1 iу nerv faoliyatiga, odam ning ruhiyatiga bog'liq bo'ladi, al- batta. D om inanta markazidan tashqaridagi reflekslarni vujudga keltiruvchi boshqa t a ’sirlovchilar d o m in an tag a berilm aydi, aksincha shu dominant markazining q o ‘zg‘aluvchanligini yanada oshiradi, binobarin, refleks halqalarida tormozlanishini kuchay- tiradi. Nerv markazlari dominantasi pedagogika va psixologi- yada juda katta ahamiyatga ega. O 'qituvchilar o'quvchilarga ta ’lim-tarbiya berishda buni hisobga olishlari kerak. Irradatsiya, induksiya, q o ‘z g ‘alish, tormozlanish, d om inan- taning yoshga xos xususiyatlaridir. Bola tug'ilganidan keyin markaziy nerv sistemasi tashqi muhit t a ’sirni va xulq-atvor, nutq tufayli rivojlanib boradi. Yangi tug'ilgan va kichik bog'c ha yoshidagi bolalarning nerv siste- masida qo'z g'alish jarayoni torm ozlanish jarayonidan ustun turadi. Harakat markazlari orqa va bosh miyada qo'zg'alish xususiyatiga ega, shu sababli bu yoshdagi bolalar serharakat va his-hayajonga to 'la bo'ladi. Bolalarda shartli refleks hosil bo'layotgan davrda qo'zg'alish shu shartli refleksni hosil qiluvchi analizator markaziga ham da qo'zg'atish analizator markazlariga tarqaladi. Shartli refleks- ning hosil bo'lishi va m ustahkamlanishi bilan shartli t a ’sirlov- chiga talluqli markazlarga tarqalmaydi. Masalan, bolada bi- rorta tovushga shartli refleks paydo b o i s a , shu tovushga yaqin tovushlar ham shartli t a ’sirlovchi kabi t a ’sir etib, shartli refleks hosil qiladi. Shartli refleks qancha mustahkam bo'lsa, qo'zg'alish shuncha kam tarqaladi. G o 'd a k lard a qo'zg'alish b og'c ha yoshidagi bolalardagiga nisbatan ancha keng tarqaladi. Bog'cha yoshidagi bolalarda qo'zg'alish markazlari tez almashinib turadi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning harakati va diqqati beqaror bo'ladi, uzoq davom etmaydi. Bolaning yoshi orta borar ekan, d o m i nanta markazlarida vujudga kelgan qo'zg'alish barqaror bo'lib, uzoq vaqt qo'zg'alib turadi ham d a t a ’sirlar yig'indisi ortib boradi. Yangi tug'ilgan bolada ovqatga d o rm in a n ta paydo bo'ladi. Asta-sekin ayrim t a ’sirga d om inanta markazlari vu judga kela boshlaydi. D om inanta markazlari turg'un bo'lmaydi va dom inanta uzoq davom etmaydi. 4 — Q. So d iq o v 49 M uhim atam alar: N e v r o n — nerv hu ja yr a. P er ef e ri k — c h e t d a jo y l a s h g a n . M ic li n — par da . Refleks — a k sla n ish . D o m i n a n t a - o ' t a q o ' z g ' a l i s h . I rra d a ts iy a — ta r q a lis h B io to k — b io lo g ik tok. Takrorlash uchun savollar: 1. N e r v tizi mi q a n d a y a h a m i y a t g a eg a? N e r v s i s t e m a n i n g u m u m i y t u z i lishi q a n d a y ? 2. Q o ' z g ' a l i s h . q o ' z g ' a l u v e h a n l i k . t a ' s i r l a n i s h n i m a 9 3. S a l o m a t i k n e r v l a r nima'.1 4. Refleks d e b n i m a g a ay tila d i? 5. Refleks yoyi q a n d a y tu z i l g a n ? 6. B i o t o k l a r q a n d a y hosil b o ’ladi'? 7. N e r v m a r k a z l a r i q a n d a y x u su s iv a tla r g a e g a 9 8. D o m i n a n t a n i m a 9 Download 93.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling