Kimyo laboratoriyasida xavfsizlik qoidalari


Erigan moddaning ma'lum massa ulushiga ega bo'lgan eritmasini tayyorlash metodikasi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana07.03.2017
Hajmi0.73 Mb.
#1886
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Erigan moddaning ma'lum massa ulushiga ega bo'lgan eritmasini tayyorlash metodikasi

 

1. Osh tuzining 5 % li 100 g eritmasini tayyorlash

 

5 % li eritmada erigan moddaning massa ulushi



 

 

 



Erigan modda massasi esa 100 X 0,05 + 5 g bo'ladi, suvning massasi 100 - 5 = 95 g ga teng 

bo'ladi.


 

Elektron tarozida 5 g tozalangan osh tuzi tortib olinadi. Tortib olnigan tuzni 200 ml sig'imli 

 

Masalan, 5 % li 250 g osh tuzining eritmasini tayyorlash talab qilinsin. Buning uchun 

awal foizdan massa ulushga o'tamiz.

 

 

Demak, 5 % li eritmada erigan osh tuzining massa ulushi 0,05 ga teng, co



x

 = 0,05, m ,    

+250g

 

 



stakanga  solib  95  ml  toza  suvda  eritiladi.  Tayyor  eritmani  sklyankaga  solib  og'zi  mahkam 

yopiladi. Sklyankaga «NaCI, 5 %, 100 g» degan yozuvli yorliq yopishtiriladi.

 

2. Osh tuzining 5 % li 20 g eritmasini tayyorlash

 

Tayyorlanadigan eritmadagi osh tuzining massa ulushi



 

 

Eritmadagi  osh  tuzing  massasi  esa  0,05  ■  20  =  lg.  Suvning  massasi  esa  20-1=19  g  (ml). 



Demak, 1 g osh tuzi 19 ml suvda eritiladi, shunda 20 g 5 % li eritma hosil bo'ladi. Tarozida 1 g 

tozalangan osh tuzi tortib olinadi va uni 50 yoki 100 ml li stakanga solib ustidan 19 ml suv quyib 

eritiladi.

 

Tayyorlangan  eritmani  sklyankaga  solib  og'zi  zich  yopiladi.  Idishga  «NaCI,  1,  5  %,  20  g» 



deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.

 

Massa  ulushi  turlicha  bo'lgan,  turli  massadagi  osh  tuzi  eritmasini  yuqoridagi  jadvaldan 



foydalanib tayyorlash mumkin.

 

II.  Ma'lum molyar konsentratsiyali eritma tayyorlash



 

Molyar konsentratsiyali 1 1 eritmada erigan moddaning molyar soni. Eritma 1 M (1 molyar) 

bo'lsa, 1 1 eritmada 1 mol modda erigan bo'ladi. Agar 1 g eritmada mos ravishda 0,5, 0,1 yoki 2 

mol  modda  erigan  bo'lsa,  eritmaning  molyarligi  tegishlicha  0,5,  0,1  yoki  2  molyar  bo'ladi. 

Eritmaning molyar konsentratsiyasi С harfi bilan ifodalanadi. Masalan, C=0,3 M bo'lsa, demak, 

eritma  0,3  molyar  konsentratsiyaga  ega.  Osh  tuzi  NaCI  ning  molekulyar  massasi  58,5.  Agar  1 

mol osh tuzi, ya'ni 58,5 g NaCI 1 1 eritmada erigan bo'lsa, uning molyarligi C=l M bo'ladi. Agar 

1 1 eritmada 0,5 mol NaCI, ya'ni 29,25 g osh tuzi erigan bo'lsa, uning konsentratsiyasi C=0,5 M 

bo'ladi va h. k.

 

Har  qanday  moddaning  ma'lum  molyarii  eritmasini  tayyorlash  uchun  molekulyar 



massasi.asosida hisoblashlar qilinadi.

 

 



III.  Ma'lum mollar konsentratsiyali eritma tayyorlash metodikasi

 

Osh tuzining 1 mollarli 0.1 1 eritmasini tayyorlavsh

 

Osh tuzi (NaCI) ning  molyar  massasi  58,5 g. 1 mol  osh tuzi 58,5 g bo'ladi. 0,1 1 eritmada 



esa 5,85 g osh tuzi bo'ladi. Demak, 1 molyarii 0,1 1 eritma tayyorlash uchun 5,85 g NaCI 0,1 1 

hajmgacha  suv  solib  eritiladi.  Buning  uchun  tarozida  5,85  g  NaCI  tortib  100  ml  li  o'lchov 

kolbasiga  solinadi  va  ozgina-ozgina  distillangan  suv  solib  chayqatiladi  va  hajm  100  ml 

belgisigacha yetkaziladi. Eritma og'zi berkitilib yaxshilab aralashtiriladi va shisha idishlarga solib 

og'zi  berkitiladi.  Shisha  idishlarda  «NaCI,  1  M,  0,1  1»  degan  yozuvlari  bo'lgan  yorliq 

yopishtiriladi.

 

Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Eritmaning molyar konsentratsiyasi deganda nimani tushunasiz? 

2.

 

Ma'lum konsentratsiyadagi eritma tayyorlashda nimalarga e'tibor berish kerak? 



 

 

6-amaliy mashg'ulot: TUPROQNING SUVLI ERITMASINI TAYYORLASH VA UNDA 



ISHQOR BORLIGINIANIQLASH

 

Maqsad: Eritmalar tayyorlash va ularda ishqor borligini aniqlashni o'rgatish.

 


Jihozlar va reaktivlar: Shisha tayoqcha, probirkalar, suv, shtativ, tuproq, indikator qog'ozi, 

tiqin, stakanlar, kaliy xlorid eritmasi.

 

Tuproq eritmasini tayyorlash: Tuproq namunasidan 5 grammcha olib, probirkaga solinadi.

 

 



So'ngra 1 M li kaliy xlorid eritmasidan 12,5 ml olib probirkaga quyiladi. Probirka og'zi 

tiqin  bilan  berkitilib,  ichidagi  aralashma  yaxshilab  aralashishi  uchun  bir  muddat  to'xtovsiz 

aralashtiriladi.  10  minut  tindirib  qo'yilgan  probirka  devorlaridagi  tuproq  qoldiqlarini  yuvib 

idish  tubiga  tushirish  uchun  o'z  o'qi  atrofida  qiyalatilgan  holda  aylantiriladi.  Shundan  so'ng 

probirka shtativga mahkamlangan holda 1 sutkaga qoldiriladi.

 

Probirka  ichidagi  cho'kmani  qo'zg'atib  yubormasdan,  tinib  turgan  eritmadan  pipetka 



yordaraida 5 ml olib, boshqa probirkaga solinadi. Shu probirkadagi eritmaga maxsus universal 

indikator  qog'oz  tushiriladi.  Indikator  qog'oz  rangi  sariqdan  pushti  rangga  o'tishi  bu  tuproq 

ishqoriy muhitga ega ekanligini bildiradi.

 

Nazorat uchun savollar:

 

1.

 



Tuproqning suvli eritmasini tayyorlashda nimalarga eytibor berish lozim? 

2.

 



Tuproqning tarkibida ishgorlar borligini qanday aniqlanadi? 

9-Laboratoriya ishi: KISLOTA ERITMALARINING INDIKATORLARGA TA'SIRL

 

Maqsad:  kislota  eritmalari  muhitining  indikatorlarga  ta'siri  vositasida  aniqlash  va  sababini 

o'rganish.

 

Jihozlar:  shisha  stakan  (1),  plastik  taglik  (2),  probirka  (3),  plastmassa  shpatel  (4),  shisha 

tayoqcha (5), pipetka (6), polipropilen stakan 150 ml li (7), polipropilen stakan 50 ml li (8), 

universal indikator qog'ozi.

 

Reaktivlar: xlorid kislota va sulfat kislota suyultirilgan eritmasi metil zarg'aldog'i, fenoftalein 

eritmalari.

 

O'quv-ko'rgazmali  qo'llanmalar:  «Kimyo  fanidan  proyeksion  ko'rgazmali-metodik 

qo'llanmalar», 32-bet.

 

 

 



 

 


 

Ishni bajarish tartibi:

 

1.



 

Uchta probirkaga xlorid kislota eritmasidan pipetka yordamida 2-3 tomchi solinadi. 

2.

 

1- probirkaga metil zarg'aldogi, 2- probirkaga fenoiftalein eritmasidan 1 tomchi tomiz-



iladi, 3-probirkaga universal indikator qo'g'ozi botiriladi. 

 

3.



 

Tndikatorlar rangining o'zgarishiga e'tibor beriladi. 

4.

 

Yuqoridagi tajribani sulfat kislota eritmasi bilan ham takrorlanadi va izohlanadi. 



Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Kislotalar qanday moddalar hisoblanadi? 

2.

 

Eng muhim kislotalarga misollar keltiring. 



3.

 

Tndikatorlarning necha xilini bilasiz? Universal indikator nimaligini tushuntirib bering. 



10-Laboratoriya ishi: KISLOTALARNING METALLARGA TA'SIRINI O'RGANISH.

 

Maqsad:  kislotalarning  turli  aktivlikdagi  metallar  bilan  o'zaro  ta'sirini  va  kislotalar  tabiatining 

ularning kimyoviy xossalariga ta'sirini o'rganish.

 

Jihozlar:  polipropilen  stakan  50  ml  (1),  tomchi  analizi  uchun  to'plam  (2),  probirkalar  (3), 

shisha tayoqcha (4), plastik taglik (5), polipropilen menzurka (6), probirka qizdirgich.

 

Reaktivlar: rux, temir, mis granulalari, xlorid va sulfat kislota (10%) eritmalari.

 

O'quv-ko'rgazmali qurollar: «Kimyo fanidan proyeksion ko'rgazmali-metodik qo'llanmalar»,                          

38-bet.


 

Eritma  tayyorlash:  konsentrlangan  (  =  1,14  g/sm3)  xlorid  kislotadan  uning  10%  50  ml 

eritmasini  tayyorlash:  Stakanga  menzurkadan  45  ml  distillangan  suv  soling.  Uning  ustiga 

pipetka  orqali  4,5  ml  konsentrlangan  xlorid  kislotadan  soling.  Tayyorlangan  eritmani  keyingi 

tajribalarga olib qo'yish mumkin.

 


 

Ishni bajarish tartibi:

 

1.



 

Uchta probirkaning biriga temir, 2-siga rux, 3-siga mis granulalari solinadi. Ustiga 3-4 

tomchi xlorid kislotasi eritmasidan tomiziladi. 

2.

 



Yuqoridagi tajriba sulfat kislota eritmasi bilan ham takrorlanadi va izohlanadi. 

3.

 



Probirkada reaksiyalar sodir bo'lmasa probirka qizdirgichda isitiladi. 

4.

 



Reaksiya mohiyati tushuntiriladi va tenglamalari yozib olinadi. 

Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Metallarning aktivlik qatoridan qanday foydalanish mumkin? 

2.

 

Mis metalining konsentrlangan va suyultirilgan HN0



3

-nitrat kislota bilan ta'sirini izohlab 

bering. 

3.

 



Ushbu metallarning H

2

S0



4

 sulfat kislota bilan ta'siri haqida gapirib bering 



 

11-  Laboratoriya  ishi:  KISLOTALARNING  METALL  OKSIDLARI  BILAN  O'ZARO 

TA'SIRI.

 

Maqsad:  kislotalaraing  turli  aktivlikdagi  metall  oksidlar  bilan  o'zaro  ta'sirini  va  kislotalar 

tabiatining ularning kimyoviy hodisalarga ta'sirini o'rganish.

 

Jihozlar:  polipropilen  stakan  150  ml  li  (1),  shisha  stakan  (2),  polipropilen  stakan  50  ml  (3), 

plastik taglik (4), probirka (5), plasmassa shpatel (6), shisha tayoqcha (7), pipetka (8), probirka 

qizdirgich.

 

Reaktivlar: xlorid va sulfat kislotalar, temir (III) - oksidi, rux oksidi.

 

Eritma  tayyorlash:  konsentrlangan  (  =  1,14  g/sm3)  xlorid  kislotadan  uning  10%  50  ml 

eritmasini  tayyorlash  usuli:  stakanga  menzurkadan  45  ml  distillangan  suv  soling.  Uning  ustiga 

pipetka  orqali  4,5  ml  konsentrlangan  xlorid  kislotadan  soling.  Tayyorlangan  eritmani  keyingi 

tajribalarga olib qo'yish mumkin.

 

Sulfat kislotaning 10% li eritmasini tayyorlash. Buning uchun stakanga menzurka yordamida 45 

 

Sulfat kislotaning 10% li eritmasini tayyorlash. Buning uchun stakanga menzurka yordamida 

45  ml  distilangan  suv  soling.  Uning  ustiga  pipetka  yordamida  5  ml  konsentrlangan  sulfat 

kislota quying va shisha tayoqcha bilan aralashtiring.

 


ml  distillangan  suv  soling.  Uning  ustiga  pipetka  yordamida  5  ml  konsentrlangan  sulfat  kislota 

quying va shisha tayoqcha bilan aralashtiring.

 

 

 



Ishni bajarish tartibi:

 

1.



 

Ikkita probirkaga shpatel yordamida temir (III)-oksidi solib, biriga xlorid kislota, 2 siga sulfat 

kislota solinadi va o'zgarishlar kuzatiladi. 

2.

 



Oksid erimagan taqdirda, probirka qizdiriladi. 

3.

 



Hosil bo'lgan eritmadan shisha plastinkaga tomizib, qizdiriladi. 

4.

 



Hodisa kuzatiladi va reaksiya tenglamasi yoziladi. 

5.

 



Yuqoridagi tajribani rax oksidi bilan takrorlanadi. 

Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Amfoter oksidlar deb nimaga aytiladi? 

2.

 

Sodir bo'ladigan reaksiyalarning tezligi haqida qanday xulosa chiqarish mumkin? 



3.

 

Qaysi oksidlar bilan ham shu reaksiyani amalga oshirish mumkin? 



 

7-amaliy mashg'ulot: MIS (II)-OKSID BILAN SULFAT KISLOTA ORASIDAGI AL-

MASHINISH REAKSIYALARL

 

Maqsad: Sulfat kislota bilan mis (II)-oksid orasidagi almashinish reaksiyalarini olib borish va 

reaksiya mahsulotlarini eritmadan ajratishni o'rgatish.

 

Jihozlar: Probirkalar, quraq yoqilg'i, shisha tayoqcha, keramik plita, tiqin, stakanlar.

 

Reaktivlar: mis (II)-oksid, sulfat kislota.

 

Ishni bajarish tartibi:

 

Probirkaga  5  ml  sulfat  kislota  ehtiyotkorlik  bilan  quyiladi  va  probirka  qisqichga  mahkamlanib 



(xavfsizlik  qoidasiga  rioya  qiling)  ohistalik  bilan  qaynaguncha  qizdiriladi.  Sulfat  kislotani 

qaynoq  eritmasiga  mis  (II)-oksiddan  oz  miqdorda  solib,  shisha  tayoqcha  bilan  aralashtiriladi. 

Eritmani  sovigandan  so'ng  filtrlab  olinadi  va  filtrat  chinni  kosachaga  solinadi.  Chinni  kosacha 

laboratoriya  shtativining  halqasiga  o'rnatilib,  qizdiriladi.  Qizdirish  tuz  kristallari  hosil  bo'lgunga 

qadar davom ettiriladi. Hosil bo'lgan tuzni rangiga e'tibor qaratiladi.

 

 

O'quvchilar Man hamkorlikda reaksiya tenglamasi yoziladi:



 

SiO + H


2

S0

4



 -> CuS0

4

 + H



2

0

 



Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Qanday moddalar kristallgidratlar deb aytiladi? 

2.

 

Nima uchun o'tkazilgan tajribalardagi jarayonlarni almashinish reaksiyasi deyiladi? 



 

MAVZU: KISLORODNING KIMYOVIY XOSSALARI, BIOLOGIK

 

AHAMIYATI VA ISHLATILISHI

 

 

12-Laboratoriya ishi: OKSIDLARNING NAMUNALARIBILAN TANISHISH.

 

Maqsad: oksidlarning fizik xossalari bilan tanishish.

 

Reaktivlar: mis (Tl)-oksid, rux oksid, temir (Ill)-oksid.

 

Jihozlar: polipropilen stakan 50 ml li (1), polipropilen stakan 150 ml И (2), shisha stakan (3), 

tomchi  analizi  uchun  to'plam  (4),  tomchi  analizi  uchun  planshet  (5),  plastmassa  shpatel  (6), 

shisha  tayoqcha  (7),  plastik  taglik  (8),  bug'latish  kosachasi  (9),  pipetka  (10),  vuveich  (11V 

elektron taro/i 

 

 



Ishni bajarish tartibi:

 


1.    Mis (Il)-oksid, rux oksid va temir (lll)-oksidlarining fizik xossalarini aniqlash.

 

rangi  va  agregat  holatini  aniqlash  uchun;  1-  tomchi  analizi  planshetiga  shpatel  yor-

damida  mis  (IT)-oksidi,  2-  planshetga  rux  oksidi  va  tomchi  analizi  planshetining  boshqa 

bo'limiga  temir(III)-oksidi  quyiladi  va  yorug'  joyda  ko'z  bilan  (vizual)  uning  rangi  hamda 

agregat holati aniqlanadi.

 

hidini  aniqlash  uchun,  mis  (Il)-oksid,  rux  oksid  va  temir(HT)-oksidlari  solingan  tomchi 

analizi  uchun  planshetlar  birma-bir  yuzdan  20  sm  dan  kam  bo'hnagan  uzoqlikda  chap 

qo'lga olib, o'ng qo'l bilan ehtiyotkorona yengil yelpib, hidlanadi.

 

Suvda  eruvchanligini  aniqlash  uchun,  3  ta  50  ml  li  polipropilen  stakan  olib,  1-  pol-

ipropilen  stakanga  mis  (Il)-oksidi,  2-  stakanga  rux  oksidi  va  3-  stakanga  temir(III)-

oksididan  1-2  g  shpatel  yordamida  solinadi,  va  lining  ustiga  150  ml  li  polipropilen 

stakandagi  suvdan  5-10  ml  quyiladi  va  shisha  tayoqcha  bilan  aralashtiriladi.  Eruvchan-

ligi  aniqlangach  eritma  maxsus  idishga  yoki  rakovinaga  to'kiladi.  Ishlatilgan  50  ml  li 

propilen stakan va shisha tayoqcha yuviladi.

 

 

Moddaning 



nomi

 

Kimyoviy 



formulasi

 

Agregat 



holati

 

Rangi

 

Hidi

 

Suvda erishi

 

 

 



 

 

 



 

Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Oksidlarning tasnifini tushuntirib bering. 

2.

 

Oksidlarning yana qanday agregat holatlari mavjud? 



3.

 

Ushbu oksidlarning (ZnO; Fe



2

0

3



; CuO) suvda erishi haqida nimalarni bilasiz? 

 

 

13- Laboratoriya ishi: YOQILG'INING TURLIXILLARI VA ULARDAN UNUMLIFOY-

DALANISH USULLARI BILAN TANISHISH.

 

Maqsad: yoqilg'i turlari bilan tanishtirish, inson hayotida yoqilg'ining ahamiyati, sanoat va 

qishloq xo'jaligida tutgan o'rni haqida tushuncha berish.

 

Reaktivlar: yog'och, faollashgan ko'mir namunasi.

 

O'quv-ko'rgazmali qurollar: «Ko'mirning ko'kslash mahsulotlari», «Neft va neft mah-

sulotlari» kolleksiyalari.

 

Ishni bajarish tartibi:

 


 

 

 



 

 

1.



 

Berilgan har xil yoqilg'i namunalari diqqat bilan ko'zdan kechiriladi, berilgan 

yoqilg'ilarning fizik xossalarini ifodalovch jadvalini tuzib mustaqil tarzda to'ldiriladi. 

 

Nazorat uchun savollar:

 

1.

 



Yonilig'i deb nimaga aytiladi? 

2.

 



Qaysi yoqilg'i yonganda eng ko'p issiqlik chiqadi? 

3.

 



CH

4

 - metan eng zamonaviy yonilgi turi deb atash mumkinmi? Nima uchun? 



MAVZU: SUV VA ERITMALAR

 

14-Laboratoriya ishi: NATRIY, KALSIY GIDROKSIDLARINING XOSSALARI BILAN 



TANISHISH.

 

Maqsad: suvda eruvchan gidroksidlarni suvda eritish, ularning indikatorlarga ta'siri va issiqlik 

hodisalarini kuzatish.

 

Jihozlar: probirkalar (1), plastmassa shpatel (2), shishaga yozish uchun qalam (3), shisha 

tayoqcha (4), plastik taglik (5), pipetka (6), raqamli termometr.

 

Reaktivlar: natriy, kalsiy gidroksidlarining kristallari, temir (Ill)-xlorid, distillangan suv, 

fenolftalein eritmasi, natriy ishqori eritmasi.

 

O'quv-ko'rgazmali qurollar: «Kirayo fanidan proyeksion ko'rgazmali-metodik qo'llanmalar», 66-

bet.

 

 



Ishni bajarish tartibi:

 

1.



 

Probirkaga pipetka yordamida 3 ml distillangan suv solinadi. 

2.

 

Termometr bilan probirkadagi suv harorati o'lchanadi. 



3.

 

Probirkadagi suv ustiga 1-2 dona natriy ishqori kristallari shpatel yordamida solinadi. 



 

 

4.



 

Shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi. 

5.

 

Eritma harorati raqamli termometr yordamida o'lchanadi. 



6.

 

Ustiga 1 tomchi fenolftalein eritmasidan tomiziladi. 



7.

 

Ishqorning suvda erishi, haroratining o'zgarishi, eritma muhiti haqida xulosa chiqariladi. 



8.

 

Laboratoriya tajribalari kalsiy gidroksid Ca(OH)



2

 kristallari bilan ham takrorlanadi. 



Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Asoslar deb nimalarga aytiladi? 

2.

 

Asoslarning tasniflanishini tushuntiring. 



3.

 

Nima uchun suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyiladi? 



15-Laboratoriya ishi: MIS VA TEMIR(II)-GIDROKSIDLARNIHOSIL QILISH.

 

Maqsad: suvda erimaydigan asoslarni hosil qilish va ularni indikatorlarga ta'sirini o'rganish.

 

Jihozlar: 150 ml li polipropilen stakan (1), tomchi analizi uchun to'plam (2), probirkalar uchun 

shtativ (3), probirkalar (4), shisha tayoqcha (5), shpatel (6), tomchi analizi uchun planshet (7), 

plastik taglik (8), indikator qog'ozi (9), shishaga yozish uchun qalam (10), shisha stakan( 11).

 

Reaktivlar:  mis  (II)  sulfat  CuS0

4

,  temir  (11)  sulfat  (Mor  tuzi),  distillangan  suv,  natriy  ishqori 



NaOH.

 

O'quv-ko'rgazmali  qurollar:  «Kimyo  fanidan  proeksion  ko'rgazmali-metodik  qo'llanma-lar», 

54-bet.

 


 

Ishni bajarish tartibi:

 

1.



 

Ilddta probirkaning biriga mis sulfat CuS0

4

 eritmasi, ikkinchisiga Mor tuzi eritmasidan 



pipetka bilan 3-4 tomchi tomiziladi. 

2.

 



Ikkala probirkaga ham pipetka yordamida natriy gidroksidi NaOH eritmasidan 3-4 tomchi 

tomiziladi. 

3.

 

Hosil bo'lgan cho'kmalarning fizik xossalari o'rganiladi. 



 

 

 



 

4.    Bajarilgan tajribalar solishtirilgan holda xulosa chiqariladi va daftarda qayd etiladi.

 

Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Suvda erimaydigan asoslarga misollar keltiring. 

2.

 

Suvda erimaydigan asoslarning parchalanishiga misollar keltiring. 



3.

 

Suvda erimaydigan asoslarga indikator ta'sir etadimi? 



 

16-Laboratoriya  ishi:  SUVDA  ERIMAYDIGAN  ASOSLARNING  KISLOTALAR  BILAN 

O'ZARO TA'SIRL

 


Maqsad: suvda erimaydigan asoslarni ularning tuzlaridan hosil qilish va kislotalar bilan o'zaro 

ta'sirini o'rganish.

 

Jihozlar:  polipropilen  stakan  50  ml  (1),  polipropilen  menzurka  100  ml  (2),  shisha  stakan(3), 

tomchi  analizi  uchun  to'plam  (4),  tomchi  analizi  uchun  planshet  (5),  plastmassa  shpatel  (6), 

shisha tayoqcha (7), probirka (8), plastik taglik (9), pipetka (10), avtomatik mikro-pipetka.

 

Reaktivlar:  mis  (Il)-sulfat  eritmasi,  temir  (III)  -  sulfat  eritmasi,  natriy  ishqori  eritmasi, 

distillangan suv, xlorid kislota va sulfat kislota suyultirilgan eritmalari

 

 



 

 

 



Ishni bajarish tartibi:

 

1.



 

Probirkaga  mis  (II)  sulfat  eritmasidan  1,5-2  ml  solib  ustiga  natriy  ishqori  eritmasidan 

ohistalik bilan quyiladi. Hosil bo'lgan cho'kmadan avtomatik mikropipetka bilan ozgina 

olib, planshetga tomiziladi va ustiga 2 - 3  tomchi suv tomiziladi. Shisha tayoqcha bilan 

aralashtiriladi. Ustiga 2 - 3  tomchi sulfat kislota eritmasidan tomiziladi. Kuzatilgan hod-

isa izohlanadi va reaksiya tenglamasi yoziladi. 

2.

 

Probirkaga temir (Ill)-xlorid eritmasidan 1,5-2 ml solib, ustiga natriy ishqori eritmasidan 



ohistalik bilan quyiladi. Hosil bo'lgan cho'kmadan avtomatik mikropipetka bilan ozgina 

olib,  planshetga  tomiziladi,  ustiga  2 - 3   tomchi  suv  tomiziladi,  shisha  tayoqcha  bilan 

aralashtiriladi,  ustiga  2 - 3   tomchi  xlorid  kislota  eritmasidan  tomiziladi.  Kuzatilgan 

hodisa izohlanadi hamda reaksiya tenglamasi yoziladi. 



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling