Kimyo laboratoriyasida xavfsizlik qoidalari


Download 0.73 Mb.
Pdf просмотр
bet2/9
Sana07.03.2017
Hajmi0.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

II. 

Mis bo'laklarini quruq yoqilg'i alangasida qizdirish.

 

1.

 



Mis granulalarini rangi kuzatiladi. 

2.

 



Mis bo'laklarini qisqich bilan ushlab quruq yoqilg'i alangasida qizdiriladi. 

3.

 



Qizdirilganda mis granulalari yuzasining o'zgarishiga e'tibor qaratiladi. 

 

4.



 

Hosil bo'lgan qora dog'larni qog'oz yuzasiga qirib olinadi. 

5.

 

Yuzasi tozalangan mis bo'laklari yana qayta qizdiriladi va hosil bo'lgan qora dog'larni filtr 



qog'oz yuzasiga qirib olinadi. 

6.

 



Mis bo'laklarining rangi hosil bo'lgan qora rangli modda bilan taqqoslanadi. 

7.

 



Sodir bo'lgan hodisa izohlab beriladi. 

III.

 

Xlorid kislota eritmasining (1:4 nisbatda suyultirilgan) natriy karbonat tuziga ta'siri.

 

1.

 



Natriy karbonat tuzidan 0,2-0,5 g olinib, probirkaga solinadi. 

2.

 



Pipetkayordamidatuzni qoplaydigan qilib xlorid kislotaeritmasi (1:4) dan quyiladi. 

3.

 



O'quvchilar qanday hodisa yuz berganini izohlab, daftarlariga yozib oladilar. 

Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Kimyoviy hodisalarga ta'rif bering. 

 

 


2.

 

Kimyoviy hodisa sodir bo'lish belgilarini sanab bering. 



3.

 

Kimyoviy hodisa natijasida gaz modda va cho'kma hosil bo'lishiga misollar keltiring. 



3-amaliy mashg'ulot: IFLOSLANGAN OSH TUZINI TOZALASH

 

Maqsad:  Suvda  eruvchan  qattiq  moddalarni  suvda  erimaydigan  qo'shimchalardan  tozalash 

usullari  bilan  tanishish.  Filtr  qog'ozi  yordamida  voronka  tayyorlash,  suyuqliklarni  filtrlash  va 

eritmani bug'latish yo'li bilan tuz ajratib olishga oid malaka hosil qilish. O'quvchilarga asboblar 

bilan  ishlash  qoidalarini  o'rgatish  va  ularda  boshlangan  ishni  oxiriga  yetkazish  ko'nikmalarini 

hosil qilish.

 

Jihozlar:  probirkalar,  chinni  kosacha,  shisha  tayoqcha,  voronka,  filtr  qog'ozi,  qaychi,  quruq 

yoqilg'i, laboratoriya shtativi.

 

Reaktivlar: Tozalanmagan osh tuzi, distillangan suv.

 

Ishni bajarish tartibi:

 

1.    Ifloslangan osh tuzini eritish.

 

1.



 

Stakanga 3 quruq qoshiq ifloslangan osh tuzini solinadi. 

2.

 

Stakan hajmining yarmigacha suv quyiladi. 



3.

 

Stakandagi moddani rezina uchli shisha tayyoqcha bilan aralashtiriladi. 



4.

 

Voronkaning  diametridan  ikki  barobar  katta  filtr  qog'ozi  olib,  qog'ozni  ikki  marta  ikkiga 



buklanadi va voronkani engashtirib, banka yoki stakan ustiga aylantirib turib filtrni  suv bilan 

hollanadi. 

5.

 

Filtrni voronka, uning devorlariga zich qilib, 0,5 sm pastroq qilib joylanadi. 



Diqqat! Filtr voronka chetidan yuqoriroq bo 'Isa, ortiqchasini kesib tashlang, aks holda 

filtrlanuvchi suyuqlik varonkaning tashqi devoridan oqib tushadi.

 

6.



 

Hosil bo'lgan kvadrat chetlarini sektor hosil bo'lgunicha qaychi bilan kesib tashlanadi. To'rt 

qatlam qog'ozdan iborat sektorni qog'oz konus filtr hosil bo'lguncha yopiladi. 

7.

 



Filtrli  voronkani  shtativ  halqasiga  o'rnatib,  voronka  tagiga  stakan  qo'yiladi  va  voronkaning 

uchini,  suyuqlik  sachrashining  oldini  olish  uchun,  stakanning  ichki  devoriga  tegizib 

qo'yiladi. 

8.

 



Tayoqchaning  quyi  uchini  voronkaning  chetiga  yo'naltiriladi,  chunki  filtr  o'rtasiga 

yo'naltirilganda u teshilib qolishi mumkin. 

 

Diqqat:  Voronkada  suyuqlikni  filtr  chetidan  0,5  sm  pastroqqacha  quyish  kerak.  Suyuqlikni 

ko'proq quyib yuborilsa, и fdtrlanmay fdtr va voronka devorlari orasidan oqib tushadi.

 

9.    Filtratni stakandan bug'latuvchi idish hajmining yarmigacha quyiladi. Bug'latuvchi idishni



 

shtativ halqasiga o'rnatib, qizdiriladi. Filtratni idishda kristallar hosil bo'lguncha isitib,

 

bug'latiladi. Aralashma sovitiladi va filtrlanadi.



 

20  ml  distillangan  suvga  shisha  tayoqcha  bilan  aralashtirib  turgan  holda  ifloslangan  osh 

tuzini  oz-ozdan  qo'shiladi.  Tuz  erimay  qolgandan  so'ng  tuz  qo'shish  to'xtatiladi.  Eritmaning 

tashqi ko'rinishi ko'zdan kechiriladi va awalgi filtrlangan eritma bilan solishtiriladi.

 

Tozalashning unumi quyidagicha aniqlanadi:



 

X = — 100% a

 

Bu yerda: X - tozalash unumi, %; 



tozalangan tuz massasi, g - iflos tuz 

massasi, g

 

Agar  1  g  iflos  osh  tuzi  tozalash  uchun  olingan  bo'lsa  (a=l  g)  va  tozalash  natijasida  0,93  g 



toza tuz olngan bo'lsa (b=0,93 g), u holda tozalashning unumi

 


X=^100%=93%     bo'ladi.

 

Demak,  iflos  tuzning  tarkibida  100-93=7  %  aralashmalar  bor  ekan.  Tuzni  katta  idishlarda 



tozalab shu usul bilan ko'proq miqdorda toza tuz olish mumkin.

 

2. Tuzning loyqa eritmasini filtrlash

 

Loyqa eritmani filtrlash uchun g'ovak qog'ozdan tayyorlangan filtrdan foydalaniladi. 



 

Filtr qog'ozi yuqorida ko'rsatilgan usulda tayyorlanadi

 

Filtrni  voronkaga  joylab,  osh  tuzining  loyqa  eritmasini  filtr  devoriga  tegizilgan  shisha 



tayyoqcha yordamida asta-sekin filtrga quyiladi.

 

Filtrdan o'tgan tiniq eritmani filtrat deyiladi va uni bug'latib toza tuz olinadi.



 

3. Filtratni bug'latish

 

Filtratni  chinni  kosachaga  quyib,  shtativ  halqasiga  o'rnatiladi.  Shtativ  tagligiga  qo'yilgan 



quruq  yoqilg'i  yoki  gaz  gorelkasi  alangasi  chinni  kosacha  tagiga  tegadigan  qilib  yoqiladi  va 

qizdirish  olib  boriladi.  Eritma  sachramasligi  uchun  shisha  tayyoqcha  bilan  aralashtirib  tUriladi. 

Chinni  kosacha  tagida  tuz  kristallari  hosil  bo'la  boshlashi  bilan  qizdirish  to'xtatiladi.  Aralashma 

sovitiladi, tushgan tuz filtrlanadi. Olingan tuzning tashqi ko'rinishi ko'zdan kechiriladi.

 

Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Toza modda va aralashmalarga misollar keltiring. 

2.

 

Aralashmalardan ajratishning qanday usullarini bilasiz? 



3.

 

Osh tuzini tozalashda qanday usullardan foydalaniladi? 



4.

 

Ishlash jarayonida xavfsizlik qoidasiga qanday amal qilasiz? 



5.

 

Ifloslangan mis kuporosi va kaliy nitratni tozalashda qanday usuldan foydalanish 



mumkin? 

 

 



 

 

5-Laboratoriya  ishi:    ODDIY  VA  MURAKKAB  MODDALAR  NAMUNALARI  BILAN 

TANISHISH.

 

Maqsad:  o'quvchilarda  oddiy  va  murakkab  moddalarni  bir-biridan  ajrata  olish,  ularning  fizik 

xossalarini tavsiflash hamda malaka ko'nikmalarini shakllantirish.

 

Jihozlar:  yuvgich  (1),  probirka  (2),  probirkalar  uchun  shtativ  (3),  shisha  tayoqcha  (4), 

plastmassa  shpatel  (5),  shisha  stakan  (6),  rezina  tiqinlar  (7),  tomchi  analizi  uchun  to'plam  (8), 

bug'latish kosachasi (9), plastik taglik (10), tomchi analizi uchun planshet (11).

 

Reaktivlar: temir granulalari, alyuminiy granulalari, mis granulalari, rux granulalari, mis (IT)-

oksid, natriy xlorid, temir oksidi.

 

O'quv-ko'rgazmali qoilanmalar: kimyodan plakatlar to'plami «Anorganik moddalar tasnifi» 

№ 1, «Oddiy moddalar», «Metallar» kolleksiyalari. 

 

 

 



 

Ishni bajarish tartibi:

 

1.



 

Laboratoriya ishini bajarish uchun olingan moddalar bilan tanishiladi. 

2.

 

Ularning tashqi ko'rinishi hamda fizik xossalari o'rganiladi. 



3.

 

Bu moddalarning fizik xossalari - ko'rsatkichlari yozib olinadi. 



4.

 

Keltirilgan moddalar ichidan oddiy va murakkab moddalar ajratiladi va tomchi analizi uchun 



planshetiga solinib, nomlari daftarga yozib olinadi. 

5.

 



Oddiy moddalardan metallar va metallarga mansub bo'lmaganlar ajratiladi, nomlari daftarga 

ko'chiriladi. 



Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Oddiy moddalar deb nimaga aytiladi? 

2.

 

Murakkab moddalarni ta'riflang. 



3.

 

Metallarni oddiy moddalar qatoriga kiritish mumkinmi? 



 

 

 



 

 

 

6-Laboratoriya ishi: KIMYOVIYREAKSIYALARNING TURLARI.

 

Maqsad: o'quvchilarni kimyoviy reaksiya turlari va ularning bir-biridan farqlanadigan tomonlari 

bilan tanishtirish.

 

Jihozlar:  150  ml  li  polipropilen  stakan  (1),  polipropilen  menzurka  (2),  shisha  stakan  (3), 

probirka  (4),  tomchi  analizi  uchun  planshet  (5),  tomchi  analizi  uchun  to'plam  (6),  shisha 

tayoqcha  (7),  plastmassa  shpatel  (8),  plastik  taglik  (9),  probirka  qizdirgich,  gazlar  olish  asbobi, 

rezina tiqinli gaz o'tkazgich nay, PVHnayi, laboratoriya shtativi.

 

Reaktivlar: malaxit (CuOH)

2

C0

3



., kalsiy oksid CaO (so'ndirilmagan ohak), 5 % li mis(H)-xlorid 

eritmasi CuCl

2

, temir granulasi, fenolftaleinning spirtdagi 1% li eritmasi.



 

O'quv-ko'rgazmali qo'llanmalar: kimyodan plakatlar to'plami «Kimyoviy reaksiyalar turlari» № 2, 

«Kimyo fanidan proyeksion ko'rgazmali-metodik qo'llanmalar»- 16-bet .

 

Eritma tayyorlash: tarozida 5 gr CuQ

2

 tuzidan tortib, 150 ml li polipropilen stakanga 



 

solinadi va menzurka yordamida 95 ml distillangan suv qo'shiladi. Tayyor eritma aralashtiriladi, 

tomchi analiz uchun to'plam flakonidan biriga solinadi. 

 

Ishni bajarish tartibi:

 

I. Birikish reaksiyasi (ohakni so'ndirish).

 

1.

 



Shisha  stakanga  menzurka  yordamida  25  ml.  hajmda  suv  quyiladi  va  stakandagi  suvga  bir 

shpatel bilan 0,5-1 g kalsiy oksid CaO (so'ndirilmagan ohak) bo'laklaridan solinadi va shisha 

tayoqcha bilan aralashtiriladi. 

2.

 



Birozdan keyin kalsiy oksid CaO (so'ndirilmagan ohak) suv bilan reaksiyaga kirishib issiqlik 

chiqa boshlaydi va «sutli ohak» hosil bo'ladi. Bu «sutli ohak» tindiriladi. 

3.

 

Suyuqlikning  tindirilgan  qismidan  probirkaning  1/3  qismigacha  quyiladi  va  unga 



fenolftaleinning spirtdagi eritmasidan 1-2 tomchi tomiziladi. 

4.

 



Probirkadagi tiniq eritmaning pushti rangga kirishi kuzatiladi. 

II. Parchalanish reaksiyasi (malaxitning parchalanishi).

 

1.



 

Probirkaga  malaxit  deb  ataluvchi  yashil  rangli  moddadan  solib,  probirka  og'zi  nayli  tiqin 

bilan berkitiladi. 

 

2.



 

Probirka probirka qizdirgichga o'rnatiladi va qizdiriladi. 

3.

 

Nay uchi birinchi tajribadan hosil bo'lgan tiniq eritmaga tushiriladi. 



4.

 

Probirka tubida yashil rangli modda o'rnida qora rangli (mis (Il)-oksidi) kukuni hosil bo'ladi 



va  probirka  ichki  devorlarida  suv  tomchilari  hosil  bo'lganligi  hamda  2-  pro-birkada  tiniq 

eritma loyqalanganligi kuzatiladi. 

5.

 

Qizdirilayotgan probirka og'ziga  yonib turgan ingichka cho'p kiritilsa, cho'p alangasi o'chib 



qoladi  va  bu  reaksiya  natijasida  karbonat  angidrid  C0

2

  gazi  hosil  bo'lganligini  bilish 



mumkin. 

6.

 



Tajriba izohlanadi va daftarga yozib olinadi. 

III. O'rin olish reaksiyasi:

 

1.



 

Planshetga mis (Il)-xlorid eritmasidan pipetka yordamida 2 tomchi quyiladi. 

2.

 

Tozalangan yaltiroq temir granulasi bu eritmaga tushiriladi. 



3.

 

2-3 minut o'tgach, temir sirti qizg'ish, mis qoplami bilan qoplanganligi kuzatiladi. 



4.

 

Planshetdagi  eritma  rangining  o'zgarishiga  e'tibor  beriladi,  reaksiya  tenglamasi  daftarga 



 

yoziladi. 

 

 



KISLOROD

 

4-amaliy mashg'ulot: KISLOROD OLISH VA UNING XOSSALARI

 

Maqsad: Kislorod olish va uning xossalarini o'rganish.

 

Jihozlar: shtativ, probirkalar, keramik taglik va quruq yoqilg'i, gaz o'tkazgich nay o'matilgan 

tiqin, kolba, menzurka, stakanlar.

 

Reaktivlar: Kaliy permanganat, suv.

 

Ishni bajarish tartibi:

 

Kislorod  olish  uchun  probirka  (yoki  kolba)  va  gaz  o'tkazuvchi  nayli  trubka  yig'ib,  uning 



germetikligini tekshirish kerak. Buning uchun gaz o'tkazuvchi nayli trubkaning uchini stakandagi 

suvga  soling.  Trubkadan  pufakchalar  chiqishi  asbobning  germetikligini  bildiradi.  Agar 

pufakchalar chiqraasa, demak asbob noto'g'ri yig'ilgan bo'ladi. 

Probirkaga  kaliy  permanganat  solib  ustini  awal  paxta,  so'ngra  gaz  o'tkazuvchi  nay 

o'matilgan tiqin bilan berkitib, shtativga gorizontal holatda mahkamlash kerak.

 

Gaz  o'tkazuvchi  nay  stakanga  tushirilib  qo'yiladi.  Probirkadagi  margansovkani  quruq  yoqilg'i 



yordamida  asta  sekin  qizdiring  (xavfsizlik  qoidalariga  rioya  qilish  kerak).  Qizdirish 

to'xtatilgandan so'ng stakanni usti shisha plastinka bilan berkitib olinib, ichiga cho'g'lanib turgan 

yog'och  yoki  cho'g'langan  ko'mir  soling  (qoshiqcha  yordamida).  Cho'g'lanib  turgan  yog'och 

alangalanib  ketishi  kuzatiladi.  Kuzatilgan  tajribalar  asosida  o'quvchilar  quyidagi  jadvalni 

to'ldirishlari kerak. 

Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Yuqoridagi usuldan tashqari kislorod olishning yana qanday usullarini bilasiz? 

2.

 

Nima uchun kislorodda ko'mir havoga nisbatan yorug' va tez yonadi? 



3.

 

Laboratoriyada kislorod olish usullarini ayting. 



 

 


 

 

MAVZU: VODORODNING OLINISHI.

 

7-LABORATORIYAISHI:  KISLOTA  ERITMASIGA  RUX  TA'SIR  ETTIRIB,  VODOROD 



OLISH.

 

Maqsad: o'quvchilarni oddiy asboblarni tuzishga va bu asboblardan vodorod olishga o'rgatish.

 

Jihozlar: polipropilen  stakan 150  ml И (1), shisha stakan (2), polipropilen stakan  50  ml li (3), 

yuvgich  (4),  qisqich  (5),  shisha  tayoqcha  (6),  plastmassa  shpatel  (7),  probirka  (8),  probirkalar 

uchun shtativ (9), pipetka (10), plastik taglik (11), gazlar olish asbobi, laboratoriya shtativi.

 

Reaktivlar: xlorid kislota eritmasi (1:1), rux granulasi.

 

O'quv-ko'rgazmali 

qo'llanmalar: 

«Kimyo  fanidan  proyeksion  ko'rgazmali-metodik 

qo'llanmalar», 57-bet.

 

Eritma  tayyorlash:  xlorid  kislotaning  1:1  nisbatdagi  eritmasini  tayyorlash  uchun  100  ml  li 

polipropilen  silindrning  50  ml  belgisigacha  distillangan  suv  quyiladi  va  ustiga  100  ml 

belgisigacha  xlorid  kislotaning  konsentrlangan  eritmasidan  ohistalik  bilan  quyiladi  va  shisha 

tayoqcha bilan aralashtiriladi.

 

Ishni bajarish tartibi:

 

1.

 



Gaz olish asbobi laboratoriya shtativiga o'rnatiladi. 

2.

 



Rux granulalarini rezina vtulka ustiga qo'yib probirkaga joylashtiriladi, voronka orqali sulfat 

kislota eritmasi quyiladi. 

 

3.

 



Ajralib chihayotgan gazni og'zi pastga qaratilgan probirkaga shisha nay uchini to'g'rilab 

 

 



yig'iladi. 

4.

 



Vodorod ekanini isbotlash uchun nay uchidan ajralib chiqayotgan gaz yoqiladi. 

Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

«Qaldiroq gaz» deganda nimani tushunasiz? 

2.

 

Vodorodning eng yengil gazligini qanday isbotlash mumkin? 



3.

 

Tajriba asosida vodorod hosil bo'layotganini qanday aniqlash mumkin? 



8-Laboratoriya ishi: VODORODNING MIS (II)-OKSIDI BILAN O'ZARO TA'SIRI VA BU 

REAKSIYANING AMALIY AHAMIYATINI O'RGANISH.

 

Maqsad:  o'quvchilarni  vodorodning  muhim  xossalaridan  biri  qaytaruvchilik  xossasi  bilan 

tanishtirish  va  shu  reaksiya  yordamida  birikmalardan  metallar  ajratib  olish  mumkinligini 

ko'rsatish. Oksidlarning qaytarilish reyaksiyalari to'g'risidagi tushunchani shakllantirish.

 

Jihozlar:  shisha  stakan  (1),  plastik  taglik  (2),  probirka  (3),  plastmassa  shpatel  (4),  shisha 

tayoqcha  (5),  pipetka  (6),  polipropilen  stakan  150  ml  (7),  polipropilen  stakan  50  ml  (8),  gaz 

olish asbobi, laboratoriya shtativi, keramik plita, quruq yoqilg'i.

 

Reaktivlar: rux granulalari, xlorid kislota HC1 (1:1 suyultirilgan), CuO- mis(II)-oksidi.

 

Eritma  tayyorlash:  xlorid  kislotaning  1:1  nisbatdagi  eritmasini  tayyorlash  uchun  100  ml  li 

polipropilen  silindrning  50  ml  belgisigacha  distillangan  suv  quyiladi  va  ustiga  100  ml 

belgisigacha  xlorid  kislotaning  konsentrlangan  eritmasidan  ohistalik  bilan  quyiladi  va  shisha 

tayoqcha bilan aralashtiriladi.

 

 

Ishni bajarish tartibi:



 

1.  Toza  quruq  P-16  probirkasiga  oz  miqdordagi  mis(ll)-oksidi  (CuO)  solinadi  va  probir-kani 

laboratoriya  shtativiga  tubini  og'ziga  nisbatan  yuqoriroq  qilib  o'rnatiladi  va  keyin  quruq 

yoqilg'i bilan qizdiriladi.

 

 

 



 

2.

 



Bunda reaksiya natijasida hosil bo'lgan suv tomchilari oqib tushadi. 

3.

 



Gaz olish asbobi laboratoriya shtativiga o'rnatiladi. Rux granulalarini rezina vtulka ustiga 

qo'yib probirkaga joylashtiriladi, voronka orqali xlorid kislota eritmasi quyiladi. 

4.

 

Gaz olish asbobining gaz o'tkazuvchi nayining uchiga uzun shisha nay ulanib, bu shisha 



nayning uchi probirka tubidagi mis (Il)-oksidi kukuni ustiga o'rnatiladi. 

5.

 



Mis (Il)-oksidi solingan probirka ichki devorlarida suv tomchilari hosil bo'ladi va probirka 

tubida qizg'ish rangli metall ajrala boshlaydi. 

6.

 

Sodir bo'lgan hodisalar mohiyati tushuntiriladi va kimyoviy reaksiya tenglamasi yozib 



olinadi. 

Nazorat uchun savollar:

 

1.



 

Vodorod yordamida yana qaysi metallni uning oksididan qaytarish mumkin? 

2.

 

Qaytaruvchilar deb nimaga aytiladi? 



3.

 

Eng muhim qaytaruvchilar vodorod va metallar deb aytish mumkinmi? 



Javobingizni isbotlab bering. 

5-amaliy mashg'ulot: ERIGAN MODDANING MA'LUM MASSA ULUSHIGA EGA 

BO'LGAN VA MA'LUMMOLYAR KONSENTRATSIYALIERITMALARNITAYYORLASH.

 

Maqsad: Eritmalar tayyorlash va ularda moddalar miqdorini aniq o'lchash usullarini bilish

 

Jixozlar: 100 ml o'lchov kolbasi, stakanlar (100 va 200 ml li), shisha tayoqcha, o'lchov silindri, 

shisha idishlar (500 ml li, 100 ml li).

 

Reaktivlar: Tozalangan osh tuzi, distillangan suv.

 

Ishni bajarish tartibi:

 

1. Ma'lum massa ulushiga ega bo'lgan eritma tayyorlash.

 

Erigan  moddaning  massa  ulushi  deb,  erigan  modda  massasining  eritma  massasiga  nisbatini 



aytiladi. Boshqacha aytganda, massa ulushi - 1 g eritmada erigan moddaning massasi Masalan, agar 

5  g  modda  95  g  suvda  erigan  bo'lsa  eritmaning  massasi  100  g  bo'ladi.  Erigan  moddaning  massa 

ulushi  esa  5  g/100  g  =  0,05  bo'ladi.  Agar  massa  ulushi  x  bilan,  erigan  modda  massasi  m

va 


eritmaning massasi 

v

 bilan ifodalansa, eritmada erigan moddaning massa ulushi bo'ladi.



 

 

 



 

Bu  formulaga  muvofiq,  eritmada  erigan  moddaning  va  eritmaning  massalari  ma'lum  bo'lsa 

 


bunday eritmadagi  moddaning  massa ulushini aniqlash  mumkin.  3,  5, 10, 15, 20  va 5 g  modda 

15,  20,  30,  40,  50  va  100  g  eritmalarda  erigan  bo'lsa  erigan  moddaning  massa  ulushi  mos 

ravishda 3/15=0,2

 

5/20=0,25, 10/30=0,33, 15/40=0,375, 20/50=0,4 va 5/100=0,05 bo'ladi.



 

Yuqoridagi  formulani  har  qanday  aralashma  tarkibidagi  moddaning,  kimyoviy  birikma 

tarkibidagi elementning massa ulushlarini aniqlash uchun ham qo'llash mumkin. Masalan, 100 g 

qum,  tuproq  va  oltin  zarrachalari  aralashmasi  tarkibida  0,75  g  oltin  bo'lsa,  uning  massa  ulushi 

0,75/100=0,0075 bo'ladi. Metan (CH

4

) tarkibidagi uglerodning massa ulushi 12/16=0,75 bo'ladi. 



Bu yerda 12 uglerodning metan tarkibidagi massasi, 16 esa metanning moylari massasidir.

 

Massa  ulushi  va  massadagi  foiz  tushunchalari  ko'pincha  bir  xil  ma'noda  ishlatiladi.  Chunki, 



massa ulushi bir butunning qismi bo'lsa , massadagi foiz 100 ning qismidir. «Foiz» so'zi ham 100 

ning  qismi  ma'nosini  anglatadi.  Massa  ulushidan  foizga  o'tish  uchun  100  ga  ko'paytirish  yoki 

vergulni o'ng tomoniga ikki xona surish kifoya ya'ni: foiz, % = co

x

 • 100



 

Aksincha,  eritma  yoki  aralashma  tarkibidagi  moddaning  foizidan  massa  ulushiga  o'tish 

uchun 100 ga bo'lish yoki vergulni chap tomoniga ikki xona surish kerak, ya'ni

 

 



Masalan, eritmada erigan moddaning massa ulushi 0,0075 bo'lsa, uning foiz miqdori 0,75 % 

bo'ladi, massa ulushi 0,15 bo'lsa foizi 15 % bo'ladi va h. k.

 

Eritma tayyorlashda ko'pincha suv erituvchi bo'ladi. Erituvchi sifatida spirt, benzol, aseton, 



efir, sirka kislotasi kabi organik erituvchilar, eritiladigan modda sifatida tuz, kislota,ishqor yoki 

shakar, glukoza, benzol kislotasi kabi organik moddalar ishlatiladi.

 

Ma'lum  massa  ulushiga  yoki  foizga  ega  bo'lgan  ma'lum  massali  eritma  tayyorlash  uchun 



ko'pincha  qancha  erituvchi,  qancha  eritiladigan  modda  olinadi  degan  savol  paydo  bo'ladi.  Bu 

muammo ham yuqoridagi jadvaldan yoki formula yordamida topiladi:

 

formuladan со • m ..    = 0,05 • 250 = 12,5 g Bu eritilishi kerak bo'lgan osh tuzining



 

x

 



eritma

 

'



 

'     °


 

°

 



°

 

massasi. Suvning massasi esa 250-12,5 + 237,5 g. Shunday qilib 250 g 5 % li osh tuzi eritmasini 



tayyorlash uchun 237,5 g suvda 12,5 g osh tuzi eritilishi kerak.

 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling