«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
Chorva mahsulotlariga dastlabki kayta ishlov berish
Download 1.07 Mb.
|
гушт сут маъруза 2021 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mollarni suyish texnologik sxemasi
- Xushsizlantirish xonasi (boks)
Chorva mahsulotlariga dastlabki kayta ishlov berish
Chorvachilik mahsulotlariga, ayniksa go‘shtga dastlabki kayta ishlov berish muxim axamiyatga ega agar go‘shtga dastlabki kayta ishlov berilmasa, uning rangi va tashki ko‘rinishi bir muncha xuno‘q bo‘ladi, sifati tez bo‘ziladi va kiska vakt ichida aynib kolishga moyil bo‘ladi. Chorva mollar maxsulotini kayta ishlash bir necha texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, mollarni suyishdan oldin xushsizlantirish, so‘ngra konsizlantirish, terisini shilish, ichki organlarini chikarib olish, nimtasini tozalash shular jumlasiga kiradi. Mollarni suyish texnologik sxemasi
Xushsizlantirish xonasi (boks) Ular avtomatlashgan va ‘yarim avtomatlashgan bo‘ladi. Old eshigi troslar yordamida orkali buriluvchi pol bilan ulangan. Old eshikning og‘irlik kuchi ishlamayotgan vaktda molsiz shunday bo‘lishi kerakki, u polni o‘z xoliga kayta ko‘tara oladigan bo‘lishi kerak. Yon eshik orkali mol xushsizlantirish kamerasiga kirgiziladi. Yon eshikni ko‘tarish va tushirish karshi yuk yordamida amalga oshiriladi. M ol xushsizlantirilgandan so‘ng boksdan tushirish uchun ishchi pedalni bosadi, u richaglar yordamida polni maxkam ushlab turgan fiksatorni bo‘shatib yuboradi va molning og‘irligi xisobiga (pol eng pastki xolatni, old eshik esa eng yukori xolatni egallab) xushsiz mol pastga yikilib tushadi. Bunday boks avtomatlashgan deyiladi. Agar old eshikni ko‘tarib polni elektrolebedka orkali tushirib ko‘tarilsa uni ‘yarim avtomat deyiladi va bunday bokslar o‘rnatilgan joyning tusinlarini balandligi 5-6 m bo‘lishi kerak. Mollarni xushsizlantirishdan asosiy maksad suyish va konsizlantirish jarayonlarini xavfsizlantirishdir. Xushsizlantirilganda molni o‘ldirib ko‘ymaslik kerak. Agar yurak urishi tuxtab kolsa suyilganda konsizlanish to‘lik bo‘lmay koladi bu esa go‘shtning sifatiga ta’sir kiladi. Yirik mollarni 60-90 V kuchlanishli 0,5 A tok kuchi bilan 20-50 sekund davomida xushsizlantiriladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling