Kimyo va kimyoviy texnologiya
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)
Rasm – 5. Absorbsiya bo‘limi texnologik sxemasi. 25 5- rasm: bir vaqtda ikkita faza sovutish bilan texnologik sxemasi 1 – siquvchi bak; 2 – havo filtrini yuvgich; 3 – ikkinchi gaz yuvgich kalonnasi; 4- absorbsiya gazlarini tozalagich; 5,6 – absorberlar; 7 – distillat gazini sovutgich; 8 – ammonizasiyalangan namokob sovutgich; 9 – kondensat yig‘gich; 10- ammoniyzasiyalangan namokob yig‘gich. Faqat suyuq faza sovitish bilan sxemada absorberdan tashqari sovitgich joylashgan bo‘lib, u birinchi absorberdan chiqqan suyuq fazani sovitadi. Bu xolda ammiak absorbsiyasi 2 ta pog‘onada o‘tadi. AB-1 dan keyin rassol sepiluvchan sovitgichda sovitiladi 28-32 0 C temperaturagacha va AB-2 ga kelib tushadi. Bu yerda rassol yanada 65-68 0 C temperaturagacha qizdiriladi, ikkinchi marta sepiluvchan sovitgichda sovitiladi va ammoniylashgan rassolning yig‘indichiga beriladi (SAR). Absorbsiya bo‘limi. Ammiak va uglerod dioksidini absorbsiya jarayoni. Absorbsiya jarayoning qisqacha tasnifi Absorbsiya jarayoni. Karbonat angidrid va ammiakning osh tuzi eritmasiga absorbsiyasi quyidagi kimyoviy reaksiyalar bo‘yicha sodir bo‘ladi: NH 3 + H 2 O ⇄ NH 4 OH + Q 2NH 3 + CO 2 + H 2 O ⇄ (NH 4 ) 2 CO 3 + Q 2NH 3 + CO 2 → NH 2 COONH 4 + Q Bu reaksiyalarning barchasida issiqlik ajralib chiqadi. Shu sababli absorbsiya minoralarida absorbsiya darajasini oshirish uchun namakobni sovutish nazarda tutiladi. Bu yerda ammiak НСОз ionlarini NН 4 НСОз xlor ionlarini NН 4 С1 moddalar shaklida bog‘laydi: NаСl +NН 4 НСОз NaНСОз+NН 4 Сl Ammiak tayyor mahsulotning tarkibiga kirmaydi va xlorid ammoniydan regenerasiya bo‘lganidan keyin qayta ammoniylash jarayoniga kaytariladi. Ammiakning asosiy kismi (460 kg/t sodaga) distillyasiya bo‘limidan keladi. Ammiakning qolgan qismi (75 kg/t) karbonizasiya bo‘limi va 4 kg/t barabanli vakkum - filtr havosi bilan keladi. Bular tarkibida ammiakdan tashqari dioksid uglerod va suv buglari mavjud. Masalan, distillyasiya gazlari bilan 1 t sodaga 260 kg CO 2 va 140 g suv bug‘lari kelib tushadi, karbonizasiya gazlari bilan 70 kg CO 2 va 40 kg suv bug‘lari kelib tushadi. Ammiak yaxshi eriydigan gaz, uning absorbsiya tezligi yuqori bo‘lib, gazli plenka diffuzion qarshiligi bilan aniqlanadi. Dioksid uglerod esa yaxshi erimaydigan gaz, uning absorbsiya tezligi kam bo‘lib, suyuqli plenka qarshiligi bilan aniqlanadi. CO 2 gazi yutilishi ammiak 26 borligida qaytar kimyoviy reaksiya bilan murakkablashadi. Bundan tashqari, ammiak borligida CO 2 ning muvozanatli bosimi kamayadi. Ammiak va dioksid uglerodlardan tashqari absorbsiyaga suv buglari ham kelib tushadi. Suv bug‘ining muvozanatli bosimini A.G.Belopolskiy tenglamasi bo‘yicha aniqlash mumkin: ]) ] [ 5 . 1 ] [ 82 . 0 1 ( 2 3 0 2 CO NH NaCl P P O H P o -toza suv ustidagi suv buglarining bosimi; [NaS1], [NNz], [S0 2 ]-tegishli komponentlarning konsentrasiyalari. Ammoniylash natijasida suv bug‘larining ko‘p qismi kondensatlanadi va buning hisobiga rassolning hajmi 3-4% ga oshadi. Bu, o‘z navbatida, NaCl konsentrasiyasini kamayishiga olib keladi. NaCl konsentrasiyasini ko‘p kamaytirmaslik va absorberga issiklik yuklamani kamaytirish uchun gazlar absorberga berilishdan oldin sovutgichda (XGDS) sovutiladi. Ammo lekin, temperatura 55°C dan kam bo‘lgan holda NНз, СO 2 va H 2 O lar reaksiyaga kirishib, qattiq tuzlar hosil qilishlari mumkin. Bu tuzlar devorlarga cho‘kib, truba va sovutgichning tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqarish sharoitida distillyasiya jarayonini o‘tkazishda sovutgichdan chiqayotgan gazning bosimi 93,1 kPa tashkil qiladi. Demak, gazning sovutish chegaraviy temperaturasi 52 0 C ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish sharoitida texnologik rejim o‘zgarishi mumkin va shuning uchun temperatura 55°C dan kam bo‘lmaydi. Odatda 60°C temperatura ushlanadi. Karbonizasiya bo‘limi talablariga ko‘ra ammoniylashgan namokobdagi ammiakning konsentrasiyasi belgilanadi. Bu konsyentrasiya quyidagi nisbatga javob berishi kerak. NН 3 :NaCl=1,1-1,15 Agarda tozalangan namokobda NaS1 konsentrasiyasi 106 n.d. tashkil etsa, distillyasiya gazlarining suv bug‘lari kondensasiyasi va suyuq faza zichligi kamayishi hisobiga bu konsentrasiya ammoniylashgan namokobda 88-90 n.d. kamayadi. Demak NH 3 :NaCl=1,1-1,15 bo‘lgan holda ammoniylashgan namokobda ammiakning konsentrasiyasi 101-104 n.d. bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish sharoitida ushbu konsentrasiya 100-106 n.d. tashkil etadi. Karbonat angidrid absorbsiyasi birin-ketin joylashgan ikkita katta va kichik absorbsiya minoralarida amalga oshiriladi. Katta minora havoni yuvish filtrlari, absorbsiya gazlarini yuvuvchi, gaz sovutgichi, birinchi absorber va tindirgichdan iboratdir. Kichik minora esa absorbsiya gazlarini yuvuvchi, ikkinchi absorber va tindirgichdan iborat bo‘ladi. Bu jihozlarda gazlarning suyuqlik bilan ta’sirlashuv jarayoni amalga oshiriladi, uning tezligi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 27 Absorbsiya jarayoni yuqori tezlikda o‘tishini ta’minlash uchun fazalar orasidagi kontakt yuza F ni oshirish kerak. Shuning uchun absorbsiya bo‘limida barbotaj minoralari o‘rnatiladi. Ular tarelkadagi bir necha yirik qabariqlardan iborat bo‘lib, qabariqlarga bitta katta qalpoqcha yoki 7-14 ta kichik barbotaj qalpoqchalari joylashtirilgan bo‘ladi (6-rasm). Minora balandligi bo‘yicha jarayonning harakatlantiruvchi kuchi ∆s bir tekisda bo‘lishini ta’minlash maqsadida gazlar va suyuqlik orasida qarama-qarshi oqim yuzaga keltiriladi. Tizim qarshiligini kamaytirish uchun absorbsiya bo‘limi jihozlari vakuum ostida ishlaydi. Tarkibida 80-85 g/l NH 3 tutgan absorbsiyalashdan olingan ammiak-tuzli namakob sovutilgandan so‘ng karbonizasiyaga yuboriladi. Rasm-6.. Bir- va ko‘p qalpoqchali tarelkalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Absorbsiya bo‘limidan chiqayotgan gazlarning ammiakdan tozalanishi yuqori darajada bo‘lishi lozim. Shuning uchun gazlar toza namokob yoki minimal miqqorda ammiakga ega bo‘lgan namokob bilan tozalanadi. Bundan tashqari absorbsiya bo‘limida 100-106 n.d. miqdorda ammiaki bor namokob hosil bo‘lishi kerak. Buning uchun suv bug‘lari kondensatida NN 3 va CO 2 gazlar erish natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikni chiqarib tashlanishi zarur. Issiqlik chiqarib tashlash usullariga ko‘ra bir nechta absorbsiya bulimi texiologik sxemalari mavjud. Ko‘p hollarda fakat suyuq faza sovutish yoki ham suyuq ham gaz fazalarini sovutish bilan texnologik sxemalar qo‘llaniladi. 28 Nazorat savollari 1. Soda ishlab chiqarishdagi ammiakning vazifasi? 2. Absorbsiya bo‘limida qanday kimyoviy reaksiyalar o‘tadi? 3. Ammiakning muvozanat bosimini qanday aniqlash mumkin? 4. Absorbsiya jarayonida natriy xloridning konsentrasiyasini kamaytirmaslikka qanday usullar bor? Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling