Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari
Texnologik sxemani tanlash va asoslash
Download 409.09 Kb.
|
Bitiruv Malakaviy ishi Xolnazarov
Texnologik sxemani tanlash va asoslash; Yuqori unumdorlikka ega boʼlgan un ishlab chiqaruvchi korxonalarini samarador uskunalar bilan taʼminlash natijasida dondan yuqori unimdorlikda un chiqishga ega boʼlgan mahsulot chiqishini taʼminlaydi. Shu sababli hozirgi kunda un ishlab chiqaruvchi korxonalarni jihozlashda yuqori samaradorlikka ega uskunalar bilan jihozlanmoqda.
Oliy, I nav unini ishlab chiqarish uchun asosan qattiq va shaffofligi yuqori boʼlgan bugʼdoy donlaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda asosan yumshoq bugʼdoy navlari ―Chillaki‖, ―Yuna‖, ―Palovchanka‖ va boshqa navlari yetishtirilmoqda.17 Un ishlab chiqarish korxonasida sifatli un ishlab chiqarishda yuqori sifatli, shaffofligi 50% dan kam boʼlmagan yumshoq bugʼdoy navlaridan foydalanilmoqda. Bundan tashqari bu korxonada 2% makaron uni ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan. Bitiruv ishimni mavzusiga asosan 15% oliy, 45% I navli unini olish maqsadida men un ishlab chiqaruvchi korxonalarda texnologik jarayonlarni olib borish va tashkil qilish qoidalariga amal qilgan holda mavjud boʼlgan texnologik sxemaga quyidagicha oʼzgartirishlar kiritdim. Bunda yuqori unumdorlikka ega boʼlgan yangi uskunalardan foydalanilgan boʼlib, quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi: 5 ta maydalash sistemasi, 6 ta saralash sistemasi, 2 ta sayqallash sistemasi, 7 ta boyitish sistemasi, 11 ta un tortish sistemasi, un nazorati va ―vimol‖ jarayonlari. Boyitish jarayoni oliy navli unni olishda eng muhim jarayonlardan biri boʼlib, bu jarayonda oliy navli unining asosiy qismi olinadi. Shu sababli boyitish jarayonida mavjud boʼlgan 4 ta boyitish sistemasini 7 tagacha koʼpaytirdim, bu sistemada 7 ta boyitish elash mashinalardan tashkil topgan boʼlib, bularni bir qismi saralash jarayonlaridan olingan yorma-dunstlarni boyitsa, bir qismi esa sayqallash va nazorat uchun xizmat qiladi. Boyitish sistemasida barcha jarayonlardagi unlar boyitiladi va I va II sifatli yormalar I navli unining yuqori kuldorligini inobatga olgan holda aralashtiriladi. Sifatli un olish texnologiyasida saralash jarayoni yormalarda qolib ketgan meva va urugʼ qobiqlarini ajratib olish bilan bir qatorda boyitilgan endosperm boʼlakchalarini yorma-dunst unini yirikligiga keltirish uchun xizmat qiladi. Shu sababli 1 ta sayqallash sistemasini 2 tagacha koʼpaytirdim. Un tortish sistemasini 11 ta koʼpaytirishimni asosiy sababi maksimal darajada nonvoylik unini olishdan iborat boʼlib, 20% oliy nav, 55% I nav nonvoylik unlari olinadi.Yuqorida koʼrsatilgan texnologik sxema boʼyicha sifatli un mahsulotlarini olish imkoniyatiga ega boʼlamiz va bu esa mening bitiruv ishimga toʼliq javob beradi. Shu o’rinda aytish joizki texnologik sxemalarni tanlashda barcha kamchilik va tejamkorliklarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Download 409.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling