Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari
ISHLАB CHIQАRISHNING NАZАRIY АSOSLАRI
Download 409.09 Kb.
|
Bitiruv Malakaviy ishi Xolnazarov
ISHLАB CHIQАRISHNING NАZАRIY АSOSLАRI
Un-yorma ishlab chiqarish korxonalarida berilgan qonun qoidalar va meʼyorlarga asoslanib don qabul qilinadi, saqlanadi va elevatorda dastlabki tozalashdan oʼtadi. Tozalashning samaradorligini va donning texnologik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida donlarning mayda fraksiyalari ajratib olinadi. Un-yorma mahsulotlarini ishlab chiqarish murakkab texnologik chizmalar va bir qancha ixtisoslashgan jaaryonlar asosida amalga oshiriladi. Barcha jarayonlar yigʼindisi ikki guruhga boʼliinadi.11 -donlarni un tortishga tayyorlash jarayonlari; -tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari. Donlarni maydalashga tayyorlash boʼlimida boʼladigan texnologik jarayonlar quyidagilarni oʼz ichiga oladi: -donni aralashmalardan yuqori samara bilan tozalash; -donning ustki qismiga quruq va nam usulda ishlov berish; -talablarga javob beradigan GTI rejimini tanlash; -don kuldorligini maksimal darajada pasaytirish; -I-maydalashdan oldin donning optimal namligini taʼminlab berish; -donnning mustahkamlik xususiyatini oʼzgartirish bilan donni maydalashga sarflanadigan energiyani kamaytirish. Don tozalash boʼlimida texnologik sxemalarni tuzishda, asosiy don massasini maksimal darajada samarali tozalash talab etiladi. Donni maydalashga tayyorlash jarayoni 3 bosqichdan iboratdir. 1 – dastlabki tozalash boʼlib, bunda korxonaga keltirilgan donlar chiqindilarlardan tozlanadi. Eng avvalo, asosiy dondan eni, qalinligi, uzunligi va aerodinamik xususiyatlari bilan farq qiladigan aralashmalardan maksimal darajada tozalanadi. Bu jarayonni havo-elakli separator uskunasi bajaradi. Shuning uchun separator don tozalash boʼlimining eng asosiy uskunalaridan biri hisoblanadi.12 Bu elaklar donlardan uzunligi, eni va qalinligi boʼyicha farq qiluvchi aralashmalardan tozalash imkonini beradi. Soʼngraasosiy massasidan uzun yoki kalta chiqindilarni trierlar, ovsyug ajratuvchi va kukol ajratuvchi uskunalar yordamida ajratiladi. Trierning samaradorligi 75-85 % dan kam boʼlmasligi kerak. Don massasida boshqa chiqindilar qatorida mineral chiqindilar ham uchraydi. Bularni havo separatorida ajratish mumkin emas. Bu chiqindilar tosh ajratuvchi mashina R3-BKT yordamida ajratiladi. Bu uskunada donning zichligi hisobga olingan boʼlib, mineral chiqindilar vibrostol yuzasida paydo boʼlgan ishqalanishning dinamik koeffitsienti va mavhum qaynash hosil boʼlishi asosida ajratiladi. Uskunaning texnologik samaradorligi 96-99% ni tashkil qiladi. Donning ustki qatlamini tozalash maqsadida R3-BMO-6 oboyka uskunalari qoʼllaniladi, bunda donning meva qobigʼi oqlanadi va murtagi qisman ajratiladi. Bu jarayonlar oqlash va tozalash uskunalarida amalga oshiriladi. Oqlash mashinalarida donga ishlov berishdan asosiy maqsad – undagi kul moddasini kamaytirish (0,03-0,05%) hisoblanadi. Donga oqlash uskunalari yordamida ishlov berilganda, donning soqolchalari ajratiladi, ustki qismi changlardan, mikroorganizmlardan halos boʼladi. 2 – bosqich donning ustki qismiga nam usulda ishlov berishni va GTI jarayonini qamrab oladi. Gidrotermik ishlov berish jarayonining maqsadi- donni kerakli darajadagi namlikka olib chiqish va endospermda mikrodarzlar hosil qilishdir. Bu jarayonlar yuvish, namlash, dimlash bosqichlari orqali amalga oshiriladi. Gidrotermik jarayoni endosperm bilan qobiqning xususiyatini keskin oʼzgartiradi. Un tegirmonlarida endospermaning mustahkamligini kamaytirib, qobiqning mustahkamligini oshiradi. Endosperm bilan qobiq orasidagi bogʼlanishlar susaytiriladi. Donning texnologik tarkibini oʼzgartirish GTIning qaysi usulda qoʼllashga bogʼliq. Bu oʼzgarishlar qanchalik ijobiy boʼlsa, un va yorma ishlab chiqarish jarayonlari shuncha samarali boʼladi. Donning texnologik xususiyatlarini oʼzgartirish uchun talab etilgan namlikda, ayniqsa, suv va donning bir-biriga bogʼliqligini hamda donning ichida rivojlanayotgan jarayonlar va suvning endospermaga etib borish muddatini bilish kerak. Donning navi, shishasimonligi va namliklarini bilgan holda ularga konditsion ishlov berish muddatlarini aniqlash mumkin. Javdar doni uchun 3-8 soat sovuq suv yordamida dimlash optimal hisoblanadi.13 Bugʼdoy donining namligi А1-BShU uskunasi yordamida namlanadi. Donning namligi oshirilganda, uning zichligi kamayadi. Bu esa don endospermasiga taʼsir etib, uni yumshatadi, natijada endosperma zichligi kamayib, uni maydalashga elektr energiya sarfi kamayadi, oraliq mahsulotlar va maydalangan zarrachalarning sifati oʼzgaradi. 3-Oxirgi tozalash boʼlib, bunda donning ustki qismiga R3-BMO-12 oboyka uskunasi yordamida ishlov berilib, donning kuldorligini pasaytirish va donni silliqlash, zarasizlantirish jarayonlari amalga oshiriladi. Shundan soʼng don 1 – maydalash sistemasi oldidan namlash va dimlash jarayoni kechadi. Bu texnologik tizimda donni magnit separatoridan va avtomatik tarozdan oʼtkazish nazarda tutiladi. Soʼng tozalangan javdar donlari I-maydalash sistemasiga yuboriladi. Javdar donidan un tortish jarayoni texnologik sxemalarini tuzishda yuqori samarali uskunalar tanlanadi. Bu uskunalarni qoʼllashda javdar donidagi endosperm tuzilishi hisobga olinadi. Chunki javdarning endosperm bugʼdoyga nisbatan 4-5% kam, yumshoq boʼlib, qobiq qismi nisbatan qalin. Un tortishning alohida jarayonlarini tashkil etish Yormalash(maydalash) jarayoni Yormalash jarayoni 4-5 tizimdan iborat, shundan 3 va 2 tizimlar yirik va mayda tizimlarga boʼlinadi.14 1, 2, 3 yormalash tizimlarida donni maydalash natijasida olinadigan mahsulot ikki bosqichda saralanadi, bunda birinchi bosqichda yirik va qisman oʼrta yorma olinadi, ikkinchisida oʼrta va mayda yormalar, dunst va un olinadi; dunstni qattiq va yumshoqqa ajratish lozim. Bir nomli yirik va mayda yormalash tizimlar mahsulotini saralash birinchi bosqichda alohida amalga oshiriladi.15 Ikkinchi bosqichda (saralash tizimlarida) 1-2-3 yormalash tizimlarining yirik dunst mahsulotlarini va unni saralash alohida yoki bir vaqtning oʼzida, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Valli dastgohlarda quyidagi parametrlarga ega tortish vallarini qoʼllash tavsiya etiladi: tez aylanuvchi vallarning aylanma tezligi 5 dan 6 m/s gacha, yormalash tizimida dunst va un sifatini yaxshilash maqsadida 4 dan 4,5 m/s gacha; vallarning aylanma tezligi nisbati - 2,5, IV, V yormalash tizimlarida - 1,5 dan 2,0 gacha; rifellar kesimining tigʼ burchagi 30 dan 35º gacha (1 yormalash tizimida – 25 dan 30º gacha), orqa qismi burchagi 60 dan 65º gacha (1 yormalash tizimida 65 dan 70º gacha) oʼtkirlanish umumiy burchagi 90 dan 95º gacha; rifellar qiyaligi - 4% dan boshlab I yormalash tizimida, 1 yormalash tizimlarida 6-8% gacha (katta qiymatli koʼrsatkichlar shishasimonligi past bugʼdoyni qayta ishlaganda qoʼllaniladi); rifellar soni 1 cm da – 1-chi yormalash tizimida 4 ta, har bir sistemaga oʼtgach rifellar soni 1 cm ga 1,5 – 2 taga oshadi, mayda tizimlarda 1 sm. ga yirik tizimlarga nisbatan 1,0-1,5 rifelga koʼproq boʼlishi lozim; tizimlarda rifellarning oʼzaro joylashishi asosan ―orqama-orqa‖, shishasimoniligi 40% dan kam boʼlgan donni qayta ishlashda – ―tigʼga-tigʼ‖ yoki―tigʼga-orqa‖ qilib oʼrnatiladi.16 TEXNOLOGIK QISM Download 409.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling