Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari


Download 409.09 Kb.
bet5/17
Sana16.04.2023
Hajmi409.09 Kb.
#1360961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bitiruv Malakaviy ishi Xolnazarov

TEXNOLOGIK SXEMА BАYONI
―Elevatordan tegirmonning don tozalash bulimiga keladigan bugʼdoy doni massasi quyidagi sifatlarga ega boʼlishi tavsiya etiladi: don namligi - 14%,gacha don chikindilari – 5,0 %, I-III tipli donlar - 13,5 %, Iflos chikindilar – 2,0 % dan koʼp bulmasligi kerak. «Pomol» partiyasi tuzilgandan soʼng elevatordan kelayotgan tozalanmagan don massasi tegirmonning don tozalash bulimidagi DN-100-2 rusumli avtomat tarozi orqali RZ-BKSh-350 rusumli konveerdan utib, «tozalanmagan don»
silosi ustiga kelib tushadi. U erdan URZ-1 rusumli dozatorda barobar taksimlanib, RZ-BKSh-200 yordamida donlar yaxshi aralashib, noriyalarga kelib tushadi. Bu noriyalardan don massasi yuqori kavatga koʼtarib, u yerdan don oqimi xolida U1-BMP rusumli magnit uskunalardan utib (metall chikindilardan tozalanib, АD-50 rusumli avtomat tarozida mikdorlari aniklanib, А1-BIS-12 rusumli don massasini engil chikindilardan tozalaydigan separatorlarga kelib tushadi. Separatorlarda donlar yukori kavatdagi elaklar yordamida engil chikindilardan va pastki elaklar (1,7-2,0 mm) yordamida esa kum, mayda tosh va boshka chikindilardan tozalanib, sung RZ-BKT tosh ajratuvchi uskunaga tushadi.18
U yerda don massasi zichligiga karab (mineral chikindilardan) ajratiladi. Tozalanmagan donni tarkibidagi dondan zichligi yuqori uzun kalta yengil aralashmalarni tozalash uchun А1-BZK-18 konsentrator uskunasi qoʼllaniladi. U erda don massasi metall chikindilardan tozalanish uchun U1-BMP-01 rusumli magnit kurilmasidan utib, sirtki kismlariga ishlov berish uchun R3-BMO-6 oklash uskunalariga tushadi. Uskunada donga ishlov berish jarayonida xosil bulgan aralashmani engil chikindilardan don kobigi ajratish uchun R3-BАB rusumli aspirator uskunasiga yuboriladi. Аspiratordan utgan toza don massasi noriyalarga kelib tushadi. Ular esa donni yuqori qavatga chikarib, undan yuqori kavatda joylashgan don yuvuvchi uskuna А1-BShU-1 rusumli uskunasiga uzatiladi.Namlangan don esa noryalarga tushadi. U don massasini yuqori qavatga kutarib, R3-BKSh uskunasiga, u esa don massasini 1- dimlash bunkeriga uzatadi. U erda don massasiga suv va issiklik bilan ishlov berish natijasida uning tarkibida fizik va kimyoviy uzgarishlar yuz beradi. Dimlangan don UR3-2 taksimlovchi uskuna orkali taksimlanib, RZ-BKSh-200 rusumli shnekka kelib tushadi. Undan don noriyaga etkazib beriladi. Noriyalar don massasini yuqori kavatga chikarib beradi. U erda don massasi dimlash va А1-BShU-2 namlovchi uskunasida namlash jarayonlaridan utib, 2-dimlash bunkeriga tushadi. Dimlangan don massasi URZ-2 taksimlovchi orkali RZ-BKSh-350 ga etkazib beriladi.
Soʼng don massasi metall chikindilardan tozalanish uchun U1-BMP-01 rusumli magnit kurilmasidan utib, yana bir bor sirtki kismlariga ishlov berish uchun R3-BMO-12 oqlash uskunalariga tushadi. Uskunalarda donga ishlov berish jarayonida xosil bulgan aralashmani engil chikindilardan don kobigʼi ajratish uchun R3-BАB rusumli aspirator uskunasiga yuboriladi. Texnologik jarayonlar natijasida yoʼqotilgan don namligi don namlovchi uskuna А1-BMSh da namlanib I maydalash oldi 30 minutlik- dimlash uchun bunkerlarga tushib u yerda sifatiga karab dimlanadi. Dimlangan don vakti utgandan sung RZ-BKSh- 350 orkali noriya tushadi, u esa don massasini yuqori kavatga chikarib beradi. Don massasi magnit kurilmasi orkali utib, I mayd.s oldingi bunkerga boradi. Bunkerdan utgan don АD-100-3E rusumli avtomat taroziga tushib, sung don tortish valetsiga tushib maydalanadi.
Unumdorligi 310 t/s boʼlgan oliy va I-navli un ishlab chiqarish texnologiyasida quyidagi jarayonlar ishtirok etadi: maydalash jarayoni, saralash jarayoni, boyitish jarayoni, sayqallash jarayoni, un tortish jarayoni va un nazorati. Maydalash jarayonini vazifasiga 1-maydalash sistemalarda endospermdan mumkin qadar koʼproq oraliq mahsulotlar (krupka va dunstlar) kichik kuldorlik koʼrsatkichi bilan, shuningdek ozroq un mahsuloti olish kiradi. Oxirgi jarayonlarida esa qobiqlardan endosperm boʼlaklarini ajratish muhim bosqich hisoblanadi.
I, II, III yormalash tizimlarida donni maydalash natijasida olinadigan
mahsulot ikki bosqichda saralanadi, bunda birinchi bosqichda yirik va qisman oʼrta yorma olinadi, ikkinchisida oʼrta va mayda yormalar, dunst va un olinadi; dunstni qattiq va yumshoqqa ajratish lozim. Bir nomli yirik va mayda yormalash tizimlar mahsulotini saralash birinchi bosqichda alohida amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda (saralash tizimlarida) I-III yormalash tizimlarining yirik dunst mahsulotlarini va unni saralash alohida yoki bir vaqtning oʼzida, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.19
Valli dastgohlarda quyidagi parametrlarga ega tortish vallarini qoʼllash tavsiya etiladi: tez aylanuvchi vallarning aylanma tezligi 5 dan 6 m/s gacha, IV, V yormalash tizimida dunst va un sifatini yaxshilash maqsadida 4 dan 4,5 m/s gacha; vallarning aylanma tezligi nisbati - 2,5, IV, V yormalash tizimlarida - 1,5 dan 2,0 gacha; rifellar kesimining tigʼ burchagi 30 dan 35º gacha (I yormalash tizimida – 25 dan 30º gacha), orqa qismi burchagi 60 dan 65º gacha (I yormalash tizimida 65 dan 70º gacha) oʼtkirlanish umumiy burchagi 90 dan 95º gacha; rifellar qiyaligi - 4% dan boshlab I yormalash tizimida, I yormalash tizimlarida 6-8% gacha (katta qiymatli koʼrsatkichlar shishasimonligi past bugʼdoyni qayta ishlaganda qoʼllaniladi);
rifellar soni 1 cm da – 1-chi yormalash tizimida 4 ta, har bir sistemaga oʼtgach rifellar soni 1 cm ga 1,5 – 2 taga oshadi, mayda tizimlarda 1 sm. ga yirik tizimlarga nisbatan 1,0-1,5 rifelga koʼproq boʼlishi lozim; tizimlarda rifellarning oʼzaro joylashishi asosan ―orqama-orqa‖, shishasimoniligi 40% dan kam boʼlgan donni qayta ishlashda – ―tigʼga-tigʼ‖ yoki
―tigʼga-orqa‖ qilib oʼrnatiladi.
Tizimlar boʼyicha maydalash rejimlari un miqdori minimal darajada boʼlishini, sifatli yorma va dunstalar ishlab chiqarilishini maksimal darajada boʼlishini taʼminlashi shart.
Maydalash rejimlari, Valli liniyalarning taqsimlanishi, vallarning texnik xususiyatlari va I – III yormalash tizimlaridan yirik dunst mahsulotlari chiqish meʼyorlari yuqorida jadvallarda keltirilgan.
Maydalash sistemadagi vallarning parametrlari quyidagicha: vallarning aylanma tezligi 5-6 m/s, aylanma tezliklarning nisbati 2,5, riflilar soni 3,5- 4,5 (1 sm.da), riflilar qiyaligi 4-6% va riflilar oʼzaro nisbati sp/sp.
1,2,3 maydalash sistemalardagi rassevlar yirik, oʼrta va mayda yormachalarni dunst va ularni va ularni aniq fraksiyalarga boʼla olmaydilar. Shuning uchun
rassevlarni qabul qilish qobiliyatini va shu oraliq mahsulotlarini samarali saralashda 2 bosqichli saralashnish sistemalari kiritiladi. Maydalash sistemadagi rassevlarda valli dastgohlarda maydalangan aralashmadaan alohida fraksiyalarda yuqori sxoddan (yirik va oʼrtacha yormaga), qolgan oraliq mahsulotlar (mayda yormaga, dunst va un) esa qoʼshimcha saralashning sistemasiga yuboriladi. Saralash sistemasida rassevlardagi yorma va dunstlar boyitish va un tortishga joʼnatiladi. Un esa nazorat rasseviga yuboriladi.
Krupa va dunstlarni boyitish jarayoni navli un tortishda muhim texnologik operatsiya hisoblanadi. Bunda unni chiqish miqdori va uch navli unlarni sifat koʼrsatkichlari ham olinadi. Boyitishdan avval yormachalarni elash mashinalaridan keyin quyidagi oqimlarda guruhlash maʼquldir: yirik yormachalarni - har bir sistemadan alohida oʼrta yormachalarni – har birini alohida yoki birlashtirib, mayda yormachalarni 1-2-3 maydalash sistemadan un va dunstlarda elab olingandan soʼng alohida yoki birgalikda, 4- maydalash sistemadan alohida, qattiq dunstni esa har birini alohida faqat 1va 3 maydalash sistemasidagini birlashtirish mumkin.
Sayqallash sistemasini vazifasiga yormaga yopishib qolgan qobiq va murtakni mexanik ajratish jarayoni kiradi. Bu jarayon valli dastgohlarda bajarilib, ozroq miqdorda un olinadi.
Sayqallash sistemasini ishlash rejimiga mumkin qadar koʼp yormachadan qobiqni ajartish, yormachani maydalanishiga yoʼl qoʼymaslik va minimal darajada un hosil qilish kiradi. Tez aylanuvchi vallining aylanma tezligi – 1, 2 Sayqallash tizimlari uchun 5 m/s dan, 3, 4 Sayqallash tizimlari uchun 4,5 m/s gacha; aylanma tezliklar nisbati 1,5-2,0; rifellar kesimining tigʼ burchagi 35-40º gacha, orqa qismi burchagi 65-70º, oʼtkirlanish umumiy burchagi 100-110º (oʼtkirlashning katta burchaklari 2-daraja sifatli mahsulotni qayta ishlash uchun qoʼllaniladi); rifellar qiyaligi 1-chi Sayqallash tizimida 6% gacha va toʼrtinchi tizimida 10% gacha;
1 cm da rifellar soni – 1-chi tizimida 8,5 va 4-chi Sayqallash tizimida 11 tagacha;
rifellarning oʼzaro joylashishi – ―orqama-orqa‖.
b) tekis yuzali vallar: tez aylanuvchi vallining aylanma tezligi - 5 m/s; aylanma tezliklar nisbati - 1,25. Sayqallash tizimlarining zarur ish samarasini taʼminlash maqsadida quyidagi maydalash rejimlari, solishtirma yuklama, valli liniyasi va elash yuzasi taqsimoti koʼrsatkichlaridan foydalanish lozim. Un tortish jarayoni 11 ta sistemadan iborat boʼlib, buni baʼzida yorma – dunstlarni un mahsulotiga ajratish - ezish jarayonidir deb ham yuritildai. Bu yakunlovchi bosqich boʼlib, texnologik jarayonning eng muhim va zarur sistemasi hisoblanadi. Minimal kuldorlik koʼrsatkichga ega maksimal un miqdori olinadi. Razmol sistemadagi vallar parametrlari riflillar soni 10-11 (1sm) Riflillar qiyaligi 8-10%.Riflilar joylashuvi sp\sp aylanma tezliklar nisbat 1-3 r.s 2,5 qolganlarida 1,5. Hozirgi vaqtda un zavodlarida navli un tortishda
―mikrosheroxovatniy‖ gʼadir-budur yuzali vallar ishlatiladi, bular yuqori navli un chiqishini 1-2% ga oshiradi. Yuzasi mikro notekis yoki rifelli Valli 6-8 ta tizim yordamida amalga oshiriladi. Mikro notekis yuzali vallarni qoʼllaganda tizimlar soni qoʼproq boʼladi. Rifelli va mikro notekis yuzali vallarni navbatma navbat oʼrnatish maqsadga muvofiq boʼladi. Bunda rifelli vallar qoldiq maxsulotlarni (sxod) yormalash tizimlari va oxirgi un tortish tizimlarida oʼrnatiladi.
Barcha sistemalarda hosil boʼlgan unlar naviga koʼra nazorat elaklarida nazorat qilinadi va tayyor mahsulot bunkerlariga joʼnatiladi.
Tegirmon vallarining quyidagi parametrlarini qoʼllash tavsiya etiladi: a) rifelli vallar:tez aylanuvchan vallining aylanma tezligi - 5,0 dan 6,0 m/s gacha; yakuniy tortish tizimlarida 4,0 dan 4,5 m/s gacha; aylanma tezliklar nisbati: birinchi bosqichda 2,0 dan 2,5 gacha, ikkinchi va uchinchi bosqichda - 1,5; rifellar kesimining tigʼ burchagi 35-40º gacha, orqa qismi burchagi 65-70º, oʼtkirlanish umumiy burchagi 100-110º (oʼtkirlashning katta burchaklari yakuniy tortish tizimlarida;
rifellarning oʼzaro joylashishi – ―orqama-orqa‖, rifellar zichligi: birinchi bosqichda
10 p/cm, ikkinchi bosqichda - 11 p/cm, uchinchi bosqichda – 12 p/cm; b) tekis yuzali vallar: tez aylanuvchan vallining aylanma tezligi - 5,0 m/s; aylanma tezliklar nisbati - 1,25.



Download 409.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling