Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun taxminiy taomnoma tuzish
Download 1.17 Mb.
|
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARI UCHUN TAXMINIY TAOMNOMA TUZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli masalliqlar
Kerakli masalliqlar: 300 gr go’sht, 100 gr qo’y yog’i, 6 ta makkajo’xori so’tasi, 2 bosh piyoz, 2 - 3 ta pomidor, 2 dona kartoshka, tuz va ziravor hamda oshko’k ta’bga ko’ra solinadi.
Do’lmali sho’rva. Qo’y yoki mol go’shti suyaklaridan ajratiladi. Laxim qismidan qiyma tayyorlanadi, suyaklari esa chuqur idishga solinib qaynatib qo’yiladi. Qiymaga picha guruch, mayin to’g’ralgan piyoz, tuz va zira qo’shib yaxshilab mijiladi. Chuchuk qalampirdan olib, sovuq suvda yuvib yuboriladi, so’ng bandini chiqarib urug’ini qirqib tashlanadi. Har bir qalampirga qiyma to’ldiriladi. Sho’rvadan suyaklarni olib, do’lmalarni solib 40 - 45 minut mildiratib qaynatiladi. Sho’rvaga sabzi, pomidor, kartoshka va oshko’klar ham solinadi. Tayyor bo’lgach tuzi rostlanadi va har bir kosaga 2 - 4 donadan do’lma taqsimlab, ustidan sho’rva solib dasturxonga keltiriladi. Yoki sho’rva kosalarda, do’lmani esa lag’anda yo likopchalarga taqsimlab qo’yish ham mumkin. Kerakli masalliqlar: 500 gr go’sht, 400 gr piyoz, 0,5 stakan guruch, 12 - 15 dona chuchuk qalampir, 2 - 3 dona sabzi, shuncha pomidor, 2 dona kartoshka, oshko’klar, ziravorlar va tuz ta’bga ko’ra olinadi Guruchli taomlar tayyorlash tartib qoidasi. Guruch lag’mon. Guruchni tozalab, 5-6 martaba yuvib, qaynab turgan suvga solib pishiiladi. Guruch bo’rtgach, ortiqcha suvi olinib tashlab damlab qo’yiladi. Boshqa qozonda qaylasi tayyorlanadi. Buning uchun dog’langan yog’da to’g’ralgan piyoz bilan sarimsoq jazlalanadi, uncha qizarib ketmasdan turib, mayda - «chumchuq tili» qilib to’g’ralgan yoki qiymalangan go’sht solib, aralashtirib turiladi, seli chiqa boshlag’anda to’g’ralgan pomidor va chuchuk garmdori qo’shiladi, pomidor ezilganda somoncha qilib to’g’ralgan sabzi, turp (rediska), karam hamda qirqilgan seldir va ukrop qavatlab solib, masalliqning yuzidan bir oz ortib turarli darajada suv quyib, olovi pastlatib bir soatcha mildiratib qaynatiladi. Tuz va qalampir ta’bga ko’ra solinadi. Ushbu qaylag’a yana jandu loviyasi dumbulini solib, qo’zoqlarining po’chog’i bilan to’g’rab solinsa taom yanada totli chiqadi. Kosalarga pishirilgan guruchdan yarim-yarim solinadi, ustidan issiq qayla quyib dasturxonga tortiladi. Alohida idishlarda uzum sirkasi va lozijon keltiriladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling