Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun taxminiy taomnoma tuzish


Shavla va shirqovoq tayyorlash texnologiyasi


Download 1.17 Mb.
bet12/17
Sana30.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1406320
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARI UCHUN TAXMINIY TAOMNOMA TUZISH

Shavla va shirqovoq tayyorlash texnologiyasi
Shavlalarning asosiy masalliqlariga go’sht, sabzi, guruch kiradi. Ular pishirish usuli va qushimcha masalliqlariga qarab, har xil nomlanishi mumkin. Umumiy ovkatlanish korxonalarida tayyorlanadigan shavlalardan ko’p tarqalganlariga shavla, qovurma shavla, loviya shavlalar kiradi. Shavlalar tashqi ko’rinishiga ko’ra ilashimli bo’lishi bilan farqlanadi.
Shavla. Birlashtiruvchi to’qimasi o’rtacha qo’y yoki mol go’shti 10-15 g. hisobida kubik qilib kesiladi. Qozondagi dog’langan o’simlik yog’iga go’sht solinib, ustiga tuz sepib, seli bir oz kamayguncha qovuriladi, keyin piyoz solib qizarguncha qovuriladi, sabzi solib yumshaguncha qovurib, tomat yoki yupka kesilgan pomidor solib, 5-10 daqiqa qovurib, go’sht, suyak qaynatilgan sho’rva yoki suv solinadi. Suyuqlik qaynab chiqqach, saralab yuvilgan guruch solinadi va vaqti-vaqti bilan aralashtirilgan holda qaynatiladi. Pishishdan avval ta’bga ko’ra tuz, ziravor solinadi. Shavla taqsimchaga solinib, ustidan mayda turg’ralgan kukat sepib, dasturxonga tortiladi.
Shirqovoq tayyorlashda Saralab yuvilgan guruch qaynab turgan tuzli suvda (suv guruchni kumar darajada solinadi) 10-15 daqiqa miltillatib qaynatib pishiriladi. Keyin ustidan qaynoq sut solinib, qaynagan zaxoti ishlovdan utgan qovoq (o’rta kubik shaklidagi) solib, miltillatib qaynatib, pishishidan avval tuzi rostlanadi.
Taom kosaga solinib, sariyog’ qushilib, kichik taqsimchaga quyib dasturxonga tortiladi.
Sutli suyuq ovqatlarni tayyorlash texnologiyasi.
Sutli moshxo’rda. Mosh va guruchni tozalab yuvgandan keyin, qozonga avval mosh solib qaynatiladi va mosh ochilgach, guruch solinadi, so’ng qozonga sut quyib, 18-20 minut mildiratib qaynatiladi. Pishishga yaqin tuz solinadi. Pishgach, olovdan olinib, 5 minutcha «dam ediriladi». Dasturxonga kosalarda sariyog’ bilan tortiladi.
Kerakli masalliqlar: 200 g mosh, 150 g guruch, 2,5 l sut, 50 g.sariyog’ va ta’bga ko’ra tuz kerak bo’ladi.
Sutli ugra oshi. «Ugra oshi» ga tayyorlangandek qilib qorilgan hamirdan ugra kesib olinadi. Qozonga sut quyiladi. Sut qaynab chiqqach, tuz va ugra solib qaynatiladi. Ugra qozon yuzida suza boshlag’ach, taom olovdan olinib, 5-6 minutcha «dam ediriladi». Tayyop taom kosalarga quyilib, sariyog’ bilan birga dasturxonga tortiladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling