Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun taxminiy taomnoma tuzish
Download 1.17 Mb.
|
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARI UCHUN TAXMINIY TAOMNOMA TUZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorlanishi
Kerakli masalliqlar: 300 g un, 2 dona tuxum, 2,5 l sut va ta’bga ko’ra tuz kerak bo’ladi.
Chalob (qatiqli). Qatiq qaynatilgan sovuq suv bilan yaxshilab shopiriladi, so’ng tuz va qizil qalampir qo’shiladi. Bodriig, rediska, ko’k piyoz, kashinch, ukrop, rayhon kabilar juda mayda qilib to’g’raladi va tayyorlab qo’yilgan qatiqqa solib aralashtiriladi. Tayyor taom muzlatgichda sovitilib yoki har bir kosaga bir bo’lak muz solib, dasturxonga tortiladi. Tayyorlanishi: 1,5 kosa qatiqqa 2 litr suv, 2 dona bodring, 1 bog’ rediska, yarim bog’dan ukrop, ko’k piyoz, kashinch, rayhon, ta’bga ko’ra tuz va qalampir solinadi. Ayron – qatiqning quv(guppi) da moyi ajratib olingandan so’ng qolgan suyuq qismi. Bu ichimlik jazirama issiq kunlarda chanqog’ni bosadi. Ayrondan suzma(chakki), qurt ham qilish mumkin. Ayron tarkibida moy (0,8-1,0 %), oqsil 13,3%, qand 4,7-5% hamda inson uchun zarur bo’lgan vitamsinlar, aminokislota, ferment va meniral moddalar bor. O’zbekistonning ayrim shaharlaridaayron yog’och qoshiq bilan atalangan qatiq yoki suzmaga qaynagan sovuq suv (1 kosa qatiq yoki suzmaga 1 stakan miqdorida suv) qo’shib tayyorlanadi. Tayyor ayron muz solingan shopiyolada dasturxonga tortiladi. Qatiqli moshkichiri go’shtsiz pishiriladi. Laganga suzilgan taom betiga qatiq (1 piyola) solib dasturxonga tortiladi. Yuvilgan mosh sovuq suvga solinib qaynatiladi. Mosh ochilgach, suvi to’kib tashlanadi va yana sovuq suv quyib ishqab-ishqab po’sti ajratiladi. Dog’langap yog’da piyoz va qiymali go’sht qovuriladi, ozgina suv quyib, ustidan tayyorlangan mosh bilan Sderga yuvilgan guruch solib, pishirish davom ettiriladi. Qozon vaqt-vaqti bilan kovlab turiladi. Taom pishgach, tuzi rostlanadi. Dasturxonga betiga piyozdog’ yoki qirqilgan ko’k piyoz solib tortiladi. Oq choy. Choynakda damlangan choy tindirilgandan so’ng, piyoladagi issiq sutga quyilib, ustidan sariyog’ solinib, taqsimchaga quyilgan holda dasturxonga tortiladi. S hirchoy. Daynab turgan suvga quruq choy solib, past olovda 2-3 min. qaynatiladi. Keyin qaynagan sut, ta’bga ko’ra tuz solib, yana bir oz qaynatib tayyor holga keltiriladi. Qaymoq piyolaga solinib, ustidan sutli choy quyib, eritilgan sariyog’ va yanchilgan murch qo’shgan holda taqsimchaga Quyib, dasturxonga tortiladi. Bir necha kishiga mo’ljallangan bo’lsa, qaymoq murch, sariyog’, sutli choy qo’shib aralashtirilgan holda tayyorlansa ham bo’ladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling