Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun taxminiy taomnoma tuzish


Download 1.17 Mb.
bet11/17
Sana30.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1406320
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARI UCHUN TAXMINIY TAOMNOMA TUZISH

Kerakli masalliqlar: 600 gr guruch (1 litr tuzli suvda pishiriladi), 300 gr go’sht (lahim qismi), 150 gr yog’, 2 bosh piyoz, 1 bosh sarimsoq, 1 dona sabzi, 1 dona o’rtacha kattalikdagi turp (yoki 1\2 bog’ rediska), 2 - 3 dona pomidor, 2 dona chuchuk qalampir, 200 gr karam, yarim bog’ seldir, yarim bog’ ukrop, 1 bog’ jandu loviyasi kerak bo’ladi. Tuz. sirka, qalampir va lozijon tabga ko’ra solinadi.


Shirguruch tayyorlash tartib qoidasi.


Kerakli masalliqlar: 1 kg guruch, 2 litr sut, yarim litr suv, 100 gr sariyog’, 2-3 oshqoshiq shakar, bir chimdim tuz kerak bo’ladi (64-rasm).
Shirguruch – sut va gurunchdan tayyorlanadigan quyuq taom. Gurunchni tozalab 3-4 marta yuviladi. Qozonga 0,5 litrcha suv quyiladi. Suv qaynab chiqqach, tayyorlangan gurunch va ozgina tuz solinadi. Gurunch pishgach, sut qo’shiladi. Sut gurunchga singishiga qarab 3-4 marta bo’lib-bo’lib quyilishi, taom esa to’xtovsiz kovlab turilishi lozim.
Guruch ezilib sutni batamom shimib olgandan so’ng qozon olivdan olinadi va 5-6 minut dam ediriladi.
Tayyor shirguruch laganga suzilib, betiga sariyog’ bilan shakar qo’shib dasturxonga tortiladi.
Mutaxassislar fikrlari: Shirguruch qilsam, guruchni suvga solib ozgina saryog’, tuz solib pishiriladi. suv qaynab chiqgandan kegin pasaytirib ustini yopib qo’yiladi. Guruch pishgandan kegin sut solib aralashtirib past olovda qaynatiladi, yana ozgina saryog, hohishga qarab shakar solinadi, tagiga olmasligi uchun aralashtirib turiladi. Sut kamayib shirguruch holiga kelganda tayyor bo’ladi. Ha yana aytgancha, yumshoq ezilib pishganini hohlovchilar uchun sut ko’proq solinadi va ko’proq qaynatib pishiriladi.

Suvda pishirilgan shirgiruchdan ko'ra sutda pishgani shirinroq tuyuladi, ya’ni guruchni avval boshdan sutda past olovda qaynatsa nima bo'larkin? Guruchni avval suvga ivitib qo’yiladi, 10-15 minutdan keyin yaxshilab yuviladi, yuvganda oppoq rangli suvi ketguncha qozonga sutni solib qaynatiladi, qaynab chiqqandan keyin shakar, sariyog’ guruchni solib har zamon aralashtirib pishiriladi (oldin pishirib olinib keyin shakar va saryog’ni hohishga ko’ra solinsa ham bo’ladi), pastroq olovda pishiriladi, lekin olov unchayam past bo’lmasligi kerak, sut qaynab turishi kerak har zamonda aralashtirib turiladi, 0,5 litrlik banka bilan 1 banka guruchga, 2 litr sut solaman. O'rta olovda 15 minut qaynagach (aralashtirib turilgan holda) quyuqlashadi ammo guruchlar hali sall qattiqroqday bo`ladi. Mana aynan shu payt shirguruchni tuzini rostlaymiz va olovni o`chirib, qopqog'ini yopib, roppa rosa 8-10 minutga dimlab qo'yamiz (65-rasm). 10 minutdan keyin bemalol tanavvul qilinadi. Sut bilan guruchni o`lchamini doim bir hil qilib qo`yilgani yaxshi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling