Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun taxminiy taomnoma tuzish
Download 1.17 Mb.
|
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARI UCHUN TAXMINIY TAOMNOMA TUZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli masalliqlar
- Mastava. Kerakli masalliqlar (4 kishi uchun)
J o’xori sho’rva.
B u nihoyatta mazzali va to’yimli sho’rvani jo’xori yoki uning korservasidan tayyorlasa bo’ladi. Boshqa masalliqlardan piyoz, un va sut kerak Sho’rvani ta’mini yanada boyitish uchun tarkibiga murch va sariyog’ qo’shiladi. Bu sho’rvani tayyorlash uchun blender yoki oshxona kombayni kerak bo’ladi (68-rasm). Kerakli masalliqlar: 500 gr jo’xori (konservalangan, yoki muzlatilgan), 1 ta piyoz, 2 osh qoshiq un, 2 osh qoshiq sariyog’, 700-1000 ml sut, tuz, murch. Tayyorlanishi: Piyozni o’rta olovda o’simlik yog’ida engil qovurib olinadi. Piyoz qizarib ketmasligi kerak (69-rasm). Qovurilgan piyozga un qo’shib, bir daqiqa davomida yaxshilab aralashtiriladi. Ustidan jo’xori qo’shibkavlab turib, biroz qovurib olinadi. Sutni 1/3 qismini qo’shib yaxshilab aralashtirib olinadi. Qolgan sutni ham qo’shib 20 daqiqa davomida past olovda tez tez kavlab turib qaynatiladi. (Agar jo’xori konservalangan bo’lsa yuqoridagi 20 daqiqa o’rniga 10 daqiqada tayyor bo’ladi). Tayyor bo’lgan sho’rvani blenderdan o’tkazib olinadi. Blenderdan o’tkazilgan sho’rva mayda teshikli elakdan o’tkaziladi. Tayyor sho’rva olovga qo’yiladi, qaynab chiqqach sariyog’, tuz va murchlarni qo’shib aralashtiriladi va olov o’chiriladi. Mastava. Kerakli masalliqlar (4 kishi uchun): 2 00gr qiyma go’sht (yoki mayda to’g’ralgan go’sht), 1dona piyoz, 2dona kartoshka, 1dona pamildori (yoki 1oshqoshiq tomat), sabzavotlar(bolgarskiy, sabzi va hokazo), 2oshqoshiq o’simlik yog’i, tuz, ziravorlar, 0.5 piyola guruch (70-rasm). Tayyorlash: Past olovda qizigan yoqqa mayda to’g’ralgan piyoz solib, 5daqiqa (qizarguncha) qovuriladi. So’ng go’sht solib, oqarguncha qovuriladi (go’sht suyakli bo’lsa mastava mazaliroq chiqadi). Keyin kartoshka va ziravorlarni solib aralashtiriladi. Va qirg’ichdan chiqarilgan pamidorini solib, suvi ketgunicha qovuriladi (yoki tomat solib, biroz qovuriladi) va 2.5 litr suv solib, 20daqiqa qaynatiladi. 0.5 piyola guruch solib, 15-20 daqiqa qaynatiladi. Pishgach darhol suziladi, aks holda guruch shishib, taom quyulib qolishi mumkin. Mastava. Birlashtiruvchi tuqimasi o’rtacha mol yoki quy go’shti vazni 5-10 g. hisobida lo’nda-lo’nda qilib to’g’raladi. Qozondagi dog’langan yog’ga go’sht solinib jazlanadi, keyin mayda to’g’ralgan bosh piyoz solinib qovuriladi, sabzi, sholg’om (mayda kubik shaklida) solib bir oz qovurib, yupqa kesilgan pomidor yoki tomat solinib, qizarguncha qovuriladi. Keyin sovuq suv yoki go’sht, suyak qaynatilgan sho’rva solinib, qaynash darajasigacha 5-10daqiqa miltillatib qaynagandan so’ng guruch solinadi, u qaynab chiqqach, kartoshka solinib, taom tayyor bo’lishdan avval ta’bga ko’ra tuz, ziravor solinadi. Dasturxonga tortishda taom yuziga yalpiz, rayxon, kashnich yoki ko’k piyoz to’g’rab sepiladi, alohida idishda qatiq beriladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling