CHo‘kindi jinslar qatlamliligi bilan xarakterlanadi. Qatlamlanmagan jinslar
teksturasi esa tartibsiz xarakterda bo‘ladi.
2.3 Metamorfik tog‘ jinslar
Metamorfik jinslar tog‘ jinslarini erning chuqur qatlamlarida yuqori bosim
va harorat ostida o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Metamorfik
jinslar strukturasi-
teksturasi hosil bo‘lishida bosimning yo‘nalishi katta rol o‘ynaydi. Metamorfizm
jarayoniga tog‘ jinslari tarkibidagi suv va karbon kislotalari katta ta’sir ko‘rsatadi.
Metamorfik jinslarni hosil qiluvchi minerallarga
magmatik jinslarda
uchraydigan dala shpatlari, kvars, slyuda, rogovaya obmanka, cho‘kindi
jinslarga
xos bo‘lgan kalsit, dolomit minerallari, maxsus metamorfik jinslar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: