Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

CHo‘kindi tog‘ jinslari. CHaqiq cho‘kindi tog‘ jinslari-qum va shag‘al 
beton uchun to‘ldiruvchi, temir-yo‘l qurilishida ballast sifatida va yo‘l 


qoplamlarida ishlatiladi. Qum shisha va keramika ishlab chiqarish sanoatida xom 
ashyoning asosiy tashkil etuvchisi sifatida ishlatiladi.
Gilli cho‘kindi tog‘ jinslariga kaolinit, kvars, slyuda, dala shpati va boshqa 
minerallarning 0,01-0,001 mm zarrachalari kiradi.
Kaolinli gil kaolinitdan iborat bo‘lib, yorqin ranglarda bo‘ladi. Ular yog‘lik 
va olovga bardoshli bo‘lgani uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida ko‘p 
ishlatiladi. Gil sement ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir.
Qumtoshlar-kvarsning sementlangan donachalaridan iborat bo‘lib, 
xarsangtosh pol va tratuarlar uchun plitalar, beton uchun to‘ldiruvchi sifatida 
ishlatiladi.
Konglomerat va brekchiyalar tabiiy sementlangan tosh va mayda toshdan 
iborat bo‘lib, xarsangtosh va to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Gilli cho‘kindi tog‘ 
jinslari Markaziy Osiyoda ko‘plab uchraydi.
Kimyoviy (xemogen) cho‘kindi jinslarga karbonatlar, sulfatlar va allitlar 
kiradi.
Karbonatli jinslarga ohaktosh va dolomitlar kiradi. Ohaktosh tarkibida 50% 
ko‘p kalsit, dolomit tarkibida esa 50% ko‘p dolomit jinslari bo‘ladi. Jins 
tarkibidagi kalsit va dolomit nisbatiga ko‘ra uning tarkibi toza ohaktoshdan toza 
dolomitga qadar o‘zgaradi.
Karbonatli jinslar tarkibidagi giltuproq aralashgan bo‘lishi mumkin. 
Karbonat va giltuproq deyarli teng miqdorda aralashsa, bunday jinslar mergel 
deyiladi. Giltuproq ohaktosh mustahkamligini kamaytiradi.
Ohaktosh oq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, xattoki qora rangda, dolomit esa 
oq, sariq, och qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi.
3.4 Toshlarni qayta ishlash
Toshlarni karyerlash:Tabiiy toshlarni ishhlab chiqarishda yagona kashf 
etilgan uslub bu toshlarni karerlash jarayonidir.Tabiiy qoyalarning ochiq qismi 
karyer sifatida belgilanadi.Karyer joyi tanlab olinayotganda bir qancha belgilar 
masalan yetarli darajadagi sifatli toshni borligi, tashish qulayliklari, arzon ishchi 
kuchi,yomg’ir suvini miqdori va boshqalar aniqlanib chiqiladi.
Toshni karyerlash asboblari: Toshni karyerlash asboblari bir nechta bo’lib 
ular ponalar,shpilkalar,bolg’a,tirnovchi qoshiq va boshqa asboblar kerak bo’ladi.
Karyerlash uslublari: Qoyalarning tosh ishlab chiqaraishga qulay bo’lgan 
qismi foydali minerallar deb ataladi va bu minerallarni ishlab chiqarish konchilik 
sanoati deb ataladi.Konchilik jarayonida bosh joylarni ochish qazish deb ataladi va 
ochilgan konlar karerlanadi.Karyerlash bir necha xil maqsadlarda olib boriladi 
masalan turli xil qurilishda ishlatiladigan toshlarni toppish ham bu maqsadlar 
qatoriga kiradi.Turli xil karyerlash malakasiga ega bo’lish muhimdir lekin qurilish 
ishlarida maxsus toshlarni ajrata bilish malakasini bermaydi.Qoyalarning tabiiy va 


ustki qatlamiga bog’liq holda va qaysi toshlar muhimligi jihatidan karyerlash 
qazish ponalash qizdirish yoki portlatish yo’llari bilan amalga oshiriladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling