Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
Metamorfik tog‘ jinslari. Metamorfik tog‘ jinslaridan qurilishda ko‘p
ishlatiladigani gneyslar, gilli slanetslar, marmarlar va kvarsitlardir. Gneyslar slanetssimon (qatlamli) tuzilishga ega bo‘lib, granitlarning metamorfizmga uchrashidan hosil bo‘lgan. Gneyslar tarkibiga kvars, biotit, rogovaya obmanka, dala shpatlari kabi minerallar kiradi. Ular granit kabi yuqori mustahkamlikka ega, lekin muzlaganda qatlamlanib buziladi. Gneyslar poydevorlar, yo‘l qoplamalari barpo etishda ishlatiladi. Kristalli slanetslar mayda donali tuzilishga ega bo‘lib, kvars, biotit va muskavit minerallaridan iborat bo‘ladi. Slanetslarning gilli, kremniyli, slyudali va boshqa turlari mavjud bo‘lib, tombop plitalar tayyorlashda ishlatiladi. Slanets 2-8 mm qalinlikda osongina qatlamlanishi mumkin. Uning zichligi 2,7-2,8 g sm 3 , g‘ovakligi 0,3-3%, siqilishdagi mustahkamligi 50-240 MPa bo‘ladi. Slanetsdan pol, zinapoya qoplamalari qismlari tayyorlash mumkin. Kvarsitlar qumtoshlarning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan mayda donali tog‘ jinslaridir. Kvarsit 95-99% kvarsdan (SiO 2 ) iborat bo‘lib, siqilishdagi mustahkamligi 100-455 MPa, olovga bardoshliligi 1710-1770 0 S. Qurilishda kvarsitlar devor toshlari, bruschatka, yo‘l va ko‘prik qoplamalarida, kislotaga chidamli material sifatida ishlatiladi. Marmar-mayda, o‘rtacha va yirik donador zich tog‘ jinsi bo‘lib, ohaktosh va dolomitlarni yuqori bosim va harorat ta’sirida metamorfizmga uchrashidan hosil bo‘lgan. Sof marmar oq rangda, minerallar aralashsa yashil, qizil, kulrang, qora va qoramtir bo‘lishi mumkin. Aralashgan minerallarning bir tekis tarqalmaganligi marmar teksturasi turli gulli bo‘lishiga sababchidir. Marmar zichligi 2,8 g sm 3 , suv shimuvchanligi 0,7 % gacha, siqilishdagi mustahkamligi esa 100-300 MPa, qattiqligi 3-4. Marmar oson qayta ishlanadi, jilolanadi. Marmar qurilishda ichki va tashqi devorlarni bezashda, zinapoya, deraza tokchalari, chiqindilari esa koshinkor beton buyumlar, murakkab bezak qorishmalari tayyorlashda ishlatiladi. Marmar bino va inshootlarni tashqi bezagi uchun ishlatilganda vaqt mobaynida havodagi namlik va turli gazlar ta’sirida jilosini yo‘qotib boradi. Marmar O‘zbekistonning Nurota, Qurama, CHotqol tog‘ tizmalarida ko‘plab uchraydi. SHulardan eng mashxuri Nurota marmar konlari tizimidir. Toshkent shaxridagi Navoiy nomli teatr, Xalqlar do‘stligi saroyi binolari maxalliy marmar toshlar bilan bezatilgan. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling