Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


-rasm Toshlarni qayta ishlash asboblari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

3.3-rasm Toshlarni qayta ishlash asboblari 
Qazish:Yerlarga ko’milgan toshlar yoki ustki qatlamdagi toshlar qoshbosh, 
iskana, bolg’a yordamida qaziladi.
Pona qoqish:Karyerlashning bu uslubi qiymati arziydigan, yumshoq va 
qavatlarga bo’lingan qoyalar masalan qumtosh,ohaktosh,marmar va slaneslarda 
qo’llaniladi.
Qizdirish karyerlash uchun qulay bo’lgan kichgina, ingichka va 
qoyalarning toshlarini masalan granit va gneissni ajratib olgan holda amalga 
oshiriladi.Bir joyda to’plangan yoiqlg’i qoyaning kichgina maydonining yuza 
qismida yondiriladi.Shundan keyin qoyalarning ustki qatlami birin-ketin 
ajraladi.Keyin boshab qolgan qoyalarning qismlari xohlagan shaklda bo’laklarga 
bo’linadi
Portlatish:Portlovchi moddalar masalan portlovchi kukun, portlovchi 
paxta,dinamit va kardit vositalaridan foydalaniladi.
Parmalash: Qoyadagi teshiklar teshiladi va parmalanadi.Vertikal teshiklar 
uchun parmalovhi metallardan foydalaniladi.Bu jarayon davom etib turgan paytda 
teshikka to’xtovsiz suv qo’yib uni yumshatib turiladi.Bu jarayon paytida loyli 
gillar chiqadi ularni oradan olib tashlash talab qilinadi.
Portlatish Dastlab o’ralar butunlay quritiladi va o’ralarga talab qilingan 
hajmda portlovchi narsalar qo’yiladi.O’ralarni quritish uchun eski latta-puttalar 
bog’lab chiqiladi va agar namlik mavjud bo’lsa bular namlikni shimib oladi.
Portlashda ehtiyot chorasi:Har xil falokatlar portlatish paytida yuz 
beradi.Quyidagilar bu jarayon uchun foydali ko’rsatmalardir:


1) Portlatish kechqurun va ertalabki soatlarda amalga oshirilmasligi kerak. 
Portlatish soatlari ma’lum bir ogohlantiruvhi signallar orqali ishlovchilarga va 
yaqin atrofda turuvhi aholiga bildirib quyilishi kerak.
2) Xavfli zona hududi taxminan 200 m radius hajmda bo’lib m’lum belgilar 
bilan belgilanishi kerak.
3) Birinchi yordam berishga barcha sharoitlar qilingn bo’lishi 
kerak.Portlatishlar soni yozib borilishi kerak.
4) Portlovchi moddalar omborlarda ehtiyotkorlik bilan saqlanishi kerak.
5) Detonator va portlovchi moddalar bir joyda saqlanmasligi kerak.
6) Katridjlar qo’lda rezina yoki politelin qo’lqoplar bilan tashilishi kerak.
7) Eng ko’pi bilan 10 ta o’ra bir vaqtda portlatilishi kerak, undan ortig’i 
xavfli bo’lishi kerak
5
.
Ohaktosh va dolomit zaxiralari hamma qit’alarda uchraydi, qazib chiqarish 
va qayta ishlash oson. SHu tufayli ular qurilishda poydevor va devorlarda, 
binolarni bezashda, beton uchun to‘ldiruvchi sifatida, ohak va sement 
bog‘lovchilari olishda ishlatiladi. Dolomit bog‘lovchi va olovbardosh materiallar, 
sement, shisha, keramika va metallurgiya sanoatida ishlatiladi.
Sulfatli jinslarga gips va angidrit kiradi. Gips angidritga nisbatan yumshoq 
bo‘ladi. Angidrit oq, yashilsimon, och kulrang va kulranghavorang ranglarda 
bo‘ladi. Gips va angidrit tosh xolatida qurilishda bog‘lovchilar olishda ishlatiladi. 
Gips konlari Markaziy Osiyo tog‘larida ko‘plab uchraydi va tozaligi bilan 
farqlanadi.
Magnezit asosan magnezit minerallaridan iborat bo‘lib, olovga bardoshli 
materiallar, bog‘lovchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Magnezit bog‘lovchi 
yog‘och chiqindilari asosida kompozitsion materiallar olishda qadrlanadi.
Allit jinslariga glinozyomlar-boksitlar va lateritlar kiradi. Boksit-alyuminiy 
gidroksidi qizil, qo‘ng‘ir, jigarrang, yashil-kulrang ranglarda bo‘lib, olovbardosh, 
qum qayroq, alyuminiy ishlab chiqarishda xomashyodir. Laterit kaolinit va temir 
gidrookisdan iborat. Qizil, qo‘ng‘ir va sariq ranglarda bo‘ladi. U agressiv 
muxitlarda ishlatilishi mumkin.
Orgonogen cho‘kindi jinslarga ohaktosh, bo‘r, trepel, opoka, diatomit 
kabilar kiradi. Orgonogen ohaktosh dengiz umurtqasiz hayvonlari, ohakli suv 
o‘tlari va ohaktoshning aralashishidan paydo bo‘lgan. Orgonogen ohaktoshning bir 
turi bo‘r hisoblanadi. Bo‘r oq rangli, yumshoq jins bo‘lib, bo‘yoq, zamazka uchun 
pigment, ohak va sement kabi bog‘lovchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
CHig‘anoqli ohaktosh zichligi 0,8-1,8 g sm
3
, engil arralanuvchan, 
teksturasi chiroyli jins bo‘lgani uchun qurilishda ichki, tashqi devor va pollarni 
5
Building of materials S.K. Duggal, New Age International (P) Ltd 2008,page 57,58.


qoplashda ishlatiladi. Uning chiqindilari beton uchun to‘ldiruvchi sifatida 
foydalaniladi.
Diatomit, trepel va opokalar asosan diatomitli suv o‘tlari qobiqlari, toshga 
aylangan mikroorganizmlardan, amorf kremnezemdan iborat uvalanadigan tog‘ 
jinslaridir. Ular issiqlik izolyasiyasi materiallari olishda, sement uchun mineral 
aktiv qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling