3 Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish
3.1 Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari
Magmatik tog‘ jinslar. Tog‘ jinslarining chuqurlikda hosil bo‘lishi, ularni
zich, mustahkam, chiroyli teksturali bo‘lishini ta’minlaydi.
Granit-kvars (25-30%), dala shpati (ortoklaz, 35-40%) va slyudadan
(510%) iborat. U och kulrang, kulrang, pushti, qoramtir-qizil, sariq ranglarda
bo‘ladi. Granitning siqilishdagi mustahkamligi-120-250 MPa. U mo‘rt material
bo‘lgani uchun zarbiy ta’sirlardan saqlash kerak.
Granitning g‘ovakligi 1,5% atrofida bo‘lib, suv shimuvchanligi juda kichik
(0,5% hajm bo‘yicha).
Granit oq, sariq,kulrang, pushti, qizil ranglarda bo‘lib, teksturasi juda
chiroyli bo‘ladi. Uning mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi va edirilishdagi
qarshiligi yuqori bo‘lgani uchun bino sokollarida, fontan va qirg‘oq qoplamlarida,
kislotaga chidamlilik talab etilgan joyda hamda yuqori mustahkamlikdagi beton
tayyorlashda yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
Sienit-kaliyli (50-70%) va natriyli (10-30%) dala shpatlari, rangli
minerallardan (10-20%) tashkil topgan. Sienit tarkibida kvars (10-15%) bo‘lsa,
sienit kvarsli sienit deb yuritiladi. Sienit pushti, kulrang, ko‘kimtir ranglarda
bo‘ladi.
Diorit-dala shpati (45-50%), kvars (20-25%), rangli minerallardan iborat.
Rangli minerallardan rogovaya obmanka ko‘proq bo‘ladi. Diorit mustahkam (150-
300 MPa), sovuqqa chidamli, zarb va edirilishga qarshiligi yuqori jinsdir. SHu
sababli koshinlashda, yo‘l qoplamalarida va xaykaltaroshlikda ishlatiladi.
Gabbro-dala shpati (plagioklaz), kulrang va qoramtir (avgit, olivin)
minerallardan iborat. Gabbro zichligi 2,9-3,0 g sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi
200-300 MPa.
Gabbro jilolanganda juda chiroyli ko‘ringani uchun xaykaltaroshlikda,
koshinlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |