Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Labrodorit-asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib, 
gabbroning bir turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda bo‘ladi 
va jilolanganda toblanadi. Labrodorit koshinlashda, xaykaltaroshlikda ishlatiladi.
Magmatik otqindi tog‘ jinslaridan asosan porfirlar, diabaz, bazalt, andezit 
va boshqalar qurilishda ko‘p ishlatiladi.
Porfirlar-mayda kristalli strukturada nisbatan yirikroq kristallar mavjudligi 
bilan xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (dala shpati) xillari mavjud. Kvarsli 
porfirlar mineral tarkibga ko‘ra granitga yaqin bo‘lgani uchun uning xossalari 
granitnikiga o‘xshaydi.
Kvarssiz porfirlar tarkibi jixatidan sienitga o‘xshaydi, ammo xossalari 
sienitning xossalari kabi bo‘lmaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir, kul rangida toblanadi, 
zichligi 2,4-2,5 g sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 120-180 MPa.
Ular bezak plitalari, yo‘l bordyurlari tayyorlashda ishlatiladi.
Andezit-plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan iborat 
bo‘lib, dioritning o‘xshashidir. Odatda kulrang, sarg‘ish kulrang bo‘ladi. Uning 
zichligi 2,7-3,1 g sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 140-250 MPa. Andezit 
kislotaga chidamli plitalar, dispers to‘ldiruvchilar olishda ishlatiladi.
Bazalt-zich,goxida porfirsimon strukturaga ega bo‘lib, gabbroning 
o‘xshashidir. Uning zichligi 2,7-3,3 g sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 110500 
MPa. Bazalt xarsang tosh, maydalangan xolatda beton uchun to‘ldiruvchi sifatida 
ishlatiladi. Bezaltni yuqori haroratda eritib juda nozik tolalar va ulardan issiqlikdan 
izolyasiyalovchi matolar olish mumkin.
Diabaz-gabbroning o‘xshashi bo‘lib, mayda kristalli strukturaga ega. 
Tarkibi plagioklaz va rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz juda qattiq, 
mustahkam (300-400 MPa), zich bo‘lgani uchun yo‘l qurilishida ishlatiladi.
Pemza-g‘ovak vulkanik shisha oq yoki kulrang bo‘ladi. G‘ovakligi 60%, 
zichligi 2-2,5 g sm
3
, o‘rtacha zichligi 0,3-0,9 g sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 
2-4 MPa. Pemza issiqlik izolyasiyalovchi xususiyatga ega, undan engil betonlar 
uchun to‘ldiruvchi, sement va ohak ishlab chiqarishda gidravlik qo‘shimchalar 
olish mumkin.
Vulqon tufi- vulqon kuli, pemza va boshqa jinslarning sementlashishi va 
zichlashishidan hosil bo‘lgan. Tuflar pushti, to‘q sariq, qizil, jigar rang bo‘ladi. 
Etarli g‘ovakligi, mustahkamligi va chidamliligi ulardan issiqlik izolyasiyasi 
materiallari olishga imkon beradi.
Magmatik jinslar Ukraina, Rossiya, Kavkaz yassi tog‘liklarda ko‘plab 
uchraydi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling