“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 19-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
179
8- misol. «Ba‘zi toq sonlar 4 ga bo‗linadi» mulohazasining inkorini tuzing.
Yechish. «Ba‘zi toq sonlar 4 ga bo‗linadi». Bu yolg‗on mulohaza. Barcha toq sonlar
ikkiga bo‗linmaydi va, demak, 4 ga ham bo‗linmaydi. Berilgan mulohazaning inkori: «ba‘zi
toq sonlarning 4 ga bo'linishi yolg‗on». Bu rost mulohaza va mazmuniga ko'ra «barcha toq
sonlar 4 ga bo‗linmaydi» mulohaza mazmuniga mos keladi.
Shunday qilib, «ba‘zi toq sonlar 4 ga bo‗linadi» mulohazasi- ning inkorini ikki usul
bilan tuzish mumkin:
1) berilgan jumlaning oxiriga «ekani (bo‗lish) yolg‗on» so‗zini qo‗shish bilan;
2) mavjudlik kvantorini umumiylik kvantoriga almashtirish hamda kvantordan keyin
keluvchi jumlani uning inkoriga almashtirish bilan.
Kvantorli (umumiylik yoki mavjudlik) fikrning inkori ikki xil usul bilan yasalishi
mumkin:
1) berilgan fikrning oxiriga «ekani (bo‗lishi) yolg‗on» so‗zla- rini qo‗shish bilan;
2) umumiylik (mavjudlik) kvantorlarini mavjudlik (umumiy- lik) kvantorlariga
almashtirish hamda kvantordan keyin keluvchi jumlani uning inkoriga almashtirish bilan.
Keltirilgan bu qoida kvantorli mulohazaning inkorini to‗g‗ri yasash uchun yetarli.
Berilgan mulohazaning inkori yana boshqa shaklda ham yasalishi mumkin. Bunda faqat
ushbu talabga rioya qilish muhim: agar berilgan mulohaza yolg'on bo‗lsa, u holda uning
inkori rost mulohaza bo‗lishi kerak va aksincha.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Bikbayeva N. U., Sidelnikova R. I., Adambekova G. A. Bosh- lang‗ich sinflarda
matematika o'qitish metodikasi. 0‗rta maktab boshlang‗ich sinf o‗qituvchilari uchun
metodik qo'llanma. — T.: «0‗qituvchi», 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |