1. Biznes butunlay asoschilar tomonidan egalik qilinadi va boshqariladi.
2. Aksariyat asoschilar tashqi maslahatchilar yoki biznes hamkorlardan mas-lahatlar oladi, ammo asosiy muhim qarorlarni o‘zlari qabul qilishadi.
3. Biznes muvaffaqiyati uchun kuchli majburiyat va mos ravishda sodda boshqaruv tuzilmasi amal qiladi.
4. Eng muhim masala bu - keyingi boshqaruvchini muvaffaqiyatli tanlash va rejalashtirishdir.
|
1. Egalik va boshqaruv asoschilarning farzandlariga o‘tadi.
2. Biznesni boshqarish murakkablik kasb etadi.
3. Birodarlar (aka-ukalar)ning o‘zaro ahilligini saqlab qolish va biznes jarayonlarini rasmiy tusda bosh-qarishga e’tibor qaratiladi.
4. Oila a’zolari o‘rtasida sa-marali aloqa kanallari yaratiladi va asosiy boshqaruv lavozimlari uchun munosib nomzodlar tanlanadi.
|
1. Biznesga egalik qiluvchilar doirasi yanada kengayadi va boshqaruv mu-rakkablashadi.
2. Biznesga egalik qilish bo‘yicha oilaviy ichki ziddiyatlar ortishi kuzatiladi.
3. Umumiy strategiyani belgilash va boshqa moliyaviy qarorlar qabul qilish bo‘yicha murakkabliklar ortadi.
4. Kelgusidagi maqsadlarni aniq belgilash talab qilinadi va oilaviy nizolarni hal qilish hamda oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi.
|