Kredit mexanizmi, tarkibi elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv


Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsad va vazifalari


Download 0.68 Mb.
bet2/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1503196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV (1)

Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsad va vazifalaribo`lib, mamlakatimiz bank tizimidagi kredit operatsiyalari natijasidayuzaga keladigan kreditning to`lovlilik tamoyili asosida unga to`lanadigan kredit bahosining yuzaga kelishi va kredit bahosiga ta`sir etuvchi omillar tahlili haqida fikr yuritish va kredit bahosini shakllantirish yani foiz stavkani iloji boricha kamaytirish, arzon kredit resursidan samarali foydalanish va kreditga ehtiyoji bo`lgan sohalarga uni taqsimlashdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida asoslangan xulosalar va tavsiyalar orqali kredit bahosi mehanizmi faoliyatini takomillashtirish imkonini beradi.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti.Ushbu bitiruv malakaviy ishining ishiningpredmeti bo’lib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarni kreditlash amaliyotini takomillashtirish, kreditlashdagi mavjud muammolarnibartaraf etishningjahon amaliyotida keng qo’llaniladigan usullarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish hisoblanadi.Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respubikasi tijorat banklarining kredit uchun qo`yiladigan baho hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi.Bitiruv malakaviy ishining ishi tarkibi kirish, uch bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I bob. Kredit bahosi va uning nazariy-huquqiy asoslari

    1. Kredit bahosimexanizmining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati

Kredit (lotincha "creditum" – ishonish - verit, doveryatsyadegan ma’noni anglatadi) deganda o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar tomonidan ma’lum muddatga xaq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Ko’pchilik fikricha sudxo’rlik bu kreditni ilk ko’rinishi deb hisoblaydi. Sudxo’rlik qaysidir jihatdan kreditga o’xshab ketishi mumkindir lekin kredit sudxo’rlik bilan qarzga berish, foiz olish funksiyalari jihatdan o’xshash bo’lishi mumkin xolos. Kreditni vujudga kelishiga sudxo’rlikni cheklash, oldini olish maqsadida ko’rilgan choralardan biri deb qaraladi. Buyuk olimlardan biri Frensis Bekon ” sudxo’rlikni yo’q qilmasdan, uni cheklash zarur” degan fikri kredit ishining rivojlanishi, kapitalistik banklarning paydo bo’lishi sudxo’rlikka qarshi yo’naltirilganligini tasdiqlaydi.
Kredit qadimdan ma’lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog’lik. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin). Shu va boshqa holatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomalasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan bog’lik. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo’ldi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiyotning real sektorini kreditlash tijorat banklarining muhim daromad manbai hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyatining natijalari va banklar tamonidan iqtisodiyotning real sektoriga yo`naltiriladigan kreditlarning hajmi ularga belgilangan baho darajasiga bog`liq. Tijorat banklarida kredit bahosining shakllanishini nazariy jihatdan tadqiq qilish va uning xususiyatlarini o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit bahosi to`g`risida fikr yuritishdan avval unga oid ilmiy yondashuvlarni tadqiq qilish muhim hisoblanadi.
Biz bilamizki, qadimdan zadogonlar tamonidan berilgan resurslar uchun ularga yirik foiz ko’rinishida mablag`lar berilgan. Foiz nazariyasi iqtosodiyotda pulning vujudga kelishi bilan shakllana boshlagan va avvalo foizni iqtisodiy tushuncha sifatida o`rganila boshlagan. Bir qancha asrlar davomida katolik cherkovi Aristotelning obro`yi ta`sirida foizning gunohkor tabiati haqidagi fikrlarni olg`a surdi. Natijada qonun bilan tasdiqlangan foiz shartnomalari Angliyada 1571-yilda, Fransiyada esa 1789-yildagina bekor qilindi. Quronda ham foiz juda qattiq muxokama qilinadi va ribo deb ataladi.
Foiz bu – iqtisodiy aktivlardan vaqtinchalik foydalanilganlik uchun to`lov sifatida e`tirof etiladi. Kreditor qarz oluvchiga kredit beradi, qarz oluvchi ssudadan foydalanadi va o`sgan qiymatni oladi hamda shu foydadan kreditorga kredit uchun to`lov sifatida to`laydi.

  • Kreditor va qarz oluvchi o`rtasida amalga oshirilgan shartnoma kredit bozoridagi foiz stavkasining darajasiga asosan belgilanadi. Kreditor uchun foiz bu vaqtinchalik iste`molni chegaralagani uchun rag`batlahtirish hisoblanadi. O`z navbatida kredit taklifi milliy daromad hajmi, likvidlilik va risklarga bog`liq hisoblanadi.

Kredit bahosi xususidagi fikrlar dastlab Qadimgi Yunonistonda paydo bo`lgan. Platonning fikricha, “ … kreditning faqat ishonch asosida va foizsiz berilishi maqsadga muofiq”. Aristotel ham shunday fikrlarni bildirib, “ … pul pulni yaratmaydi va foiz daromad keltirmaydi” deb yozadi. Uning fikri ham pulni foizga emas, balki vaqtinchalik foydalanish uchun berishni yoqlaydi.
Aniq bilamizki, o`sha davrga mos bunday yondfashuvlar sudxo`rlik rivojlangan davrda jamiyat rivojlanishida tabaqalashni cheklash uchun xizmat qilgan. Biroq jamiyat rivojlanishi va taraqqiyotini ta`minlovchi manba bo`lgan kredit va uning bahosini to`g`ri talqin qilish kerak.
Iqtisodiy lug`atda kredit bahosi kreditdan foydalanganlik uchun foiz to`lovlari yig`indisi sifatida qayd etilgan. Aynan shu manbada kredit foiz stavkasi kredotorning ssudadan foydalanganligi uchun qarzdordan olinadigan to`lov ekanligi hamda foiz miqdori bank tamonidan o`rnatilishi ham ko`rsatilgan2. Ammo kredit bahosining shakllanish jaroyoni va uning boshqa tarkibiy qismlari xususida fikrlar bildirilmagan.

  • K.Marksning fikricha, “… foiz qarzga beriladigan kapitalning o`sishidir”. U qarzga beriladigan kapitalning o`sishidan iborat bo`lgan foiz qarzga beriladigan kapitalning qarz beruvxhi va qarz oluvchi o`rtasidagi shartnoma bilan belgilanadigan bahosi shaklida namoyon bo’lishini ta`kidlaydi. Bundan tashqari, foiz miqdori xususida to`xtalib, “… foizning faqat yuqori chegarasi bor, u ham bo`lsa – o`rtacha foydadir”, deb tushuntiradi3.

  • Aslida esa, kredit foiz stavkasining quyi va yuqori chegarasi bo`lib, uning yuqori chegarasi kreditdan foydalanish natijasida olinadigan o`rtacha foyda miqdoridir. Kredit foiz stavkasining quyi chegarasi bankning kreditdan berishdan olishi mumkin bo`lgan minimal foydasi hisoblanadi. Chunki foiz stavkasi quyi chegarasining bo`lmasligi mablag` egalarining mablag`larni joylashtirishidan naf bo`lmasligini anglatadi.

  • Klassik nazariyada foiz stavkasi va uning me`yori haqida J.Keyns: “Foiz me`yori bozorda kapitaldan foydalanganlik uchun to`lanadigan baho sifatida aniqlanadi”4 , degan fikrni bildirgan. Muallif tamonidan foiz stavkasining makroiqtisodiy jihatdan shakllanish mexanzmi o`rnatilgan va iqsodiyotdagi investitsion jaroyonlarga bevosita ta`sir etish qobiliyatiga ega ekanligi asoslab berilgan.

  • J.Keyns “Likvidlilikni afzal ko`rish” quyidagilar bilan bog`liq ekanligi ko`rsatib o`tadi:

  • - Ishlab chiqarish – joriy shartnomalar uchun naqd pul mablag`lariga bo`lgan extiyoj.

  • - Extiyotkorlik motivi resurslarni yo`qotish riskining oldini oluvchi eng ishonchli shaklda saqlash.

  • - Chayqovchilik motivi – pul kapitalidan kelajakda foydalanishdan kata daromad olish rejalashtiriladi.

  • O`z kapitalini pul shaklida saqlovchi shaxs “likvililikni afzal ko`rish” dan voz kechib, pullarni ssudaga berishi uchun “mukofot”, yani foiz olish kerak. Keyns umumiy xulosa qilib, foiz me`yori likvidlilikdan voz kechish evaziga mukofot bo`lish bilan birga, pul egalari o`zining likvidli mol-mulkidan voz kechishni xohlamasligi darajasining o`lchovi sifatida qaraydi. Foiz me`yori boylikni pul ko`rinishida saqlab turishni xohlab, mavjud pul hajmi darajasini tenglashtirib turuvchi “baho” hisoblanadi.

Keyns fikrisha, investitsiyaga bo`lgan talab ikkita sababga ko`ra samarali bo`lmagan:
- O’sha “asosiy psixologik qonunning” amal qilish tufayli iste`molchining sarflagan investitsiyaga foyda ololmay qolishidan qo`rqishi;
- Kredit uchun yuqori ssuda foizining amal qilishi.
Keyns yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun davlat va hukumatning quyidagi faoliyat yo`nalishlarini taklif qiladi:
- Davlat uchun yuqori bo`lmagan iste`mol talabini davlat xarajatlarini va iste`molni ko`paytirish orqali konpensatsiyalashi kerak;
- Hukumat ssuda foizini ilmiy asosda tartibga solish yo`li bilan xususiy investitsiyani rag`batlantirish siyosatini yurgizishi kerak;
- Bozordagi vaziyatga qarab,ayrim hollarda, aholi jamg`armasining haddan tashqari ko`payib ketishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida, oholidan olnadigan soliqlarni ko`paytirish lozim; shu maqsadda vaqti-vaqti bilan ish haqi darajasini muzlatib qo’yish o’rinli hisoblandi;
Rossiyalik iqtisodchi olim O.I. Lavrushinning tadqiqotlarida uchratish mumkindan . U “Ssuda foizi ssudadan vaqtinchalik foydalanishdan olinadigan o`ziga xos to`lov hisoblanadi”5, degan fikrni bildirib suda foizining tarkibiy qismi sifatida bank foiziga urg`u bergan, uning farqli jihati sifatida kredit munosabatlarida bank ishtirok etishni ta`kidlab, kredit bahosining makrodarajada va mikrodarajadagi omillar ta`sirida shakllanishini taxlil etishga va ularni guruhlashga o`z e`tiborini qaratgan.
Kredit bahosi va kredit foiz stavkalari xususida mamlakatimizda iqtisodchi olimlari qarashlari muhim hisoblanadi. Jumladan kredit bahosi va uning shakllanishi xususida SH.Z.Abdullayevaning qarashlari ilmiy asoslangan va aniq yo`nalishga ega ekanligini ta`kidlash lozim. SH.Z.Abdullayeva kredit bahosini belgilashda kredit mablag`larining bahosi va kredit amaliyotlari xizmatining qiymati asosiy mezon bo`lib xizmat qilishini ta`kidlaydi6. Shuningdek, muallif kredit narxi bozor iqtisodiyoti talablari asosida kredit mablag`lariga bo`lgan talab va taklifga qarab shartnoma asosida belgilanishi, bank foiz stavkalarini o`rnatishda ichki va tashqi bozorlarda yuzaga keladigan o`rtacha foiz stavkalarining, mamlakatdagi inflatsiya darajasi, bank daromadliligiga qarab ish tutishi lozimligini e`tirof etgan.

  • B.T.Berdiyarov bu xususida quyidagi fikrlarni qayd etgan: “…. Berilgan kreditlar uchun olingan foizlar kreditlar bo`yicha daromad hisoblanadi va foiz stavkasi kreditning daromadliligini aniqlab beradi”7.

  • Bir tamonlama yondashganda kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadning kredit summasi nisbati uning daromadliligini aniqlab beradi. Bundan tashqari, kredit foiz stavkasi darajasiga ham to`xtalib, kreditlar bo`yicha foiz stavkasi bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida shakllanib kreditdan foydalanilganlik uchun to`lanadigan foiz darajasi iqtisodiy jihatdan belgilangan o`z chegaralariga ega ekanligini ta`kidlaydi. Fikrimizcha, bu yerda kredit bahosi kredit qo`yilmalarining daromadliligi nuqtai nazaridan talain qilingan.

  • X.A.To`xsanov o`z ilimiy izlanishlarida bank foiz siyosatining bir yo`nalishi sifatida kredit bahosi va kredit siyosatiga oid fikrlarni bildirgan. Xusasan, “bank foizi – bu bir tamondan o`z bahosiga ega jalb qilingan kapital o`zlashtirilgani uchun to`lov, ikkinchi tomondan turli yo`nalishlarda (investitsiya, kredit, lizing va boshqalar) kapitalni taqdim qilshdan yoki moliyaviy, ishlab chiqarish xarakteridagi investitsiyalaridan olinadigan dariomad hisoblanadi”8.Muallifning fikricha, bank foiz stavkasi moliyaviy resurslarni oluvchi va sotuvchi o`rtasida aniq munosabatlarni o`rnatish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, bank foiz stavkalarini tasniflash, ularning umumiy jihatlarini tadqiq qilib ma`lum bir tizimga keltirgan.

  • T.M.Qoraliyev fikricha, “… pul bozorida pulga bo`lgan talab va taklif mujassamlanadi va uning zamirida baho, yani ssuda foizi aniqlanadi”9. Olimning ta`kidlashicha ssuda foizining darajasi pul-kredit siyosati instrumentlari ta`siri ostida shakllanadi yani, foiz me`yoriga ta`sir ko`rsatish orqali muomiladagi pul massasiga ta`sir ko`rsatadi. Albatta, makrodarajadagi kredit resurslari bahosi shakllanishida ushbu omil o`z o`rniga ega bo`lishi mumkin, lekin, tijorat banklarida kredit bahosi vujudga kelishida boshqa ichki omilar mavjudki, ularning ta`sirini kreditlar bahosini shakllantirilishida hisobga olish muhim hisoblanadi.

Markaziy bankning pul-kredit siyosati orqali tijorat banklari kreditlarning foiz satavkalariga ta`sir ko`rsatish masalasi T.I.Bobaqulov tomonidan tadqiq qilinib, “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarini kreditlash hajmini oshirish hisobidan bank kreditlari foiz stavkalarining darajasiga real ta`sir etishi lozim”10, degan fikr bildirgan.

  • Olimning banklararo raqobat muhiti to`la shakllanmagan hozirgi sharoitda faqat Markaziy bank ssuda kapitallari bozoridagi talab va taklif muvozanatida bevosita ta`sir ko’rsata olishi to`g`risidagi fikri muhin amaliy kasb etadi.

  • I.Y.Qulliyev esa kredit bahosiga quyidagi ta`rifni keltirib o`tadi : “… qarz oluvchi tamonidan shartnoma shartlariga muofiq kreditorlarga mablag`lardan vaqtinchalik foydalanganlik uchun to`lanadigan to`lovdir”11 deb ta`rif berib o`tadi.

  • Umumiy jihatdan, kredit bahosi tarkibiy jihatdan kredit shartnomasida belgilangan kredit foiz stavkasi va bank tamonidan belgilangan qo`shimcha to`lovlardan tashkil topadi.

Kredit bo`yicha to`lovlar:

    • Kredit buyurtmasini ko`rib chiqish va kreditni rasmiylashtirish uchun haq;

    • Kredit berganlik uchun vositachilik haqi;

    • Kredit hisobvarag`ini yuritish va uni boshqarish uchun to`lov;

    • Kredit bo`yicha o`tkaziladigan to`lovlar bo`yicha komission haq;

    • Mijoz majburiyatlari bajarilmagan hollarda to`lanadigan penya va boshqa shu kabi to`lovlarni o`z ichiga oladi.

  • Kredit bahosi va kredit foiz stavkasi o`rtasida kuzatishimiz mumkin bo`lgan farqlarni tadqiq qilib ko`ramiz:

  • Bank krediti bo`yicha foiz stavkasi shartnomada belgilanadi va foiz hisoblash usullariga muofiq hisoblanadi hamda shartnomada belgilangan davriylik asosida mijozlar tamonidan to`lanadi;

-Kredit bahosi kredit bo`yicha foiz stavkasidan tashqari qo`shimcha to`lovlarni ham o`z ichiga oladi. Mijoz to`laydiagan barcha to`lovlar (foiz va komission to`lovlar) yig`indisi, yani bankning kredit xizmatini ko`rsatishdan oladigan daromadlari umumlashgan holda kredit bahosida mujassamlashadi.
Tijorat banklari tamonidan mijozlarga kredit liniyasini ochish yo`li bilan kredit berish mumkin. Mijoz shartnomada kelishilgan barcha mablag`larni o`zlashtirsa, u holda kreditning umumiy miqdoridan kelib chiqib foiz to`lovlarini to`laydi. Agar mijoz olingan kreditni to`la o`zlashtirmagan holatida, o`zlashtirilmay qolgan qismiga shartnomada belgilangan miqdorda komission haq to`laydi. Chunki bank mijoz uchun o`z likvidligini ta`minlangan holda kreditni o`z vaqtida ta`minlash majburiyatini oladi. Bunday sharoitda tijorat banklarida likvidlilik riski yuzaga keladi. Likvidlilik riskini pasaytirish maqsadida bank tamonidan qo`shimcha komission haq to`lanadi. Shuningdek, mijoz majburiyatlarini o`z vaqtida bajarmagan taqdirda shartnomada belgilangan tartibda penyalar ham to`lashi mumkin. Shu nuqtai nazardan bunday to`lovlarni kredit bahosi tarkibiga kiritishni maqsadga muofiq deb o`ylaymiz12.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling