Kredit mexanizmi, tarkibi elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv


Mamlakatimiz tijorat banklari kredit bahosining nazariy-huquqiy asoslari


Download 0.68 Mb.
bet3/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1503196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV (1)

1.2 Mamlakatimiz tijorat banklari kredit bahosining nazariy-huquqiy asoslari
Banklar faoliyatining xuquqiy asosi deganda, odatda banklar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi amaldagi O`zbekiston Respublikasi Prezdentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Markaziy bank Boshqaruvi tamonidan tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda Adliya vazirligidan davlat ro`yxatidan o`tgan Markaziybankning me`yoriy hujjatlari tushuniladi.
Tijorat banklarida bank operatsiyalari va xizmatlarini ko`rsatish hamda ularni amalga oshirish bo`yicha huquqiy manbani tashkil etuvchi qonunlarni qabul qilishda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yuridik asos hisoblanadi. Respublikamizda kredit munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishda bank sohasiga oid qonunlar muhim ahamiyatga ega. Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlaridan biri tomonlar o`rtasida kredit bitimining shartnomaviy ahamiyatga ega ekanligi. Kredit munosabatlarida ikki tamon, qarz oluvchi va kreditor ishtirok etib, ular o`rtasida yuzaga keladigan o`zaro talablar va majburiyatlar shartnoma asosida mustahkamlanishi ko`rsatib o`tilgan. Qarzdor va kreditor o`rtasida kredit shartnomasi yozma ravishda tuzilib, tomonlar o`rtasida imzolanib huquqiy kuchga kiritiladi. Fuqarolik kodeksining 744-moddasida, kredit shartnomasida bir tamon – tijorat banki yoki boshqa kredit tashkiloti ikkinchi subyektga shartnomada ko`rsatilgan miqdorda va belgilangan shartlarda pul mablag`larni berish, qarz oluvchi esa olingan pul mablag`larini va undan foydalanganlik uchun foizlarni qaytarish majburiyatini oladi13.
Kredit summasiga hisoblanadigan foizlar bu kredit shartnomadan kelibchiqqan holda kredit muddati va qarz oluvchining shartnomada qayd etilgan shartlarda va tartiblarda to`lanadigan to`lov hisoblanadi. Huquqiy tasnif nuqtai nazardan kredit summasi uchun foiz kreditor bankga ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`lanadigan “pul mukofoti” (kredit berganlik uchun to`lov) hisoblanadi. Bunday mukofotni pul mablag`larini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida olinadigan bank daromadlarining bir turi sifatida qaraymiz. Foizlar darajasi (foiz stavkasi) to`g`risidagi shart kredit shartnomasida tomonlar o`rtasidagi kelishilgan foiz stavka sifatida ifodalanadi. Bunda foiz stavkasi darajasi tomonlar manfaatiga mos bo`lishi lozim, yani foiz stavkasi miqdori nolga teng bo`lmasligi va juda yuqori bo`lmasligi lozim.
Bank kreditini foizsiz berganda, qarz oluvchidan boshqa manfaat qo`shimcha daromad olishni rejalashtiradi. Ushbu amaliyot ayrim mamlakatlar bank amaliyotida mavjud bo`lib, foizsiz kreditlar taqdim etish orqali bank mijozlaridan turli daromadlar turli daromadlar olish ko`zlanadi. Kredit shartnomasining muhim elementlaridan biri kredit foiz stavkalarining belgilanishidir. Bank kreditidan foydalanganlik uchun to`lov miqdori shartnomada ko`rsatib o`tiladi. Bank va qarz oluvchi o`rtasidagi shartnomaga muoviq, bank kreditidan foydalanganlik uchun foiz to`lovlarini o`z vaqtida qarzdordan talab qilish huquqiga ega bo`ladi. Bundan tashqari, kredit shartnomasida bir martalik vositachilik va komission haq to`lash belgilanishi mumkin. Ushbu shartlar kredit shartnomasining tegishli bo`limida aks ettirilishi lozim. Demak, kreditning foiz stavkasi qarz oluvchi va kreditor o`rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko`rsatib o`tiladi. Endi kredit shartnomasida kredit foizi miqdorini o`rnatishning qonunlarda qayd etilgan jihatlarini ko`rib chiqamiz.
“Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi qonunning 3-bobi 31-moddasida, banklar o`z mijozlari bilan o`zaro munosabatlarni shartnomalar asosida amalga oshiradi. Kreditor va qarz oluvchi o`rtasida tuzilgan kredit shartnomasi huquqiy-iqtisodiy shartlarni, tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniqlaydi. Respublikamiz tijorat banklari chakana xizmatlarning rivojlanishini, aholi va banklar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni takomillashtirishni talab etadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tamonidan qabul qilingan “Iste`mol krediti to`g`risida” gi, “Ipoteka to`g`risida” gi va “Mikromoliyalash to`g`risida” gi qonunlarga muofiq, bank va qarzdor o`rtasidagi kredit munosabatlari qonuniy jihatdan tartibga solinadi. Xususan, ularda bank kredit xizmatlarini ko`rsatish shartlari, tartibi va ular bo`yicha belgilanadigan foiz stavkalari shakllanishining huquqiy asosi belgilab berilgan.
Tijorat banklari operatsiyalari bo`yicha foiz stavkalari,xizmat haqi va komission to`lovlar Qonun va qonun osti hujjatlariga muoviq banklar tamonidan mustaqil belgilanadi. Jumladan, “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi qonunning 28-moddasi birinchi bandiga muofiq, bank kredit operatisyalari bo`yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilaydilar14. Kredit foiz stavkasi va boshqa to`lovlarni belgilash tartibi bank siyosatida o`z aksini topadi.
O`zbekiston Respublikasi “Iste`mol krediti to`g`risida” gi 2006-yil 24-fevralda qabul qilingan qonunning 7-moddasi 4-bandiga saosan iste`mol krediti berish qoidalari, kredit miqdori va muddati, foiz stavkasi to`g`risidagi ma`lumotlar hamma uchun ochiq bo`lishi ko`rsatilgan. Ushbu qonunning 10-moddasida, bank va mijoz shartnomasi asosida kredit munosabatlari kuchga kirishi, shartnomada foiz stavkasi ko`rsatilishi va u tomonlar kelishuvi asosida o`rnatilishi belgilab qo`yilgan.

  • O`zbekiston Respublikasi “Mikromoliyalash to`g`risida” gi qonunning 8-moddasiga muofiq, kredit tashkilotlari qarz oluvchilarga mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsatish qoidalarining ochiq bo`lishini ta`minlashi lozim. Kredit tashkilotlari mikromoliyaviy xizmatlarni ko`rsatishda mijozlarga moliyaviy xizmat miqdori (summasi), muddati va undan foydalaniladigan to`lanadigan haq to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim qilishi lozim. Ushbu qonunning 14-moddasida, tomonlar o`rtasidagi munosabatlar shartnoma tuzilishi orqali amalga oshirilishi va unda foizlar yoki lizing to`lovlari miqdorini aniq belgilash lozimligi ko`rsatilgan. Shuningdek, shartnomada ko`rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar bo`yicha asosiy qarzlarni qaytarish tartibi va unga hisoblangan foiz to`lovlarini to`lash tartibi va muddatlari o`z aksini toppish lozim. Bankdan olingan mablag`lar muddatidan oldin qaytarilishi va mijozlar haqiqatdan ham foydalanilgan muddat uchun foiz to`lovlarini to`lash qonunning 19-moddasida aks ettirilgan. Haqiqatda foydalanilgan davr uchun foizlarni to`lanish sharti kredit shartnomasida ham ko`rsatilish shart.

  • Kreditlash bilan bog1iq me`yoriy hujjatlada imtiyozli foiz stavkalari va ularni qo`llash borasidagi tartiblar ham o`z aksini topgan. Imtiyozli foizlarni o`rnatishning birlamchi qonuniy asosi “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi qonunning 28-moddasi hisoblanadi. Unga ko`ra tijorat banklarining davlat dasturlarini kreditladh uchun Markaziy bank, byudjet va byujeetdab tashqari fondler kredit liniyalari va boshqa manbalardan beriladigan kreditlar bo`yicha foizlarni o`rnatishda yuqori chegarasini Markaziy bank belgilashi qayd etilgan. Bunda tijorat banklari orqali berilayotgan markazlashtirilgan resurslar uchun to`lov va eng asosiysi tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog`liq harajatlarning qoplanishi e`tiborga olinadi. Tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar banklarga minimal daromad olishini ta`minlashi lozim.

  • O`zbekistonda qishloq xo`jaligini moliyalashtirish va kreditlash maxsus yo`nalish asosida tashkil qilingan. Ularni tashkil qilish “Qishaloq xo`jaligini korxonalarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g`alla yetishtirish xarajatlarni tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi tog`risida” gi 1675-sonli nizomga muofiq belgilanadi. Nizomga asosan tijorat banklari qishloq xo`jaligi korxonalarini imtiyozli foizlar asosida kreditlashni tashkil qiladi. Qishloq xo`jaligi korxonalarini imtiyozli shartlar asosida kreditlash bilan ularning aylanma mablag`larine to`ldirish va ishlab chiqarish uzluksizligini ta`milash ko`zda tutilgan. Bugungu kunda qishloq xo`jaligi korxonalariga beriladigan kreditlar foiz stavkasi yillik 3 foizni tashkil etib, shundan tijorat banki marjasi 2 foizni tashkil etadi. Qishloq xo`jaligi korxonasi berilgan kredit sug`rtalanadigan holatda 0,75 foizi “O`zagrosug`urta” ga o`tkazilib, bankning foiz marjasi 1,25 foizni tashkil etadi.15 Bu esa bazi hollarda tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog`liq xarajatlarni bank ixtiyorida qoladigan marja hisobiga qoplamaslik hollariga olib keladi. Shunday ekan, bunday kreditlash amaliyoti tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada kredit portfeli sifatini pasaytirib, bankda muommoli kreditlarning ko`payishiga olib keladi.

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to`g`risida” gi farmoniga asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsatish tarmog`i yanada kengaytirildi. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki kredit liniyalari orqali boshlang`ich sarmoyani shakllantirish, biznesni rivojlantirishga va mikrolizing xizmatlari uchun imtiyozli kreditlar berila boshlandi. Prezidentimizning2008-yil 10-noyabrdagi 4051-sonli“Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankining tadvirkorlik subyektlarini qo`llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora – tadbirlari to`g`risida” gi farmoniga asosan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga ko`rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar foiz stavkalari pasaytirilib, inqiroz sharoitida ularning barqaror rivojlanishining manbai yaratildi.

  • Bozor iqtisodiyotida sharoitida bank kreditlarining bahosi o`ziga xos funksiyalarni bajaradi. Kredit kategoroyasi kabi kredit bahosi ham bir qator funksiyalarni bajaradi. Kredit bahosi funksiyalarini iqtisodiyotdagi vazifalaridan kelib chiqib talqin qilamiz va uni tasniflaymiz. Kredit bahosining funksiyalari quyidagi rasm orqali ifodalsh mumkin.





  • Download 0.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling