Kredit mexanizmi, tarkibi elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv


-rasm. Kredit bahosining funksiyalari


Download 0.68 Mb.
bet4/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1503196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV (1)

1-rasm. Kredit bahosining funksiyalari16.

  • Kredit bahosining taqsimlash funksiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyoridagi vaqtincha bo`sh turgan mablag`larni yig`adi va ular resurslarga talabi bo`lgan subyektlar foydasiga taqsimlanadi. Bunda moliyaviy vositachilar past foiz stavkada jalb qilingan mablag`larni yuqori foiz stavkada daromad keltiruvchi aktiv operatisyalarga joylashtiradi.

  • Kredit bahosining rag`batlantish funksiyasi kreditor yoki qarz oluvchi nuqtai nazaridan ikki xil izohlanishi mumkin.

    • Bo`sh turgan mablag` egasi o`z mablag`ini daromad olishga yo`naltiradi, ya`ni vaqtincha bo`sh turgan mablag`larine bankga yoki boshqa bir sohaga yo`naltirish orqali foyda olishga rag`bat beradi;

    • Qarz oluvchi olinadigan kreditni foyda olish maqsadida ma`lum muddatga olib, uni tadbirkorlik faoliyatiga yo’naltirish va yuqori daromad olishga harakat qiladi. Ushbu funksiya asosida ishlab chiqarishni va ishlab chiqaruvchilarni rag`batlantirish maqsadida maxsus davlat dasturlari asosida imtiyozli foiz stavkalarini qo`lllash orqali amalga oshirish kerak bo`ladi.



    • Tasniflash

    • Belgilari

    • Ssuda foizi turlari

    1. 1




    • Tijorat krediti bo‘yicha foiz

    • Bank foizi

    • Iste’mol krediti bo‘yicha foiz

    • Lizing shartnomalari bo‘yicha foiz

    • Davlat krediti bo‘yicha foiz

    1. 2

    • Kredit tashkilotlari bo‘yicha

    1. 3

    • Investitsiyalar turi bo‘yicha

    • Aylanma mablag‘lar uchun berilgan kredit bo‘yicha foiz

    • Asosiy fondlar uchun berilgan kredit bo‘yicha foiz

    • Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun berilgan kredit bo‘yicha foiz

    1. 4

    • Kreditlash muddatlari bo‘yicha

    1. 5

    • Kredit tashkilotlarining operatsiyalari turlari bo‘yicha

    • Depozit foizi

    • Ssuda foizi

    • Banklararo kredit foizi va boshq.

    Tartibga solish funksiyasi orqali butun iqtisodiy munosabatlar tartibga solinadi. Kredit bahosining bozor tamoillari asosida shakllanishiga qaramasdan qator omillar (valyutani tartibga solish xususiyatlari, davlatning ayrim tarmoqlardagi ulushuning yuqori ekanligi) kredit foiz stavkasining tartibga solish funksiyasini amal qilishiga to`sqinlik qiladi. Kredit bahosining tartibga solish funksiyasi xo`jalik yurutuvchi subyektlarning o`z va qarz mablag`laridan samarali va oqilona foydalanishga yordam beradi.
    Bank tizimi sektorida kreditga bo`lgan talabning o`sishi bank depozitlari salmog’ining osishiga mutanosib bo`lishi zarur. Bu esa, o`z navbatida, banklar tomonidan depozitlarga bo`lgan talab va taklif muvozanatigacha kelguncha davom etadi. Aksincha, iqtisodiyotda kreditga bo`lgan talabning pasayishi oqibatida banklarning kredit qo`yilmalari hajmi qisqaradi va natijada kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar hajmi qisqaradi. Kredit foiz stavkasining ahamiyatining oshishi uning tartibga solish funksiyasi nechog`li zarur ekanligini anglatadi. Kredit foiz stavkasining o`zgarishi butun iqtisodiyotga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Foiz stavka orqali banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar hajmini tartibga solish mumkin. Iqtisodiyotda kreditga bo`lgan talabning o`sishi kredit operatsiyalari manbasi sifatida bank depozitlarining o`sishiga muofiq kelishi juda muhim.
    Kreditning yana bir funksiyasi borki, bu funksiya orqali kreditning foizi tijorat banki mablag`larini inflatsiya yoki boshqa salbiy ta`sirlardan himoyalaydi. Bunday sharoitda bank operatsiyalari bo`yicha foizlar va uning darajasi unga ta`sir qiluvchi iqtisodiy omillar ta`siridan kelib chiqib aniqlanadi. Himoyalash funksiyasi kredit bahosining qadrsizlanishining oldini oladi.
    Iqtisodiyotni modernizatsiyash sharoitida barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlash iqtisodiy siyosatning strategik yo`nalishlarida hisoblanadi. Bu esa xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qo`shimcha resusrslarga muhtoj bo`lgan sharoitda kreditga bo`lgan talabni va ularning samarali faoliyat yuritishini talab qiladi.

    • Respublikada amalga oshirilgan islohotlar natijasida tijorat banklari tamonidan ajratilgan kreditlar bo`yicha barqarorfoiz stavkalar dinamikasiga erishildi. Respublikamizdagi barqaror iqtisodiy holat va yuritilayotgan qa`tiy pul-kredit siyosati pul va moliya bozoridagi foiz stavkalari, jumladan tijorat banklarining kreditlari va depozitlari bo`yicha foiz stavkalari dinamikasida ijobiy o`zgarishlarga olib kelmoqda.Bu esa bank kreditlarining o`z vaqtida qaytishiga imkon berib, bankning moliyaviy natijalari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



    • Download 0.68 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling