Kredit mexanizmi, tarkibi elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv


II bob. Kredit bahosi mexanizmiga ta`sir etuvchi omillar tahlili


Download 0.68 Mb.
bet5/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1503196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV (1)

II bob. Kredit bahosi mexanizmiga ta`sir etuvchi omillar tahlili

  • 2.1 Tijorat banklari kredit bahosi mexanizmiga ta`sir etuvchi omillar va uning tahlili

  • Iqtisodiyotda kredit bahosining shakllanishini o`rganishda, eng avvalo, unga ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash muhimdir. Chunki har qanday mahsulot va xizmatlar bahosi ma`lum bir omillar ta`sirida shakllanadi. Tadqiqot ishida kredit bahosiga ta`sir qiluvchi omillarni ikki guruhga bo`lib o`rgandik. Bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishini o`rganishda, unga ta`sir qiluvchi omillarni bilish kerak bo`ladi.


    Kredit bahosiga ta`sir etuvchi omillar








    • MB pul-kredit siyosati

      Bank jalb qilgan resurslari



    • Inflatsiya darajasi

      Mijozning kredit tarixi



    • Barqaror raqobatning darajasi

      Mijozning to`lovga qobilligi



    • Pul bozorining rivoji

      Kredit ta`minoti



    • Byudjet taqchilligi

      Kredit maqsadi va yo`nalishi



    • Valyuta siyosati

      Kredit riski darajasi



    • Soliq-byudjet siyosati

      Kredit muddati



    • Dunyo siyosiy-iqtisodiy holati

      Kredit valyutasi va miqdori




    2-rasm.Kredit bahosiga ta`sir etuvchi omillar tasnifi18

    • Tijorat banklarida kredit bahosini kredit riskini hisobga olgan holda shakllantirish kerak. Kredit bahosi shakllanishida risk darajasi yuqori bo`lgan sohalar, tarmoqlardagi muammoli kreditlarning ulushi, kutilayotgan foyda darajasi, bir tarmoqdagi kreditlar salmog`i kabi ko`rsatkichlarni hisobga olish zarur.

    • Moliyaviy – iqtisodiy inqirozning milliy iqtisodiyotga ta`sirining oldini olishga qaratilgan islohotlar tijorat banklarining xo`jalik subyektlarini uzoq muddatli kreditlash bo`yicha resurs bazasini oshirish va aholi qo`lidagi bo`sh pul mablag`larini bank depozitlariga jalb etishni kengaytirish chora – tadbirlari banklarning foiz siyosatiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Jumladan, tijorat banklariningkredit portfelida uzoq muddatli kreditlar ulushining oshishini rag`batlantirishga qaratilgan foiz siyosatining olib borish natijasida uzoq muddatli kreditlar bo`yicha o`rtacha tortilgan foiz stavkasi 13,5 foizdan 12,2 foizga pasaydi19.

    • Ssuda foizida foydalanish mexanizmidagi asosiy unsurlaridan biri - bu ssuda foizi darajasini shakllanish usuli hisoblanadi. Bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitida, kredit to‘lovlarining erkinligida, makroiqtisodiyot darajasida foiz uchun o‘rtacha foyda me’yoriga erishish ustuvor vazifa hisoblanadi. Foizning o‘rtacha foyda me’yoridan u yoki bu tomonga og‘ishiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Ularni ikki guruhga, ya’ni umumiy va xususiy omillarga bo‘lish mumkin.

    • Umumiy omillarga quyidagilar kiradi:

    • zayomlarga bo‘lgan talab va taklif nisbati;

    - Markaziy bankning muvofiqlashtiruvchi siyosati;

    • qadrsizlanayotgan pulning ta’minot darajasi.

    • Xususiyomillartabiatitijoratbanklariningfaoliyatko‘rsatishsharoitlari, shuningdek, mijozlarbilantuziladiganbitimlarningxususiyatibilanbelgilanadi. Bulardantashqari, buomillarssudafoiziningayrimturlaribo‘yichaturlichabo‘lishimumkin.

    • Masalan, depozitfoizidarajasiyuqoridagiomillardantashqariquyidagiomillarta’siridabo‘ladi:

    • bankningaktivoperatsiyalaribo‘yichafoizdarajasi;

    • jalb qilinadigan depozitning muddati va summasi;

    • bankning ishonchliligi.

    • Banklararopulbozoridafoizdarajasi, boshqasharoitlarnihisobgaolmaganda, odatda, depozitfoizime’yoridanoshadi. Chunkissudaberilayotgandakreditmuassasasiningxarajatlarivamanfaatihisobgaolinadi.

    • Bankaktivlaribo‘yichafoizdarajasigaquyidagixususiyomillarta’sirqiladi:

    • ssuda summasi va uni to‘lash (qaytarish) muddati;

    • ssuda summasining ta’minlanganlik darajasi;

    • bank ssuda kapitalining tannarxi;

    • mijozning kreditga layoqatliligi va uning bank bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatining mustahkamligi.

    • Bank ssuda kapitalining tannarxi jami qilingan xarajatlar summasini maqsadli joylashtirilgan mablag‘lar (ishlayotgan aktivlar) summasiga bo‘lish yordamida aniqlanadi:






    • Bu yerda:

    • – bank ssuda kapitalining tannarxi;

    • – bank xarajatlari. Bu xarajatlar barcha ssuda kapitaliga ta’luqli bo‘lmay faqat maqsadli joylashtirilgan qismiga qilingan xarajatlardir. Maqsadli joylashtirilmagan ssuda kapitali qismi xarajat sifatida qayd qilinadi.

    • – ishlayotgan aktivlar20.

    • Bank xarajatlari quyidagi ikki turdagi xarajatlardan tashkil topadi:

    • bank resurslarini shakllantirish bo‘yicha xarajatlar;

    • bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar.

    • Birinchi guruhga:bankka jalb qilingan bank va boshqa mijozlar mablag‘lari bo‘yicha foiz to‘lovlari, zayomlar va depozitlar, shuningdek, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar majburiyatlari bo‘yicha foizlar kiradi.

    Mavjud tasniflash tartibiga binoan ikkinchi guruh xarajatlariga quyidagilar kiradi:

    • ma’muriy boshqaruv va ijtimoiy-maishiy xizmatlar uchun qilingan sarflar;

    • chet el valuta operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar;

    • qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar;

    • kassa, hisob raqamlari operatsiyalari, olingan grantlar bilan bog‘liq xarajatlar;

    • boshqa operatsion xarajatlar, shu jumladan, texnikaga ko‘rsatilgan qarov, axborotlashtirish xizmatlari, blankalarni tayyorlash, ularni pochta-telegraf orqali jo‘natish, amortizatsiya, bino-inshootlar, transport vositalarni saqlash bo‘yicha xarajatlar;

    • ijara to‘lovlari, nodir metallar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar, valuta, faktoring, lizing operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar va boshqalar;

    • jarima, penya va to‘langan qarzlar.

    • Ssuda kapitalining tannarxi amaliyotda aktiv operatsiyalar bo‘yicha foiz darajasini aniqlash uchun asos hisoblanadi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitlari ta’siri ostida shakllanadi. Ssuda foizining quyi chegarasi bankka jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar va mazkur kredit muassasasi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha sarflar ta’siri ostida shakllanadi. Bular esa, o‘z navbatida, kredit resurslarining tarkibiy tuzilishi sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mablag‘ uchun to‘lov salmog‘ining oshishi foiz darajasining quyi darajasini ko‘taradi va aksincha.

    • Tijorat banklarida kredit bahosini shakllantirishga qator omillar o’z ta`sirini ko’rsatadi. Banklarda kredit bahosi darajasiga jalb qilingan mablag’lar bahosi, kredit amaliyoti bo`yicha bankning operatsion xarajatlari, kredit riski bo’yicha ustama va bankning marjasi ta’sir ko’satadi. Shuningdek, kredit bahosi kredit xizmatlarini ko`rsatishda bank va mijoz o’rtasida tuzildan kredit shartnomasiga muofiq bank tamonidan belgilangan qo’shimcha to`lovlarni ham o`z ichiga oladi.


    • R=Dr+Do+P+S+A.




    • Bu yerda:

    • R – bank kredit bahosi;

    • Dr – bankning jalb qilingan resurslari bahosi;

    • Do – tijorat banki operatsion xarajatlar qismi;

    • P – kredit riski bo`yicha ustama;

    • S – bank marjasi;

    • A – bank tamonidan belgilanadigan qo’shimcha to`lovlar.

    • Tijorat banklarida kredit bahosi shakllanishiga bankning jalb qilingan resurslari bahosi, operatsion xarajatlari, jumladan, xodimlarning ish haqi xarajatlari, kreditni hujjatlashtirish, hisobvaraq ochish, kredit monitoringi, kreditlar bo`yicha tashkil qilinishi mumkin bo`lgan maxsus zaxiralar bilan bog’liq boshqa xarajatlar sezilarli ta`sir etadi.

    • Tijorat banklarida kredit bahosini kredit riskini hisobga olgan holda shakllantirish kerak. Kredit bahosi shakllanishida risk darajasi yuqori bo`lgan sohalar, tarmoqlardagi muammoli kreditlarning ulushi, kutilayotgan foyda darajasi, bir tarmoqdagi kreditlar salmog`i kabi kao`rsatkichlarni hisobga olish zarur. Bu esa bank kreditlarining o`z vaqtida qaytishiga imkon berib, bankning moliyaviy natijalari samaradorligini oshiradi.



    • Download 0.68 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling