Yonuvchi slanetslar aksariyat hollarda dengizning ichkarisida,
qirg‘oqdan anchagina masofada va ayrim hollardagina dengizning
qirg‘oq bo‘ylarida, dengiz tubi o ‘simliklari rivojlangan sayoz suvli
zonalarida hosil bo‘ladi.
Tuzlar (natriy, kaliy, kalsiy va magniyning xloridlari va
sulfatlari) arid iqlimli oblastlam ing dengizdan ajralib qolgan
lagunalarda, yopiq suvli havzalarning sho‘r suvli muhitida cho‘kadi.
M inerallar - cho‘kma hosil bo‘lishi sharoitlari
ko‘rsatkichlari
Pirit va
markazit yupqa
sochilgan
holatda
kristallar,
konkretsiyalar
ko‘rinishida
va
organik
qoldiqlardagi
psevdomorfozalar shaklida uchraydi. Hosil bo ‘lishi esa dengiz
tubida, kislorodsiz turg‘un suvlar sharoitida, serovodorodli muhitda
yuz beradi (bunday tog‘ jinsi tarkibida bentos organizmlar qoldiqlari
uchramaydi) yoki oksidlovchi muhitdagi ch o ‘kmada (bunda bentos
organizmlar qoldiqlari kuzatiladi) kechadi.
Psilomelan va ushbu guruhning boshqa minerallari rangi
qoradan qizil-qo‘ng‘irgacha bo ‘lgan oqmalar va tuproqsimon
massalar k o ‘rinishida bo‘ladi. Oksidlanish zonasida hosil bo ‘ladi.
Gematit (temir slyudasi, qizil temirtosh) kristallar, yashirin
kristalli v a kukunsimon massalar koYmishida uchraydi; to‘plamlar
hosil qiladi, ko‘proq kremniyli,karbonatli va terrigen jinslarda yupqa
sochmalar shaklida kuzatiladi. Kukun holida sarg‘ish-qo‘ng‘ir ranga
ega. Kislorod va namlik yetarli darajada bo‘lgan m uhitda hosil
b o ‘Iadi.
Siderit konkretsiyalar va qatlamchalarda yupqa sochilgan holda
b o‘ladi. Mineral sayoz suvli lagunalar va dengiz k o‘rfazlarida,
b a’zan anchagina chuqurliklar va psevdoabissal zonalarida, biroq
doimo turg‘un suvli va kislorod yetarli b o im a g a n m uhitda hosil
bo ‘lgan
yotqiziqlar
tarkibida
kuzatiladi.
B a’zan
botqoqlik
yotqiziqlarida ham uchraydi.
G ips minerali kristallar, konkretsiyalar va qatlamchalar shaklida
uchraydi. Odatda lagunalarda, ba’zan esa arid iqlimli oblastlardagi
k o ‘Ilarda hosil bo‘ladi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |