Kuchlanish stabilizatorlari
Download 165.98 Kb.
|
1-rasm. Qisqa tutashtirilgan harakatchan chulg’amli avtotransformator
chulg’am ustida bo’lsa, u transformatorning ikkilamchi chulg’ami sifatida birlamchi chulg’am qarshiligini nolgacha kamaytiradi. Qisqa tutashtirilgan chulg’amli rostlagichning asosiy kamchiligi ─ kirish bo’yicha quvvat koeffitsientining kichikligi (cosφ=0,7 ÷ 0,8) va massa-gabarit ko’rsatkichlarining yomonligi. usul. O’zgaruvchan tok rostlagichi sifatida eng ko’p tarqalgani ─ bu induktsion tipdagi rostlagich. Induktsion rostlagich tormozlangan rejimda ishlayotgan faza rotorli asinxron dvigateldir. Rotor chulg’amlari I ning holati boshqa kichik quvvatli elektr dvigatelь yordamida chervyakli reduktor orqali statorning qo’zg’almas chulg’amlari II ga nisbatan o’zgarishi mumkin. Mazkur rostlagich ishlashining printsipi stator va rotor chulg’amlari kuchlanishlarining geometrik tarzda qo’shilishiga asoslangan. usul. Elektromagnit stabilizatorlar. Eng ko’p tarqalgan bu stabilizatorlarning asosida tarkibida nochiziqli volьtamper xarakteristikali kondensatorlar va reaktorlar bo’lgan zanjirlardagi ferrorezonans hodisasi yotadi. Ular ketma-ket ulanganida kuchlanish rezonansi, parallel ulanganida esa tok rezonansi yuz beradi. 2-rasmda kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizator sxemasi keltirilgan. Bunday stabilizatorda yuklama toki kirish tokiga nisbatan kichik bo’ladi. SHuning uchun kondensator C va reaktor L orqali bir xil Ikir toki oqadi. 2-rasm. Kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizator sxemasi 5-usul. Magnitli ─ yarim o’tkazgichli stabilizatorlar. Yarim o’tkazgichlar texnikasining rivoji bilan uning elementlari rostlagich-stabilizatorlarda keng foydalanila boshlandi. Yarim o’tkazgichlar turlicha tipdagi magnit elementlari bilan birgalikda qo’llaniladi. SHuning uchun bunday rostlagich-stabilizatorlarni magnitli ─ yarim- o’tkazgichli stabilizatorlar deb atash qabul qilingan. Boshqaruv chulg’amlarini tranzistor va diodlar orqali shuntlash bilan rostlanadigan magnitli ─ yarim-o’tkazgichli stabilizatorlar. Avtotransformator otpaykalarini almashtirib ulash bilan ishlaydigan tiristorli kuchlanish stabilizatori. Ro’para-parallelь ulangan tiristorlar bilan ishlaydigan kuchlanish stabilizatori. Boshqariladigan induktivlikka ega kuchlanish stabilizatori. 6-usul. Invertor tipidagi stabilizatorlar. Invertor tipidagi kuchlanish stabilizatorlari o’zgaruvchan kuchlanishni o’zgarmas kuchlanishga aylantiradi va oraliq sig’imlarni zaryadlab, energiyani to’playdi. Keyin o’zgarmas kuchlanish elektron generator yordamida turg’un xarakteristikali o’zgaruvchan kuchlanishga aylantiriladi. Bunday qurilmalar tibbiyot va sport jihozlarining ishlashini ta’minlash uchun muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda. 7-usul. Elektron uzluksiz stabilizatorlar. Elektron uzluksiz stabilizatorlar yo boshqaruvchi elementning qarshiligini o’zgartirib, odatda ─ tranzistorni yoxud boshqaruvchi kuchlanishni yuqori chastota (o’nlab kilogerts) bilan o’chirish va ulash bilan kuchlanishni rostlaydi. Bunda boshqaruv elementining o’chirilgan va ulangan holati vaqti davomliligini boshqaradi (ko’pincha IGBT tranzistor). Rostlashning bunday usuli SHIM deyiladi (ruscha shirotno-impulьsnaya modulyatsiya). Yuqori chastotali SHIM-dan foydalanadigan stabilizatorlar hozirgi vaqtda o’zgaruvchan kuchlanish stabilizatorining eng mukammal realizatsiyasi bo’lib hisoblanadi. Va shuni ta’kidlash mumkinki, to’g’ri bajarilganida «ideal stabilizator» tushunchasiga eng yaqin bo’ladi. Invertor tipidagi stabilizatorlardan farqli o’laroq, SHIM stabilizatorlarida o’zgaruvchan kuchlanish avvaldan o’zgarmas kuchlanishga aylantirilmaydi, o’zgarishga duchor bo’ladigan kattalik ─ bevosita kirish kuchlanishi, bu esa yuqori FIK va maqbul narxlar. Download 165.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling