Kuchlanish stabilizatorlari
Download 165.98 Kb.
|
4-rasm. Emitter takrorlagichi bilan ketma-ket ulangan stabilizator.
Mohiyatan bu sxema stabilitronli parametrik parallel stabilizatorning o’zi, faqat sxema emitter takrorlagichning kirishiga ulangan. Stabilizatorda chiqish kuchlanishi o’zgarishlarini kompensatsiyalovchi teskari bog’lanish zanjirlari yo’q. Stabilizatorning chiqish kuchlanishi stabilitronning stabilizatsiyalash kuchlanishidan UEB kattaligicha kichik, UEB kuchlanishi esa p-n o’tishdan oqayotgan tokning qiymatiga amalda bog’liq emas va kremniyli priborlar uchun taxminan 0,6 V. UEB kuchlanishining tok qiymati va haroratga bog’liqligi stabilitronli parametrik parallel stabilizatorga nisbatan solishtirganda chiqish kuchlanishi stabilligini yomonlashtiradi. Emitter takrorlagichi (tok kuchaytirgichi) stabilitronli parametrik parallel stabilizatorga nisbatan solishtirganda stabilizatorning maksimal chiqish tokini β marta orttirishga imkon beradi (bunda β ─ tranzistor mazkur nusxasining tok bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti). Agarda bu kamlik qilib qolsa, unda sostavli tranzistor qo’llaniladi. Yuklama qarshiligi bo’lmagan (ulanmagan) vaqtda (yoki mikroamper diapazonidagi yuklama toklarida) bunday stabilizatorning chiqish kuchlanishi (salt yurish kuchlanishi) UEB mikrotoklar sohasida nulga yaqin bo’lishi hisobiga 0,6 V-ga ortadi. Bu o’ziga xoslikdan chiqib ketish uchun stabilizator chiqishiga bir necha mA yuklama tokini ta’minlovchi ballast yuklama rezistorini ulaydilar. Kompensatsion stabilizatorda cheklovchi rezistor sifatida tranzistorning o’zgaruvchan qarshiligidan foydalaniladi. Kirish kuchlanishi o’sishi bilan tranzistor qarshiligi ham orta boradi, tegishlicha kuchlanish pasayishi bilan qarshilik ham pasayadi. Bunda yuklamadagi kuchlanish kattaligi o’zgarmas bo’lib qolaveradi (7- rasm). CHiqish kuchlanishini rostlash printsipi rostlovchi tranzistor VT1 ning o’tkazuvchanligini o’zgarishiga asoslangan. Download 165.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling