Kuchlanish stabilizatorlari
Download 165.98 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari.
KUCHLANISH STABILIZATORLARI REJA:Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari. Kuchlanish stabilizatorlarining energetik ko’rsatkichlari, vaqt diagrammalari, afzalliklari, solishtirma tahlili va energiya samaradorligi. Xulosa Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari.Kuchlanish stabilizа́tori ─ bu kirish kuchlanishi va yuklama chiqish tokining jiddiy o’zgarishlarlarida chiqish kuchlanishini tor chegaralardagi miqdorlarda ushlab turishga mo’ljallangan kuchlanish bo’yicha kirish va chiqishga ega bo’lgan elektromexanik yoki elektrik qurilma. Elektr energiyaning aksariyat ko’pchilik iste’molchilarini oziqlantirish jarayonida uning aniq parametrlarini ─ kuchlanish, tok, chastota va boshqalarni rostlash talab etiladi. Rostlash deb qaysidir parametrni belgilangan qonuniyat bo’yicha o’zgarish jarayoni yoki o’zgarmasligini ushlab turish (stabilizatsiya)ga aytiladi. Rostlash qo’lda ham, avtomatik tarzda ham amalga oshirilishi mumkin. Oziqlantirish sxemalarida eng ko’p talab etiladigani ─ turlicha g’alayonlovchi ta’sirlarda uni stabilizatsiyalash maqsadida belgilangan sathda avtomatik rostlashdir. Stabilizatsiya sathlarining keng diapazonida kuchlanish stabilizatsiyasini amalga oshiruvchi elektr apparatlar rostlagich-stabilizatorlar deb aytiladi. Agarda bunday agregat juda tor diapazonda kuchlanishni stabilizatsiyalashga mo’ljallangan bo’lsa, unda bu agregatni stabilizator deb aytiladi. Kuchlanishni chuqurroq o’zgartirishga mo’ljallangan agregatlarni texnikada kuchlanish rostlagichlari deb atash qabul qilingan. Kuchlanish rostlagich-stabilizatorlari, elektroenergiya boshqa parametrla-rining rostlagich-stabilizatorlari kabi elektroenergiya o’zgartgichlari sifatida qaralishi mumkin, shu ma’nodaki, chunki ular elektr energiyaning parametrlari va sifatini o’zgartiradi (qayta shakllantiradi). Ko’pchilik statik rostlagich-stabilizatorlarni ishlash printsipi bo’yicha umumiy ko’rinishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin ─ magnitli va magnit- yarim o’tkazgichli. usul. Eng sodda elektromexanik stabilizator ─ bu transformator (avtotransformator)ning birlamchi yoki ikkilamchi chiqish simlarini almashtirib ulaydigan kontaktorlar (yoki boshqa elektr apparatlar). Bunday stabilizatorning ishlash printsipi shuki ─ kirish kuchlanishining o’zgarishi bilan transformator-ning chiqish simlarini almashtirish amalga oshiriladi, ya’ni uning transformatsiya koeffitsienti o’zgartiriladi. Bunda chiqish kuchlanishining nisbiy o’zgarishi kirish kuchlanishining nisbiy o’zgarishiga qaraganda kichikroq bo’ladi nisbatga kstU > 1 mos keladi. Transformatsiya koeffi- tsientlari qiymatlarining tanlanishi transformator chulg’amlari chiqarish simlariga mos keluvchi kstU koeffitsientining qiymatlariga mos kelishi shart. Ko’rinib turibdiki, transformator chulg’amlari chiqarish simlari qancha ko’p bo’lsa, stabilizator kirish kuchlanishi o’zgarishining barcha diapazonida kstU koeffitsientining qiymatlari shuncha yuqori bo’ladi. Elektromexanik stabilizatorlarda transformator chulg’amlari chiqarish simlarini almashtirib ulash odatda kontaktorlar bilan amalga oshiriladi. Kontaktorlar esa avtomatik ravishda boshqarilishi yoki stabilizatorga xizmat ko’rsatuvchi bevosita operator tomonidan amalga oshirilishi ham mumkin. Avtomatik qayta ulashga beriladigan komanda odatda chiqish kuchlanishini nazorat qiluvchi blokda shakllantiriladi. usul. CHiqish kuchlanishini asta o’zgartirish uchun avtotransformatorda qisqa tutashtirilgan harakatchan chulg’amdan foydalanish. SH-shaklidagi magnit o’tkazgichning o’rta sterjenida ikkita ro’para ulangan bir xil (I va II) chulg’am hamda harakatlanuvchi qisqa tutashtirilgan chulg’am (bir tekisdagi ramka shaklida tayyorlangan) joylashtiriladi. Qisqa tutashtirilgan chulg’amning balandligi I va II chulg’amlar bilan bir xil. Qisqa tutashtirilgan chulg’am qaysi Download 165.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling