Kuchlanish stabilizatorlari


Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash printsiplari. O’zgarmas kuchlanish stabilizatorlari


Download 165.98 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi165.98 Kb.
#1541121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash printsiplari. O’zgarmas kuchlanish stabilizatorlari


CHiziqli stabilizator deb aytiladigan o’zgarmas tok stabilizatorlari kuchlanish taqsimlagich ko’rinishidagi qurilmadir. Kuchlanish taqsimlagichning kirishiga stabil bo’lmagan kirish kuchlanishi beriladi, stabillangan chiqish kuchlanishi esa kuchlanish taqsimlagichning pastki yelkasidan olinadi. Stabilizatsiya kuchlanish taqsimlagich yelkalaridan birining qarshiligini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi ─ qarshilik doimo shunday ushlab turiladiki, stabilizator chiqishida kuchlanish belgilangan chegaralarda bo’lsin. Kuchlanish kattaliklarining kirish/chiqish nisbati katta bo’lganda chiziqli stabilizator past FIK-ga ega, chunki quvvatning katta qismi Ps = (Uin — Uout) * It rostlovchi elementda issiqlik ko’rinishida tashqariga sochilib ketadi. SHuning uchun rostlovchi element radiatorga o’rnatiladi. CHiziqli stabilizatorning afzalligi ─ uning soddaligi, shovqinlarning yo’qligi va foydalaniladigan detallarning kamligi.
Stabilizatsiya usuliga ko’ra chiziqli stabilizatorlar ikki xil:

  • Parametrik stabilizatorlar. Bunday stabilizatorda pribor VAX-ning uchastkasi foydalaniladi.

  • Kompensatsion stabilizatorlar. Kompensatsion stabilizatorlarda teskari bog’lanishdan foydalaniladi. Bunda stabilizator chiqishidagi kuchlanish etalon kuchlanish bilan solishtiriladi, ularning orasidagi tafovutdan rostlovchi elementga boshqaruvchi signal shakllantiriladi.



3-rasm. Stabilitronli parametrik parallel stabilizator.


Kichik tokli sxemalarda kuchlanishni stabilizatsiyalash uchun qo’llaniladi, bunday stabilizatorda sxemaning ishlashi me’yorida bo’lishi uchun stabilitron D1 orqali oqayotgan tok stabilizatsiyalanuvchi yuklamada Ryuk-gi tokdan bir necha (3 ─ 10) baravar oshiq bo’lishi shart.

Download 165.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling