Kuchlanish stabilizatorlari


Kuchlanish stabilizatorlarining vaqt diagrammalari, afzalliklari, solishtirma tahlili, energiya samaradorligi


Download 165.98 Kb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi165.98 Kb.
#1541121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Kuchlanish stabilizatorlarining vaqt diagrammalari, afzalliklari, solishtirma tahlili, energiya samaradorligi.


Elektromexanik rostlagichlar. O’tgan asrning 60-80 ─ inchi yillarida kuchlanishni rostlash uchun elektromexanik rostlagichlar qo’llanilgan. Bunda chiqish kuchlanishini rostlash qo’lda amalga oshirilgan. Oqibatda chiqish kuchlanishini ko’rsatuvchi pribor (strelkali yoki yorug’lik lineykasi)ni muntazam kuzatish va zarur paytda qo’lda nominal kuchlanish miqdoriga keltirish talab etilgan. Hozirgi vaqtda chiqish kuchlanishini korrektsiyalash avtomatik ravishda ─ bu ish reduktorli elektrodvigatelь yordamida amalga oshiriladi.
Bunday elektromexanik kuchlanish stabilizatorlarining afzalligi stabilizatsiya aniqlik darajasining yaxshiligi, ya’ni 2-3 %. Kamchiligi esa dvigatelь inertsionligi oqibatida rostlashning past tezligi va shovqin darajasining yuqoriligi ─ dvigatelning shovqini amalda doimiy, chunki kuchlanishning o’zgarish qadamlari 2-4 volьtni tashkil etadi va shovqin manbaidir. Tarmoq kuchlanishining keskin o’zgarishi yuz bergan holda qurilma yuklamani vaqtincha uzib qo’yadi, chunki chiqish kuchlanishining ruxsat etilgan maksimal qiymatidan ortib ketadi. Bunda aksariyat hollardagidek bunchalik
aniqlik talab etilmaydi, eng keng tarqalgan maishiy elektropriborlarning pasportlarida ko’rsatilganidek 5-7% yetarli. Eng arzon maishiy stabilizatorlar sifatida tarqalgan.
Ferrorezonansli stabilizatorlar. O’tgan asrning 60-inchi yillar o’rtalarida ishlab chikilgan. Ferrorezonansli stabilizatorlarning ishlash printsipi transformator yoki drossellar ferromagnit o’zaklarinining to’yinishi hodisasidan foydalanishga asoslangan. Bunday qurilmalar maishiy texnika (televizor, radiopriyomnik, xolodilьnik va shu kabilar)ni oziqlantiruvchi kuchlanishni stabilizatsiyalash uchun qo’llanilgan.
Ferrorezonansli stabilizatorlarning afzalligi shundaki ─ stabilizatsiya aniqligining yuqori aniqligi 1-3 % va (o’sha davr uchun) rostlashning yuqori tezligi. Kamchiligi ─ shovqin darajasining yuqoriligi va stabilizatsiya sifatining yuklama kattaligiga bog’liqligi. Zamonaviy qurilmalarda bu kabi kamchiliklar yo’q, biroq ularning narxlari xuddi shunday quvvatli uzluksiz oziqlantirish manbai narxiga teng yoki undan yuqori. Oqibatda bunday stabilizatorlar maishiy qurilmalar sifatida keng tarqalmay qoldi.
Qisqa tutashtirilgan harakatchan chulg’am. CHiqish kuchlanishini asta o’zgartirish uchun avtotransformatorda qisqa tutashtirilgan harakatchan chulg’amdan foydalanish. SH-shaklidagi magnit o’tkazgichning o’rta sterjenida ikkita ro’para ulangan bir xil (I va II) chulg’am hamda harakatlanuvchi qisqa tutashtirilgan chulg’am (bir tekisdagi ramka shaklida tayyorlangan) joylashtiriladi. Qisqa tutashtirilgan chulg’amning balandligi I va II chulg’amlar bilan bir xil. Qisqa tutashtirilgan chulg’am qaysi




Download 165.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling