Kuchlanish stabilizatorlari
Download 165.98 Kb.
|
7-rasm. Qisqa tutashtirilgan harakatchan chulg’amli avtotransformator
chulg’am ustida bo’lsa, u transformatorning ikkilamchi chulg’ami sifatida birlamchi chulg’am qarshiligini nolgacha kamaytiradi. Qisqa tutashtirilgan chulg’amli rostlagichning asosiy kamchiligi ─ kirish bo’yicha quvvat koeffitsientining kichikligi (cos φ = 0,7 ÷ 0,8) va massa-gabarit ko’rsatkichlarining yomonligi. Invertor tipidagi stabilizatorlar. Bu tipdagi stabilizatorlarning afzalliklari: Kirish kuchlanishi diapazonining kattaligi (115-dan 300 V-gacha). CHiqishda kuchlanishning stabil parametrlari. SHovqinsiz. Tranzistorlar, kondensatorlar va mikrosxemalardan foydalaniladi, transformatorning yo’qligi ─ yengil vazn va o’lchamlar. Tarmoqdagi turli shovqinlar va yuqori chastotali xalaqit beruvchilar filьtratsiyasi. Yuqori darajadagi FIK (90 foizdan ortiq). Tok rostlashning yuqori tezligi. Kuchlanishni mo’’tadillashщtirishning yuqori darajasi (bir protsentdan ortmaydi). Kamchiligi: Asosiysi qimmat. Har bir invertorli stabilizator har qanday boshqasidan qimmatroq. Yuklama ortganida, ya’ni ushbu stabilizatsion qurilmaga ulangan quvvat iste’moli ortsa kirish kuchlanish diapazoni kamayadi. Uzluksiz oziqlantirish manbalari. Uzluksiz oziqlantirish manbalari invertor tipidagi stabilizator kabi energiyani to’playdi, biroq energiyani sig’imga emas, balki akkumulyatorga to’playdi. Yuklamaga ulanganida esa o’zidagi generator yordamida yuklamaga kerakli xarakteristikalarga ega bo’lgan kuchlanishni beradi. Uzluksiz oziqlantirish manbalari avariya holatlarida hisoblash mashinalari, aloqa texnikasini oziqlantirishga qo’llaniladi. Induktsion tipdagi rostlagich. Induktsion rostlagichlar nisbatan sodda va ishonchli agregat hisoblanadi. Biroq rostlash jarayonining inertsionligi bu rostlagichlarni qo’llash sohalarini jiddiy cheklaydi. Elektromagnit stabilizatorlar. Eng ko’p tarqalgan bu stabilizatorlarning asosida tarkibida nochiziqli volьtamper xarakteristikali kondensatorlar va reaktorlar bo’lgan zanjirlardagi ferrorezonans hodisasi yotadi. Ular ketma-ket ulanganida kuchlanish rezonansi, parallel ulanganida esa tok rezonansi yuz beradi. rasmda kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizator sxemasi keltirilgan. Bunday stabilizatorda yuklama toki kirish tokiga nisbatan kichik bo’ladi. SHuning uchun kondensator C va reaktor L orqali bir xil Ikir toki oqadi. Download 165.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling