Kuchlanish stabilizatorlari


-rasm. Kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizator sxemasi


Download 165.98 Kb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi165.98 Kb.
#1541121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-rasm. Kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizator sxemasi Kondensatorning volьt-amper xarakteristikasi (9-rasm) US = f (Ikir) chiziqli,
reaktorning volьt-amper xarakteristikasi esa UL = f (Ikir) nochiziqli, chunki u magnit o’tkazgichlarning to’yinishiga bog’liq holda ishlashga mo’ljallangan. Kirish kuchlanishi Ukir kondensator C va reaktor L o’rtasida

9-rasm. Kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizatorning VA tavsifi.

taqsimlanadi. Agar kirish kuchlanishi noldan ortsa, unda Ikir toki orta boshlaydi. Reaktor to’yinmaguncha uning induktivligi juda katta, tok Ikir induktiv xarakterga ega bo’ladi, ya’ni kirish kuchlanishi Ukir dan faza bo’yicha orqada qoladi. Kondensatordagi kuchlanish va reaktordagi kuchlanishlar o’zaro qarshi fazalarda bo’ladi, shuning uchun UL = f (Ikir) va US = f (Ikir) ga Ukir = f (Ikir) egri chizig’i mos keladi.


Ikir toki ortganida reaktorning to’yinishi oqibatida UL kuchlanishi US dan sekinroq orta boshlaydi va Ikir tokining I0 ga teng qiymatida UL va US kuchlanishlari bir xil bo’ladi, ya’ni kuchlanishlar rezonansi ro’y beradi. rasmdan ko’rinadiki, kirish tokining o’zgarishi ΔIkir ga mos keluvchi kirish kuchlanishining o’zgarishi ΔUkir reaktordagi kuchlanishning anchagina sekin o’zgarishiga olib keladi, ya’ni stabilizator chiqishidagi kuchlanish ΔUchiqning ham sekin o’zgarishiga olib keladi. Bu bog’liqlik ko’rilayotgan stabilizator tipining ishlashiga asos qilib olingan.
Qator hollarda reaktorning o’rniga sxemada to’yinuvchi transformator foydalaniladi, u esa bir vaqtning o’zida kirish va chiqish kuchlanishlarining sathlarini moslashtirishga imkon beradi.
Energiya to’plovchi kuchlanish stabilizatorlari. «Dvigatelь ─ generator» sistemasidagi kuchlanish stabilizatori. Bunday sistemalar dastlab katta elektron hisoblash mashinalarini oziqlantirishga foydalanilgan. Hozirda kam ishlatiladi, asosan strategik ahamiyatga ega bo’lgan ob’ektlarda qo’llaniladi.



  1. Download 165.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling