Kuchlanish stabilizatorlari


Download 165.98 Kb.
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi165.98 Kb.
#1541121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-rasm. Kompensatsion stabilizator
VT2 tranzistorida solishtirish sxemasi va o’zgarmas tok kuchaytirgichi tuzilgan. Uning baza zanjiriga R3, R4, R5 o’lchov zanjiri ulangan, emitter zanjiriga esa tayanch kuchlanishi manbai R1-VD ulangan.
Masalan, kirish kuchlanishi ortganida chiqish kuchlanishi ham ortadi, bu esa VT2 tranzistori bazasida kuchlanishning ortishiga olib keladi, shu vaqtning o’zida VT2 tranzistori emitterining potentsiali avvalgidek qoladi. Bu baza tokining ortishiga olib keladi, demakki, VT2 tranzistori kollektori tokining ham ortishiga sabab bo’ladi ─ VT1 tranzistori bazasining potentsiali kamayadi, tranzistor biroz yopiladi (aniqrog’i yarim yopiladi) va unda katta kuchlanish tushuvi yuzaga keladi, chiqish kuchlanishi esa miqdori o’zgarmas bo’lib qolaveradi.
Impulьsli stabilizator. Impulьsli stabilizatorda stabillanmagan tashqi manbadagi tok qisqa impulьslarda to’plagich (jamlagich)ga uzatiladi (to’plagich rolini kondensator yoki drosselь bajaradi); bunda energiya zahiraga olinadi, keyin elektr energiya ko’rinishida yuklamaga uzatiladi (energiya ozod bo’ladi), biroq drosseldan foydalanilgan holda boshqa kuchlanish bilan. Stabilizatsiya impulьslar va ular orasidagi
pauzalarning davomliliklarini boshqarish hisobiga amalga oshiriladi ─ SHIM (shirotno- impulьsnaya modulyatsiya). Impulьsli stabilizator chiziqli stabilizatorga nisbatan anchagina yuqoriroq FIK-ga ega. Impulьsli stabilizatorning kamchiligi esa chiqish kuchlanishida impulьsli shovqinlarning mavjudligi.
CHiziqli stabilizatordan farqli o’laroq impulьsli stabilizator chiqish kuchlanishini erkin tarzda o’zgartirishi mumkin (bu esa stabilizatorda foydalanilgan sxemaga bog’liq).
Hozirgi vaqtda stabilizatorlar integral sxemalar tarzida ishlab chiqarilmoqda.
Integral stabilizatorning namunaviy ulanish sxemasi 7-rasmda keltirilgan.
6-rasm. Integral stabilizatorning namunaviy ulanish sxemasi Stabilizator mikrosxemasining chiqish simlari:
«IN» ─ kirish, «OUT» ─ chiqish, «GND» ─ umumiy (korpus). Agarda stabilizator rostlanuvchi bo’lsa, unda «ADJ» ─ rostlovchi chiqishi bo’ladi (ruscha regulirovka).
Stabilizatorni tanlash chiqish kuchlanishi qiymati, yuklamaning maksimal toki va kirish kuchlanishining o’zgarish diapazonidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Kuchlanish stabilizatorlarining energetik ko’rsatkichlari, vaqt diagrammalari, afzalliklari, solishtirma tahlili va energiya samaradorligi.

  1. Download 165.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling