L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi gurux uchun tarqatma material .
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material. Multiplikator
J.M.Keyns investitsiyalarning ko‘payishi bilan milliy daromadning ko‘payishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi. Investitsiyalarning ko‘payishi milliy daromadning o‘sishiga olib keladi va u qo‘yidagi formula ko‘rinishida ifodalanadi: D. Y = D. I 133 Investitsiyalarning ko‘payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining ish bilan bandligining o‘sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko‘riladi. Iqtisodiy samara multiplikator deb ataladi. Multiplikator – bu son koeffitsiyenti bo‘lib, daromad o‘sishi bilan ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan investitsiyalar o‘simi o‘rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. Multiplikator nazariyasiga ko‘ra, kishilarning jamg‘armaga bo‘lgan moyilligi qancha ko‘p bo‘lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‘ladi. To‘la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, negaki bo‘sh turgan resurslarning bo‘lmaganligi sababli ishlab chiqarishni ortiqcha kengaytirib bo‘lmaydi. Multiplikator formulasi qo‘yidagicha K=dY w /dJ w Bu yerda K- multiplikator, dY w- daromad o‘sishi, dJ w - investitsiya o‘sishi Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib, AQShning multiplikatorini aniqladi, u 2,5 ga teng ekan. Bu daromadlar o‘sishi investitsiyalar ortishidan 2,5 marta ortiq degani, ya’ni 1 dollar investitsiya 2,5 dollar daromad keltiradi (ish bilan bandlikni o‘stirish – asosiy maqsad). Beshinchi gurux uchun tarqatma material. Keyns g‘oyalarining hozirgi davrda rivojlantirilishi yangicha keynschilik deb ataladi. Yangi keynschilik ikki oqimga bo‘linadi: 1. Amerikaliklar oqimi (A.X.Xansen (1887-1975) va Harris); 2. Yevropaliklar oqimi (F.Perru, G.Ardon, P.Mendes - Frans). Birinchi oqim tarafdorlari ortodaksol keynschilik deb ham ataladi. Keyns qoidalari to‘laligicha qabul qilinib, Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to‘ldirildi. Xansen kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki "tashqi impuls"larning susayganligidan deb biladi. Davlat harajatlarini o‘stirish va qondirish uchun ish haqidan olinadigan soliqlarni 25-30% emas balki 60% gacha oshirish taklif etiladi. Ular multiplikator prinsipini akseleratsiya prinsipi bilan to‘ldirdilar. Akselator investitsiya o‘sishining daromad o‘sishiga, ya’ni investitsiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi. Multiplikator va akselerator g‘oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning uzluksiz o‘sish sxemasi ishlab chiqildi. Uning asosida davlat kapitali qo‘yilmalari yotadi. Iqtisodiyot o‘sishi davrida davlat harajatlarini cheklash(kamaytirish), inqrozlar davrida esa uni oshirish va shu yo‘l bilan xususiy harajatlarni kompensatsiyalash taklif etiladi. Yevropacha oqim Fransiyada shuhrat qozondi. Keyns g‘oyalarini G.Ardon, P. Mendes - Frans kabilar to‘laligicha qabul qilsa, F.Perru osuda fazoni tartibga solishni samarasiz deb hisobladi. Bu oqim tarafdorlari iqtisodiyotni rejalashtirishni taklif etadilar. Imperativ (direktiv harakterda Sobiq SSSRdagi kabi) va indikativ(hozir ko‘p davlatlar qo‘llaydigan) rejalashtirish ajratiladi. Keyns uslubi iqtisodiy inqrozlarning (1948-49, 1953-54, 1960-61, 1967-68, 1969-71,1974-75, 1981-82) oldini ola bilmadi. Yangi keynschilik o‘rniga postkeynschilik keldi, bular: ingliz iqtisodchilari J. Robinson, N.Koldor, P. Sraffa, amerikalik olimlar A.Eyxner, S. Vayntraub. Ular kapitalistik tizimning ichki turg‘unlik konsepsiyasini taklif qildilar. 134 Ular Keyns ta’limotini dinamik, harakatchan nazariya deb qaraydilar. "Yuqori naf", ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumi nazariyalarini tanqid qilish harakterlidir. Ijtimoiy institutlar roli ham kiritilgan. Bu ta’limda o‘sish va taqsimot muammolari markaziy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarish va o‘sish sur’atlari milliy daromadning taqsimotiga bog‘liq, daromad va uning o‘sishi esa, jamg‘arma, umumiy jamg‘arma esa, ish haqi va foydadan jamg‘arilgan jami summaga teng bo‘ladi. Postkeynschilar kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari bo‘lganlar. Rejadagi savollar «Kichik guruxlarda ishlash» texnologiyasi yordamida o‘rganilib bo‘lingach, o‘tilgan mavzular bo‘yicha testlar savollari o‘tkaziladi. Buning uchun kichik guruxlardagi talablar joylariga qaytadilar yoki o‘tirgan joyida test yechadilar. Buning uchun har bir talabaga alohida test tarqatiladi. Talabalar individual holda test savollariga javoblar belgilaydilar. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling