Lektor k f. d., prof. N. G. Abdulladjanova O`zr ssv toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtik kimyo kafedrasi


DNK fragmentlari gel boʻylab qanday harakatlanadi?


Download 1.19 Mb.
bet2/12
Sana11.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1258276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13-ma\'ruza

DNK fragmentlari gel boʻylab qanday harakatlanadi?
Gel qutiga joylashtirilgach, tekshirilishi kerak boʻlgan DNK namunalari ehtiyotkorlik bilan quduqlarning biriga joylashtiriladi. Bitta quduq esa DNK chizgʻichi – maʼlum uzunlikka ega boʻlgan standart namuna uchun ajratiladi. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan DNK chizgʻichlari har xil oʻlchamda boʻladi, shuning uchun biz kerakli fragmentlarni oʻlchami orqali ajratib olishimiz mumkin.
Shundan soʻng kuchlanish ishga tushiriladi va gel qutisi orqali elektr toki oʻtkazish boshlanadi. DNK molekulalari fosfat guruhi tutganligi bois manfiy zaryadga ega, shu tufayli ular gel matriksi orqali musbat qutb tomon harakatlanadi. Kuchlanish ishga tushirilib, gel orqali zaryad oʻtishi boshlanganda, gel ishlayotgan holatda boʻladi.
DNK agaroza gelini ishga tushirish uchun talab qilinadigan kuchlanish 80 - 120 V oraligʻida boʻlishi kerak. Bundan yuqori kuchlanish gelning tez ishlashiga sabab boʻladi, lekin uzoq vaqt taʼsir qilsa, uni eritib yuborishi ham mumkin. Past kuchlanish esa gelning sekin ishlashiga sabab boʻladi
Gel ishlayotganda, uzun fragmentlarga qaraganda qisqa DNK fragmentlari gel matritsasining poralaridan tezroq oʻtadi. Gel biroz vaqt ishlagandan soʻng, DNKning eng qisqa fragmentlari gelning musbat qutbiga yaqinlashadi, eng uzun DNK fragmentlari esa quduqlar yaqinida qolib ketadi. Agar gel uzoq vaqt ishlasa, DNKning juda qisqa fragmentlari gelning chekkasidan chiqib ketishi mumkin.
DNK fragmentlarining vizual tahlili
Fragmentlar ajralgandan soʻng gelni tekshirib, unda qanday oʻlchamdagi tasmalar borligini aniqlash mumkin. Gel DNK bogʻlovchi boʻyoq bilan boʻyalib, UB nurlari ostiga qoʻyilsa, gelning turli qismlarda joylashgan DNK fragmentlari yaltirab koʻrinadi.
DNKning geldagi koʻzga eng yaxshi tashlanadigan “chiziqlari” tasma deb nomlanadi. Har bir tasma gelning shu qismida joylashgan bir xil oʻlchamli DNK fragmentlarini oʻz ichiga oladi. Bitta DNK fragmenti (hatto DNK fragmentlarining kichik guruhi) yolgʻiz oʻzi koʻzga koʻrinmaydi.
Namunadagi tasmalarni DNK chizgʻichi bilan solishtirib, ularning taxminiy oʻlchamlarini aniqlashimiz mumkin. Misol uchun, yuqorida tasvirlangan geldagi yorqin tasma taxminan 700 asos juft oʻlchamiga ega.
Chizgʻichdagi har bir raqam yonidagi DNK fragmentida qancha asos jufti mavjudligini koʻrsatadi.
Elektroforez - bu zaryadlangan zarralar yoki molekulalarning elektr maydon ta'sirida gelda ko'chishi (ajralishi) dan iborat jarayon.
Texnika elektromagnetizmning asosiy fizik tenglamalaridan biriga asoslanadi, unga ko'ra kuch shu nuqtada qo'llaniladigan elektr maydoniga ko'paytiriladigan elektr zaryadiga teng (F (kuch) = q (elektr zaryad) x E (elektr maydon) )).
Ushbu tenglamaga ko'ra, massasi bir xil, ammo zaryadi har xil bo'lgan ikkita zarracha bir xil elektr maydonida har xil tezlik bilan harakatlanadi. Bundan tashqari, ushbu zarrachalarning harakatlanish tezligi ularning zaryadlari va ularning massasi o'rtasidagi bog'liqlikka bog'liq bo'ladi.
Ushbu xususiyatlardan va zaryad / massa munosabatlaridan foydalanib, biomolekulalarning tarkibiy qismlarini eng kichik qismlariga ajratishdi, shuningdek aralashmalarda turli xil molekulalar ajratiladi .

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling