Lektor k f. d., prof. N. G. Abdulladjanova O`zr ssv toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtik kimyo kafedrasi


Mayda g’ovakli tashuvchilarda elektroforez


Download 1.19 Mb.
bet7/12
Sana11.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1258276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13-ma\'ruza

Mayda g’ovakli tashuvchilarda elektroforez. Mayda g’ovakli tashuvchilarda moddalarning zonalarga ajralishi faqatgina ularning elektr zaryadinigina emas, balki ularning molekulyar massalari va molekula shakillariga bog’liq holda yuz beradi.
Yupqa qatlamli e-z.1-2mm qalinlikda maxkamlangan silikagel, agar-agar, kraxmal, poliakrilamid geli, sefadeks, selyuloza, alyuminiy oksidi, albastrda olib boriladi. O’tkazuvchi suyuqlikni tashuvchi qatlamiga yuboriladi yoki uni sepiladi. Tekshirila- yotgan modda eritmasini ajralgan qatlamlarning ustiga yoki ostiga yuboriladi.Bu elektroforezni ham qog’oz elektroforezi uchun mo’ljallangan asboblarda o’tkazish qulay.
Kraxmal gelida e-z. Gelni gidrolizlangan kraxmaldan tayyorlanadi. Issiq gelni 5-6mm chuqurlikka ega kyuvetaga quyiladi va maxsus qopqoq bilan berkitiladi. Sovigan gelda bir necha yoriqlar bo’ladi. Filtr qog’ozining bo’laklarini yoriqchalarga solinadi,qog’oz tekshirilayotgan modda eritmasi bilan xo’llangan bo’ladi, so’ngra gorezantal yoki vertikal sharoitda 2 o’lchamli yoki 1 o’lchamli elektroforez o’tkaziladi.
Poliakrilamidli gelda e-z. PAG sopolimerizasiyalangan akrilamid va ko’pincha N1N1-metilenbisakrilamid bo’lgan agentdan tuzilgan. Yondagi o’suvchi poliakrilamid zanjirlar orasida bog’lar hosil bo’lishi vinil guruhlarining polimerlanishi natijasi bo’lib, bunday gel 3 o’lchamli tuzilishiga ega bo’ladi. Kraxmalning tabiiy polimeridan farqlanib, sintetik gel tiniq, kimyoviy turg’un, inert, pH va harorat o’zgarishiga chidamli, ko’pchilik erituvchilarda erimaydi, unda adsorbsiya va elektroosmos deyarli uchramaydi. PAGni akrilamid, katalizator, slivka eritilgan buferda tayyorlanadi. Akrilamidaning 2-50% gacha konsentrasiyali gelini olish mumkin.Gel konsentrasiyasini ortishi uning g’ovakligini kamaytiradi.Bufer sistema va gel tarkibi ajratuvchi moddaning tabiatiga bog’liq xolda aniqlanadi.Akrilamidning konsentrasiyasi (C) fraksiyalanuvchi moddaning o’rtacha molekulyar masasini hisoblab topiladi.Elektroforez davomida kyuvetaning konveksion toklar hosil bo’lib qizib ketishini oldini olish kerak.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling