Lektor k f. d., prof. N. G. Abdulladjanova O`zr ssv toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtik kimyo kafedrasi


Yirik g’ovakli tashuvchilarda elektroforez


Download 1.19 Mb.
bet6/12
Sana11.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1258276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13-ma\'ruza

Yirik g’ovakli tashuvchilarda elektroforez.Yirik g’ovakli tashuvchilar sifatida fil’tr qog’ozi, kraxmal, selyuloza, kukunsimon plastvassa, agar-agar, asetilseluloza, shisha kukuni ishlatiladi.
Blokdagi e-z. Tashuvchi sifatida kraxmal ishlatiladi, blok shaklini hosil qilib, 2ta elektrodga ulangan, bufer eritma bilan to’ldirilgan lotokka solinadi. Aniqlanuvchi preparat eritmasini quruq kraxmalga shimdiriladi va blok o’rtasiga joylashtiriladi. Elektroforez tugagach blokni alohida bo’laklarga bo’linadi va har bir bo’limdan aniqlanayotgan moddani elyuasiyalanadi va miqdori aniqlanadi. Bu usul molekulyar massasi 3000dan katta bo’lgan moddalarni ajratish uchun qo’llaniladi, chunki kichik molekulyar massali moddalar kraxmal donalariga adsorbsiyalanadi.
Kolonkada e-z. Kolonkani bufer eritma bilan to’ldiriladi. Aralashmani manfiy zaryadlangan moddalarini kalonkaning yuqorisidan, musbat zaryadlanganlarini pastidan yuboriladi. Fraksiyani yig’ishda elektroforezdan so’ng ketma-ket bufer eritmasi bilan yuvib amalga oshiriladi.
Vertikal e-z. Kyuveta tashuvchi bilan to’ldiriladi.Elektr maydoni qarama-qarshi tomonga to’g’rilanadi.Kyuvetada bufer eritmaning tokni bir xil tepadan pastga hosil qiladi. Kyuvetaning yuqorisiga bir xil joyda uzluksiz frakumlanuvchi eritma berib turiladi.
Elektr va gravitasion maydonlarning birga ta’sir qilinishi natijasida pastga komponentlarga ajraladi.Kyuveta tagidan probirkalarga fraksiya yig’iladi.
Qog’ozda e-z. Fraksiyalanuvchi moddani suyuqlik shimdirilgan fil’tr qog’oziga chetidan 1sm va bir-biridan 2.5sm uzoqlikda tomiziladi. Qog’oz quritiladi, kameraga joylashtiriladi,oxirgi ishni suyuqlik bo’lgan kyuvetaga joylashtiriladi. Qog’oz suyuqlik bilan shimdirilgach uning chetiga elektr toki ulanadi. Elektroforez tugagach qog’oz havoda quritiladi va natijalar maqolalardagi ko;rsatmalarga asosan baholanadi. Elektroforez uchun xromatografik qog’ozning faqatgina yaxshi navlari yaroqli bo’lib, ularda a-selyuloza 96% dan kam bo’lmasligi kerak,qog’ozni avvaldan mos keluvchi suyuqlik bilan xromatografik tozalanadi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling