Lektor k f. d., prof. N. G. Abdulladjanova O`zr ssv toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtik kimyo kafedrasi


Download 1.19 Mb.
bet5/12
Sana11.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1258276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13-ma\'ruza

Elektroforez – zaryadlangan zarrachalarni tashqi elektr maydonida harakatlanishiga asoslangan taxlil usuli bo’lganligi uchun elektroforezda zarrachalarning harakati qator omillarga bog’liq, bulardan asosiylari: elektr maydonini kuchlanishi, elektr zaryadining kattaligi, zarrachalar o’lchami, qovushqoqligi, pH muhit, harorat va elektrofarez davomiyligi. Yuqoridagilardan tashqari bu jarayonga quyidagilar ham ta’sir ko’rsatadi: adsorbsiya, tashuvchilarning har xil jinsliligi va uning ion almashinuvchanligi, elektroosmos , kapillyar effekti.
Elektroforetik harakatchanlik berilgan moddaga harakterli bo’lgan kattalik hisoblanadi. Absolyut va nisbiy elektroforetik harakatlar farqlanadi.Absolyut elektroforetik harakat santimetr/sekundda ifodalanadi. Nisbiy elektroforetik harakatlar o’rganilayotgan moddani boshqa modda harakatchanligini nisbatiga teng.
Elektroforez 2xil bo’ladi: frontal va zonali elektroforez. Ular yagona apparat sxemasiga ega: tok manbai, elektroforez uchun kamera, kamerani tok manbai bilan bog’lab turuvchi 2 ta elektrod. Elektroforez uchun yig’ma moslamalar va maxsus apparatlar ishlatiladi.
Elektroforez o’tkazishning taxminiy bosqichlari.
1) muhitni tayyorlash; 2) ajralishga tegishli moddani yuborish; 3) elektrofarezni o’tkazish; 4) ajratib olingan moddalarni aniqlash va miqdoriy baholash.
Frontal elektroforez. Elektroforezni bu turi erkin mustahkamlanmagan muhitda kyuvetada olib boriladi,u U shaklidagi kanaldir. Kyuvetada bufer eritma va o’rganilayotgan moddalar aralashmasi o’rtasida aniq chegara hosil qilinadi. Elektroforez jarayonida birlamchi chegara aralashmadagi komponentlar soniga qarab chegaralarga ajraladi. Uni membranadan sust diffuziya yo’li bilan o’tuvchi, yuqori molekulyar massaga ega moddalar uchun qo’llaniladi.
Zonali elektroforez. Zonali e-z stabilizasiyada elektroforetik zonalar hosil qilgan, mustahkamlanmagan muhitda olib boriladi. Ikkalasidan qaysi birini o’tkazishdan qatiy nazar, elektroforezni ko’p varianti mavjud.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling